O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti


«Qalbaki (kontrafakt) dori vositasi- bu oldindan



Yüklə 4,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/185
tarix04.09.2023
ölçüsü4,77 Mb.
#121267
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   185
дори талил мажмуа

 «Qalbaki (kontrafakt) dori vositasi- bu oldindan 
ko‘zda tutilgan holda va aldov yo‘li bilan chinligi yoki olinish manbalari bo‘yicha yolg‘on 
yorliqlar, o‘ramlar va boshqa belgilar bilan ta’minlangan farmatsevtik mahsulotdir», 
BJSST 
ning ta’rifiga ko‘ra
“Qalbaki (kontrafakt) dori vositasi- bu oldindan ko‘zda tutilgan holda va 
aldov yo‘li bilan chinligi yoki olinish manbalari bo‘yicha yolg‘on yorliqlar bilan ta’minlangan 
farmatsevtik mahsulotdir»,
Ko‘pincha bunday vositalar orginal preparatlarga sifati , faolligi 
bo‘yicha ekvivalent bo‘lmaydi yoki nojo‘ya ta’sirga ega bo‘ladi 
Qalbakilashtirish nafaqat original(brand) preparatlar, balki generik (ishlab chiqarilayotgan)dori 
vositalariga ham taaluqli bo‘lishi mumkin. Qalbaki dori vositalariga kerakli ingredientli yoki boshqa 
ingridientli, aktiv ingridienti yo‘q bo‘lgan yoki keragidan kam miqdorda aktiv ingridient saqlagan 
hamda qalbaki o‘ramda qadoqlangan dori vositalari kiradi. 
O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda chiqarilgan “Iste’molchilarning xuquqini 
himoya qilish to‘g‘risida” gi qonunga asosan harid qilinayotgan tovarlarning sifati va xavfsizligini 
ta’minlab berilishi – iste’molchilarning asosiy xuquqi bo‘lib hisoblanadi. 


104 
Dori vositalarining sifatini ta’minlash – muhim tabiiy – ijtimoiy va iqtisodiy muammo bo‘lib, 
dori
 
vositalarini yaratilishidan to bevosita iste’molchiga etib borishigacha bo‘lgan hamma bosqichlarda 
turli omillar majmuini hisobga olishini talab qiladi. Turli muassasalar – ishlab chiqaruvchi korxonalar, 
davolash – prafilaktika muassasalari,dori vositalari bilan ulgurji va chakana savdo qiluvchi tashqilotlar 
dori vositalar sifatini ta’minlashga o‘z xissalarini qo‘shadilar. Dori vositalarini bozorga chiqarishda 
asosiy ko‘rsatkichlar bo‘lib, ularning sifatliligi, samarali va xavfsizligi bo‘lishi kerak. 
Bozor munosabatlari sharoitida dori vositalari sifatini nazorat qilish davlat tomonidan tartibga 
solinishi zarur bo‘lib,bu dori vositalari sifatini baxolashda yagona davlat siyosati ta’minlanishi va 
iste’molchilarning huquq – manfaatlarini himoya qilish maqsadida amalga oshiriladi. 
Ko‘pchilik mamlakatlada dori vositalarining sifati bevosita davlat organlari tomonidan nazorat 
qilinadi.Oxirgi yillarda dori vosita sifatini kafolatlashga qaratilgan bir qancha zarur chora tadbirlar 
ishlab chiqilmoqda.Resurslarni bir tizimga keltirish va hamkorlikdagi harakatlar dori vositalari sifatini 
ta’minlashning samarali konsepsiyasini shakllantirishga imkoniyat yaratdi. 

Yüklə 4,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə