Qobiliyatlarini rivojlantirish



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə1/13
tarix05.10.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#125427
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
ABDULLAJONOV4

Kirish.


Kurs loyihasining maqsadi bakalavrlarni mustaqil ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish, olgan nazariy bilimlarini qo‘llashda amaliy ko‘nikmalar hosil qilish va zamonaviy texnika hamda texnologiyalarni qo‘llashni o‘rganishdir.
Kurs loyihasini bajarishda bakalavr bosqichi talabasi elektr, issiqlik energiyalarini olishning alternativ usuli hisoblangan shamol energetikasi texnologiyasida qo‘llaniluvchi qurilmalarning asosiy sxemalari, mexanikasi, ularning texnik va mexanik ko‘rsatgichlarini tahlil qilish hamda elektr va mexanik kattaliklarni hisoblash, o‘quv adabiyotlardagi jadval va ifodalarni o‘rganishi kerak.
Shamol energetikasi” fanidan kurs loyihasini bajarish maqsadi va vazifalari. “Shamol energetikasi” fanidan kurs loyihasi “Muqobil energiya manbalari”
yo‘nalishi talabalari tomonidan bajariladi. Kurs loyihasi “Shamol energetikasi” fanining bo‘limlarini o‘z ichiga oladi va uning maqsadi talabalar tomonidan nazariy bilimlari mustahkamlanadi, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.
Kurs loyihasini bajarish jarayonida talaba shamol energetikasi loyihalash masalalarini mustaqil xal etishni, ishchi mexanizm uchun generator, shamol va shamol energetik qurilmalarini to‘g‘ri tanlashni, tizimni normal holatda ishlashi va yuklanish qobiliyati bo‘yicha tekshirishni o‘rganadi.
Kurs loyihasida talaba loyihalanayotgan shamol energetikasi qurilmalarini ishga tushirish, tizimni boshqarish masalalarini ishlab chiqadi, shamol energetikasi qurilmasi jihozlarning har birini tashqi va ichki o‘lchamlarini o‘zi hisoblab topadi va sxemada sxema elementlari etib belgilaydi, shu yo‘l bilan u sxemani o‘qishni ham o‘rganadi. Kurs loyihasini bajarishda talaba loyihalanayotgan shamol energetikasi qurilmasi tashkil etayotgan jihozlarning me’yoriy harakteristikalarini hisoblash va qurish ko‘nikmalarini egallaydi.
Kurs loyihasining bajarishni tashkil qilish.
Talabalarga kurs loyihasiga topshiriq 3-kurs VI semestr boshida taqdim etiladi. Shamol energetikasi qurilmasi fanining amaliy mashg‘ulotlarida talabalar shamol energetik qurilmalari loyihalashga oid mashqlarni bajaradilar, loyihalash masalalari bo‘yicha maslaxatlar olishadi, loyihani ayrim bo‘limlari bo‘yicha reaktor yoki parrak tanlash bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritiladi, shamol energetic qurilmalari sxemalarini tanlash va ishga tushirish uni rostlash usullari aniqlanadi va h.k.
Kurs loyihasini yakunlanishida loyiha raxbari hisoblashlarni to‘g‘ri bajarilganligi, grafik qismi sifatli tayyorlanganligi, topshiriq bandlarini to‘liq yechimini topganligi to‘g‘risida xulosa beradi va loyihani himoyaga tavsiya etadi. Kurs loyihasini himoyasi natijasi bo‘yicha talaba ishi baholanadi va diplom loyihasini bajarishda qo‘llash mumkinligi haqida hulosa chiqaradi.
Kurs loyihasini shakllantirish talablari.
Kurs loyihasi A4 formatdagi qog‘ozda bajarilgan,muqovalangan, tikilgan hisob-yozma bayoni (HYB) ko‘rinishida tayyorlanib, tekshirish uchun loyiha raxbariga topshiriladi. Loyihani grafik qismi (GQ) 2ta va undan kam bo‘lmagan A2 formatli vatmanda ilova qilinadi.
Loyihani hisob-yozma bayoni aniq va tushunarli qilib ko‘k yoki qora pastali ruchkada qo‘l bilan yoziladi, shatrli b elgilar va formulalar texnik standartlar talabiga mos kelish shart. Hisob-yozma bayonidagi ma’lumotlar mantiqiy ketma- ketlikda berilishi, hisoblashlar va qabul qilingan yechimlar asoslangan, iboralar aniq va qisqa bo‘lishi lozim. HYBning titul varagi o‘rnatilgan tartiba tayyorlanishi kerak. Kurs loyihasini boblari va bo‘limlarining nomlari raqamlanadi. Masalan: 2.3.(nomi) – ikkinchi bolim uchinchi qism(punkt) va h.k. HYB betlari nomerlanadi, bo‘lim va punktlarining nomlarini betlari ko‘rsatilgan holda mundarijaga chiqariladi. HYBning betlari quyidagi tartibda raqamlanadi: titul varagi – 1 bet, kurs loyihasi topshirig‘i – 2 bet, kurs loyihasi topshirig‘iga ilova – 3 bet, mundarija – 4 bet, kirish – 5 bet va shu ketma-ketlikda davom ettiriladi.
Hisoblash natijasida qurilgan sxemalar nomlangan holda aloxida varoqlarda keltiriladi va umumiy tartibda raqamlanadi. Asosiy chizmalar shiningdek grafik qismda ham beriladi. Hisob-yozma bayonida foydalanilgan formulalar, chizmalar, sxemalarning manbalari ko‘rsatilishi shart. Shartli belgilar, terminlar va nomlanishlar Davlat standartiga (DS) mos kelishi, o‘lchov birliklari CИ sistemasida bo‘lishi kerak, so‘z va iboralarni qisqartirish mumkin emas.
Kurs loyihasini grafik qismi qalam bilan texnik chizmachilik talablariga rioya qilgan holda bajariladi, asosiy yozuvlar shrift bilan yoziladi, nomlanadi va ijrochi tomonidan imzolanadi. Yakunlangan va himoyaga tavsiya etilgan kurs loyihasi loyiha raxbari va kafedra mudiri tomonidan imzolanadi.
Kafedra tomonidan tasdiqlangan topshiriq bo‘yicha bajarilmagan va yuqoridagi talablarga jovob bermaydigan loyihalar himoyaga qo‘yilmaydi.
Kurs loyihasining strukturasi va mazmuni.
“Shamol energetikasi” fanidan kurs loyihasida shamol qurilmasini tashkil etayotgan mexanizm va jihozlarni tanlash va sxemasini yig‘ish, tizimni sxema asosida normal ishga tushirish, tavsiflar hamda grafik chizmalardan iborat bo‘ladi. Kurs loyihasining mavzusi loyiha raxbari tomonidan belgilanadi. Kurs loyihasining hajmi, strukturasi va mazmuni kurs loyihasini topshirig‘i asosida aniqlanadi (ilova-1).
Kurs loyihasini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar.
Kurs loyihasi talabaning mustaqil ishi hisoblanadi, uni bajarish davomida “Shamol energetikasi” fanidan olgan nazariy bilimlarni ishlatishni o‘rganadi. Loyihani bajarish natijasida talaba texnik adabiyotlar va hujjatlardan foydalanish ko‘nikmasini oladi, shamol energetikasiga tegishli bo‘lgan elektrotexnik sxema elementlari va ularni shartli belgilanishini yodlaydi, shamol energetikasi texnologiyasi sxemalarini o‘qishni o‘rganadi. Kurs loyihasini hisob-yozma bayonida loyihalash topshirig‘i va boshlangich ma’lumotlar beriladi.
Loyihani kirish qismida ishchi mexanizmlarning elektr yuritmalarini boshqa turdagi elektr yuritmalardan avfzalligi, sifat ko‘rsatgichlari va rivojlanish istiqbollari keltiriladi. Shuningdek bu bo‘limda tanlagan elektr yuritma tizimini texnik ko‘rsatgichlari, yutuq va kamchiliklari, qo‘llanish soxalari va alohida xususiyatlari ko‘rsatiladi.
Loyihani asosiy etapi bu tavsiya etilayotgan shamol energetikasi qurilmasini optimal variantni tanlash hisoblanadi. Loyihada shamol energetiaksi qurilmasini
tanlash shartlari va talablari keltirilishi kerak. To‘g‘ri tanlangan shamol energetikasi qurilmasi nominal ko‘rsatgichlari bilan ishlashini ta’minlaydi, meyoridan ortiq qizishini va past yuklamalar bilan ishlashini cheklashi to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi. Talaba noto‘g‘ri tanlangan shamol energetik qurilmalari yoki shamol generatori qanday salbiy holatlarga olib kelishini ham takidlab o‘tishi lozim. Tanlangan shamol energetik qurilmalari ishga tushirilishida, yuklanishida va ish samaradorligini yanada optimallash uchun jarayonni tezlashtirishga qanday erishish mumkinligi yoritiladi.
Tanlangan shamol energetik qurilmalari yoki shamol generatori qizishi va yuklanish qobiliyati shartlari bo‘yicha tekshiriladi. Tekshirish uchun generator qismlariga ta’sir etuvchi ekvivalent boshqa generator qismi va ishlanishi aniqlanadi, nominal kuchlanish U bilan solishtiriladi. Shamol energetikasi qurilmasi orqali aniqlangan kattaliklarni masalan kuchlanish, tok kuchi, quvvati va boshqa kattaliklarini solishtirib olishimiz muhimdir. Bunda shamol parragini uzunligini o‘lchab ularni aylanish radiuslarini aniqlab olamiz unga mos ravishda generator va rotor larni ish prinspini taxlil qilish. Ularni nominal rejimda ishlovchi qurilmalari bilan loyihadagi aniqlangan kattaliklarni solishtirish lozimdir. Boshqa kattliklarga solishtirib ularni mexanik holda to‘g‘ri ishlashini taminlashini tekshirishdir.
Ish jarayon natijalari bo‘yicha, generator ish prinspini hisobga olingan holgan to‘g‘ri aniqlanish kerakdir. Shamol generatori qurilmasi uning o‘rnatilishi va qurilmani yaroqlilik muddatini belgilab ishlash doimiysini oshirish kerakdir. Yuqoridagi shartlar bajarilganda shamol energetikasi qurilmasi ishchi mexanizmi uchun yaroqli deb qabul qilinadi.
‘’Shamol energetikasi qurilmalarini ishga tushurish ularni inson hayotiga zarar yetkazmaydigan holda ishlashini taminlash kerak. Shu bois uning o‘rnatilish mexanizmini ham churuq o‘rganish kerak. Ularning elektrik va mexanik tasirlarini ham o‘rganish talabalarga ko‘proq malumotlarni bilishga imkon beradi.
Kurs loyihasini bajarishda talaba tavsiya etilgan adabiyotlardan shamol energetikasi qurilmani andozaviy sxemasini olib, uni o‘zining topshirigi va variantiga moslab o‘zgartirishlar kiritadi. Sxema quyidagilarga mos kelishi kerak:

  1. Ishga tushirish bosqichlari.

  2. Shamol energetik qurilmasidagi jihozlar aniq ko‘rsatilishi.

  3. Sxemadagi shartli belgilarni standartlarga mosligi.

Shamol energetik qurilmasining printsipial sxemasi HYBda keltiriladi va uning to‘liq bayoni beriladi.
Loyihada tanlanayotgan parametrlari bo‘yicha hisoblanadi, taqqoslanadi, ularning optimal variantini tanlanadi va uning batafsil bayoni keltiriladi.
Kurs loyihasi bo‘limlarining andozaviy masalalarini yechish.



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə