O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


I-BOB. ALGORITM, ALGORITMNING BERILISH USULLARI



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə8/157
tarix19.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#152373
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   157
S. Eshtemirov, F. M. Nazarov algoritmlash va dasturlash asoslari-hozir.org

I-BOB. ALGORITM, ALGORITMNING BERILISH USULLARI
HOSSALARI VA ULARNI TURLARI 
1.1 ALGORITM, ALGORITMNING BERILISH USULLARI VA HOSSALARI

Reja: 

1.Algoritm; 
2. Algoritmning tasvirlash usullari ; 
3.Algoritmning hossalari; 
4. Qiymat berish buyrug‘i. 
Biror bir masalani elektron hisoblash mashinasida hisoblash uchun, albatta,
berilgan masalani matematik modeli, algoritmi va biror bir algoritmlash tili asosida
algoritmini tuzish kerak bo‗ladi. Masalani matematik modelini tuzish deganda
berilgan masalani qandaydir matematik tushunchalar bilan ifodalanishiga
aytiladi.Algoritm so‗zi va tushunchasi IX asrda yashab ijod etgan buyuk
vatandoshimiz alloma Muhammad al-Xorazmiy nomi bilan uzviy bog‗liq.
Algoritm so‗zi Al-Xorazmiy nomini Yevropa olimlari tomonidan o‗zgacha talaffuz
qilinishidan yuzaga kelgan. Al-Xorazmiy birinchi bo‗lib o‗nlik sanoq
sistemasining tamoyillarini va undagi to‗rtta amallarni bajarish qoidalarini asoslab
bergan.

Masalani yechish uchun yuqorida keltirib o‗tilgandek uni algoritmini tuzish


kerak bo‗ladi. Algoritm tuzish matematik model va algoritm tuzishdan bir muncha
murakkab hisoblanadi.

Algoritm aslida biror masalani yechish yoki biror ishni bajarish rejasi bo‘lib,


rejadan farqi u aniq tugallangan qadamlarga bo‘linadi va buyruq ohangida
yoziladi.

Misol 1: Kitobdan kerakli mavzuni topish algoritmini tuzing
1.kitobning mundarijasi yozilgan sahifasi ochilsin;
2.mundarijadan izlanayotgan mavzu topilsin;
3.mavzu yozilgan sahifa aniqlansin;
4.aniqlangan sahifa ochilsin.

Misol 2: Uchburchak chizish algoritmini tuzing.
1.qog‘ozda uchtasi bir to‘g‘ri chiziqda yotmagan uchta nuqta belgilansin;
2.belgilangan nuqtalar chizg‘ich yordamida bir birlari bilan tutashtirilsin;
3.hosil bo‘lgan figura uchburchak deb qabul qilinsin.


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə