O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti V. Yu. Ahrorov



Yüklə 2,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/178
tarix30.05.2023
ölçüsü2,25 Mb.
#114149
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   178
«Sotsial 
fakt» 
boriligini, bu narsa uning miya doirasidagina emas, balki bir qancha miyalar 
aloqasi tufayli mavjuddir, deb hisoblaydi. Sotsial xulq-atvor modeli, uning fikricha 
14


doimo individlararo munosabatni o‘z ichiga olib, bunda bir individ boshqa individga 
doimo taqlid qiladi, shuning uchun ham shaxsni o‘rganish boshqa shaxslarni inkor 
qilmasligini talab qiladi. Shunday qilib, sotsiologiyada psixologik yo‘nalish paydo 
bo‘ldi. Tarddan keyin Lester Frenk Uord, Franklin Genri Giddings va boshqalar 
sotsiallik qonunlarini jamoa ruhiy holati bilan uzviy ravishda o‘rgana boshladilar. 
Ularning fikricha, sotsial fakt bu sotsial aql, tafakkur bo‘lib, u «Jamiyat 
psixologiyasi» yoki sotsiologiyaning bahs mavzusidir.
Shunday qilib, yuqorida qayd qilingan ilmiy, falsafiy, sotsial manbalar, shart-
sharoitlar tufayli sotsial psixologik g‘oyalar shakllanib bordi. Bu qarashlar sof 
psixologiyaga ham o‘xshamagan, sotsiologiya doirasidan chiqib ketadigan alohida 
fan sotsial psixologiyaning paydo bo‘lishi uchun katta rolini uynaydi.
 
II.2. Sotsial psixologiyaning uch nazariy manbai
XIX asrning oxiri XX asr boshlarida fanda uch nazariya paydo bo‘ldiki, ular 
xaqli ravishda sotsial psixologiyani mustaqil ilmiy yo‘nalish sifatida shakllanishiga 
o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar. Bu uch nazariyani birlashtirib turgan shu 
narsa ediki, ularning har biri mustaqil tarzda shaxs bilan jamiyat munosabatini 
tushuntirishga harakat qilgan. Bular: xalqlar psixologiyasi, omma psixologiyasi, 
sotsial xulq-atvorning instinktlari nazariyalaridir. 
Xalqlar psixologiyasi sotsial psixologik nazariya sifatida XIX asrning 
o‘rtalarida Germaniyada shakllandi. Undagi asosiy nazariy fikr shundan iborat ediki, 
ayrim individlardan yuqori turadigan ruh mavjud bo‘lib, bu ruh o‘zidan ham yuqori 
turadigan ilohiy yaxlitlikka bo‘ysunadi. Bu ilohiy yaxlitlik xalq yoki millatdir. Ayrim 
individlar ana shu yaxlitliklarning bo‘laklari bo‘lib, ular shu ruhga bo‘ysunadilar. 
Ya’ni, shaxs bilan jamiyat o‘rtasidagi qarama-qarshilik muammosi jamiyat foydasiga 
hal qilinadi. Xalqlar psixologiyasining tarixiy-mafkuraviy asosi bo‘lib Gegel falsafasi 
va nemis romantizmi xizmat qilgan, deyish mumkin. Chunki Gegeldagi «individdan 
yuqori turuvchi ruh» g‘oyasi xalqlar psixologiyasi jonkuyarlari tomonidan 
to‘laligicha qabul qilindi.
15


«Xalqlar psixologiyasi» iborasi 

Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   178




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə