Yillarda Turkiya Reja



Yüklə 44,58 Kb.
tarix09.03.2018
ölçüsü44,58 Kb.
#31069

Aim.uz

1918-1945 yillarda Turkiya

Reja :

1.Birinchi jahon urushidan keyin turkiyada milliy ozodlik urushi. Turkiya respublikasining tashkil topishi.

2.mustafo Kamol otaturk hukumatining islohotlari.

3.30-yillarda Turkiyaning tashqi siyosati.

4.Ikkinchi jahon urushining turkiyaga ta’siri.

Ma’lumki birinchi jahon urushida Kayzer Germaniyasi va Avstriya – Vengriya bilan ittifoqchi bo‘lgan turkiya uzoqqa cho‘zilgan imperialistik urush harakatlarida ishtirok etdi. Turkiya uzoqqa cho‘zilgan imperialistik urush harakatlarida ishtirok etdi. Urush turkiyaning ijtimoiy , siyosiy, iqtisodiy ahvoliga og‘ir ta’sir qildi. 1918 yil boshidan boshlab mamlakatda inqilobiy ko‘tarilishi davri boshlandi. Shaharlarda norozilik harakatlari avj ola bordi. Qishloq joylarda harakatga kelgan yuz minglab dehqonlar partizan otryadlari tuzib o‘z huquqlari uchun , tinchlik uchun, xalqqa qarshi urushga, german zo‘ravonligiag qarshi qurolli kurash olib bordilar, frontlarda intizom bo‘ashib ketdi, askarlar jang qilishdan bosh torta boshladilar.

Kavkazni bosib olishga uringan Turkiya muvaffaqiyatsizlikka uchrab , ayni vaqtda ingliz qurolli kuchlarining Mesopotamiya, Faoastin, Suriyadagi kuchayib borgan siquviga turk qo‘shinlari bardosh bera olmaydigan holatga tushib qoldilar. 1918 yil 30 oktyabrida turkiya ittifoqchilar bilan mudros deb aalgan yarash bitimini tuzib, taslim bo‘ldi. Yarash bitimi shartlari og‘ir edi. G‘olib antanta davlatlari amalda turkiyaning xoxlagan yerini okuppatsiya qilish huquqini oldilar. Turk armiyasi demobilizatsiya qilinadigan bo‘ldi, mamlakatdagi mavjud harbiy anjomlar Antanta mamlakatlariga berildi. Turk hukumati ustidan ittifoqchilarning nazorati o‘rnatildi. Usmon imperiyasining mustaqil davlat sifatidagi saqlanib qolishi xavf ostida qoldirildi.

Turk xalqining milliy ozodlik kurashini boshlanishi.

Mudros yarashuvi bitimi tuzilgandan keyin sulton Mexmed VI Voxididdin va uning hukumati antanta mamlakatlari qo‘lida amalda qo‘g‘irchoq bo‘lib qoldi.

Yarashuv bitimi tuzilishi bilan Angliya turk xalqini asoratga solish, Turkiyani o‘z mustamlakasiga aylantirish uchun o‘z qo‘shinlarini turkiya hududiga kirita boshladi. Yarashuvdan keyingi olti oy ichida Angliya anatoliyaning janubi – sharqiy qismini, Fransiya bilan birga esa sharqiy Frakiyani va qora dengiz bo‘g‘ozlari zonasini okupatsiya qildi.

Angliya imperialistlarining agressiv harakatlari okupatsiya qilingan rayonlardagi o‘zboshimchalik , zshravonliklari turk xalqining norziligini uyg‘otdi. Urush yillaridayoq tuzilgan partizan otryadlari endilkda interventlarga qarshi kurashga kirishdilar. Ayni vaqtda shaharlarda ayniqsa Istambulda ishchi tashkilotlari o‘z faoliyatini kuchaytirdilar. Ular orasida Turkiya sotsialistik . ishchi – dehqon partiyasi ko‘zga ko‘ringan o‘rinini egallay bordi.

Imperialistlar tomonidan Turkiyani bo‘lib yuborishni ko‘zlash va ingliz intervensiyasi turk milliy burjuaziyasi va u bilan bog‘liq toifalarni ham harakatga keltirdi.

Ular xam bu davrda imperialistlarga qarshilik ko‘rsatish maqsadini quvonch , turk milliy mustaqil davlatini tuzishni ko‘zlovchi o‘z tashkilotlarini tuza boshladilar. Birmuncha keng tarqalgan tashkilotlardan bo‘lib “Huquqlarni himoya qilish jamiyatlari” (turk millati huquqlari) maydonga chiqdi.

Bu vaqtda milliy burjuaziya lagerida Mustafo Kamol Otaturk muhim rol o‘ynay boshladi. ! 1918-1923 yillarda milliy ozodlik kurashiga rahbarlik qildi. Turk burjuaziya millatparvarlari uning nomi bilan o‘zlarini kamolchilar deb ataganlar.

1919 yilning ikkinchi yarmi va 1920 yil boshlarida antiimperialistik kurashning kuchayishi .

Angliya va uning ittifoqchilari turkiyadagi o‘z okkupatsiya zonalarini asta – sekin kengaytira boshladilar. Angliya rozili bilan Fransiya, AQSH, Gresiya 1919 yil 15 mayda butun G‘arbiy Anatoliyani (mamlakatni eng muhim rayonlaridan biri) bosib olishni ko‘zlab Izmirga o‘z qo‘shinlarini tushirdilar. G‘arbiy va janubiy anatoliyaning bir qancha yerlariga Italiya ham o‘z qo‘shinlarini tushirdi.

Grek okupantlarining izmirni egallashi, ittifoqchilar tomonidan okupatsiya zonalarini kengaytirilishi va mamlakatni bo‘lib yuborish, turk xalqini asoratga solish xavfi antiimperialistik kayfiyatlarni yanada ko‘tarib yuboradi.

Istambul va mamlakatning boshqa shaharlarida qat’iy norozilik namoyishlari va mitnglar bo‘lib o‘tdi. Ishchi tashkilotlarning ayniqsa turkiya sotsialistik ishchi – dehqon partiyasini faoliyati jonlandi. Imperialistik bosqinchilarga qarshilik ko‘rsatuvchi dehqon partizanlar harakatlari ham o‘sib bordi.

Bu vaqtda Mustafo Kamol Otaturk tarqoq bo‘lgan huquqlarni himoya qilish jamiyatlari tashkilotlari faoliyatini birlashtirishga intilib, sharqiy rayonlarda o‘z faoliyatini afj oldirib yubordi. 1919 yil avgust – sentyabrida huquqlarni himoya qilish jamiyatlarining turkiya bo‘yicha markaziy organi – vakillik komiteti tuzildi. Uning raisi Mustafo Kamol Otaturk edi. Shunday qilib imperialistlarning qo‘g‘irchog‘i bo‘lgan sultonlik hukumatiga qarama – qarshi tarzda burjua inqilobiy hukumatining kurtagi paydo bo‘ldi va u turkiya qurolli kuchlari qoldiqlari, harakatga kelgan dehqonlar, shahar demokratik elementlariga tayanib mustaqillik uchun kurashga rahbarlik qila bordi.

1919 yil oxirida sultonlik hukumati deputatlar palatasiga saylovlar tayinladi. Saylovlarda millatchilar va ular bilan ittifoqda bo‘lgan guruhlar g‘alaba qildi. 1920 yil yanvarda deputatlar palatasining majlisi belgilandi va u “Milliy pakt” deb atalgan deklaratsiyani qabul qildi. Unga ko‘ra sharqiy Frakiya bo‘g‘ozlar zonasi va Anatoliya mustaqil turk milliy davlati tarkibida bo‘lishi, bu hududlar ustidan biron bir shakldagi chet el nazoratiga yo‘l quymasligi kerak edi. Bu turk xalqining milliy manfaatlariga mos keladigan progressiv talab edi. 

Ingliz okupatsiyachi ma’murlari 1920 yili 16 martda Istambulni rasman okupatsiya qildilar. Parlamentni haydab yuborib, ko‘plab turk parlament a’zolarini qamoqqa oldilar. Bunga javoban huquqni himoya qilish jamiyatlari Vakillik komitetining raisi Mustafo Kamol Otaturk poshsha parlament a’zolariga murojaat qilib, Anqarada chaqiriladigan buyuk milliy Majlis ishida ishtirok etish uchun kelishga taklif qildi.

Turkiya Buyuk Milliy Majlis hukumatini tuzilishi va uning 1920-1921 yil boshidagi faoliyati.

1920 yil 23 aprelda Turkiya Buyuk Milliy Majlisini Anqarada chaqirilishi milliy ozodlik harakatining bundan buyon rivojlanishida muhim voqea edi. Ta’sis majlisi milliy burjuaziya , u bilan bog‘liq toifalar – pomeshchiklar burjua ziyolilari va o‘rta , quyi ruxoniyat vakillaridan iborat edi. Majlis o‘z orasidan Vakillar kengashini (keyinchalik Anqara hukumati nomi bilan ma’lum bo‘lgan Mustafo Kamol Poshsha boshchiligidagi hukumat) sayladi.

Anqara hukumati 1920 yil yozida sulton armiyasi qoldiqlaridan o‘z qurolli kuchlarini tuza boshladi. Lekin dastlabki vaqtlarda bu otryadlar inventlarga qarshi kurashda muhim rol o‘ynamaydi, hal qiluvchi antiimperialistik kuch bo‘lib avvalgidek dehqon – partizan otryadlari kurash olib borar edilar.

1920 yil 10 avgustda angliya sultonlik hukumatiga Sevr tinchlik shartnomasini majburan qabul qildirdi. Bu shartnomaga ko‘ra Usmon imperiyasining anchagina qismi Angliya, Fransiya, Italiya, Gresiya o‘rtasida bo‘lib olinishi ko‘zda tutilgan edi.



Savol : Birinchi jahon urushidan keyin g‘olib g‘arb davlatlarining Turkiyaga nisbatan siyosatlarini asosiy mohiyati nimadaniborat?

Ingliz – yunon intervensiyasining barbod bo‘lishi.

1921 yil bahorida Angliya tomonidan yaxshi qurollantirilgan yunon qo‘shinlari barcha fronlar bo‘ylab hujumini boshlab, 1921 yil avgust oxirida Markaziy Anatoliyaning muhim punktlariga, xususan Anqaraga, turkiya Buyuk Majlis qarorgohi va uning hukumatiga xavf soldi. Shiddatli janglardan keyin Buyuk Majlis hukumati qo‘shinlari 1921 yil 2 sentyabrda yunon qo‘shinlari harakatini to‘xtatishga muvofiq bo‘ldilar.

Nisbiy sokinlik vaziyatida 1921 yil kuzidan imperialistik front yemirila boshladi. Fransiya Buyuk Majlis hukumati qo‘shinlariga qarshi Kilikiyadagi harbiy harakatlarini to‘xtatib, 1921 yil 20 sentyabrda Anqarada Buyuk Majlis hukumati shartnoma tuzildi. Italiya ham o‘z qo‘shinlarini kichik Osiyodagi okupatsiya qilgan rayonlardan olib chiqib ketdi. Shunday qilib imperialistik agressorlar qatorida angliya bilan Gresiya qoldi.

1921 yil oxirida Buyuk Majlis qurolli kuchlar qo‘mondonligi yunon inventarlariga qarshi bosh xujum rejasini ishlab chiqishga kirishdi.

Mustafo Kamol Otaturk hukumati qo‘shinlari uzoq tayyorgarlikdan so‘ng 1922 yil 26 avgustda yunon qurolli kuchlariga qarshi hujumga o‘tdi. Garchi Yunoniston bu vaqtga kelib Angliyadan ulkan miqdorda qurol –yarog‘lar va harbiy anjomlar olganligiga qaramay Buyuk Majlis hukumati qo‘shinlari bir necha janglarda yunon armiyasini tor – mor keltirib, yakson qildilar va sentyabr o‘rtalarida Anatoliya chegaralaridan to‘liq haydab chiqardilar. 1922 yil oktyabrida Antanta mamlakatlari va Gresiya Mudanya shahrida turkiya bilan yarash bitimini imzoladilar, unga ko‘ra urush harakatlari to‘xtatildi. Shunday qilib, turk xalqining o‘z milliy mustaqilligi uchun olib borgan urushi uning to‘liq g‘alabasi bilan tugallandi.

Sultonlikni bekor qilinishi .

Biroq istambulda feodal – klerikal unsurlar tayanchi, imperialistlar qo‘lida qo‘g‘irchoq bo‘lgan sulton va uning hukumati mavjud edi. Turkiya bilan tinchlik shartnomasini tuzish uchun konferensiya chaqirar ekanlar. Antanta davlatlari unda ishtirok etish uchun sultonlik hukumatini ham Buyuk Majlis hukumatini ham taklif qilganlar. Bunday vaziyat Buyuk Majlis hukumatini sultonlik haqidagi masalani ortga qoldirmasdan hal qilishga undadi. 1922 yil 1 noyabr qarori bilan Buyuk Majlis xalifalikni saqlangan holda sultonlikni bekor qildi. Taxtdan tushirilgan sulton 17 noyabrda ingliz kemasida Malta oroliga “Britaniya himoyasiga” qochib ketadi. Buyuk majlis 1922 yil 18 noyabrda sobiq sultonni xalifa sifatida ham taxtdan tushirilishi haqida qaror chiqardi. Lekin respublika rasman e’lon qilinmadi. Chunki mamlakatdagi o‘sha vaqtdagi konservativ an’analarni keng yoyilganligini hisobga olib Mustafo Otaturk shunday yo‘l tutdi.

Sultonlikni tugatilishidan ko‘p o‘tmasdan burjuaziyani turli guruhlari plmeshchiklar, ziyolilar, ruxoniylar kirgan burjua – pomeshchik kamolchilar ittifoqi parchalana bordi. Shundan keyin burjuaziyaning asosiy qatlamlari va ular bilan bog‘langan pomeshchiklar, harbiy amaldorlar va burjua ziyolilari Mustafo Kamol Otaturk tashabbusi bilan 1923 yil aprelda avvalgi huquqlarni himoya qilish jamiyatlari o‘rniga yangi siyosiy tashkilot Xalq partiyasini tuzdilar.

Lozanna tinchlik shartnomasi.

Turkiyada muhim ichki o‘zgarishlar bo‘layotgan bir vaqtda Lozanna (Shveysariya)da antanta mamlakatlari bilan turkiya o‘rtasida tinchlik shartnomasini tuzish haqida muzokaralar boshlangan edi. Uzoq muzokaralardan so‘ng 1923 yil 24 iyulda bir qator ilovalar bilan tinchlik shartnomasini imzolandi.

Lozanna shartnomasiga ko‘ra Antanta mamlakatlari turkiya mustaqilligini sharqiy Frakiya, Kichik Osiyo, Arman tog‘lari g‘arbiy qismi, Suriya – Mesopatamiya yassi tog‘lari shimoliy qismi chegaralarida tan oldilar. Shuningdek ular taslimchilikni va unga asoslangan teng huquqli bo‘lmagan shartnomalarni bekor qilinishini e’tirof etdilar.

Lozanna shartnomasi turkiya uchun turk xalqi ozodlik kurashi jarayonida ko‘p millatli usmon imperiyasi o‘rnida vujudga kelgan yangi turk milliy mustaqil davlatni imperialistik davlatlar tomnidan tan olinishi akti sifatida nihoyatda muhim ahamiyatga ega edi.



Kamol Otaturk hukumatining islohatlari.

Milliy ozodlik kurashi oxiriga kelgan vaqtda turkiya iqtisodiy sust rivojlangan mamlakat bo‘lib hisoblanardi. 1911 yildan beri deyarli to‘xtovsiz davom etgan urush mamlakatni anchagina harob qilgan edi.

Yangi hukumat xususiy milliy turk kapitalini rag‘batlantirish va etatizm deb atalgan ya’ni davlat sarmoyalarini eng avvalo sanoat va temir yo‘l transporti sohasi keyin esa xo‘jalikni boshqa sohalariga ham sarflashni ko‘zda tutuvchi siyosatni olib bordi.

Davlat kapitalizmini o‘ziga xos shakli bo‘lgan etatizm siyosati ijobiy ahamiyatga ega bo‘ldi, chunki bu siyosat chet el kapitali ta’sir doirasini cheklab mamlakat iqtisojiy taraqqiyotini birmuncha jadallashtirdi.

Hukumatning iqtisodiy siyosati ishlab chiqarish kuchlarini bir qadar o‘sishiga imkon bergan bo‘lsada xalq xo‘jaligini tezrivojlanishi uchun shart – sharoitlar yaratilmadi. Ayniqsa qishloq xo‘jaligi sekin rivojlandi, yer avvalgidek pomeshchiklar va burjua – pomeshchik davlati qo‘lida bo‘lib, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi munosabatlarida ekspluatitsiyaning kapitalizmgacha bo‘lgan metodlari xususan chorakorlik , korandaliklar saqlanib qolgan edi.

20- yillarda birinchi qand zavodlari qurildi va to‘qimachilik sanoati bir muncha o‘sdi. Temir yo‘l tarmoqlari sezilarli kengayib bordi, hukumat nafaqat iqtisodiy balki harbiy manfaatlarni ko‘zlab transport masalasiga alohida e’tibor berdi.

Birmuncha iqtisodiy o‘sish milliy burjuaziya va u bilan bog‘liq tabaqalar ahvolini mustahkamladi. Feodal klerikal elementlar va komprodor burjuaziyasini sindirishga intilib xalq partiyasi, majlis va hukumat 1923 yil kuo‘idan davlat tuzilishi, qounuchilik va boshqa sohalarda islohatlar o‘tkaza boshladi. Istambulni feodal – klerikal va komprodor elementlar o‘zlarining tayanchlariga aylantirishga intilganliklari sabali poytaxt 1923 yil oktyabrida anqaraga ko‘chirldi. 1923 yil 29 oktyabrida Buyuk Majlis Turkiyani Respublika e’lon qildi. Bu bilan 1921 yil yanvardan mavjud bo‘lib kelayotgan boshqarish shakli masalasidagi noaniqlikka chek qo‘yildi. Respublika e’lon qilingandan keyin milliy ozodlik uchun kurash tashkilotchisi mustafo Kamol Otaturk respublikaning birinchi prezidenti etib saylandi, 1927 yildan esa xalq respublikachilar partiyasining umrbod raisi etib saylandi. 1924 yil martidan qator yangi qayta o‘zgarishlar o‘tkazildi, xalifachilik tugatildi (usmoniylar sulolasi barcha a’zolari mamlakatdan chiqarib yuborildi), din va vaqf ishlari bo‘yicha vazirlik tugatildi, musulmon diniy maktablari yopildi, barcha o‘quv muassasalari ustidan nazorat ishi maorif vazirligiga berildi. Shu vaqt musulmon diniy sudlari tugatildi va ularning funksiyalari dunyoviy, davlat sud muassasalariga berildi.

1924 yil 20 aprelda qabul qilingan konstitutsiya milliy burjuaziya va u bilan bog‘langan pomeshchik hukumronligini mustahkamladi, davlatchilikni feodal teokratik shakli – sultonlik, xalifalikni tugatdi. Lekin konstitutsiyada e’lon qilingan ko‘p huquqlar deklaratsiya xarakterida edi, shuningdek konstitutsiyada shovinistik ruhda bzlib turkiya barcha aholisi milliy va diniy mansubligiga qaramay turklar deb hisoblanar edi. Kam sonli millatlarni miliy huquqlari himoyalanmagan edi.

1925-1929 yillarda yangi jinoiy, fuqarolik va boshqa kodekslar qabul qilindi, mamlakatni tashqi qiyofasini “yevropalashtirish” tomon o‘zgartirishga xizmat qilgan maishiy hayotga doir qator islohatlar o‘tkazildi. 1928 yilda arab alfavitidagi yozuv o‘rniga lotin alfaviti asosidagi yozuvlar o‘tildi.

Savol : Mustafo Kamol Otaturk hukumatini o‘tkazgan islohatlarining asosiy mohiyati nimalardan iborat ?

Jahon iqtisodiy krizisining turkiyaga ta’siri .

Garchi 1929- 1933 yillarda jahon iqtisodiy krizisi turkiya iqtisldiyotiga zarar keltirgan bo‘lsada, uning ta’siri boshqa kaptalistik mamlakatlardagichalik bo‘lmadi. Buning sababi mamlakatdan chetga chiqariladigan quruq mevalar . tamaki va boshqalarning narxini don va don mahsulotlari, paxtaga nisbatan kam tushuganligi edi. Bundan hukumatning importni qisqartirish. Eksportni rag‘batlantirish yo‘lini tutganligi bunda ma’lum rol o‘ynadi. Shuningdek turk hukumati turk milliy valyutasi – lirani kursini barqarorlashtirishga erishdi.

Lekin shunga qaramay, hukumatning turkiya iqtisodiyotiga urizis ta’sirini cheklashga qaratilgan tadbirlarini asosiy og‘irligi asosiy xalq ommasi zimmasiga tushdi. Mehnatkash xalq turmush darajasi pasayib, norozilik harakatlari avj ola bordi. Ammo bu harakatlar ma’murlar tomonidan qattiqqo‘llik bilan bostirildi. Qatag‘onlar bilan bir qatorda hukmron yuqori doiralar tomonidan Turkiyada sinflar yo‘q faqat “bir – biriga foydali guruhlar bor”, shunday ekan, turkiyada sinfiy kurash ham bo‘lishi mumkin emas degan g‘oya ilgari surildi.

Shunga qaramay 1936 yili ommaning tazyiqi ostida turkiya tarixida birinchi marta mehnat haqida qonun qabul qildi. Bu qonun ( kata cheklashlar bilan) 8 soatlik ish kunini, dam olish kunlari , pul to‘lanadigan ta’tillar, ijtimoiy suhurtalarni joriy qilishni e’lon qildi. Ayni vaqtda bu qonun tomonidan ish tashlashlar taqiqlandi, ularda ishtirok etuvchilarga katta jarimalar va qamoq jazolari belgilash ko‘zda tutildi.



Miliy zulmni kuchayishi.

Krizis yillarida kam sonli millatlarga, ayniqsa kurdlarga nisbatan tazyiq kuchaydi. Natijada 1930 yil bahori Igdir – boyazit rayonida kurdlar qo‘zg‘alon ko‘tardilar. Ulardan keyin 1930 yil iyun oyi ikkinchi yarmida Van ko‘li rayonidagi kurdlar ham qo‘zg‘alon ko‘tardilar. Qo‘zg‘alonchilar Suriya, Eron , Iroqdagi kurd tashkilotlaridan yordam ola boshladilar. Hukumat qo‘zg‘alon rayonlariga juda katta harbiy qismlarni yubordi. Lekin faqat 1932 yil boshlaridagina qo‘zg‘alonni oxiri o‘choqlari bostirildi. Qo‘zg‘alonning 34 nafar rahbari sud xukmi bilan qatl qilindi, ko‘plab qo‘zg‘alon ishtirokchilari sudsiz, tergovsiz o‘ldirildilar.



Milliy burjuaziyaning muxolifatchi guruhlar bilan qo‘shilib ketishi.

Burjuaziyaning iqtisodiy mavqelarini nisbatan tez mustahkamlanib borishi muxolifatchi guruhlar bilan asta – sekin yaqinlashish imkoniyatlari yaratila bordi. Ikkinchi jahon urushi arafasida hukmron burjua – pomeshchiklar blokida yirik burjuaziya va yer magnatlari salmog‘i oshgan edi. 1938 yili turkiyani birinchi prezidenti Kamol Otaturk vafotidan keyin Ismat Inenyu prezident etib saylandi.

Ismat Inenyuning hokimiyatga kelganidan ko‘p ztmay xukumron doiralarni muholfatchi kuchlar bilan yarashish jarayonlari boshlandi.

Muxolifatchilar liderlari chet ellardan qaytib keladilar. Milliy burjuaziyaning asosiy qatlamlarini komprador elementlar bilan yaqinlashishi yo‘li uchun shart – sharoit yaratdi.



Tashqi siyosat . Turkiya hukmron doiralarini imperialistik davlatlar bilan yaqinlashishi.

1930 yil mayida Germaniya Turkiya bilan savdo shartnomasini tuzdi va tez orada savdoda birinchi o‘rinni egalladi. Ayni vaqtda angliya va fransiya turkiyada o‘z ta’sirlarini kuchaytirishga intildilar. 1930 yildan boshlab AQSH ham Turkiya bilan muntazam savdoni kengaytira borib, ekspansiyani kuchaytira boshladi.

1932 yil iyulda turkiya ingliz – fransuz imperialistlarining quroli bo‘lgan Millatlar ligasi kirdi. Imperialistik davlatlarning ta’zyiqi ostida 1933 yili Turkiya fransuz va ingliz kapitalining turkiyadagi asosiy tayanchi ottoman banki konsessiyasining cho‘zishga , shuningdek og‘ir moliyaviy ahvolga qaramasdan ottoman (Sultonlik) qarzi bo‘yicha to‘lovlarni davom ettirishga majbur bo‘ldi. O‘z navbatida 1933 yildan boshlab Germaniya fashizmi ham boshqa osiyo va Afrika mamlakatlaridagi kabi Turkiyada ham katta faollikni namoyon qila boshladi.

1934 yil fevralda Turkiya, Gresiya, Ruminiya, Yugoslaviya bilan shartnomalar tuzib , Bolqon Antantasi tarkibiga kirdi.

Angliya va Fransiya natsistlar Germaniyasi bilan raqobat qilardi. Fashistlar Italiyasi Efiopiyaga hujum qilganda angliya turkiyada o‘z mavqeini kuchaytirish chora tadbirlarini ko‘ra borib, 1935 yili oxiri Turkiya bilan O‘rta yer dengizi jentlmen ahdlashuvi deb atalgan shartnoma tuzdi. Bunga ko‘ra Angliya – Italiya to‘qnashuvi sharoitda Turkiya Angliyaga qo‘ldan kelgan yordamni ko‘rsatishi, Angliya esa bug‘ozlar masalasini qayta qurib chiqish vaqtida turkiyani qo‘llab quvvatlash majburiyatini oldi.

1936 yil iyun – iyulida montryo (shveysariya) da bo‘lgan bo‘g‘ozlar haqidagi xalqaro konferensiyada 1923 yilgi Lozanda konvensiyasi bo‘yicha bo‘g‘ozlar ustidan o‘rnatilgan xalqaro nazorat bekor qilindi. Turkiya bo‘g‘ozlar zonasini remilitarlash huquqini oldi. Shunday qilib turkiya bo‘g‘ozlarni tinchlik va urush holatida ham yagona nazoratchisiga aylandi. Lekin imperialistlar Qora dengiz mamlakatlari uchun ma’lum sharoitlarda bir muncha cheklangan harbiy dengiz kuchlarini Qora dengizga kiritish huquqiga erishdilar. Montryodagi konvensiyani imzolanishi germaniya, Italiya kabi agressiv davlatlarga ma’lum darajada zarba berdi.

Montryoda konvensiya imzolangandan keyin Angliya Turkiyada ta’sir uchun kurashni kuchaytirdi, bu yerga anchagina harbiy anjomlar keltirildi. 1937 yili Turkiya Angliyani imperialistik siyosati quroli bo‘lgan Sadabad paktini imzoladi. Bu pakt Yaqin sharq antantasini yaratilishiga olib keldi. Turkiyani ingliz –fransuz siyosati yo‘liga uzil – kesil jalb qilish maqsadida 1938 yili Fransiya , Angliya talabi bilan Suriyadan Aleksandret Sandjakini ajratib berdi, bu Sandjak xatay okrugi nomi bilan turkiya tarkiga kirdi.

Urush arafasida ko‘pchilik turk burjuaziyasi va pomeshchiklari umuman AQSH, Angliya, Fransiya tarafdorlari edilar, lekin bir qancha guruhlar esa (ayniqsa harbiy doiralarda) gitlerchilar Germaniyasiga tarafdor edilar. Shuningdek, sobiq Sovet ittifoqi bilan ilgarigi munosabatlarni saqlab turish yo‘lini tutuvchi siyosatchilar ham bor edi.



Savol : Turkiyaning 30 yillarda tashqi siyosati yo‘nalishlarini bering.

Turkiyaning sobiq SSSR bilan munosabatlari.

30 yillarda turkiya sobiq SSSR munosabatlari umuman olganda yaxshi qo‘shnichilik asoslarda rivojlandi. 1932 yili iqtisodiy krizis vaqtida sobiq ittifoq hukumati turk hukumatiga anchagina miqdorda kredit berdi. Bu kredit kayseri shahrida yirik sobiq ittifoq yordami bilan Nazillida ikkinchi to‘qimachilik kombinati qurildi.



Harbiy tayyorgarlik.

Harbiy tayyorgarlikni kuchaytira borib, Turkiya hukumati chet ellardan harbiy anjomlar sotib olib, mamlakat iqtisodiyotini harbiy izga o‘tkazdi. Ilgari tinchlik maqsadlarida ishlatiladigan davlat mablag‘lari harbiy sohaga ishlatila boshladi, endilikda etatizm turkiyani millatlashtirish vositalaridan biriga aylandi.

Harbiy tayyorgarlik sanoat va qishloq xo‘jaligining rivojlanish suratlarini pasaytirdi, harbiy anjomlarni sotib olish, harbiy ehtiyojlar uchun byudjetdan mablag‘lar ajratishni ko‘payishi mamlakat moliyaviy ahvolini yomonlashtirdi.

Turkiya ikkinchi jahon urushi davrida.

Ikkinchi jahon urushi yillarida turkiya rasmiy jihatdangina neytralitetni saqlab keldi va 1939 yil oktyabrida Fransiya va Angliya bilan ittifoq va o‘zaro yordam to‘g‘risida shartnoma tuzib, urush boshlanishidan 19410 yil yozigacha ingliz – fransuz yo‘nalishini qo‘llab – quvvatlab keldi.

1940 yil yozidan Fransiya mag‘lubiyatidan keyin turkiya fashist davlatlari siyosati ta’siri ostida bo‘ldi, xususan 1941 yil iyunda gitlerchilar germaniyasi bilan do‘stlik haqida shartnoma tuzdi.

O‘sha davr sharoitida bu shartnoma turkiyani germaniya tomoniga yuzlamalarcha buzib haqiqatan ham Turkiya germaniyaga turli yordamlar ko‘rsatib keldi. Turkiya germaniyaga xrom va boshqa qimmatli xom ashyolar yetkazib berdi, bo‘g‘ozlar orqali Qora dengizga fashistlarni harbiy kemalarini va transportlarini o‘tkazib , o‘z hududida fashist ayg‘oqchilarini yashirib keldi. Faqatgina urush oxiri 1944 yil avgustda antigetlerchi kaolitsiyaning ta’zyiqi ostida turk hukumati germaniya bilan diplomatik aloqalarni uzganligini e’lon qildi va AQSH , Angliya, Fransiyaga yon bosa boshladi. Turkiya hatto urush tugashi arafasi 1945 yil fevralda germaniya bilan urush holatida ekanligini e’lon qiladi, lekin turkiya harbiy harakatlarda ishtirok etmaydi.

Urush yillarida Turkiya hukumati iqtisodni militarlashtirishni kuchaytirdi, bu esa harbiy xarajatlarni keskin o‘sishiga olib keldi va iqtisodiyotning barcha sohlariga jiddiy zarar keltirdi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining keskin qisqarib ketishi mamlakatni oziq – ovqat ta’mingotini og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. Urush yilarida shuningdek, ahvoli uchun sanoat mollarini sezilarli kamayib ketishi, ularni keskin yetishmovchiligiga , chayqovchilikni avj olishiga narx – navolarni oshib ketishiga olib keldi. Temir yo‘l, dengiz, avto transporti ahvoli yomonlashdi. Turkiya mehnatkashlari urush yllarida mashaqqatlarni boshdan kechirdi. Ishchilar “millat ximoyasi” shiori ostida o‘tkazilgan ekspulatatsiyani kuchayishidan azob tortdilar. Shu kuni ish kuni 14-15 soatgacha ko‘tarildi. Chayqovchilik qimmatchilik munosabatlari bilan real ish xaqlari 4-5 barovar qisqarib ketdi. Boshqaruvni avtoritar usullarini qo‘llanishi asnosida mehnatkashlar hatto minimal fuqarolik huquqlaridan ham mahrum qilindi. Dehqon xo‘jalik larni aygiqsa safarbarlik munosabatlari bilan ishchi kuchlar yetishmovchiligidan azob tortdilar.

Shuningdek, qat’iy baholarni joriy qilinishi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini majburiy yetkazib berish soliqlarni oshib ketishidan qiynalar edilar.

Ishchi va dehqonlarning ahvolini yomonlashib ketishi ularni noroziliklarini uyg‘otdi. Lekin bu noroziliklar ma’muriy tomonidan qattiq bostirildi.



Qattag‘onlarga shuningdek ilg‘or kayfiyatdagi ziyolilar vakillari xam tortildilar. Xususan 1945 yil fevralida boshqa ayblanuvchilar qatori taniqli turk yozuvchisi Suad Darvesh qamalgan edi. Taqiblarga qaramay urush oxirlariga kelib Turkiyada demokratik ilg‘or partiyalar aholi orasida kuchayib bordi .
Yüklə 44,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə