O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 286,38 Kb.
səhifə3/4
tarix26.03.2018
ölçüsü286,38 Kb.
#34676
1   2   3   4

Tayanch so’z va iboralar:

1.Parazitlar-tayyor maxsulotlar xisobiga kun kechiradi

2. Dezintegratsiya - virusni yechintirish; 3.Fagositoz-bakteriyalarni organizm himoya hujayralari tomonidan yutishi; 4. 4.Virus— lotincha zahar; 5.DNK-dezoksiribonuklein kislota ;

6.RNK-Ribonuklein kislota; 7.Diplokokk -loitncha diploos-2 hujayra, bir tekislikda bo'linib 2-tadan joylashadi;

8. Mikrokokklar - lotincha micros—kichkina, hujayralar turli xil tekisliklarda bo'linadi ;

9.Trepo - lotincha buramoq;

10.Nemo – lotincha ip:

11.Rozeollalar - teri va shilliq qavatlarda toshmalar;

12.Diffuziya ozuqa moddalarni baktwriya hujayrasi ichida o’z holicha konsentrasiyaga bog’liq ravishda o’sishi;

13.Anotoksin - toksik xossalarini yo’qotilgan,antigenlik xossalari saqlangan moddalar;

14.Yallig’lanish - organizmni begona moddalarga nisbatan qarshi reksiyasi;

Nazorat uchun savollar.

1.Viruslarni kim birinchi bo’lib aniqlagan? 2.Kasallikni necha foizini viruslar keltirib chiqaradi? 3.Viruslar qanday ko’rinishda bo’ladi?

4.Viruslar tarkibida qanday nuklein kislotalar saqlaydi? 5.Viruslar qaerlarda ko’payadi?

6.Viruslar qaysi usullarda aniqlanadi?

7.Virion nima?

Topshiriqlar. 1.A.B.G’anixo’jayeva “Mikrobiologiya” 20-21betlar.

Foydalaniladigan adabiyotlar;

1.A.B.G’anixo’jayeva “Mikrobiologiya”



2.E.Eshboyev “Mikrobiologiyadan amaliy mashg’ulotlar”

6-MAVZU: Mikrorganizmlar fiziologiyasi.

Reja:

1.Mikrob hujayrasining kimyoviy tarkibi;

2.Bakterilarni nafas olishini va oziqlanish o`rtasidagi o`zaro bog`lanishi.

Fiziologiya bobida mikroorganizmlarning hayotiy funksiyalari: nafas olish, o'sish va bo'linib ko'payishi o'rganiladi.Mikroorganizmlar hujayrasi barcha tirik organizmlardek o'zida kimyoviy moddalarni saqlaydi. Organogenlar (uglerod, vodorod, kislorod, azot) ahamiyatga ega elementlardan hisoblanadi. Murakkab organik moddalar oksidlarni, uglevodlarni va yog'larni tuzishda ishtirok etadi. Mikroorganizmlar tarkibida mineral va ko'pgina boshqa elementlar bo'ladi. Ularning ko'p qismi organik moddalar bilan kimyoviy bog'langan, qolganlari esa hujayrada tuz sifatida uchraydi.Miqdor jihatidan hujayra tarkibining 75—85 %ini suv tashkil qiladi. Quruq moddalar ulushiga organik (oqsil, nuklein kislota, uglevod, yog') va mineral birikmalar kiradi, ular 15—25 %ni tashkil etadi.Suv—hujayra hayotida katta ahamiyatga ega. Barcha moddalar hujayraga suv bilan kiradi, almashinuv mahsulotlari esa shu suv bilan chiqib ketadi. Suv mikrob hujayrasida mustaqil birikma holda uchraydi, lekin ularning ko'pchiligi hujayraning turli komponentlari (oqsil, uglevod, yog') bilan bog'langan va hujayraning ichki tuzilishi tarkibiga kiradi. Bo'sh holdagi suv hujayrada bo'ladigan kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etib, turli xil kimyovh] birikmalar erituvchisi, shuningdek, kolloidlar uchun dispers mull bo'lib xizmat qiladi. Hujayra tarkibidagi bo'sh suv hujayraning fiziologi^ holati, hujayraning yoshi va tashqi muhit sharoitiga qarab o'zgarishj mumkin. Sporali shakldagi bakteriyalarda suv vegetativ shakldagi hujayralarga nisbatan kam bo'ladi. Kapsulali bakteriyalarda suv miqdori juda ko'p boiadi.Oqsillar— quruq moddaning 50—80 %ni tashkil qiladi va mikroorganizmlaming muhim biologik xossalarida aniqlanadi. Bu oddiy oqsillar—protein va murakkab proteidlardir. Hujayraning hayot faoliyatida nukleoproteidlar—oqsillarning nuklein kislotasi (DNK va RNK) bilan birikmasi katta ahamiyatga ega. Mikrob hujayrasi tarkibida nukleinoproteidlardan tashqari kam miqdorda lipoproteidlar, glikoproteidlar, xromoproteidlar bo'ladi. Oqsillar sitoplazma va nukleoidlarga bo'linib hujayra devori tarkibiga kiradi. Ularga fermentlar, ko'pgina toksinlar (mikroorganizmlar zahari) kiradi. Mikroorganizmlaming turi, spetsifikligi oqsil moddalarning sifat va miqdoriy tarkibiga bog'liq.Nuklein kislotalar hayvon hujayrasida qanday funksiyani bajarsa 1 mikrob hujayrasida ham xuddi shund;|y funksiya bajaradi. DNK yadro (nukleoid) tarkibida bo'ladi, mikroorganizmlaming genetik xossasi j asosida tuziladi. RNK yadro va sitoplazmada bo'ladi va hujayra oqsil biosintezida ishtirok etadi. Nuklein kislotaning umumiy miqdori mikrob I hujayrasi quruq moddasining 10—30 %ni tashkil etadi va bu mikrob hujayrasining turi hamda yoshiga bog'liq bo'ladi. Uglevodlar quruq moddaning 12—18 %ni tashkil qiladi. Mikrob hujayrasida enegiya va uglevod manbayi sifatida foydalaniladi. Hujayraning tarkibiy qismi hujayra qobig'i, kapsula va boshqalardan tarkib topadi. Mikroorganizm hujayralari o'zida oddiy (mono va disaxaridlar) va yuqori molekular uglevodlarni saqlaydi. Ko'pgina bakteriyalarda kimyoviy tarkibiga ko'ra, kraxmal va glikogenlarni eslatuvchi kiritmalar bo'lishi i mumkin, ular hujayrada oziq-ovqat zaxiralari rolini o'ynaydi. Uglevodlar turli mikroorganizmlarda turlicha bo'ladi va ularf mikroorganizmlaming yoshiga, yashash sharoitiga bog'liqdir.Yog'lar (quruq moddaning 0,2—40 %ni) sitoplazmatik membranada hujayra qobig'ining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular energiya almashinuvida ishtirok etadi. Ayrim mikrob hujayralarida yog'lar zaxira modda sifatida to'planadi.Yog'lar asosan neytral yog'lar, yog' kislotasi, fosfolipidlardan iborat. Ularning miqdori mikroorganizmlaming turi va yoshiga bog'liq. Masalan, sil mikobakteriyalarida yog' miqdori 40 %ni tashkil etadi.Mineral moddalar-2-4%ni tashkil etadi,ularga fosfor,hatriy,kaliy.temir,xlor va boshqalar kiradi.Mikro elementlar oz miqdorda uchrasa-da, mikroorganizmlaming rivojlanishi uchun juda zarur. Ularga kobalt, marganes, mis, xrom, rux, molibden va boshqa ko'pgina elementlar kiradi.Mikroelementlar ayrim fermentlarning sintezida va ularni faollashda ishtirok etadi. Alohida kimyoviy elementlaming o'zaro nisbati mikroorganizm turiga, oziq muhit tarkibiga, almashuv xarakteriga va tashqi muhitda yashash sharoitiga bog'liq.

Bakteriyalarning oziqlanishi.Barcha mikroorganizmlaming oziqlanish, nafas olish, bo'linib ko'payish jarayonini amalga oishirish uchun oziq moddalar zarur. Mikroorganizmlar energiya manbayi va oziq modda sifatida turli xil organik moddalar va noorganik birikmalardan foydalaniladi, shuningdek, normal hayot kechirish uchun ularga mikroelementlar va o'sish omillari talab qilinadi.Mikroorganizmlarning oziqlanish jarayonida o'ziga xoslik bor:Birinchidan, oziq moddalar hujayraning butun devori orqali kiradi. Ikkinchidan, mikrob hujayrasi juda tez boradigan metabolitik reaksiyasiga ega.

Oziqlanish turi. Oziqlanish turi azot va uglerodni hazm qilishiga o`rab aniqlanadi. Vodorod va kislorod organogenlaming manbayi bo'lib hisoblanadi. Oziq moddalarni parchalashi uchun mikroorganizmlarga suv juda zarur, chunki ular hujayraga faqat erigan modda oiian kiradi.

Uglerodni qabul qilishga ko'ra mikroorganizmlar ikki turga bo'linadi: avtotroflar va geterotroflar.Avtotroflar(yunoncha autos—o'zim, trophe—oziqlanaman) oddjj noorganik birikmalardan murakkab organik birikmalarni sintezlash xususiyatiga egadir. Ular uglerod manbayi sifatida uglekislota va boshqa neorganik uglerod birikmalaridan foydalanishi mumkin. Avtotrofida tuproq (nitrifikatsiya, serobakteriya va b.) bakteriyalari hisoblanadi. Geterotroflar (yunoncha heteros—boshqa, trephe—oziqlanaman) о'sib rivojlanish uchun tayyor organik birikmalaga muhtojdirlar. U uglerodni uglevodlardan (ko'pinchaglukoza), ko'p atomli spirtlardan: organik kislotalardan, aminokislotalardan va boshqa organik moddalardan oladi.



Geterotroflarga mikroorganizmlarning katta guruhdagi a'zolarij kiradi, ular orasida saprofit va parazitlarni uchratishimiz mumkin] Saprofitlar o'zlik organizmdan (yunoncha sapros—chirigan, photon-} o'simlik) tayyor organik birikmalarni oladi. Ular o'lik organizm qoldiqlarining chirishida katta rol o'ynaydi. Masalan, chirituvchi bakteriyalar va boshqalar. Parazitlar (yunoncha parasitos — haromxo'r, tekinxo'r) tirik o'simlik, hayvon va odam hujayrasidagi organik birikmalar hisobiga; yashaydi va bo'linib ko'payadi. Bunday mikroorganizmlarga rikket-j siyalar, viruslar va ayrim sodda jonivorlar kiradi.Azotni qabul qilishiga ko'ra mikroorganizmlar ikki guruhga bo'linadi, aminoavtograflar va aminogeterotroflar. Aminoavtotroflar oqsilni sintezlashi uchun hujayralar havoni azot molekulasi yoki ammoniy birikmalardan—aminokislota, murakaab oqsildan oladi. Ularga barcha patogen mikroorganizmlar va ko'pgina saprofitlar kiradi.Energiya manbayiga ko'ra mikroorganizmlar quyidagilarga bo'linadi;fototroflar — biosintez reaksiyasi uchun energiyani quyosh turidan (purpur serobakteriyalar) oladi;xemetraflar — energiyani noorganik moddalarni va organik moddalarni oksidlash hisobiga oladi.Lekin mikroorganizmlarni oziqlanishiga ko'ra chegaralab bo'lmaydi, chunki shunday turdagi mikroorganizmlar borki, ular geterotrof turidan avtotrof turiga va aksincha o'zgarishi mumkin. Hozirgi vaqtda mikroorganizmlarning oziqlanishiga ko'ra yangi terminlaf kiritilgan: geterotroflar, organotroflar, avtotroflar—litotroflar (yunoncha litos — tosh) deb ataladi, chunki bunday mikroorganizmlal faqat mineralli muhitda o'sish qobiliyatiga ega.O'sish omillari. Mikroorganizmlarning rivojlanishi va bo'linib ko'payishi uchun alohida moddalar zarur. Oziq moddalar transportirovkasi. Oziq moddalar mikrob hujayrasi sitoplazmasiga faqat katta bo'lmagan molekula turida va erigan holda kirishi mumkin. Murakkab organik moddalar (oqsillar, polisaxaridlar va boshqalar) mikrob hujayrasi ishlab chiqarilgan fermentlar ta'siriga uchraydi va shundan keyingina ulardan foydalanish oson bo'ladi. Oziq moddalarni hujayraga kirishi va undan metabolizm moddalarining chiqarilishi, asosan, sitoplazmatik membrana orqali bajariladi. Oziq moddalar hujayraga bir necha usullarda kiradi:1.Passiv diffuziya, ya'ni moddalar membrana qatlamidan o'tadi, natijada ularning konsentratsiyasi va qobiqning ikki tomonidagi bosim ortadi. Shunday qilib, muhitning konsentratsiyasi, hujayradagi moddalar konsentratsiyasiyuqori bo'lganda oziq moddalar hujayraga kirish mumkin2.YengilIashtlrilgan diffuziya — hujayraga oziq moddalar permeaza deb nomlangan molekula tashuvchilar yordamida faol ravishda kiritiladi. Bu moddalar ferment tabiatli bo'lib, sitoplazmatik membra-naning tashqi tomonida har bir permeaza o'ziga mos oziq moddaga adsorbsiyalanadi. Bu jarayon energiyadan foydalanmasdan tugaydi, yuqori konsentratsiyadan past konsentratsiyaga moddalarni ko'chiradi.3. Faol tashish. Oziq moddalar permeaza yordamida xuddi shunday faol tashish yo'li orqali amalga oshiriladi, bu jarayonda energiya sarf etiladi. Bu holda hujayradagi konsentratsiya muhitdagi konsentratsiyadan yuqori bo'lgandagina oziq moddalar hujayraga kirishi mumkin.

Bakteriyalarning nafas olishi(yoki biologik oksidlanish) kimyoviy jarayonning yig'indisi hisoblanadi, natijada mikrob hujayrasining hayoti uchun zarur bo'lgan energiya ajraladi,spirtlar, organik kislotalar, yogiar va boshqalarni oksidlashi natijasida energiya hosil qiladi. Oksidlanishning ma'nosi shundan iboratki, oksidlanuvchi modda elektronlarni beradi, tiklanuvchi esa uni qabul qiladi. Nafas olishiga ko'ra mikroorganizmlar quyidagi turlarga bo'linadj Obligat (talabchan) aeroblar, obligat anaeroblar, fakultativ (ixtiyoriy anaeroblar.

Obligat aeroblar (sil mikobakteriyasi va boshqalar) kislorodj sharoitda yashaydi va bo'linib ko'payadi, ya'ni oksidlanish reaksiya| kislorod molekulasi ishtirokida energiya bilan amalga oshadi. Kam miqdorda kislorodga muhtoj bo'lgan mikroaerofillar hati (ayrim leptospiralar, brutsellalar) mavjud. Obligat anaeroblar (qoqshol, botulizm va boshqalar) faqj kislorodsiz sharoitdagina hayot kechiradi. Fakultativ anaeroblar kislorod molekulasi bo'lgan va bo'lmagaa hollarda ham yashab, boiinib ko'payadi. Ularga ko'pgina patogen va saprofit bakteriyalar kiradi. Organik birikmalarning kislorodsiz sharoitda parchalanish jarayoni energiya ajralishi bilan boradi, buni bijg'itish deb ham ataladi. Ma'lum mikroorganizmlarning ishtirok etishi va uglevodlar parchalanishininfl yakuniy mahsulotiga qarab bijg'itishning bir qancha turi farqlanadi; achitqi bilan amalga oshiriladigan spirt, sut kislota bakteriyalari keltiribl chiqaradigan sut kislotali, yog' kislotali bakteriyalar keltirib chiqaraj digan yogii-kislotali bijg'itish va boshqalar.Mikroorganizmlar nafas olganda ajraladigan issiqlikni uni saqlab turuvchi maxsus idishlardagi oziqa muhitlarida o'stirilib kuzatiladi.Bunda oziqa muhitining harorati sekin-asta ko'tariladi. AyrH mikroorganizmlarning nafas olganida ortiqcha issiqlik chiqarishi torfl go'ng, pichan va paxtaning o'z-o'zidan yonib ketishiga sabab bo'ladi.

Tayanch so’z va iboralar:

1.DNK-dezoksiribonuklein kislota ;

2.RNK-Ribonuklein kislota;

3.Avtotroflar(yunoncha autos—o'zim, trophe—oziqlanaman)

4.Geterotroflar (yunoncha heteros—boshqa, trephe—oziqlanaman)

5. Saprofitlar (yunoncha sapros—chirigan, photon-} o'simlik)

6. Parazitlar (yunoncha parasitos — haromxo'r, tekinxo'r)

7. Litotroflar (yunoncha litos — tosh)



Nazorat uchun savollar.

1. Mikrob hujayrasining kimyoviy tarkibi qanday?

2. Mikroorganizmlarda qanday oziqlanish turi mavjud?

3. Oziq moddalar hujayraga qanday o'tadi?

4. Mikroorganizmlar nafas olishiga ko'ra qanday turlarga bo'linadi?
Topshiriqlar. 1.A.B.G’anixo’jayeva “Mikrobiologiya” 24-32betlar.

Foydalaniladigan adabiyotlar;

1.A.B.G’anixo’jayeva “Mikrobiologiya”

2.E.Eshboyev “Mikrobiologiyadan amaliy mashg’ulotlar”

7-MAVZU: Mikrorganizmlar fiziologiyasi.

Reja:

1.Fermentlarning turlarini.

2.Bakterilarning fermentativ aktivligini aniqlash.

3.Pigment,toksin ishlab chiqarishni.



Fermentlar — bu tirik hujayralar ishlab chiqaradigan oqsil tabiatli moddadir. Ular biologik katalizator hisoblanadi va mikroorganizmlardj moddalar almashinuvida ishtirok etib, asosiy rol o'ynaydi.

Kimyoviy tarkibi, xossalari va ta'sir etish mexanizmiga ko'rl mikroblarning fermentlari hayvon va o'simliklarning hujayra vl to'qimalari hosil qiladigan fermentlarga o'xshashdir. Mikrob hujayrasining fermentlari, asosan, sitoplazmada joylashadi, ayrirnlari yadro va hujayra qobig'ida saqlanadi. Mikroorganizmlar malum sinflargJ kiravchi oltita har xil fermentlami: oksireduktazalarni, transferazalarl gidrolazalar, liazalar, izomerazalar, ligazalarni sintezlashi mumkin]

Spetsifik ta'sir fermentlarning xarakterli xossasi bo'lib, ya'ni hJ bir ferment ma'lum kimyoviy birikmalar bilan reaksiyaga kirishadfl va bitta yoki bir necha kimyoviy reaksiyalarni parchalaydi. Masalan] laktoza fermenti laktozani, maltoza fermenti maltozani parchalaydi.]

Fermentlarning faolligi oziqa muhitning harorati, vodorod ion ko'rsatkichi va boshqa omillariga bog'iiq. Ko'pgina patoged mikroorganizmlar uchun optimal pH 7,2—7,4, optimal harorat 37—50°C hisoblanadi.

Mikroorganizmlarning fermentlari ekzofermentlarga va endo fermentlarga tasnifianadi. Ekzofermentlar tashqi muhitga ajralib ozid moddalarga makromolekulalarni oddibirikmalarga parchalaydi, ulai mikrob hujayrasi tomonidan hazm bo'lishi mumkin. Ekzofermentlarga gidrolazalar kiradi, ular oqsilyog', uglevodlarni gidrolizlaydi. Bu reaksiya natijasida oqsillar aminokislotalarga va pentonlarga, yog'lar yog' kislotalari va glitseringa, uglevodlar (polisaxaridlar) disaxarid] va monosaxaridlarga parchalanadi. Endofermentlar hujayra ichida boradigan moddalar almashinuvida ishtirok etadi. Mikroorganizmlarda konstituktiv va induktiv fermentlar mavjud. Konstituktiv fermentlar har qanday sharoitda hanj mikrob hujayrasida uchraydi. Bunday fermentlarga protiazaj lipozakarpogidrolaza va boshqa fermentlar kiradi. Induktiv (adaptiv) fermentlar oziqa muhitidagi mos substrat ta'sirida va mikroorganizrfl uni o'zlashtirishga majbur bo'lganda hujayrada sintezlanadi. Masalan, agar bakteriyalar oddiy sharoitda kraxmalni parchalovchi amilaza fermentini ishlab chiqarmasa, ular faqat kraxmal saqlovchi muhitga ekilgan hollarda bu fermentlar sintezlay boshlaydi. Shundayj qilib, induktiv fermentlar mikrob hujayrasi sharoiti o'zgarganda haiflj yashash uchun moslanishga imkon beradi.

Mikroorganizmlar ajratadigan turli xil fermentlar ularning biokimvoviy xossasini belgilaydi, har qanday mikroorganizmlarning fermentativ tuzilishi doimiy xossasi hisoblanadi. Turli mikroorganizmlar fermentlarning yig'indisiga ko'ra bir-biridan farqlanadi va identifikatsiyalash uchun katta ahamiyatga ega.



Mikroorganizm fermentlarining amaliyotda qo'llanilishi

Qadimdan odamlar pivo va vinoni tayyorlashda achitqi fermentlaridan foydalanishgan. Oziq-ovqat sanoatida fermentlar qo'llanilishi ularning texnologik jarayonini identifikatsiyalashda, tayyor mahsu-lotlar miqdorini va sifatini yaxshilashga imkon beradi. Ma'lum turdagi zamburug'larning fermentlari xamir tayyorlashda qo'llaniladi, yopilgan nonning hajmini, g'ovakligini oshiradi, mazasini, hidini, yangiligini yaxshilaydi. Ayrim mikroorganizmlarning fermentlari meva sabzavotlardan sharbatlarni ajratib olish jarayonini teziashtiradi.Fermentlar ayrim mikroorganizmlarga metanni o'zlashtirishga imkon beradi va bu turdagi bakteriyalardan shaxtalarda metanga qarshi kurashishda foydalaniladi. Bakteriyalarning fermentlari yuvish vosita-lariga qo'shiladi. Bunday preparatlar oqsil bilan ifloslanishni tozalaydi, chunki fermentlar oqsillarni suvda yaxshi eriydigan moddalarga parchalaydi, yuvganda yaxshi yuviladi.Tibbiyot saonatida mikroorganizmlarning fermentlari yordamida vitaminlar, gormonlar, alkaloidlar olinadi.

Mikroorganizmlarning pigmentianishi.Ayrim mikroorganizmlar (bakteriya, zamburug'lar) moddalar almashinuvi jarayonida bo'yaluvchi moddalarni — pigmentlarni hosil qiladi. Pigmentlar xossasiga va kimyoviy tarkibiga ko'ra har xil bo'ladi. Suvda erimaydigan pigmentlar (lipoxromlar) bakteriyalar kolo-jyasini bo'yaydi (masalan, stafilokokkning fermentlari sariq, tilla-rang, mallarangga bo'yaladi). Suvda eriydigan pigmentlar oziq muhitning rangini o'zgartiradi (ko'k yiring tayoqchalari). Mikrob hujayrasi ma'lum oziq-muhitida kislorodli sharoitda va yorug'lik ta'sirida pigment hosil qiladi. Organizmni pigment hosil qilish iossasi ko'p hollarda doimiy hisoblanadi, bu ayrim bakteriyani farqlashda test sifatida qo'llaniladi (masalan, stafilokokk, ko'k yiring tayoqchalari). Mikroorganizmlarning pigment hosil qilishi ma'lum fiziologik ahamiyatga ega. Pigmentlar mikrob hujayrasining tabiiy ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi, nafas olish jarayonida ishtirok etadi, ayrimlari aruibiotik ta'sirga ega (prodigiozan). (bakteriyalar, zamburug'lar) nur sochish asiga ega bo'lgan turlari uchraydi. Bakteriyalarning nur sochishi siz oksidlanish jarayoni natijasida bo'lib, bu jarayon energiya ajralishi bilan boradi.Yorag'lik ajratadigan bakteriyalar 15— 18°C da hayot kechiradi va ular chirish jarayonini keltirib chiqarmaydi. Ular baliq go'shtli muhitda yaxshi o`sadi. Ayrim mikroorganizmlar o'zidan xushbo'y hid, masalan, etil uksus, sut, yog', pishloq, qaymoq va boshqa hidlarni ajratadi. Bunday bakteriya turli xil qandolat mahsulotlari, oziq-ovqatlar tayyorlashdj qo'llaniladi.

Tayanch so’z va iboralar:

Fermentlar- makromolekulalarni oddiy birikmalarga parchalavchi

Pigmentlar-bo'yaluvchi moddalar.

Nazorat uchun savollar

1. Fermentlar deb qanday tabiatli moddadirga aytiladi?.

2.Fermentlar mikroorganizmlardi qanday jarayonlarda ishtirok etadi?

3.Kimyoviy tarkibi, xossalari va ta'sir etish mexanizmiga ko'rl mikroblarning fermentlari qanday fermentlarga o'xshaydilar?

4.Mikrob hujayrasida fermentlar asosan qaerda joylashadi?

Topshiriqlar.

1.A.B.G’anixo’jayeva“Mikrobiologiya”32-34 betlar



Foydalaniladigan adabiyotlar;

1.A.B.G’anixo’jayeva “Mikrobiologiya”

2.E.Eshboyev “Mikrobiologiyadan amaliy mashg’ulot

8-MAVZU: Tashqi muhit omillarining mikroorganizmlarga ta’siri.

Reja.

1.Fizikaviy, kimyoviy, biologik omillarning mikroorganizmlarga ta`siri .



2.Fizikaviy, kimyoviy, biologik omillarning tibbyotdaqi ahamiyati.

Mikroorganizmlarga fizikaviy omillardan:sovuq harorat, issiq harorat,quritish, yorug’lik energiyasi, ultratovush va bosim ta’sir ko’rsatadi.A.Harorat: mikroorganizmlarning hayot faoliyati harorat bilan chegaralangan.Asosan 3ta harorat bor.1.Minimal harorat:bu haroratda mikrob hujayrasi bo’linib ko’paymaydi.2.Optimal harorat:mikrob o’sib,bo’linib ko’payishi uchun qulay sharoit.3. Maksimal harorat:mikrob hujayra o’sishi sekinlashadi yoki to’xtaydi.Barcha mikroorganizmlar haroratga nisbatan 3 xil:1.Psixrofill:grekcha psixroz-sovuq,filio-sevaman degan ma’noni bildira-di.Demak,sovuq haroratni sevuvchi mikroorganizmdir.Ular uchun min.harorat -0˚C, optsimal -20˚C, -10˚C, mak.-30˚C.2.Mezofill:grekcha mezzos-o’rtacha.Ularga barcha pathogen va ba’zi saprofit mikroorganimzlar kiradi.Ular uchun min.harorat -10˚C, optsimal -27˚C, -37˚C, mak.-46˚C.3.Termofill:grekcha termos- isssiq.Ular issiqni sevuvchi mikroorganizmlar.Ular uchun min.harorat +30˚C, optsimal +50˚C, +60˚C, mak.-+70˚C.Ular issiq suv havzalarida, tuproq yuza qismida, go’ngda uchray-di.Yuqori va past harorat mikroorganizmlarga turlicha ta’sir qiladi.Harorat maks.dan ortsa mikroblarning o’lishi tezlashadi.Bakteriya sporalari ancha chidamli.M-n:Basilla sporasi qaynatganda 10-20min, botulizm,klostridiy sporasi 6 soatgacha saqlanadi.Barcha bakteriya va sporalar 165˚C - 170˚C harorat ta’sirida 1 soatda nobud bo’ladi.Ko’p mikroblar past haroratga chidamli.Ba’zilarining sovuq havo -190˚Cda ham sporalari tirik qoladi.Patogen mikroblardan:ko’kyo’tal,miningakokk,gonokokk pastt˚-da tez nobudbo’ladi.Shuning uchun laboratoriyaga jo’natilganda sovuqdan saqlangan holda yuboriladi.Past t˚ achish va bijg’ish jarayonni yuzaga keltiruvchi mikroblarni o’ldiradi.Shuning uchun oziq mahsulotlari muzlatgichda saqlanadi.0˚C da mikrob anabioz holiga tushadi,moddalar almashinuv jarayoni sekinlashadi.Qulay sharoit yuzaga kelsa u o’zini qayta tiklaydi.Harorat tez o’zgarishi ya’ni muzlash,eris mikrobni o’ldiradi bunda organizm hujayra qobig’i bo’linib ketadi.B.Quritish.Mikroorganizm hayiti uchun suv zarur.Qurutish ta’sirida sitoplazmatik membrana butunligi buziladi, natijada mikrob hujayra oziqlanashi to’xtab nobud bo’ladi.Quritish ta’sirida patogen meningokokk, gonokokk, leptospiralar bir necha daqiqada nobud bo’ladi.Vabo vibrioni 2 kungacha, salmonella 70 kun,sil mikrobi 90 kungacha saqlanadi.Quritishga sporalar juda chidamli.Kuydirgi batsilla sporasi 10 yil, mo’g’or zamburug’i 20 yil saqlanadi.V.Yorug’lik nurlari.Mikrob hayotida quyosh radiatsiyasi nurining ta’siri kuchli.Quyosh nuri mikrobni 1 necha soatda o’ldiradi.Quyosh nuri tarkibidagi ultrabinafsha nur hujayra fermentiga yomon ta’sir qiladi, DNKni jarohatlaydi.Patogen mikroorganizmlar UBNga juda sezgir.Shuning uchun laboratoriyaga qorong’i joyda saqlanadi.Buxner tajribasi bo’yicha Petri kosachasidagi ozuqaga mikrob ekiladi.Qora qog’ozdan kosacha orqasiga so’z yozib yopishtirib 1 soat quyosh nuri ostiga to’ntarib qo’yiladi.Natijada quyosh nuri tushmagan qora qog’oz ostidagi mikrob o’sadi, qolgan joydagi mikrob o’ladi.Quyosh nuri suv,havo, tuproq yuza qismini potogen mikrobdan tozalab turadi.D.Ultratovush:mikrob hujayrasini jarohatlaydi.H-ra ichidagi sitoplazma faollashib, hujayra bosimi oshib ketadi.Bu hujayra qobig’iga ta’sir qilib hujayrani nobud qiladi.E.Bosim:Mexanik bosimga bakteriyalar va sporalar chidamli.

Fizikaviy, kimyoviy, biologik omillarning tibbyotdaqi ahamiyati katta.Kimyoviy omillar mikroorganizmlarga turlicha ta’sir qiladi.Uning ta’siri modda konsentratsiyasi va mikrobga ta’sir etish vaqtiga bog’liq.Kimyoviy modda konsentratsiyasiga ko’ra oziqlantiradi yoki o’ldiradi.M-n:Glyukoza 0,5 -2% li eritmasi mikrobni o’sishiga, 20-40%li eritmasi mikrobni bo’linib ko’payishini sekinlashtiradi.Kimyoviy moddadan dezinfeksiyalovchi maqsadda foydalaniladi.Dezinfekasiya- tashqi muhitdagi patogen mikroblarni yo’q qilish jarayoni.Dezinfeksiyalovchi-moddalarga:Fenol,ayrim kislotalar,ishqor,spirt kiradi. Ular mikrobga o’ldiruvchi ta’sir qiladi.Antiseptika- kimyoviy moddalar yordamida organism va tashqi muhitdagi mikroblarni zararsizlantirish. Aseptika-mikroblarga fizikaviy usulda to’sqinlik qilish.Kimyoviy moddalar mikroorganizmga ta’siriga ko’ra bir necha turga bo’linadi.1Yuza-faol moddalarM-n: sovun mikroorganizm hujayra devori va stitoplazma membranasini ishdan chiqaradi.2.Fenol,krezeol- mikrob oqsilini kaogulyasiyaga uchratadi.3.Oksidlovchilar mikrob oqsili bilan o’zaro ta’sir etib, hujayra ferment faoliyatini buzadi. Bu moddalarga xlor, xloromin, vodorod peroksid, kaliy permonganat, yod kiradi.4.40%li formalin eritmasi dizenfeksiya uchun ishlatiladi.5.Og’ir metal tuzlari: simob, rux, mikrobga kuchli ta’sir qiladi.6.Bo’yoqlar: bakteriya o’sishiga to’sqinlik qiladi. M-n: Brilliant yashili, rivanol.

Biologik omillar. Tabiiy sharoitda mikroorganizmning yashashi chegaralanmagan. Ular o’zaro bog’liqlikda simbioz, metabioz, antogani zmga asoslangan. Simbioz – bir muhitda ikki hil mikrobni bir-biriga qarshilik qilmay yashashi. M-n: sut tarkibidagi bakteriya achitqi bakteriya bilan birga qatiq hosil bo’lishiga yordam beradi.Metabioz – bir mikroorganizm boshqa mikroorganizm yashashi uchun qulay sharoit yaratib beradi. M-n: aerob mikroorganizmlar anaeroblarga kislorodsiz sharoit yaraib beradi.Antoganizm – bir turdagi mikroorganizm ikkinchi turdagi mikroorganizm yashashi uchun to’sqinlik qiladi. M-n: chaqaloq ichagidagi sutda achitqi bakteriyalar bo’lib, ular sut kislotasi ajratib ichakdagi chiriruvchi bakteriyani o’ldiradi.Dezinfeksiya. Mikrobiologik amaliyotda turli xil dizenfeksiyalovchi moddalardan foydalaniladi. M-n: 3-5%li fenol, 5-10% lizol, 1-5% xlor amin, 3-6% vodorod peroksid,1-5% formalin, 30˚li spirt. Yiring, najas, siydik, balg’am, qon, dizenfeksiyalovchi modda bilan zarasizlantiradi. Zararsizlantirish quruq xlorli oxak yoki 3-5%li xloramin eritmasi bilan olib boriladi. Ish qurollari: pipetka, shisha shpatel, buyum va yopqich oyna 3 %li fenol yoki vodorod peroksid eritmasiga bir kun solib qo’yiladi. Ish tugagach lobarant ish stolini, qo’lni dizenfeksiyalovchi modda bilan zararsizlantiradi. Mikrob qanday muhitda o’stirilganiga qarab de- zinfeksiyalovchi modda vaqti tanlanadi. M-n: spirt, fenol yiring, qon, balg’amni zararsizlantira olmaydi. Chunki bu moddalar ta’sirida ular tarkibidagi oqsillar ivib qoladi. Ivigan oqsil mikrobni dezinfeksiyalovchi modda ta’siridan himoya qiladi.


Yüklə 286,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə