O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 286,38 Kb.
səhifə4/4
tarix26.03.2018
ölçüsü286,38 Kb.
#34676
1   2   3   4

Tayanch so’z va iboralar:

1.Psixrofill:grekcha psixroz-sovuq,filio-sevaman

2.Mezofill:grekcha mezzos-o’rtacha.

3.Termofill:grekcha termos- isssiq

4.Simbioz – bir muhitda ikki hil mikrobni bir-biriga qarshilik qilmasligi.

5.Metabioz – bir mikroorganizm boshqa mikroorganizm yashashi uchun qulay sharoit yaratib berishi.

6. Antoganizm – bir turdagi mikroorganizm ikkinchi turdagi mikroorganizm yashashi uchun to’sqinlik qilishi..

Nazorat uchun savollar.

1.Mikroorganizmlarga fizikaviy omillardan nimalar ta’sir ko’rsatadi?

2.Mikroorganizmlarning hayot faoliyatiga asosan necha xil harorat ta’sir ko’rsatadi?

3. Barcha mikroorganizmlarning haroratga nisbatan sezgirligi qanday ?

4. Patogen mikroblardan qanday mikroblar past t˚-da tez nobud bo’ladi?

5. Quritish sporalarga qanday ta’sir ko’rsatadi?

6. Mikrob hayotida quyosh radiatsiyasi nurining ta’sirini aytib bering.

7. Fizikaviy omillarning tibbyotdaqi ahamiyati haqida aytib bering.

8.Kimyoviy omillarning tibbyotdaqi ahamiyati haqida gapirib bering.

9. Biologik omillarning tibbyotdaqi ahamiyati haqida ma’lumot bering.

10.Mikrobiologik amaliyotda qanday dizenfeksiyalovchi moddalardan foydalaniladi?



Topshiriqlar. 1.A.B.G’anixo’jayeva “Mikrobiologiya” 34-47betlar.

Foydalaniladigan adabiyotlar;

1.A.B.G’anixo’jayeva “Mikrobiologiya”

2.E.Eshboyev “Mikrobiologiyadan amaliy mashg’ulotlar”

9-MAVZU:Mikroorganizmlarning tabiatda tarqalishi.

Reja.

1.Havo,suv,tuproq mikroflorasi,mikroblarning sanitar ko’rsatgichi.

2.Odam mikroflorasi.

Mikroorganizmlar tabiatda keng tarqalgan. Ular suvda, tuproqda, havoda odam va hayvon organizmida uchraydi.Ular tashqi muhitda turli miqdorda uchraydi.Tuproq mikroflorasi – mikrob rivojlanishi uchun tuproq qulay joy. Tup-roqda namlik, organik moddalar, mineral birikmalar yetarli bo’lsa, mikrob yaxshi rivojlanadi. Tuproq yuza qismiga quyosh nuri qurituvchi ta’sir ko’rsatadi. Tuproqda zamburug’lar, bakteriya sodda jonivorlar bor. Ular tuproqni kimyoviy tarkibi va tuzulishini o’zgartiradi. Tuproq infeksiya tashuvchi omil hisoblanadi. Odam, hayvon, ho’jalik chiqindilari patogen mikrob bilan birga tuproqqa tushadi. Ularning ko’pchiligi quyosh nuri nam va oziq yetishmovchiligi natijasida nobud bo’ladi. Ayrim mikroblar tuproqda bir necha yil saqlanadi. Tuproq orqali gazli gangrena, qoqshol, kuydirgi, botulizm qo’zg’atuvchi mikroblar tarqaladi Suv mikroflorasi – ochiq suv havzalari ko’p mikroorganizmlar uchun qulay yashash sharoiti hisoblanadi. Suvga mikrob yer yuzidan, havodan yomg’ir, chang bilan odam, hayvon chiqindilari, chiqindi suvlar bilan tushadi. Suvda ichak tayaqchasi, qorin tifi, vabo qo’zg’atuvchilari uzoq saqlanidi. Suvda epidemiya keltirib chiqaruvchi ichak infeksiya qo’zg’atuvchilari, poleomielit, tulyaremiya, leptospiroz, vabo qo’zg’atuvchilari bor. Havo mikroflorasi-havoda mikroblarni rivojlanishi uchun oziq muhit bo’lmaydi.Quyosh radiatsiyasi, haroratni o’zgarishi mikrobga o’ldiruvchi ta’sir korsatadi.Havoda mikroblar o’zgaruvchan.Havo pastki qismida mikroblar ko’proq-bo’ladi.Patogen-mikroblar-havoga-yo’talganda,aksirganda,gaplashganda tarqaladi.Bunga havo- tomchi yo’li orqali tarqalish deyiladi.M-n:Bug’ma,gripp,qizamiq.Havo changi orqali kokklar, sil, kuydirgi ham yuqadi.

Inson organizmi mikroflorasi.Odam organizmi mikroflorasi buzilishi kasallik keltirib chiqaruvchi mikroblarning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratib berai.Inson hayoti davomida mikroflorasi o’zgarib turadi. Stafilakokk, streptakokk,difteriotlar,spora hosil qiluvchi bakteriyalar uchun teri va yog’ bezlari ajratadigan moddalar, o’lik hujayralar,parchalanish mahsulotlari ozuqa hisoblanadi.Mikrob teriga tushganda terida yashovchi bakteriyalar va turli xil bezlar ishlab chiadigan mahsulotlarta’sirida nobud bo’ladi.Terining ifloslanishi potogen mikroblarning rivojlanishiga yordam beradi.Og’iz bo’shlig’i mikroflorasidagi harorat, namlik, oziq moddaning doimiyligi, so’lakning ishqoiriy reaksiyaliligi mikroorganizmlarning rivojlanishi ichun qulay sharoitdir.Og’iz bo’shlig’ida turli xil kokklar, sut kislota bakteriyalari, spiroxetalar, aktinomisitlar ko’p uchraydi.Og’iz bo’shlig’i mikroblari tish kariyesi, stomatit, yumshoq to’qima yallig’lanishi kabi kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo’ladi.Me’da ichak yo’li mikroflorasi.Me’da suyuqligining kislotaliligi oshganda me’da mikroflorasi kamayadi.Mikroblarni bo’linib ko’payishi uchun yo’g’on ichak qulay sharoit hisoblanadi.Yo’g’on ichakdagi mikroorganizmlar:emizikli bola ichagida sut kislota hosil qiluvchi bakteriyalar, kattalarda ichak tayoqchalari, najaz streptakokklari uchraydi.Nafas yo’li mikroflorasi.Odam nafas olayotganda turli xil va ko’p miqdorda mikroorganizmlar qabul qiladi.Ularni ko’pchiligi burun shillig’ida ushlanib qoladi.Burun, xalqumda asosan stafilakokk, streptokokk, difteriodlar uchraydi.Organizm muzlashi, jarohat olishi, ozishi natijasida yujqori nafas yo’lida yashovchi mikroblar turli xil kasalliklarni keltirib chiqaradi.Bunda nafas yo’lining pastki qismi, ya’ni o’pka va bonxitning yallig’lanishi kuzatiladi.Ko’z shilliq qavati mikroflorasi.Ko’zda mikroorganizmlar kam.Chunki ko’z yosh tarkibida lizosin moddasi bo’lib, u mikroblarga o’ldiruvchi ta’sir qiladi.

Tayanch so’z va iboralar:

1. Kokklar -(lotincha coccus — maymunjon, yumshoq mevalar)

2. Spiroxetalar –lotincha spira — burama, chaite — soch.

3.Sista— spiroxetalar noqulay sharoitga tushganda o’zgarishi.



Nazorat uchun savollar.

1. Mikroorganizmlar tabiatda qaerlarda uchrayd?

2. Tuproq orqali qanday qo’zg’atuvchi mikroblar tarqaladi?

3.Suvda epidemiya keltirib chiqaruvchi qo’zg’atuvchilari bor?

4. Quyosh radiatsiyasi, haroratni o’zgarishi mikrobga qanday ta’sir ko’rsatadi?



Topshiriqlar. 1.A.B.G’anixo’jayeva “Mikrobiologiya” 47-57 betlar.

Foydalaniladigan adabiyotlar;

1.A.B.G’anixo’jayeva “Mikrobiologiya”

2.E.Eshboyev “Mikrobiologiyadan amaliy mashg’ulotlar”

10-MAVZU:Bakteriofaglar, faglarni tibbiyotda qo’llanilishi.

Reja:

1.Faglarni ochilishida o’z hissasini qo’shgan olimlar.

2.Fagni ng tabiatda tarqalishi va uning asoaiy xususiyatlari

3. fag tibbiyotda ishlatilishini;

Faglar –bakteriya va ko’pgina boshqa mikroroorganizmlarning viruslari-

dir.”Fagos” grekcha yemiraman degan ma’noni bildiradi.Ma’lum sha-

roitda ular o’ziga mos hujayrani eritish (lizislash) xossasiga ega.Bu xo-

disani birinchi bo’lib rus olimi N.F.Gamaleya 1898-yili kuzatgan.Ammo u o’z kuzatuvini atroflicha tekshirmagan.1917-yili fransuz olimi D’Errel

dezinteriya (ichburug’) kasalligi bilan og’rib tuzalgan bemor najaz filtratini, shu kasallik qo’zg’atuvchisini saqlovchi yangi kulturaga qo’sh-

gan.Ma’lum vaqtdan so’ng najaz tarkibida bakteriyalarni erituvchi bir narsa borligini aniqlagan.Bu xodisa bemorning tuzalish davriga to’g’ri kelgan.D’Errel bu virusni bakteriofag deb nomladi.Uning bu kashfiyoti

qator yuqumli kasalliklarning oldini olish va davolashda tibbiyotda keng qo’’laniladi.

Faglarning tabiati.Faglar suvda tuproqda odam a hayvonlarning organi-

zmlarida, sut va najazlardan topilgan.Faglar organizm bo’lib, ko’payish,

o’z nasl belgilarini,xossalarini nasldan naslga uzatish xossasiga ega va turli xil omillar ta’sirida o’zgaradi.Ular faqat rivojlanayotgan yosh hujayraga ta’sir ko’rsatishi va parchalashi mumkin.

Faglarning morfologiyasi.Faglar itbaliq shakliga ega.Bosh va dum qismdan iborat.Bosh qism dum qismiga yoqacha orqali birikadi.Dum 22 buramadan iborat oqsil bilan qoplangan.Dumning pastida bazal plastin-

kasi bo’lib, undan fibrillalar tarqalgan.Plastinkadan lizosim moddasi ajraladi.Faglarning kattaligi turlicha.Dumi uzun, g’ilofi qisqargan, dumi kalta, dumsiz va ipsimon turlari mavjud.

Faglarning kimyoviy tarkibi.Barcha viruslar kabi faglar bitta nuklen kis-

lota va oqsildan tashkil topgan.Nuklen kislota molekulasi spiralsimon buramadan iborat bo’lib, bosh qismida joylashgan.Fagning jildi oqsil tabiatli.

Faglarning spesifigligi. (mosligi) Faglar spesifig xossaga ega bo’lib ular o’ziga mos turdagi mikroorganizmlarga parazitlik qiladi.Bu faglar mkrob – hujayin nomi bilan ataladi.(stafilakokk, streptakokk, dezinteriya va boshqa).

Faglarni sezgir hujayra bilan o’zaro ta’siri.Bu jarayon ketma-ket boradigan bosqichdan iborat bo’lib,bir-ikki soat davom etadi.

1-bosqich.Adsorbsiya bosqich.Faglar dumi bilan o’ziga mos hujayra devoriga yopishadi.

2-bosqich.Kirish bosqichi.Fag tarkibidagi Nuklen kislota hujayra ichiga kiradi.

3-bosqich.Reproduksiya bosqishi.Fag hujayra ichidagi kerakli moddalardan oziqlanib yosh faglar hosil qiladi.

4-bosqich.Yetilish bosqichi.Yosh faglar yetilgan faglarga aylanib to’pla-

nadi.

5-bosqich.Lizis bosqichi.Yetilgan faglar bakteriya hujayrasini eritib tashqi muhitga chiqadi.Bunda hujayra devoir bo’linib ketadi.Mikroorga-



nizmlarga ta’sir qilishiga ko’ra faglar ikki xil:

1.Virulent-o’ziga mos hujayrani zararlab lizisga uchratadi.Natijada yangi hujayrani lizisga uchratuvchi ko’p miqdorda yetilgan faglar yuza-

ga keladi

2.Mo’tadil- faglar hujayrani hammasini lizisga uchratmaydi.Ayrimlari hujayra ginetik apparatiga bog’lanib birlashgan xramasomalar hosil qila-

di.Bunda hujayra nobud bo’lmaydi.Motadil faglar mikrobiologik ishlab chiqarishga zarar yetkazishi mumkin.Mo’tadil faglar mikroorganizm o’zgaruvchanligiga ta’sir qiluvchi kuchli omil hisoblanadi.

Faglarning chidamliligi.Vegitativ shaklidagi faglar hujayinlariga nisbatan fizik va kimyoviy omillarga ancha chidamli.Faglar 75˚C haro-

ratgacha qizdirishga, uzoq vaqt quritishga chidamli.Ular antibiotiklarga,

timol,xloraformga sezuvchi emas.Kislota va dezinfeksiyalovchi faglarga

halokatli ta’sir qiladi.

Hozir faglardan.tibbiyotda bir qator kasalliklarni davolashda foylaniladi.

Kasalni bakteriofag bilan davolash fagoteropiya, oldini olish maqsadida

qo’llanilsa- fagoprofilaktika, yuqimli kasalning turini aniqlash uchun qo’llanilsa –fagodiagnostika deyiladi



Tayanch so’z va iboralar

1.’’Fagos”- grekcha yemiraman.

2. Lizislash- eritish xossasi.

3.Spesifigligi-mosligi.



4. Fagoteropiya - bakteriofag bilan davolash.

5.Fagoprofilaktika oldini olish maqsadida qo’llash.

6.Fagodiagnostika-yuqimli kasalning turini aniqlash uchun qo’llash.

Nazorat uchun savollar.

1.Faglar qanday mikroroorganizmlarning viruslaridir.

2.Faglar qanday xossasiga ega?

3.Faglarni birinchi bo’lib kim topgan?

4. Faglarning morfologiyasi aytib bering.



Topshiriqlar. 1.A.B.G’anixo’jayeva “Mikrobiologiya” 64-72betlar.

Foydalaniladigan adabiyotlar;

1.A.B.G’anixo’jayeva “Mikrobiologiya”

2.E.Eshboyev “Mikrobiologiyadan amaliy mashg’ulotlar”

Mundarija:

1-MAVZU: 1.MAVZU: Mikrobiologiya fanining vazifalari rivojlanish tarihi. Mikroorganizmlar tasnifi, morfologiyasi, ultrastrukturasi. 4-10 betlar

2-MAVZU:Mikroorganizmlar tasnifi, morfologiyasi, ultrastrukturasi. Bakteriyalar polimorfizmi. 10-13 betlar
3-MAVZU: Speroxetalarga umumiy xarakteristika 13-14 betlar
4-MAVZU  : Rikketsiyalarga umumiy xarakteristika. 14-15 betlar
5-MAVZU: Viruslarga umumiy xarakteristika. 16-18 betlar

6-MAVZU : Mikrorganizmlar fiziologiyasi. 19-22 betlar


7-MAVZU : Mikrorganizmlar fiziologiyasi. 22-24 betlar
8-MAVZU: Tashqi muhit omillarining mikroorganizmlarga ta’siri. 24-26 betlar
9-MAVZU : Mikroorganizmlarning tabiatda tarqalishi 26-28 betlar
10-MAVZU: Bakteriofaglar, faglarni tibbiyotda qo’llanilishi. 28-29 betlar

Xulosa:

“Mikrobiologiya” fanidan egallangan bilimlarni amalda qanday qo’llash,o’rganilgan ma’lumotlar asosida mikroorganizmlarni o’ziga hosligini aniqlash va ular keltirib chiqaradigan yuqumli kasalliklarni davolash, oldini olish, chora tadbirlarini o’rganish haqida bir qancha yangi ma’lumotlarga o’quvchilar ega bo’lishdi.

Ushbu ma’ruza matnida mikroorganizmlarni morfologiyasi, mikroorganizmlarning tashqi muhit bilan bog'liqligi va uning rivojlanishini o'rganadi. Bu fan mikroorganizmlarning xossalarini, shuningdek, ular chaqiradigan kasalliklar va tashqi muhit ob’yektlarida mikroorganizmlar keltirib chiqaradigan jarayonni o'rganadi. Mikroorganizmlarning foydali xossalari ham bo'lib, ulardan xalq xo'jaligida keng foydalaniladi.

Bu kursni o’rganish davomida “Mikrobiologiya”ning maqsadi, vazifalari,tatqiqot usullariga oid ko’plab bilimlargaega bo’lishdi.Bugungi kundagi geosiyosiy muammolar haqidagi ma’lumotlar bilan o’quvchilar tanishdilar

4-MAVZU: Rikketsiyalarga umumiy xarakteristika.

REJA:

1.Rikketsiyalar morfologiyasi,tasnifi; 2.Rikketsiyalarni o’stirish usullari.

Rikketsiyalar polimorf bakteriyalar guruhiga kirib hujayra ichida parazitlar hisoblanadi va Rickettsialar oilasiga kiradi.Ular bakteriya bilan viruslar orasida joylashgan bo'ladi. 1909-yili Amerikalik olim Rikkets Meksikada toshmali tif bilan og'rigan bemordan kasallik qo'zg'atuvchini ajratib olgan va bu guruh mikroblarni o'zida tekshirib tajriba o'tkazgan. 1913-yili chexiyalik olim Provatsek toshmali tif bilan og'rigan bemorning qonida rikketsiyalarga o'xshash mikroorganizmlarni aniqlaydi. O'zi ham zararlanib o'ladi. 1916-yili Portugaliyalik olim Rosha-lima uzoq vaqt olib borgan kuzatishlar natijasida Meksika va Yevropa toshmali tiflarning o'xshashligini aniqlaydi va ularni birinchi bo'lib aniqlagan olim sharafiga Rikkets nomi bilan ataladi.Rikketsiyalarni o'rganishda A. A. Krontovskaya, P. F. Zdrodovskiy, E. S. Galinevich va boshqalar o'zlarining katta hissalarini qo'shishgan. Rikketsiyalarning odam, hayvon va bo'g'im oyoqlilar uchun patogen bo'lgan rikketsiozlar deyiladi. Zdrodovskiy rikketsiyalarni shakli va kattaligiga ko'ra to'rt guruhga bo'ladi:


  1. Kokksimon rikketsiyalar (0,5 mkm), ular juft-juft joylashishi mumkin.

  2. Mayda tayoqchasimon shakldagi rikketsiyalar (1—1,5 mkm).

  3. Yirik tayoqchasimon shakldagi rikketsiyalar (3—4 mkm).

4. Ipsimon shakldagi rikketsiyalar (10—40 mkm).
Zdrodovskiy rikketsiyalarni odam organizmida kasallik keltirib chiqarishiga ko'ra besh guruhga bo'linadi:

Toshmali tif gurahi.



  1. Kanali — dog'li isitma guruhi.

  2. Sutsugamushi guruhi.

  3. Ku - isitma guruhi.

  4. Paroksimal rikketsioz guruhi.

Morfologiyasi. Riketsiyalar spora va kapsula hosil qilmaydi, harakatsiz. Gram manfiy bo'yaladi. Bundan tashqari, ularni bo'yash uchun Zdrodovskiy usuli ham qo'llaniladi. Rikketsiyalar bir necha yo'l bilan ko'payishi mumkin:

  1. Oddiy bo'linish yo'li bilan.

  1. Mitselyar bo'linish yo'li bilan - ipsimon shakllari bir necha qismga bo'linadi.

  1. Konyugatsiya yo'li bilan.

4. Viruslarga o'xshash reproduksiya yo'li bilan.
Rikketsiyalar chin parazit bo'lib, faqat tirik hujayralaraing sitoplazma, yadro vakuolasida bo'linib ko'payadi. Rikketsiyalar quyidagi usullarda o'stiriladi:

1.Bit lichinkasini zararlash.

2.Tovuq embrionining sariqlik qopchasida.

3.To'qima kulturalarida.

4.Oq sichqonlar organizmida.

Nazorat uchun savollar.

1.Nima uchun yuqoridagi mikroorganizmlar Rikkrtsiyalar deyiladi? 2.Rikketsiyalar necha guruhga bo’lib o’rganiladi?

3.Rikketsiyalar qanday ko’rinishga ega/

4.Pikketsiyalar qanday o’stiriladi?



Tayanch so’z va iboralar:

1. Rikketsiyalar -bakteriya bilan viruslar orasida joylashgan

2.Rikketsiozlar- rikketsiozlar chaqiradigan kasalliklar.

3.Konyugatsiya - ko’payish usuli.

4.Reproduksiya - ko’payish usuli.



Topshiriqlar. 1.A.B.G’anixo’jayeva “Mikrobiologiya” 19-20betlar.

Foydalaniladigan adabiyotlar;

1.A.B.G’anixo’jayeva “Mikrobiologiya”



2.E.Eshboyev “Mikrobiologiyadan amaliy mashg’ulotlar”



Yüklə 286,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə