O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti V. Yu. Ahrorov


Yuqoridagi fkrlar kimga tegishli?



Yüklə 2,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/178
tarix30.05.2023
ölçüsü2,25 Mb.
#114149
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   178
Yuqoridagi fkrlar kimga tegishli? 
A)
R.Pento va M.Gravitts 
B)
A.G.Asmolov va M.Gravitts 
C)
G.M.Andreeva va R.Pento 
D)
V.Myasishev va R.Pento 
9.
 
«Yer-u ko‘kdagi buyuk o‘zgarishlarni sezish, his qilish va ulardan saboq 
chiqarish, o‘rnak olish uchun odamzot o‘zining yon-atrofiga uyg‘oq nigoh, qalb 
ko‘zi bilan qarashi lozim». Ushbu jumlalar kimga tegishli? 
A)
Sh.M.Mirziyoyev 
B)
I.A.Karimov 
C)
G.P.Predvechniy 
D)
V.V.Shpalinskiy 
10.
 
Qachon Islom Karimov Oliy ta’limni isloh qilishda va malakali kadrlarni 
tayyorlashda sotsial psixologiyaning fan sifatida alohida o‘rni borligiga 
jamoatchilik diqqatini qaratdi? 
A)
Oliy Majlisning IX sessiyasida 
B)
Oliy Majlisning X sessiyasida 
C)
Oliy Majlisning XI sessiyasida 
D)
Oliy Majlisning XII sessiyasida 
 
 
 
 
12


II BOB. SOTSIAL PSIXOLOGIK QARASHLARNING RIVOJLANISH 
TARIXI 
 
II.1.Antik davr mutafakkirlari ishlarida sotsial psixologik ta’limotlarning 
rivojlanishi 
Sotsial psixologiyaning fan sifatida rivojlanish tarixiga nazar tashlar ekanmiz, 
uning jamiyatning tarixiy rivojlanishi bilan bog‘liq tarzda rivojlanganligining, ilmiy 
jihatdan esa, falsafiy qarashlar ta’sirida bo‘lib, sof sotsial psixologik nazariyalarning 
juda oz sonli bo‘lganligining guvohi bo‘lishimiz mumkin. 
Insoniyat tarixini o‘rganar ekanmiz mutafakkirlar, olimlar, allomalar sotsial 
psixologik hodisalar bilan juda qiziqqanliklarining guvohi bo‘lamiz. Lekin ular bu 
hodisalarni o‘z davri ruhida, o‘z nazariy va sotsial qarashlari, hattoki, turli oqimlar 
orasida tushunishga uringanlar. Shuning uchun ham sotsial psixologiyaning fan 
sifatida taraqqiyotini o‘rganish uchun sotsial psixologik muammolar yoritilgan asar 
yoki olimning yashagan davri, uning siyosiy qarashlari, jamiyatning taraqqiyot 
xususiyatlarini ham o‘rganish lozim. Ilmiy manbalar sotsial psixologiyaning davlat 
va huquq nazariyasi, siyosiy iqtisod, etika, falsafa fanlarining rivojlanishi bilan uzviy 
bog‘liqligini ko‘rsatadi. Ayniqsa, fan taraqqiyotiga falsafa fani o‘zining sezilarli 
ulushini qo‘shgan. Shuning uchun ham amerikalik olim Gordon Uillard Ollport 
(1897-1967) sotsial psixologik g‘oyalarning yaratilishi va rivojlanishi falsafa bilan, 
uning ko‘zga ko‘ringan arboblaridan hisoblangan Platon nomi bilan bog‘liq, deb 
yozgan edi.
Platon o‘zining «Davlat» va «Qonunlar» deb atalgan dialoglarida shaxsning 
jamiyat bilan aloqalari masalasiga to‘xtalib, jamiyat individga nisbatan o‘zgarmas bir 
birlikki, uning taraqqiyoti jamiyat rivojlanishi qonunlarga buysunadi, degan fikrni 
himoya qilgan. Unga qarama-qarshi fikrni Aristotel bayon etib, individni barcha 
sotsial o‘zgarishlarning sababchisi, chunki unda bunga imkon beruvchi psixologik 
tizimlar bor, deb yozadi. Ya’ni, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi munosabat masalasi 
Platonda jamiyat foydasiga hal bo‘lgan bo‘lsa, Aristotelda bu narsa shaxs foydasiga 
yechilgan. Ulardan keyingi yangi davr faylasuflari Tomas Gobbs, Klod Adrian 
Galvetsiy, Jon Lokk, Jan Jak Russo, Vilgelm Gegel, Nikollo Makiavelli, Sharq 
13


faylasuflaridan Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiylar ham barcha asarlarida 
shaxs va jamiyat qarama-qarshiliklarini ilmiy asosda sharhlashga urindilar, lekin hech 
qaysisi bu muammoni sotsial psixologik muammo darajasiga ko‘tara olmadi.
XIX asrning o‘rtalariga kelib, kapitalistik munosabatlarning keskinlashuvi, 
turli davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarning tobora o‘sib borishi, turli xalqlarning bir 
mamlakatdan ikkinchisiga ko‘chishi, ya’ni migratsiya munosabati bilan qator sotsial 
fanlar rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar paydo bo‘ldi. Ayniqsa, tilshunoslik, 
antropologiya, etnografiya, arxeologiya, huquqshunoslik va boshqa fanlar shakllanib, 
rivojlandi. Masalan, ingliz olimi etnolog Edvard Teylor (1832-1917) ibtidoiy jamoa 
tuzumidagi madaniyatni to‘liq o‘rganib chiqdi, amerikalik etnogrof Lyuis Genri 
Morgan (1818-1881) hindular turmush tarzini tahlil qilib chiqdi, fransuz olimi 
Lyusyen Levi-Bryul’ esa ibtidoiy odam tafakkuri xususiyatlarini o‘rganar ekanlar, 
ular u yoki bu etnik, milliy guruhning psixologiyasini, ularga madaniy maishiy 
muhitning ta’sirini o‘rganishga majbur bo‘lishdi. Ya’ni ular alohida individ u yoki bu 
yillar vakili psixologiyasi sotsial jarayonlar bilan nechog‘li bog‘liq ekanligini nazariy 
jihatdan isbot qildilar.
Ayni shu davrda psixologiya fani ham ancha oyoqqa turgan mustaqil fanga 
aylandi. Lekin u atomistik, ya’ni alohida individ psixologiyasinigina o‘rganadigan 
fan bo‘lib, u odamlarni o‘zaro muloqoti jarayonida ularda ro‘y beradigan sirli 
o‘zgarishlarga e’tiborini endi-endi qaratayotgan edi. Ayniqsa, patopsixologiya, 
pedagogik psixologiya sohalariga individ bilan boshqa individlar munosabati 
masalasini chetlab o‘tish mumkin bo‘lmay qoldi.
Lekin sotsial psixologiyani ilmiy manbalari sohasida sotsiologiya fanining 
xizmatini ko‘rsatib o‘tmay bo‘lmaydi. Sotsiologiyaning asoschilari hisoblangan 
Ogyust Kont, Gerbert Spenser va boshqalar, jamiyatdagi sotsial hodisalarni o‘rganish 
uchun albatta, o‘ziga xos, ayrim psixologik holatlarni o‘rganmoq lozim, degan fikrni 
qat’iy turib isbot qildilar. Ular har bir sotsial voqeada ruhiy hodisalar borligini isbot 
qilishga urindilar. Masalan, fransuz sotsiologi Gabriel Tard har bir individda 

Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   178




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə