Sotsial psixologiyaning mavzu bahsini ta’riflashga psixologik yondashuv Artur
Vladimirovich Petrovskiy va Vladislav Viktorovich Shpalinskiylarning «Jamoaning
sotsial psixologiyasi» kitobida bayon etilgan. Bu mualliflarning fikricha «Sotsial
psixologiya psixologiya fanining shunday tarmog‘iki, u turli uyushgan va
uyushmagan guruhdagi odamlarning muloqoti, o‘zaro ta’sir
va munosabatlaridan
kelib chiqadigan psixik hodisalarni o‘rganadi».
Ilmiy sotsial psixologiyaning asoschilaridan bo‘lgan rus faylasufi va psixologi
Boris Dmitriyevich Parigin sotsial psixologiyaning predmetiga quyidagicha ta’rif
beradi:
«
Sotsial psixologiyaning predmeti bu – guruhiy, jamoaviy va ommaviy
psixologiyaning o‘ziga xos xususiyatlari, ya’ni odamlarning umumiy faoliyatida
namoyon bo‘luvchi
ularning xulqi, kechinmalari va bir-birlari bilan psixologik
muloqot qilish yo‘llaridir
».
Hozirgi zamon amerikalik sotsial psixolog olimlardan Devid Myers fanning
predmetiga quyidagicha ta’rif beradi: «Sotsial psixologiya bu – odamlarning bir-
birlari haqida nimalarni o‘ylashlari, bir-birlariga qanday ta’sir ko‘rsatishlari
hamda
bir-birlariga qanday munosabatda bo‘lishlarini o‘rganuvchi fandir»
1
.
Shuning uchun ham Galina Mixaylovna Andreyeva sotsial psixologiyaning
mavzu bahsi haqidagi hozirgi zamon qarashlarini umumlashtirib, bu o‘rinda uch xil
yondashish mavjudligini e’tirof etadi (1-jadval):
Dostları ilə paylaş: