O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə9/157
tarix19.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#152373
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   157
S. Eshtemirov, F. M. Nazarov algoritmlash va dasturlash asoslari-hozir.org

Misol 3: Choy damlash algoritmini tuzing.
1.suv qaynatiladigan choynakga kerakli miqdorda suv solinsin;
2.gaz o‘chog‘ida olov yoqilsin;
3.suv solingan choynak olovga qo‘yilsin;



11


4.suv qaynaguncha kutilsin;
5.chinni choynakga bir choy qoshiq quruq choy solinsin;
6.chinni choynak qaynagan suv bilan to‘ldirilsin.

Ko‘rinib turibdiki, algoritm aniq tugallangan qadamlarga bo‘lingan bo‘lib, bu


qadamlarning har biri algoritmning buyruqlari deyiladi.

Biz kelajakda algoritmlarni ifodalashning(yozishning) uch xil usuli bilan


tanishamiz:
1.matn usuli;
2.blok-sxema usuli;
3.dastur ko‘rinishida ifodalash usuli.

Yuqorida yozilgan barcha algoritmlar matn usulida yozildi. Demak,


algoritmlarni matn usulida yozish uchun uning har bir buyrug‘i nomerlanadi va
nomeridan keyin qavs qo‘yiladi hamda buyruqlar kichik harflar bilan yoziladi,
buyruq oxirida (;) qo‘yiladi. Faqat oxirgi buyruq tugagach (.) qo‘yiladi.
Matematik ifodalarning qiymatlarini hisoblash algoritmlarini ham matn usulida
ifodalash mumkin. Misol 4. y=3*x2 -7*x+28 funksiya qiymatini hisoblash
algoritmini tuzing.
1)x ning qiymati kiritilsin;
2)3 ni x2 ga kopaytirib, natija a1 bilan belgilansin;
3)-7 ni x ga kopaytirib, natija a2 bilan belgilansin;
4)a2 ga 28 qo‘shilib, natija a3 bilan belgilansin;
5)a1 va a3 larning yig‘indisi funksiyaning qiymati deb qabul qilinsin.
Ushbu algoritmni quyidagi matn ko‘rinishida ham ifodalash mumkin:
x ning qiymati kiritilsin;
1)a1:=3*x2;
2)a2:=-7*x;
3)a3:=a2+28;
4)y:=a1+a3.

Algoritmning har bir qadami uning buyrug‘i deyiladi . Bu algoritmda 5 ta


buyruq bor. Algoritmlarni ifodalashning(yozishning) bu usulini ba‘zi adabiyotlarda
algorimlarni ifodalashning formula usuli ham deyishadi.

Algoritm tuzuvchi shu algoritmning muallifi, uni ijro etuvchi esa uning


ijrochisi deyiladi. Xususiy holda muallifning o‘zi ham algoritm ijrochisi bo‘lishi
mumkin. Algoritm ijrochisi ―Algoritm ijrochisi algoritm buyruqlari va
ko‘rsatmalarini bajara oladigan abstrakt va real (texnik yoki biologik) sistema‖ deb
ta‘riflanadi. Algoritm shunday tuzilgan bo‘lishi kerakki ijrochi uni hech qanday



12


fikrlamasdan, ko‘r-ko‘rona ijro etganda maqsadga erishsin. Algoritmninig bu
hossasi formal ijro etish hossasi deyiladi
.

Tarif: Algoritm- bu biror bir masala yoki muommoni hal etish uchun ijrochi 
tomonidan beriladigan chekli sondagi buyruqlar ketma- ketligi. 

Masala algoritmini tuzish tartibini quyidagi masala orqali ko‗rib chiqamiz.


Misol: (x
1
; y
1
) va (x
2
; y
2
) nuqtalar orasidagi masofani hisoblash algoritmi 
tuzilsin 
1. (x
1
; y
1
) va (x
2
; y
2
) nuqtalar kiritilsin;
2. T=((x
2
- x
1
)
2
(y
2
- y
1
)
2
) hisoblansin;
3.
T chiqarilsin;

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə