O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Ishning amaliy qiymati va ahamiyati



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə4/14
tarix26.03.2022
ölçüsü3,97 Mb.
#84736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
XIX asr oxiri - XX as

Ishning amaliy qiymati va ahamiyati.

Ushbu bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi avvalo shundan iboratki, mazkur mavzu ilk bor bitiruv malakaviy ish sifatida ilmiy adabiyotlar bilan qiyosiy tahlil qilish asosida izchil tadqiq etildi.

XIX asrni oxiri XX asr boshlarida rivojlangan dunyo mamlakatlari o‘rtasida bozorlar, hududlar masalasida va mustamlakalar bosib olish, bo‘lingan dunyoni qayta bo‘lib olish uchun harbiy ittifoqlarga birlashish, ta’sir doiralarni kengaytirish uchun yuz bergan harbiy to’qnashuvlar va insoniyat boshiga mislsiz kulfat keltirgan 1-jahon urushiga zamin yaratgan siyosiy ziddiyatlar tarixini yangi ilmiy adabiyotlardan foydalanib tadqiq etish mavzuni ilmiy yangiligini tashkil etadi.

Ushbu ishda XIX asrni oxiri va XX asr boshlarida dunyoda xalqaro munosabatlar tizimini chuqurroq o‘rganish tarixchilar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan shu davrdan boshlab dunyo davlatlarida ishlab chiqarishda yangi monopolistik birlashmalarning hukmronlik qila boshlashi va taraqqiyotda ilgarilab ketgan mamlakatlar o‘z hududlarini yangi mustamlakalar hisobiga kengaytirganligi, iqtisodiyotda erkin raqobat kuchayib, tovar ishlab chiqarishning yanada tezlashishi, endi qator mamlakatlar chet ellarga mablag‘lar qo‘yib, u yerlarda zavod va fabrikalar qurib, katta foyda ola boshlaganliklari va bo’lingan dunyoni qayta bo’lib olish uchun kurashning keskinlashuvi davri jahon tarixida g’oyatda ahamiyatlidir. Bu davrni o‘rganish tarixchilar uchun muhimdir. Bitiruv malakaviy ishdan talabalar, kollej va litsey o‘quvchilari jahon tarixi fanining shu davri uchun foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari bitiruv malakaviy ishda keltirilgan yakuniy xulosalardan jahon tarixini o’qitishda uslubiy qo’llanmalar tayyorlashda ham foydalanish mumkin.


Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə