O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 286,38 Kb.
səhifə2/4
tarix26.03.2018
ölçüsü286,38 Kb.
#34676
1   2   3   4

Reja.

1.Mikroorganizmlarning asosiy morfologik xususiyatlarini,

2.Bakteriyalar morfologiyasini.

3.Bakteriyalarning hujayraviy tuzilishini.

Mikroorganizmlar-lotincha micros — kichik, oddiy ko'z bilan ko'rib bo'lmaydigan organizmlardir. Ularga sodda jonivorlar, spiroxeta, zamburug'lar, viruslar, rikketsiya va bakteriyalar kiradi.



Bakteriyalar— xlorofildan mahrum bo'lgan bir hujayrali organizmlardir. Bakteriya hujayrasining o'rtacha kattaligi 2—6 mkm bo'ladi. Bakteriya uning shakli, katta-kichikligi turlicha bo'lib, tashqi muhit omillari ta'sirida o'zgarishi mumkin. Uning bu xossasi polimorfizm deyiladi. Shakliga ko'ra barcha bakteriyalar uch guruhga bo'linadi: sharsimon tayoqchasimon burmal.

Sharsimon bakteriyalar yoki kokklar deyiladi (lotincha coccus — maymunjon, yumshoq mevalar), ularning diametri 0,5—1 mkm bo'ladi. Ular sharsimon, nishtarsimon, sham alangasiga o'xshash, loviyasimon shaklda bo'ladi. Kokklar bo'lingandan so'ngjoylanishiga ko'ra quyidagilarga bo'linadi: mikrokokklar (lotincha micros—kichkina) hujayralar turli xil tekisliklarda bo'linadi va alohida-alohida joylashadi, diplokokk ikkitadan joylashadi, ularga pnevmokokk, gonokokklar kiradi. Streptokokklar (lotincha sireptos—zanjir) hujayralar bir tekislikda bo'linadi va ajralmasdan zanjirini hosil qiladi. Stafilokokk (lotincha staphyle — uzum shingili) — hujayralar turli xil tekislikda bo'linadi va bir yerda to'planib uzum shingilini hosil qiladi. Tetrakokk (lotincha tetra — to'rtta) hujayralar ikkita perpendikular tekislikda bo'linadi va to'rtadan joylashadi. Sarsina (lotincha sarcio —biriktiraman) hujayralar uchta perpendikular tekislikda bo'linadi va to'p-to'p yoki plaketga o'xshash 8 yoki 16 ta hujayradan joylashadi.Kokklar tabiatda keng tarqalgan, shuningdek, odam va hayvon organizmida uchraydi. Mikrokokk, tetrakokk, sarsinalar, saprofit mikroorganizmlardir. Diplokokk, stafilokokk, streptokokklar patogen mikroorganizmlar hisoblanadi.

Tayoqchasimon bakteriyalar batsillalar deb ataladi. Ular silindr shaklida bo'lib, 1—6 mkm kattalikda, 0,5 dan 2 mkm kenglikka ega. Bakteriyalarning chetlari cho'rt kesilgan (kuydirgi), yumaloq (ichak tayoqchasi), uchli (toun) yoki kengaygan (bo'g'ma) bo'ladi. Bo'lingandan so'ng quyidagicha joylashadi: ikkitadan diplobakteriyalar (klebsiyellalar), zanjirsimon (kuydirgi qo'zg'atuvchilar), bir-biriga burchak ostida yoki kesib joylashadi (bo'g'ma qo'zg'atuvchisi). Ko'pgina bakteriyalar tartibsiz joylashadi. Tayoqchasimon bakteriyalar orasida biroz bukilgan vibrionlar uchraydi (vabo qo'zg'atuvchi).

Buramali bakteriyalarga spirillalar va spiroxetalar kiradi. Bu bakteriyaning shakli buramani eslatadi. Ko'pgina buramali bakteriyalar kasallik keltirib chiqarmaydi. Uch patogen turi mavjud: Treponema — zaxm qo'zg'atuvchi Borrelia — endemik va epidemik qaytalama tif qo'z-gatuvchisi, Leptospira — leptospiroz (suv isitmasi) qo'zg'atuvchisi.

Bakteriya hujayrasining tuzilishiBakteriyaning hujayraviy tuzilishi yorug'lik, mikroskop, elektron mikroskop va mikrokimyoviy usul yordamida o'rganiladi. Bakteriya hujayrasi quyidagi qismlardan iborat: 2 qavatli qobiq, sitoplazma, kiritmalar, yadro (nukleoid), qo'shimcha spora, kapsula, xivchinlari bor. Hujayra qobig'i shilliq qobiq, hujayra qobig'i, sitoplazmatik membranadan iborat.Shilliq qobiq hujayrani tashqi tarafdan o'rab turadi va himoya funksiyasini bajaradi. Hujayra devori hujayraning asosiy elementlaridan! hisoblanadi. U hujayraga shakl berib, uni tashqi muhitdan himoyalaydi. Hujayra devorining asosiy xossalaridan biri tanlab o'tkazuvchanligidir, ya'ni hujayraga kerakli oziq moddalarni (aminokislota, uglevod va boshqalar) yetkazib berish va hujayradan almashinish natijasida hosil bo'lgan moddalarni olib chiqib ketishidan iborat.Hujayra devori hujayra ichidagi bosimni saqlab turadi, devorning mustahkamligini polisaxarid tabiath modda—murein ayrim boshqa moddalar hujayra devorini parchalaydi. Masalan, lizotsim. Hujayra devoridan mahrum bakteriyalarni protoplastik deyiladi. Ular nafas olish, boiinib ko'payish, fermentlarni sintezlash xossasiga ega. Tashqi muhit omillariga, mexanik ta'sirotga, osmatik bosimga, aeratsiya va boshqalarga chidamliligini saqlash mumkin. Hujayra devori qisman parchalangan bakteriyalarni sferoplastlar deyiladi.Sitoplazmatik membrana hujayra devorining ichki tarafiga mahkam yopishgan bo'ladi. U juda yupqa (8—10 mm), oqsil va fosforlipiddan tashkil topgan. Bu qobiq orqali hujayra oziqlanadi. Membranada permeazi fermenti bo'Ub, moddalarni va nafas olish fermentlarini faol tashish hissasini bajaradi. Sitoplazmatik membrana hujayra bo'linishida ishtirok etadigan mezosomani hosil qiladi, hujayrani gipertonik eritmaga solinganda membranani hujayra devoridan ajratishi mumkin.

Sitoplazma bakteriya hujayrasidagi kolloid modda, suv, oqsil, uglevod, yog', mineral tuzlardan tashkil topgan. Uning kimyoviy iarkibi va konsistensiyasi hujayraning yoshiga va tashqi yadro moddasi, ribosoma va turli xil kiritmalarni saqlaydi.Sitoplazmada — ribosoma bo'lib, u oqsillarni parchalash funksiyasini bajaradi. Uning tarkibiga 60 % RNK va 40 % oqsil kiradi. Hujayralar soni 10000 taga yetadi. Ribosomalar bir-biriga qo'shilib polisomalarni hosil qiladi.Kiritmalar — o'zida turli xil zaxira oziq moddalar: kraxmal, likogen, yog' va lyutein donachasini saqlovchi granulalardir.Ular sitoplazmada joylashgan. Bakteriya hujayralari hayot jarayonlarida himoya organellalarini, kapsula va sporani hosil qiladi.

Nukleoid, hujayraning yadro moddasi, irsiy apparati bo'lib hisoblanadi. Yetilgan hujayra nukleoidi ikkita uzukka o'xshash buralgan DNK ipchasidan iborat, DNK molekulasida genetik ma'lumotlari kodlangan hujayraning yadro moddasi genetik atamaga ko'ra genofor yoki gen nomini olgan.

Kapsula — hujayra devorining tashqi tarafdan yopishgan shilliq qavat hisoblanadi. Ayrim bakteriyalar, odam yoki hayvon organizmiga tushganda kapsula hosil qiladi. Kapsula mikroorganizmlarni odam organizmining antogonistik omillardan himoya qiladi (pnevmokokk, kuydirgi qo'zg'atuvchilari). Ayrim mikroorganizmlarning doimiy kapsulasi mavjud (klebsiyellalar). Ular kapsula hosil qilishiga ko'ra quyidagilarga bo'linadi.Mikroorganizmlar organizmga tushganda va tashqi muhitda kapsula hosil qiladigan (klebsiyella), kapsula hosil qilmaydigan (sil, qoqshol), faqat organizmda kapsula hosil qiladigan (pnevmokokk, kuydirgi) mikroorganizmlarga bo'linadi. Sporalarni faqat tayoqchasimon bakteriya hosil qiladi. Bakteriyalar noqulay sharoitga tushganda (yuqori harorat, quritish, vodorod ion ko'rsatkichining o'zgarishi, oziqa moddalar kamayishi va boshqalar) o'z turini saqlab qolish uchun spora hosil qiladi. Spora bakteriya ichida joylashadi, ya'ni sitoplazma va nukleoid bir yerga to'planib mustahkam qobiq bilan o'ralib oladi. Spora vegetativ hujayradan, tarkibida kam miqdorda suv, ko'p miqdorida yog' va kalsiy tuzi bo'lishi bilan farqlanadi, bu sporani chidamli qiladi. Spora 18—20 soat ichida yana vegetativ shaklga aylanadi.

Bakteriya hujayrasi faqat bitta spora hosil qiladi, shuningdek bo'linib ko'payuvchi a'zo bo'lib hisoblanmaydi, faqat tashqi muhit omillaridan saqlaydi. Spora hosil qiladigan aerob bakteriyalarni batsillalar, anaeroblarni esa klostridiylar deyiladi. Sporalar shakliga, katta-kichikligiga, joylanishiga ko'ra 3 xili farqlanadi.



1.Markaziy — hujayraning o'rtasida (kuydirgi), 2.Sub-terminal — hujayraning uchiga yaqin (botulizm), 3.Terminal — hujayraning uchida joylashadi (qoqshol). Sporani zararsizlantirish uchun avtoklavda 1 — 1,5 atm bosim ostida 1 soat davomida sterilizatsiya qilish lozim.

Xivchinlar — harakatlanuvchi a'zolardir. Ular yupqa ipsimon fibrillalar, oqsil—flagellindan tashkil topgan. Xivchin bakteriyalarga nisbatan uzun bo'ladi. Xivchinlar sitoplazmadagi bazal tanachalaridan boshlanadi va hujayradan tashqariga chiqadi. Ularning harakatchanligini mikroskop ostida yoki yarim suyuq agarda aniqlash mumkin. Xivchinlarning tuzilishi elektron mikroskopda ko’riladi.Bakteriyalar xivchinlarning joylanishiga ko'ra guruhlarg bo’linadi.Monotrixlar -1 xivchin bakteriya devorining bir qismida , lofotrik bakteriyaning bir uchida bir to'p bo'lib joylashadi (ishqor hosil qiluvchi najasli bakteriyalar).Amfitrixlar bakteriyaning 2 uchida bir nechta yoki to'p bo'lib(spirillalar), peretrixlar — xivchin bakteriya devorining barcha qismida joylashadi (ichak tayoqchasi). Pili yoki fibrillar bakteriya hujayrasining yuza qismida joylashadi. Ular xivchinlarga nisbatan yupqa va kalta, buramali bo'ladi. Pililar pilin oqsilidan tashkil topgan. Ular odam va hayvon hujayrasiga yopishishda va nasi belgilarini uzatishda ishtirok etadi. Nazorat uchun savollar.

1.Mikrobiologiya so’zining ma’nosi nima? 2.Bakteriyalar nimalardan maxrum bo’lgan organizmlar? 3.Xivchinlar qanday vazifani bajaradi?

4.Sporalar joylashishiga ko’ra necha hil bo’ladi? 5.Mikroorganizmlar xujayrasi qanday tuzilgan?

Tayanch so’z va iboralar:

1Treponema-zaxm-qo'zg'atuvchisi 2.Borrelia-endemik-epidemikqaytalamatif-qo'zgatuvchisi, 3.Leptospira — leptospiroz (suv isitmasi) qo'zg'atuvchisi.

4.phago—yutaman;citos-hujayra;

5.Fagositoz-bakteriyalarni organizm himoya hujayralari tomonidan yutish jarayoni;

6.Antitelo-antigen ta’sirida hosil bo’lgan immuniglobulin modda;

7.Diplokokk -loitncha diploos—ikkita, hujayra, bir tekislikda bo'linib ikkitadan joylashadi;

8. Mikrokokklar -lotincha micros—kichkina, hujayralar turli xil tekisliklarda bo'linadi ;

9.Sarsina -lotincha sarcio —biriktiraman, hujayralar uchta perpendikular tekislikda bo'linadi .



Topshiriqlar.

1.A.B.G’anixo’jayeva “Mikrobiologiya”12-16 betlar.



Foydalaniladigan adabiyotlar;

1.A.B.G’anixo’jayeva “Mikrobiologiya”

2.E.Eshboyev “Mikrobiologiyadan amaliy mashg’ulotlar”

3-MAVZU: Speroxetalarga umumiy xarakteristika

REJA:

1.Speroxetalarni tasnifini, morfologiyasini.

2. Speroxetalarni o’stirish usullarini.

Spiroxetalar — spira — burama, chaite — soch ma'nosini bildiradi. U bir hujayrali organizm bo'lib sodda jonivorlar bilan bakteriyalar orasida joylashadi. Harakatchanligi sodda jonivorlarga o'xshash bo'lib, tuzilishjga ko'ra boshqa bakteriyalarga o'xshaydi.

Morfologiyasi.

(loitncha diploos—ikkita) hujayra, bir tekislikda bo'linib

Spiroxeta ipsimon asos va uning atrofida spiralsimon sitoplazma lentasi bilan o'ralgan qobig'i, 3 qavatli hujayra devori va 3 qavatli sitoplazmatik membranadan iborat. Xivchini, spora kapsulasi bo'lmaydi. Juda , harakatchan egilib, to'lqinsimon, burama orqa-oldinga sudralib harakatlanadi. Spiroxetalar tabiatda ikki shaklda uchraydi.

1. Vegetativ faol shakli.2. Sista shakli.

Sista shakli — spiroxetalar noqulay sharoitga tushganda paydo bo'ladi. Ular o'z o'qi atrofida o'ralib mutshsimon qobiq hosil qiladi, Ularni ko'paytirish uchun maxsus oziqa muhit qo'llaniladi. Spiroxetalar Romanovskiy — Gimza usulida bo'yaladi. Borrelia ko'k-binafsha rangda, Treponema och pushti rangda ko'rinadi. Shuning uchun ularni oqish spiroxetalar deyiladi. Kattaligi 5—500 mkm.gacha uzunlikda, kengligi 0,3—0,75 mkm bo'ladi.

Spiroxetalar Cpirochaetaceae oilasiga kiradi. Ular ingichka burama mikroorganizmlar bo'lib, ipsimon asosi atrofini spiralsimon sitoplazma o'rab turadi va bu ularga burama shaklini berib turadi.Ultra kesmalarda uch qavatli membrana qatlari aniqlangan. Elektron mikroskop orqali ko'rilganda ayrim spiroxetalarning uchida ipchalar aniqlanadi. Spora va kapsula hosil qilmaydi, xivchinlari bor. Ular juda harakatchan. To'rt xil harakatlanishga ega: aylanma, to'lqinsimon, egiluvchan va ilgarilab boradigan. Ularning kattaligi 5 dan 500 mkm. gacha uzunlikda va 0,3—0,75 mkm kenglikda bo'ladi.

Odam uchun patogen bo'lgan spiroxetalarga quyidagi avlod a'zolari kiradi: 1.Treponema — zahm va formbezi qo'zg'atuvchisi. 2.Borrielia — epidemik va endemik qaytalama tif, Vensan anginasining qo'zg'atuvchisi.

3.Leptospira — leptospiroz qo'zg'atuvchisi.

Spiroxetalar bir-biridan buramalar soni, chuqurligi va bo'yalishiga ko'ra farqlanadi. Asosiy bo'yash usuli Romanovskiy—Gimza. Bu usulda borreliyalar yaxshi bo'yalib, binafsha treponemalar och pushti ko'rinadi. Spiroxetalar tirik holda o'rganiladi.Spiroxetalar keltirib chiqaradigan kasalliklarni spiroxetoz deyiladi. Spiroxetozlar klinikasi ma’lum sikllarda kechishi tavsiflanadi.

O’stirish usullari.Ozuqa muhitiga juda talabchan.Miya yoki buyrak bo’laklari va assit qo’shilgan sun’iy ozuqa muhitlardagina o’sadi.Ular juda sekin o’sadi.Ular tovuq embrionda ham o’stiriladi.



Tayanch so’z va iboralar.

1. Spiroxetalar –lotincha spira — burama, chaite — soch.

2.Sista— spiroxetalar noqulay sharoitga tushganda o’zgarishi.

3.Spiroxetoz -spiroxetalar keltirib chiqaradigan kasalliklar.



Nazorat uchun savollar.

1.Spiroxetalar nima ma'noni bildiradi?

2.Spiroxetalarning morfologiyasi aytib bering.

3.Spiroxetalar bir-biridan qanday farqlanadi?

4.Spiroxetalarning asosiy bo'yash usuli ayting.

5.Romanovskiy—Gimza usulda borreliyalar qanday ko'rinadi.



Topshiriqlar. 1.A.B.G’anixo’jayeva “Mikrobiologiya” 18-19betlar.

Foydalaniladigan adabiyotlar;

1.A.B.G’anixo’jayeva “Mikrobiologiya”

2.E.Eshboyev “Mikrobiologiyadan amaliy mashg’ulotlar”

4-MAVZU: Rikketsiyalarga umumiy xarakteristika.

REJA:

1.Rikketsiyalar morfologiyasi,tasnifi; 2.Rikketsiyalarni o’stirish usullari.

Rikketsiyalar polimorf bakteriyalar guruhiga kirib hujayra ichida parazitlar hisoblanadi va Rickettsialar oilasiga kiradi.Ular bakteriya bilan viruslar orasida joylashgan bo'ladi. 1909-yili Amerikalik olim Rikkets Meksikada toshmali tif bilan og'rigan bemordan kasallik qo'zg'atuvchini ajratib olgan va bu guruh mikroblarni o'zida tekshirib tajriba o'tkazgan. 1913-yili chexiyalik olim Provatsek toshmali tif bilan og'rigan bemorning qonida rikketsiyalarga o'xshash mikroorganizmlarni aniqlaydi. O'zi ham zararlanib o'ladi. 1916-yili Portugaliyalik olim Rosha-lima uzoq vaqt olib borgan kuzatishlar natijasida Meksika va Yevropa toshmali tiflarning o'xshashligini aniqlaydi va ularni birinchi bo'lib aniqlagan olim sharafiga Rikkets nomi bilan ataladi.Rikketsiyalarni o'rganishda A. A. Krontovskaya, P. F. Zdrodovskiy, E. S. Galinevich va boshqalar o'zlarining katta hissalarini qo'shishgan. Rikketsiyalarning odam, hayvon va bo'g'im oyoqlilar uchun patogen bo'lgan rikketsiozlar deyiladi. Zdrodovskiy rikketsiyalarni shakli va kattaligiga ko'ra to'rt guruhga bo'ladi:


  1. Kokksimon rikketsiyalar (0,5 mkm), ular juft-juft joylashishi mumkin.

  2. Mayda tayoqchasimon shakldagi rikketsiyalar (1—1,5 mkm).

  3. Yirik tayoqchasimon shakldagi rikketsiyalar (3—4 mkm).

4. Ipsimon shakldagi rikketsiyalar (10—40 mkm).
Zdrodovskiy rikketsiyalarni odam organizmida kasallik keltirib chiqarishiga ko'ra besh guruhga bo'linadi:

Toshmali tif gurahi.



  1. Kanali — dog'li isitma guruhi.

  2. Sutsugamushi guruhi.

  3. Ku - isitma guruhi.

  4. Paroksimal rikketsioz guruhi.

Morfologiyasi. Riketsiyalar spora va kapsula hosil qilmaydi, harakatsiz. Gram manfiy bo'yaladi. Bundan tashqari, ularni bo'yash uchun Zdrodovskiy usuli ham qo'llaniladi. Rikketsiyalar bir necha yo'l bilan ko'payishi mumkin:

  1. Oddiy bo'linish yo'li bilan.

  1. Mitselyar bo'linish yo'li bilan - ipsimon shakllari bir necha qismga bo'linadi.

  1. Konyugatsiya yo'li bilan.

4. Viruslarga o'xshash reproduksiya yo'li bilan.
Rikketsiyalar chin parazit bo'lib, faqat tirik hujayralaraing sitoplazma, yadro vakuolasida bo'linib ko'payadi. Rikketsiyalar quyidagi usullarda o'stiriladi:

1.Bit lichinkasini zararlash.

2.Tovuq embrionining sariqlik qopchasida.

3.To'qima kulturalarida.

4.Oq sichqonlar organizmida.

Nazorat uchun savollar.

1.Nima uchun Rikkrtsiyalar deyiladi? 3.Rikketsiyalar necha guruhga bo’lib o’rganiladi?

4.Spiuroxetalar qanday tuzilishga ega? 5.Vensan spiroxetalari qanday kasallikklarni keltirib chiqaradi?

6.Rikketsiyalar qanday ko’rinishga ega/

7.Pikketsiyalar qanday o’stiriladi?

8.Spiroxetalarni o’rganishda qaysi tekshuirish usullardan foydalaniladi?



Tayanch so’z va iboralar:

1. Rikketsiyalar -bakteriya bilan viruslar orasida joylashgan

2.Rikketsiozlar- rikketsiozlar chaqiradigan kasalliklar.

3.Konyugatsiya - ko’payish usuli.

4.Reproduksiya - ko’payish usuli.



Topshiriqlar. 1.A.B.G’anixo’jayeva “Mikrobiologiya” 19-20betlar.

Foydalaniladigan adabiyotlar;

1.A.B.G’anixo’jayeva “Mikrobiologiya”

2.E.Eshboyev “Mikrobiologiyadan amaliy mashg’ulotlar”

5-MAVZU: Viruslarga umumiy xarakteristika.

Reja: 1.Viruslarn ochilish tarixi, morfologiyasi.

2.Virislar-tasnifi;

3.Viruslarning undirish usullari.

Virusli kasalliklar juda qadim zamondan ma'lum bo'lsada,virusologiya alohida fan sifatida XIX asr oxirlaridan rivojlana boshladi. 1892-yilda rus botanik olimi D.I. Ivanovskiy tamaki barglarining mozaik kasalligini o'rganayotganida bu kasallikni bakteriologik filtrdan ham o'tib ketadigan juda mayda mikroorganizmlar keltirib chiqarishini aniqladi. Bu mikroorganizmlar filtrlanuvchi viruslar (lotincha virus—zahar) nomini oldi.

Viruslar — tirik materiyaning hujayrasiz shakldagi mavjudotidir. Ular juda ham mayda mikroorganizmlardir. V.M. Jdanov viruslar bilan o'rta kattalikdagi bakteriyalarni fil bilan sichqonga solishtiradi. Viruslar elektron mikroskop yaratilganidan so'ng to’liq o'rganila boshlandi.Hozirgi vaqtda viruslar kimyoviy, fizik, molekular-biologik,immunobioiogik va genetik usullarda o'rganilmoqda. Viruslar olami odamlarni, hayvonlarni, qurt-qumursqalarni, bakteriyalarni va o’simliklarni zararlovchi virusga bo'linadi. Viruslar tarkibidagi nuklein kislotasiga ko'ra RNK saqlovchi virus va DNK saqlovchi viruslarga bo'linadi. DNK saqlovchi viruslarga 5 ta, RNK saqlovchi viruslarga 19 ta oila kiradi. Hozirgi vaqtda 3 mingdan ortiq viruslar aniqlangan. Kasalliklarning 80 %ni viruslar keltirib chiqaradi. Ular quyidagi belgilari bilan tavsiflanadi:

- juda mayda, kattaligi nanometrlarda o'lchanadi;

- hujayraviy tuzilishiga ega emas; - tarkibida faqat bitta nuklein kislotasi, DNK yoki RNK bor;

- chin parazit, faqat tirik hujayralarda ko'payadi.

Viruslar tasnifi.Viruslar tarkibida bitta ipchali RNK va ikkita ipchali DNK mavjud. Viruslar tarkibidagi nuklein kislotasiga qarab tasniflanadi. Bu tasnif 1971 — 1975-yillarda qabul qilingan. Ular quydagilarga bo'linadi:

DNK — saqlovchi viruslar.

RNK — saqlovchi viruslar.

Tasniflanmaydigan viruslar.

Tabiatda viruslar uch xil shaklda uchraydi.


  • yetilgan viruslar — hujayradan ajralib chiqqan viruslar virion.

  • vegetativ viruslar — hujayra ichida ko'payadigan viruslar.

poksiviruslar—hajayraning genetik apparatga bog'lanib yashaydigan viruslar.

Bir dona virasga virion deyiladi. Virionlar quyidagi shakllarda uchraydi:



  • sharsimon viruslar — masalan, gripp virusi;

  • tayoqchasimon viruslar — masalan, qutirish virusi;

  • ipsimon viruslar — masalan, gripp virusi;

  • kubsimon viruslar — masalan, chechak virusi;

  • itbaliq shaklidagi virus — masalan, fag virusi.

Viruslar quyidagi usullar bilan aniqlanadi:

  • Ultrafiltrlash usuli bilan.

  • Ultrasentrifugalash yordamida yirik viruslar tez cho'kadi.

  • Elektron mikroskop yordamida.

Mayda viruslar 17-30 nm bo’lib ,elektron mikroskop ostida ko'rinadi. Bularni maxsus usulda qayta ishlangandan keyin (kumush preparatlarida) oddiy mikroskopda ko'rish mumkin. Pashen chechak kasalligini aniqlaganda tanachalarni topdi va ularning o'z nomi bilan Pashen tanachalari deb nomladi. Ba'zi bir viruslar odam organizmida kiritmalar hosil qiladi ,quturish kasalligida miya, nerv hujayralarida Babesh - Negri tanachalari aniqlandi.

Viruslarning oichami. Viruslar nanometrlarda oichanadi. Ularning o'lchami 15—20 dan 350—400 nm. gacha boradi.

Virusiarning katta-kichikligini o'lchash usullari: 1) teshiklari ma'lum bo'lgan bakteriologik filtrlarda filtrlash usuli; 2)ultrasentrifugalash(yirik-viruslar-tez-cho'kadi); 3) elektron mikroskopda suratga olish usuli. Viruslarning kimyoviy tarkibi. Viruslarda DN К va RNK tuzilishi va miqdori turlichadir. Viruslarda oqsillar, yog'lar va uglevodlar aniqlangan.

Virusiarning fermentlari. Viruslar o'zlarining metabolizmiga (modda almashinish) ega emas va shuning uchun ham modda almashinuvida ishtirok etadigan fermentlarga muhtojligi yo'q. Lekin ayrim viruslarda fermentlar aniqlangan bo'lib, ular virusiarning xo’jayin hujayrasiga kirishida qatnashadi. Mikroskopik tekshirish. Ayrim virusli infeksiyalarda organizm hujayra sitoplazmasi yoki yadrosida maxsus hujayra ichidagi tanachalar, ya'ni kiritmalar (quturishda Babesh — Negri, chechakda Gvarniyer tana-chalari) kuzatiladi va bu hoi diagnostikada katta ahamiyatga ega. Virus bo'laklari va tanacha — kiritmalarni sun'iy ravishda, maxsus usullarda ishlov berish yordamida kattalashtirib mikroskop immersion sistemasida o'rganiladi. Mayda virionlar esa elektron mikroskop ostida kuzatiladi. Viruslarning chidamliligi. Ko'pgina viruslar yuqori harorat ta'sirida parchalanadi. Lekin, ayrim viruslar, masalan, gepatit virusi yuqori haroratga chidamlidir.Past haroratga viruslar sezuvchan emas. Quyoshning ultrabinafsha nurlari viruslarga parchalovchi ta'sir ko'rsatadi. Quyoshning tarqoq nurlari esa ularga kamroq ta'sir ko'rsatadi. Viruslar glitseringa chidamli bo'lib, bu ularni glitserinda uzoq vaqt saqlanishiga imkon yaratadi. Ular antibiotikka chidamli.Ishqor, kislota va dezinfeksiyalovchi moddalar viruslarga halokatli ta'sir ko'rsatadi. Lekin, ayrim viruslar formalin ta'sirida parchalansa ham immunogenlik xossasini saqlab qoladi. Bu vaziyat vaksinalar olishda formalindan foydalanishga imkon beradi (quturishga qarshi vaksina).

Patogenligi. Ayrim viruslarga sezuvchan hayvonlar katta doirani tashkil etadi. Masalan, quturish virusiga ko'p hayvonlar sezuvchan bo'ladi. Ayrim viruslar esa faqat bitta tur hayvonni zararlaydi. Masalan, it toun virusi faqat itlarni zararlaydi. Shunday viruslar borki, hayvonlar ularga umuman sezuvchan emas (masalan, qizamiq virusi).

Viruslarning tashqi muhitga chiqishi va tarqalishi .Bemor organizmidan poliomiyelit virusi va boshqa enteroviruslar najas bilan, quturish virusi so'lak bilan, gripp virusi va boshqalar nafas shilliq pardalari orqali tashqariga chiqadi. Viruslar havo-tomchi (gripp, chechak), alimentar (gepatit, poliomiyelit), bilvosita kontakt (quturish), transmissiv (ensefalit) yo'llar bilan tarqaladi.

Viruslarni undirish usullari:Tovuq embrionini zararlash. Virusiar bilan zararlash uchun 7 kunlik tovuq embrioni olinadi va u 37°C li termostatda qoldiri havodagi namlik yetarli bo'lishi uchun esa termostatga quyiladi.

Tovuq embrionining tajribaga yaroqliligi embrionning harakar lanishi va xorion-allantois qobig'idagi qon tomirlarining ko'rinishisa qarab aniqlanadi. Buning uchun ovoskopdan foydalaniladi.Tovuq embrionining quyidagi qatiamlariga zararli materiallar yuboriladi:



  1. xorion — alkmtois qobig'iga;

  2. allantois bo'shlig'iga;

  3. amniotik bo'shlig'iga;

  4. sariqlik qopchasiga.

Tovuq embrionini zararlash bokslarda, steril sharoitda, steril asboblar yordamida olib boriladi.

Yüklə 286,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə