O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


XX-asr boshlarida xalqaro munosabatlar va harbiy to’qnashuvlar



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə8/14
tarix26.03.2022
ölçüsü3,97 Mb.
#84736
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
XIX asr oxiri - XX as

2. XX-asr boshlarida xalqaro munosabatlar va harbiy to’qnashuvlar.
2.1. XX-asr boshlarida xalqaro munosabatlar va siyosiy ziddiyatlar.

Bismark xalqaro ahvolning o‘zgarishi natijasida Avstriya-Vengriya bilan yaqinlashish yo‘lini tutdi. Avstriya-Vengriya ham o‘z navbatida Rossiyaga qarshi ana shunday qudratli ittifoqchi paydo bo‘lishini tabriklardi. 1879-yilda Germaniya bilan Afstriya-Vengriya hukumatlari ittifochilik bitimini imzoladilar. Bu bitim uning har bir qatnashchisini, agar Rossiya ana shu mamalakatlarning biriga hujum qilgudek bo‘lsa, bir-biriga qurol kuchi bilan yordam berishga majbur qilgan edi. Bitim mudofaa formasida edi. Amalda esa bu bitim agressiv maqsadlarga xizmat qildi va uzluksiz ravishda murakkablashish xavfini tug‘dirdi. Bismark Avstriya-Vengriya bilan ittifoq tuzib va Yevropa harbiy bloklar barpo qilishga asos solib, bu bilan Rossiyani va Fransiyani Avstriya-Germaniya ittifoqiga qarshi o‘zlarining harbiy bloklarini tuzishga undadi. Bu bilan u obyektiv ravishda Fransiya bilan Rossiyaning yaqinlashuviga turtki berdi.

To‘g‘ri, ana shu ikki davlatning bir-biriga yaqinlashuvini Bismark mutlaqo istamas edi. U chaqqonlik bilan harakat qilib, imkoni boricha bu yaqinlashishning oldini olishga intilib ko‘rdi. 1881-yilda Germaniya Avstriya-Vengriya ishtiroki bilan uch yillik muddatga Rossiya bilan bitim tuzishga muvaffaq bo‘ldi. Bu bitim shuni ko‘zda tutardiki, agar ahdlashuvchi tomonlarning birontasi biron-bir to‘rtinchi davlat bilan urush holatida bo‘lib qolsa, bitimning boshqa ikkala qatnashchisi unga nisbatan yaxshi niyatda betaraf bo‘lib qolishi kerak. Bu – Germaniya Fransiya bilan urushib qoladigan bo‘lsa, Rossiya Germaniyaga betaraflikni va’da qiladi, Avstriya-Vengriya va Germaniya esa Rossiya bilan Angliya o‘rtasida urush chiqqudek bo‘lsa, betaraflikka rioya qiladilar, degan gap edi. 1884-yilda bu bitimni qayta tiklash paytida rus hukumati, betaraflikni saqlash majburiyatini Fransiyaning Germaniyaga hujumi natijasida boshlangan urushgagina taalluqli deb tushunajagini shama qildi, buning aksini tan olmasligini bildirdi.1

Bundan tashqari siyosatni o‘z mamlakatlaridagi xalqlar qo‘llab – quvvatlashiga erishish uchun hukmron doiralar tashqi siyosatdan ko‘zlagan o‘z sinfiy maqsadlarini umummilliy maqsadlar deb e’lon qilar edilar. Milliy mustaqillikni kuchaytirish bahonasida millatchilik, boshqa millatlarga nisbatan ishonchsizlik va dushmanlik avj oldirildi. Qurol – yarog‘larning ko‘paytirilishi xavfsizlik to‘g‘risidagi g‘amxo‘rlik bilan va qo‘shni davlatlarning militarizmini dalil qilib keltirish bilan oqlaran edi. Boshqa xalqlar ustidan ukmronlik qilishga intilish, ularni talash va ekspluatatsiya qilish shovinizm va irqchilik bilan – o‘z mllatining, o‘z irqining ustunligini, boshqa millatlar va irqlarga nafratni tashviqot qilish bilan asoslanar edi. Bu holni mustahkamlash uchun hukmron sinflar boshqa mamlakatlar xalqlarini talab va ekspluatatsiya qilib olinadigan juda katta ustama foyda hisobiga o‘z mamlakatlari aholisining ayrim qatlamlariga sadaqalar berilar edi. Ommani chalg‘itishning bunday sistemasi hukmron doiralarga undan o‘z agressiv siyosatlarining quroli sifatida – talonchilik urushlarida, mazlum xalqlarning ozodlik uchun kurashiga qarshi foydalanish imkonini berar edi.

Natijada XX asr boshlarida xalqaro ziddiyatlarning ikkala asosiy tipi g‘oyat keskinlashdi. Birinchidan, bir tomondan imperialistik davlatlar va ikkinchi tomondan ayniqsa mustamlaka va qaram mamlakatlar o‘rtasidagi ziddiyatlar keskinlashdi. Mustamlaka va qaram mamlakatlarning xalqlari mustamlakachilarga qarshi kurashni kuchaytirdilar.

Ikkinchidan, imperialistik davlatlarning o‘zlari o‘rtasidagi ziddiyatlar keskinlashdi. Ularning har biridagi hukmron doiralar o‘z mustamlaka yerlari va ta’sir doiralarini kengaytirishga yana ham qattiqroq harakat qila boshladilar. Iqtisodiy taraqqiyotning notekis borishi natijasida kuchayib ketgan imperialistik davlatlar – Germaniya, AQSH, Yaponiya kuchsiz mamlakatlarni bo‘ysundirish bilancheklanmay, mustamlakalar va ta’sir doiralarini qayta taqsimlashga harakat qila boshladilar. Lekin boshqa imperialistik davlatlar – Angliya, Fransiya – o‘zlari ilgari egallab olgan yerlarni ularga berishga hech rozi bo‘lmas edilar. Barcha mamlakatlarning imperialistlari o‘zlari talab olgan boyliklarni ko‘paytirishga harakat qilar edilar. Bu hol raqobatchilik kurashining keskiglashuviga olib keldi, keskin xalqaro nizolarning manbaiga aylandi va qurollanish poygasining kuchayishiga sabab bo‘ldi. Hamma imperialistik davlatlar dunyoni qaytadan taqsimlash uchun urushga tayyorlana boshladilar.

Imperiyani himoya qilish va kengaytirish, dengiz yo‘llarida hukmronlikni saqlab qolish, Yevropa qit’asida biron bir davlatning gegemon bo‘lib olishiga yo‘l qo‘ymaslik – Buyuk Britaniya tashqi ssiyosatining asosiy maqsadlari ana shundan iborat edi.

XIX asrning oxirlariga kelib imperialistik davlatlar tomonidan dunyoni territorial bo‘lib olish asosan tugallangan edi. 70-90-yillar mobaynida Afrikani, O‘rta va Janubi-Sharqiy Osiyoni hamda Tinch okeandagi orollarni bo‘lib olish ham tugagan edi. Juda katta hududlar yirik kapitalistik davlatlarning mustamlakasiga aylangan edi. Turkiya bo‘linmasdan qolgan edi, chunki uni egallashga intiluvchilar haddan tashqari ko‘p bo‘lib, ular bir-birlariga xalal berib kelardilar: Rossiya Angliyaga butun Usmoniylar imperiyasiga o‘z ta’sirini o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymasdi, Angliya bilan Avstriya-Vengriya Rossiyaga bo‘g‘ozlar, Turkiya poytaxti va hokazolar ustidan o‘z kontrolini o‘rnatishiga to‘sqinlik qilib kelardi. Biroq kapitulyatsiya va xalqaro moliyaviy kontrol rejimining mavjudligi Turkiyani yarim mustamlaka holatiga keltirib qo‘ygan edi. Xitoy ham ana shunday ahvolda edi. Bu buyuk mamlakat imperialistlar tomonidan yarim mustamlakaga aylantirilgan edi. Uni asoratga solish protsessi 1839-1842-yillardagi “afyun” urushidan boshlangan, 90-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab esa ish Xitoyni qisman ta’sir doiralariga bo‘lishgacha borib yetgan edi. Eron ham o‘zining mustaqilligini amalda ancha yo‘qotib qo‘ygan edi, lekin Rossiya bilan Angliyaning o‘zaro raqobati uni mustamlakaga aylantirishga xalal bergan edi. Marokash bilan Efiopiya yarim mustamlakalarga aylangan edi; ular Xitoy bilan Turkiya kabi o‘z milliy davlatlarini saqlab qolganlari holda, iqtisodiy jihatdan asoratga solingan va teng bo‘lmagan bitimlar bilan ezib qo‘yilgan edi. Ularning suvereniteti kapitulyatsiya rejimi bilan buzilgan edi.1

Lotin Amerikasi mamlakatlari XX asrning boshlariga kelib formal ravishda o‘z davlat suverenitetlarining saqlab qolgan bo‘lsalar ham (ularda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yarim mustamlakalar singari kapitulyatsiya rejimi yo‘q edi), yo ingliz imperializmiga, yoki Amerika imperializmiga moliyaviy-iqtisodiy jihatdan qaram bo‘lib qolgan edilar. Bunday qaramlik asosan budjet defitsetini qoplash yoki temir yo‘l qurilishi uchun qarz olish negizida vujudga kelgan edi.

Serbiya bilan Chernogoriya knyazlarining turklar hukmronligidan uzil – kesil ozod qilinishi XIX asrning so‘ngi choragida ularning iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan. Lekin XIX asrning so‘ngi choragida ham Serbiya bilan Chernagoriya sanoatda va dehqonchilikda ishlab chiqarish kuchlari juda oz rivojlangan qishloq xo‘jalik mamlakatlari bo‘lib qolaverdilar.

XX asrning boshlarida Serbiyaning 2,5 aholisidan 14 foizi shaharlarda yashardi. Serbiyadagi dastlabki fabrikalar 80 – yillarda paydo bo‘ldi. 1900 yilda mamlakatda 200 sanoat korxonasi bo‘lib, ularda 10 minga yaqin ishchi ishlardi. Bu korxonalarning ko‘pchiligi qishloq xo‘jalik xom ashyosini qayta ishlovchi korxonalar edi.. Ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaradigan sanoat yo‘q edi.

Mamlakada temir yo‘l qurilishi boshlangan edi. Birinchi Belgrad – Nish temir yo‘li (234 kilometr) 1884 yilda qurilgan edi, oradan 15 yil o‘tgach temir yo‘llarning uzunligi 570 kilometrga yetdi.

Berlin kongressidan keyin Serbiyaning Avstriya-Vengriyaga faqat iqtisodiy jihatdangina emas, siyosiy jihatdan ham qaramligi yanada kuchayib ketdi. Serbiya hukmron sinflarining Avstriyani yoqlab yurgizib kelgan tashqi va ichki siyosati o‘zining iqtisodiy va siyosiy ahvolini mustahkamlashga asoslangan edi. Hukmron Obrenovichlar dinastiyasi vakillari zo‘r berib mamlakatga Avstriya ta’sirini o‘tkazishga harakat qildilar. 1881- yilda knyaz Milan Avstriya-Vengriya bilan yashirin konvensiya tuzdi. Obrenovichlar dinastiyasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida berilgan va’da evaziga Serbiya Bosniya va Gersegovinadan, Novipazar sanjakidan voz kechadigan bo‘ldi. Serbiya Avstriya-Vengriyaning roziligini olmasdan turib, boshqa davlatlar bilan siyosiy shartnomalar tuzishga va o‘z hududsiga chet el qo‘shinlarini kirita olmas edi. 1889-yilda Avstriya bilan Serbiya o‘rtasida tuzilgan ittifoq shartnomasining muddati cho‘zilib Chernogoriyaga qarshi qaratilgan yangi moddalar bilan to‘ldirildi.

Serbiyadagi yana ikki siyosiy partiya: yirik savdo va sudxo‘rlik burjuaziyasi manfaatlarini ifodalagan liberallar va naprednyaklar (progressiv) partiyalari son jihatdan uncha katta bo‘lmasa ham, XIX asrning oxirida Serbiyaning siyosiy hayotida katta rol o‘ynar, galma-gal hokimiyat tepasiga chiqib turardilar. 1883-yilgi parlament saylovlarida radikallar ko‘pchilik ovozni oldilar. Milan dehqonlar orasida radikallar ta’siri kuchayib ketishidan qo‘rqib, rezervist-dehqonlardan iborat tuzilgan xalq qo‘shinini qurolsizlantirish to‘g‘risida farmon chiqardi. Bu farmonning amalga oshirilishi 1876-1878-yillardagi urush vaqtida hammadan ko‘p zarar ko‘rgan Timok kraynasi hududsida 1883-yil oktabrida dehqonlar qo‘zg‘olonining boshlanib ketishi uchun turtki bo‘ldi.

1883-yildagi Timok qo‘zg‘oloni XIX asrning ikkinchi yarmida Serbiyadagi eng yirik dehqonlar harakti edi. Bu qo‘zg‘olon Sharqiy Serbiyaning ko‘pchilik rayonlariga yoyildi. Bu qo‘zg‘olonning harakatlantiruvchi kuchi kambag‘al dehqonlar va xonavayron bo‘lgan kosiblar edi. Qo‘zg‘olon tepasida mayda burjua vakillari turgan edi.

Hukumatning muntazam qo‘shinlari qo‘zg‘oloni rahmsizlik bilan bostirdi. Qo‘zg‘olon yengilgan bo‘lsa ham, lekin uning ahamiyatiga katta bo‘ldi. Bu qo‘zg‘olon monorxiyachilik byurokratik rejimga ancha katta zarba berdi. Obrenovichlar dinastiyasining mavqeini zil ketkazdi.

1870 yilda Gretsiyaning aholisi 1 458 ming kishi edi. Hamda Grek aholisining yarmidan ozrog‘i grek korolligida yashardi. Greklarning qolgan qismi Makedoniya, Epir va Fessaliyada yashar, Turkiya qo‘l ostida qolgan Egey dengizi orollarida va Kichik Osiyoning Egey sohillarida turishardi.

Gretsiya hududining bir – biridan ajralganligi ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirish va milliy jihatdan konsolidatsiya qilishiga xalaqit berardi. Bu davrda grek hukmron doiralari birinchi navbatda Gretsiyaning g‘allaga boy viloyati – Fessaliya va Krit orolini o‘z qo‘llariga olishga harakat qildilar, Krit orolini XIX asrning 50 – yillaridan boshlab turklar hukmronligiga qarshi to‘xtovsiz xalq qo‘zg‘olonlari larzaga keltirib turardi. 1877 – 1878 yillardagi Rossiya – Turkiya urushi, Bosniya va Gersegovinada, shuningdek Bolgariyada bo‘lgan turklar hukmronligiga qarshi qo‘zg‘olonlar sulton qo‘l ostida qolgan grek hududini ozod qilish uchun Gretsiyada boshlangan harakatni kuchaytirib yubordi. Salonikada partizanlar urushi avj olib ketdi.

Shu kezlarda Gretsiyada hokimiyat tepasida Kumunduros hukumati turardi. Hukumat Rossiya – Turkiya urushida qatnashishga tayyorgarlik ko‘rish uchun ichki zayom chiqardi, 1877 yil boshida esa palata umumiy harbiy xizmat to‘g‘risida qonun qabul qildi. Kumunduros hukumati o‘rnini koalitsiya hukumati oldi. Bu hukumat tarkibiga mustaqillik uchun kurash qahramoni admiral Kanaris rahbarligi ostida bo‘lgan hamma partiyalarning rahbarlari kirgan edi.

Rossiya – Turkiya urushida Gretsiya qanday pozitsiyada turishi lozim degan masalada mamlakatda qattiq kurash boshlanibketdi. Mamalkat aholisining ko‘pgina qatlamlari, birinchi navbatda, tug‘irilb kelayotgan sanoat burjuaziyasi va badavlat dehqonlarning vakillari Gretsiyaning Turkiyaga qarshi urushda ishtirok qilishini yoqlab chiqdilar, ular aholisi greklardan iborat bo‘lgan yangi – yangi unumdor yerlarni Gretsiyaga qo‘shib olishni talab qildilar.Armiya namoyandalari, mayda burjua doiralari, intelligensiya, nufuzi katta bo‘lgan provoslav ruhoniylarning vakillari ham urushda qatnashishni yoqlab fikr bildirdilar. Usmoniylar imperiyasi hududida yashovchi grek aholisiga qarshi turk hukmdorlarining ta’qibi munosabati bilan ular o‘rtasida g‘azab o‘ti kuchayib ketgan edi. Ko‘p jihatdan Buyuk Britaniyaga qaram bo‘lgan savdo – moliya burjuaziyasi qurolli netralitetni yoqlab chiqdi, bu narsa, grek armiyasi urush boshlagan aqdirda Pirey portini ishg‘ol qilish to‘g‘risida do‘q qilib koalitsion hukumatiga jada qattiq ta’sir ko‘rsatayotgan Angliya hukumatining maqsadlariga juda mos tushardi.1

Gretsiyani Berlin kongressida qatnashtirmadilar, uning vakillari Gretsiya masalasi muhokama qilingan vaqtdagina o‘zgartirish manfaatdor davlatlarning o‘zlariga qo‘yib berilishi kerak, deb qaror chiqardi va Buyuk Britaniya har qancha qarshilik qilgan bo‘lsa – da, Fessaliya bilan Epirning bir qismini Gretsiyaga berish Turkiyaga tavsiya qilindi. Bu hududlarni Turkiya faqat 1881 yil noyabrida, ya’ni olti buyuk davlat vakillari ishtirokida uzoq muzokaralar olib borilgandan keyingina Gretsiyaga berishga majbur bo‘ldi. Shunday qilib, Gretsiyaning qo‘lga kiritgan yangi hududlari Rossiya – Turkiya urushida to‘g‘ridan – to‘g‘ri ruslar qurolining muvaffaqiyati orqasida erishilgan nitaji edi.

Kongressdan bir oz ilgari Buyuk Britaniya hukmron doiralari Turkiyani 1878 yil 4 iyunidagi Kipr konvensiyasi degan konvetsiyani qabul qilishga majbur etgan edilar. Shunga muvofiq Kipr Buyuk Britaniyaning “muvaqqat idorasi”ga topshirilgan edi.Ingliz hukmron doiralarining bosqinchilik harakatlari va Kiprning anneksiya qilinishi Gretsiyada juda katta norozilikka sabab bo‘ldi.

XIX asrning 80 – yillarida Gretsiya iqtisodiyoti tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi. 1881 yilda Janubiy Fessaliya va bir Epir okrugining Gretsiyaga qo‘shilganligi bunga qisman yordamlashdi, buning natijasida mamlakat hududi 13 ming kvadrat kilometr, aholisi esa 300 ming kishi ortdi. Mamlakatda ishlab beruvchi va kon sanoati korxonalari payd bo‘la boshladi, to‘qimachilik fabrikalari, ko‘n zavodlari, tegirmon, moyjuvozlar vujudga keldi, vino zavodlari qurildi, savdo – sotiq kengaydi. Agar 1867 yili Gretsiyada mashina dvigateli bilan ishlaydigan 22 tagina sanoat korxonasi bo‘lgan bo‘lsa, 1889 yilda ularning soni 145 taga yetdi.

1890 yilga borganda Gretsiyaning savdo floti 250 ming tonna hajmdagi 5800 yelkanli kemadan va 43 ming tonna hajmdagi 86 bug‘ kemasidan iborat edi.

Chet el kapitalining xususiy investitsiyalari asosan moliya sohalariga, kon sanoatiga, elektr sanoatiga va transportga solindi, 1893-yilda fransuz kapitali ishtiroki bilan Afina banki tuzildi, Korinf kanali qurildi.

Kopaidda botqoqlarni quritish yuzasidan tuzilgan Angliya konsessiyasining ishlari mamlakatni mustamlakachilik asosida behayolik bilan talanganini ko‘rsatadigan yorqin misoldir. Inglizlar Gretsiya hukumatini bir qancha asoratli bitimlar to‘zishga majbur qildilar, bu bitimlar o‘z politsiyasi va o‘z tartiblari bor firmani “davlat ichidagi davlat” holiga qo‘ydilar.

Gretsiyada qurilish ishlari kuchayishi va chet el kapitali oqib kelishi bilan bir qatorda savdo xodimlari va amaldorlar orasida juda keng miqiyosda firibgarlik, poraxo‘rlik, spekulyatsiya, muttahamlik, to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘g‘irliklar kuchayib ketdi.1

1882 - yildan 1895-yilga qadar ayrim qisqa muddatli uzilishlar bilan Gretsiyada Trikupis hukumati hokimiyat tepasida turdi, bu hukumat yirik burjuaziyaning, asosan, chet el kapitali bilan bog‘liq bo‘lgan savdo burjuaziyasining manfaatlarini ifodalardi. Trikupis hukumati tashqi siyosatda Fransiyaga suyanib ish ko‘rardi. Turkiyaga nisbatan esa yon berish pozitsiyasida turdi. Turkiyaga qarshi ko‘proq qat’iy harakat qilish tarafdori bo‘lgan, millatchilar degan gruppaning boshlig‘i bo‘lgan Deliyanis hukumati ikki marta Trikupis hukumatining o‘rnini oldi.

1889-yilda Krit orolida ommaviy qo‘zg‘olon boshlanib ketdi, bu qo‘zg‘olonga turk hukmdorlarining Krit avtonomiyasiga qarshi qaratilgan buyruqlari sabab bo‘ldi. Turk qo‘shinlari misli ko‘rilmagan shafqatsizlik bilan qo‘zg‘olonni bostirdilar. Turklarning vahshiyliklari Gretsiyada g‘azab o‘tini kuchaytirib yubordi, butun mamlakatda kritliklarga yordam ko‘rsatishni talab qilgan norozilik mitinglari va namoyishlari boshlanib ketdi. Krit aholisini “sabr qilish” ga da’vat qilib turgan Trikupis hukumati iste’fo berishga majbur bo‘ldi.

1890-yilda qo‘zg‘olon bostirildi. Turkiya hukumati orolda ba’zi bir islohotlar o‘tkazishga va’da qildi, lekin qo‘zg‘olon bostirilgandan keyin va’dasini unutib yubordi. Yildan-yilga kritliklarning noroziligi kuchayib, 1896-yil oxiriga borganda yangi qurolli qo‘zg‘olon boshlanib ketdi, bu qo‘zg‘olonga javoban Turkiya orol aholisini yanada qattiq ta’qib ostiga olib, qonga botirdi.

XX asr boshlariga kelib dunyoning rivojlangan davlatlari o‘rtasida bozor va hududlar masalasida o‘zaro ziddiyatlar kuchayib ketdi. AQSH Ispaniyaga qarshi urush qilib, uning ustidan osongina g‘alaba qozondi. Ispaniya Filippin orollarini, Puerto – Riko va Kubani AQShga berishga majbur bo‘ldi. Ispaniya – Amerika urushi dunyoni qayta bo‘lib olish yo‘lidagi birinchi talonchilik urushi edi.

AQSH hukumron doiralari Xitoyni Amerika kapitalining istiqbolidagi muhim bozor deb qarardilar. Ammo Xitoy boshqa yirik davlatlar tomonidan “ta’sir doiralariga” allaqachon bo‘lib olingan edi. Shuning uchun AQSH 1899 – yilda Davlat kotibi Xey orqali Xitoyda “ochiq eshiklar” doktrinasi, ya’ni Xitoyga iqtisodiy sohada erkin “kirib borish” va barcha davlatlar kapitalining faoliyati uchun teng imkoniyatlar yaratishni e’lon qildi. AQSH hukumati Rossiyani o‘zining Xitoydagi asosiy raqibi deb hisoblardi. Shuning uchun AQSH ham ingliz hukumati kabi Rossiyaga qarshi Yaponiyani qo‘llab – quvvatladi.

Ilgaridan mavjud bo‘lgan xalqaro ziddiyatlar XX asrga ham o‘tib keldi. Bu ziddiyatlar monopolistik kapital tufayli yanada keskinlashib ketdi.

Fransuz hukmron doiralari Elzas va Lotaringiyaning Germaniya bosib olgan qismini qaytarib olmoqchi bo‘ldilar. Germaniya esa Fransiya qo‘lida qolgan Bris va Longvi havzalarini bosib olmoqchi bo‘ldi. Germaniyaning Fransiyaga qarshi kurashi o‘z navbatida uning Yevropada gegemonlik qilish uchun kurashi ham bo‘ldi. Angliya bilan Germaniya o‘rtasidagi ziddiyatlar XX asr boshlaridagi xalqaro urushga sabab bo‘ldi.

Angliyada yuz bergan inqiroz tufayli taraqqiyot birmuncha orqaga ketdi. Germaniya kapitali esa Yevropada ingliz kapitalini siqib chiqara boshladi. Natijada ingliz – german munosabatlari keskinlashdi. Germaniya imkoni boricha Angliyaning mustamlakachilik siyosatiga qarshi harakat qila boshladi. Raqobatchilik Janubiy Afrikada kuchaydi. Bu yerda Germaniya Angliyaga va uning Bur respublikasiga qarshi kurash boshladi.

Vilgelim I ning Konstantinopolga bormagani, Turkiya sultonining nemis kapitalistlari Bag‘dod temir yo‘lini konsessiyaga berishga va’da qilishi Angliya hukmron doiralarining u yerdagi manfaatlariga xavf soldi. Chunki Germaniyaning harbiy dengiz floti qurishga kirishganligi inglizlarning xavotirlanishiga asos edi. Uning ustiga ingliz dengiz flotining nemis flotidan “orqada” qolayotgani ma’lum bo‘lib qoldi.

Uzoq Sharqda Rossiyaga qarshi kurash va Afrikada mustamlakachilik masalasida Fransiya bilan ziddiyatlarning mavjudligi Angliyani ma’lum vaqt Germaniya bilan murosa qilib turishga majbur qildi. Hatto, Rossiya Port – Arturni egallagach, 1898 – yilda Angliya Germaniya bilan ittifoq tuzish to‘g‘risida muzokaralar olib bordi. Chunki 1899 – 1902 – yillarda ingliz qo‘shinlari Bur respublikasida urush bilan band edi.


Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə