O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


 C++tilining grafik muhitida fazoviy jismlarni hosil qilish…………



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə7/157
tarix19.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#152373
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   157
S. Eshtemirov, F. M. Nazarov algoritmlash va dasturlash asoslari-hozir.org

6.2 C++tilining grafik muhitida fazoviy jismlarni hosil qilish………….
Fazodagi shakllarni hosil qilish…………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati…………………………………….

201
202


202
203
204
205
206
206
207
210
213
213
215
216
218
220
224
225
227
229
234

234
235


237
242

243
244


244
247
247
252



7

Kirish 


Jamiyatda tobora o‗sib borayotgan axborot oqimi, axborot texnologiyalarining
turli tumanligi, kompyuterda yechiladigan masalalarning murakkablashuvi ushbu
texnologiyalardan foydalanuvchilarning oldiga bir qator vazifalarni qo‗ydi.
Bugungi kunda ma‘lumotlar oqimining ko‗pligi tufayli ularni qisqa vaqt ichida
qayta ishlash muommosi ham ortib bormoqda. Hozirgi vaqtda axborot-
kommunikasiya vositalari barcha turdagi tashkilot va muassasalarga shiddat bilan
kirib kelmoqda. Axborotlarning haddan tashqari ko‗pligi bu axborotlarni
saqlashda, qayta ishlashda, hamda har xil turdagi tizimlarni yaratish, ulardan keng
foydalanishni va axborot tizimlari yaratishni talab qiladi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi mamlakatning davlat va jamiyat
rivojlanishi istiqbolini strategik rejalashtirish tizimiga sifat jihatdan yangi
yondashuvlarni boshlab berdi[1]. Unda belgilangan vazifalar sirasida ta‘lim va fan
sohasini rivojlantirish ham aloxida ko‘zda tutilgan. O‗zbekiston Respublikasi
birinchi Prezidentining 2012 yil 21 martdagi ―Zamonaviy axborot-kommunikasiya
texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‘risida‖gi
PQ-1730 Qarori hamda ―O‗zbekiston Respublikasida ―Elektron ta‘lim milliy
tarmog‘ini yaratish‖ investision loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari
to‗g‘risida‖ gi PQ-1740 Qarori va me‘yoriy hujjatlar asosida algoritmik ta‘minot
ishlab chiqish va joriy etish keng ko‗lamli hisoblanadi. Barcha tashkilot va
muassasalarda avtomatlashtirilgan tizimlar yaratish ulardan keng ko‗lamda
foydalanish uchun algoritmlash tillarini o‗rni katta hisoblanadi.
Axborot tizimlari axborotni to‗plash, saqlash va qayta ishlash uchun, keng
imkoniyatli maqsadlarda samarali foydalanish uchun xizmat qiladi. Zamonaviy
axborotlashtirish tizimi, ma‘lumotlar integratsiyasi konsepsiyasiga asoslangan
katta hajmdagi ma‘lumotlarni saqlash bilan tavsiflanadi va ko‗p sondagi
foydalanuvchilarning turli xildagi talablariga javob berishi kerak bo‗ladi.
Axborot
tizimi
va
axborot
texnologiyalarining
avtomatlashtirilgan
elementlarini qo‗llash va avtomatlashtirish asosida yangi axborot texnologiyasini
yaratish avtomatlashtirish tizimlarini loyihalashtiruvchilarning asosiy vazifalaridan
biri hisoblanadi. Avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratish uchun albatta birinchi
navbatda muommo obektini infologik yoki diskretli modelini qurish dolzarb
hisoblanadi. Infologik yoki diskretli modelni muommo obektiga qarab
algoritmlash tillarini qaysi biri asosida yaratish kerakligini tanlab olinish kerak.
Elektron hisoblash mashinalarini birinchi avlodlari yaratilishi bilan algoritmlash



8

tillarini rivojlanishi ham boshlandi. Avval algoritm tuzuvchi mutaxassislar eng


sodda mashina tilini o‗zida ifodalovchi kompyuter komandalari bilan ishlaganlar.
Bu komandalar nol va birlardan iborat uzun qatorlardan tashkil topgan edi.
Keyinchalik insonlar uchun tushunarli bo‗lgan mashina komandalarini o‗zida
saqlovchi assembler tili yaratildi. Shu vaqtlarda BASIC va COBOL singari yuqori
sathli tillar ham paydo bo‗ldiki, bu tillar yordamida so‗z va gaplarning mantiqiy
konstruksiyasidan foydalanib algoritmlash imkoniyati yaratildi. Ular komandalarni
mashina tiliga interpretatorlar va kompilyatorlar yordamida o‗tkazar edi.
Algoritmlash tillari yaratilishi bo‗yicha uchta turga ajratiladi:
-quyi darajadagi;
-o‗rta darajadagi;
-yo‗qori darajadagi.
Bizga ma‘lumki, ma‘lum bir masalani yechish uchun buyruqlar ketma- ketligi
ya‘ni algoritmni algoritmlash tilida yozilishida kamroq komandalardan
foydalanilsa, bunday tillar darajasi yuqoriroq hisoblanadi.
Quyi darajadagi algoritmlash tillari bevosita kompyuter qurilmalari bilan
bog‘liq bo‗lib buyruqlar ularning kodlari bilan yoziladi. Bu kabi buyruqlardan
tashkil topgan algoritmlar katta hajmli bo‗lib, ularni taxrirlash mushkul
hisoblanadi. Dastlabki kompyuterlar(ENIAK, MESM va boshqalar) ana shunday
tillarda ishlardi.
O‗rta darajadagi algoritmlash tillari buyruqlarida faqat raqamlar emas, balki
insonlar tushunadigan bazi so‗zlar ishlatila boshlandi(Assemblaer).

Yuqori darajadagi algoritmlash tillari quyidagicha bosqichlarga bo‗linadi:


Algoritmik(Basic, Pascal, C va b.)
Mantiqiy(Prolog, Lisp va b.)
Obe‘ktga mo‗ljallangan(Object Pascal, C++, Java va b.)

Algoritmlash tillarida yaratilgan algoritmlar mashina tiliga Translyatorlar


yordamida o‗tkaziladi.
Translyator(translator-tarjimon) biror bir algoritmlash tilida yozilgan algoritmni
mashina tiliga tarjima qiladi.
Translyatorlar ikki turda bo‗ladi:
-Kompilyatorlar(compiler-yig'uvchi) biror bir algoritmlash tilida yozilgan
algoritmni mashina tiliga to‗liq o‗qib olib tarjima qiladi.
-Interpretatorlar(interpreter —izohlovchi, og‘zaki tarjimon) biror bir algoritmlash
tilida yozilgan algoritmni mashina tiliga satrma satr tarjima qiladi.



9


Translyatorlarni bu ikkala turi bir biridan farq qiladi. Komplyatsiya qilingan
algoritmlar bir muncha kam vaqt talab etadi, ya‘ni tezroq ishlaydi, lekin
interpretatsiya qilingan algoritmlarni o‗zgartirish osonroq hisoblanadi.

C++ dasturlash tili tarkibida bir nechta imkoniyatlar mavjud, ya‘ni consol


rejimi, forma ob‘yekt rejimi, grafik muhiti va ma‘lumotlar bazasi bilan ishlash
imkoniyatlari keng joriy etilgan. Ushbu qo‗llanmada keltirilgan misol va
masalalarning yechimi dasturining intmain funksiyasi tarkibini C++ dasturlash
tilinining ixtiyoriy versiyalarida ishlatib ko‗rish mumkin. Qo‗llanma oliy o‗quv
yurtlari talabalari va magistrantlari, litsey kasb hunar kollej o‗quvchilari hamda
mustaqil o‗rganuvchilar uchun qulay vosita hisoblanadi.




10



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə