O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti V. Yu. Ahrorov


II.3. Sotsial psixologiyaning Rossiyada rivojlanishi



Yüklə 2,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/178
tarix30.05.2023
ölçüsü2,25 Mb.
#114149
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   178
II.3. Sotsial psixologiyaning Rossiyada rivojlanishi
Sobiq ittifoq davlatlarida, birinchi navbatda Rossiyada sotsial psixologiya XX 
asrning 20-yillaridan boshlab rivojlana boshladi. Bu borada rus sotsial 
psixologiyasining asoschisi deb haqli ravishda Vladimir Mixaylovich Bexterev(1857-
1927)ni ko‘rsatish mumkin. U o‘zining refleksologiya nazariyasi doirasidan shaxs 
xulq-atvorining motivlarini tushuntirishga uringanlardan biridir. Uning fikricha, 
barcha ongli va ongsiz jarayonlar tashqi xulq-atvorda, harakatlarda ifodalanadi, 
shuning uchun ham tashqi harakatlarni, qiliqlarni, nutqni, tovushni o‘rganish orqali 
shaxsning o‘zini va bu harakatlarning sabablarini o‘rganish mumkin. Bexterevning 
xatosi shu ediki, u o‘z qarashlarida sosiologiyani biologiya bilan, psixologiyani esa 
fiziologiya bilan aralashtirib yubordi, shu orqali shaxs va jamiyat taraqqiyotining 
universal qonunlarini topmoqchi bo‘ldi.
Bexterevdan keyingi olimlar, Yu.Vasilevning «biologik sotsiologiyasi» ham, 
M.A.Reysnerning «ommaviy psixologiyasi» ham, L.N.Voytolovskiyning «jamoa 
psixologiyasi» ham reflekslar qonunini mexanik tarzda sotsial psixologik jarayonlarni 
tushuntirishga ko‘chirish bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi.
20


20-30 yillarda bolalar va o‘smirlar sotsial psixologik taraqqiyotini o‘rganishga 
qaratilgan ikki yo‘nalish paydo bo‘ldiki, ular ham qator kamchiliklardan holi bo‘la 
olmaydilar. Masalan, biologik yoki biogenetik nazariya tarafdorlari shaxsning 
shakllanishida irsiy va biologik nasliy omillar yetakchi rol o‘ynaydi, deb hisoblashsa 
(E.Arkin, I.Aryamov va boshqalar), sotsiologik yoki sotsiogenetik nazariyotchilar bu 
borada sotsial muhit rolini nihoyatda ortiq ekanligini himoya qilib chiqdilar 
(S.Molojaviy, A.Zalkind va boshqalar).
30-yillarda A.S.Makarenko, A.Zalujniy, L.S.Vigotskiy, N.K.Krupskaya va 
boshqa qator olimlar o‘z nazariy qarashlarini marksizm bilan bevosita bog‘lab, jamoa 
va shaxs nazariyasini yaratdilar. Ular shaxsning shakllanishida sotsial muhitning, 
jamoaning rolini, ta’lim-tarbiyaning ahamiyatini isbotlashga urindilar. Lekin, 40-60 
yillar sotsial psixologiya taraqqiyotida nisbatan sokinlik davri bo‘ldi. Chunki 
psixologiya sohasida olib borilgan tadqiqotlar ichida sotsial psixologik tadqiqotlar 
yo‘q hisob edi. Bu fan Rossiyada va boshqa Sobiq ittifoqdosh davlatlarda 70-
yillardan keyin keskin rivojlana boshladi.
Bunda Moskvalik va Leningradlik (hozirgi Sankt-Peterburg) olimlar maktabi 
katta rol o‘ynadi. Agar Moskva shahrida asosan sotsial psixologiya bo‘yicha 
fundamental nazariy tadqiqotlar ko‘plab o‘tkazilib, unda hozirgi zamon sotsial 
psixologik tadqiqotlarning empirik qonunlari asoslari ishlab chiqilgan bo‘lsa, Sankt-
Peterburgda ko‘proq tadbiqiy ilmiy tadqiqot ishlar olib borildiki, ular birgalikda 
minglab yosh sotsial psixologlar avlodini tarbiyalab yetishtirdilar. Ular esa 
hayotimizga ilg‘or fikrlar va dadil tadqiqotlar bilan kirib kelib, hozirgi kun fanini 
dunyo miqyosida misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tardilar. Lekin, shuni alohida 
ta’kidlash o‘rinliki, Rossiyada sotsial psixologiyaning rivojlanishida chet el, ayniqsa 
Amerika Qo‘shma Shtatlari psixologiyasining ta’siri ancha sezilarlidir.

Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   178




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə