O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti


V-bosqich:  Mutasaddi tashqilotlar



Yüklə 4,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/185
tarix04.09.2023
ölçüsü4,77 Mb.
#121267
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   185
дори талил мажмуа

V-bosqich: 
Mutasaddi tashqilotlar: 
Original dori vositalari ishlab chiqaruvchi korxona nazorat-tahlil laboratoriyasi, O‘zbe-kiston 
Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligining Dori vositalari ekspertizasi va standartizatsiyasi Davlat 
Markazi, ilmiy tekshirish institutlari va Oliy o‘quv yurtlari-ning ilmiy tadqiqot laboratoriyalari. 
Aniqlash uslubi: 

Dori preparat chinligini zamonaviy o‘ta sezgir va aniq usullarda tahlil qilish. 
Qalbakilashtirilganlik belgilari: 
Dori preparat namunalari: 

zamonaviy tahlil usullari yordamida dori vositasining qaysi korxona tomonidan ishlab 
chiqarilganligini ko‘rsatadigan ayrim testlar bo‘yicha aniqlash. 
Tabletkalar 
Tabletkalar keng tarqalgan dori vositalarga kirib, ularning tarkibiga 2 tadan 10 tagacha 
yordamchi moddalar kiradi. Tarkibdan biror bir yordamchi moddaning olib tashlanishi uning tan 
narxini pasayishiga, lekin shu bilan birgalikda ularning sifatini – tashqi ko‘rinishini buzilishiga olib 
keladi. Bunda rangining o‘zgarishi, ustida g‘adir – budirlikni hosil bo‘lishi, tabletka butunligning 
buzilishi kuzatiladi.Agar qobiqlangan tabletkalar bo‘lsa yuqorida sanab o‘tilgan kamchiliklar bilan 
birgalikda qobiqning notesligi, darzlarning hosil bo‘lishi, baz’an esa qobiqning umuman yo‘qligi kabi 
nuqsonlar kuzatiladi. 
Parenteral, ichishga va tashqi maqsadda ishlatishga mo‘ljallangan erritmalar 
Eritmalar ham xuddi tabletkalar singari keng tarqalgan dori vositalari qatoriga kiradi. 
Ishlatilishiga qarab quyidagi dori shakllarda chiqariladi: in’eksion eritmalar (ampula, yaxshi yopilgan 
flakonlarda), infuzion eritmalar (flakonlarda, butilkalarda, polimer konteynerlarda), ichishga va tashqi 
maqsadda ishlatishga mo‘ljallangan eritmalar. Bunday dori preparatlarida quyidagi nuqsonlar 
kuzatilishi mumkin loyqalikni yoki cho‘kmaning hosil bo‘lishi, rangning o‘zgarishi, mexanik 
zarrachalarning paydo bo‘lishi, xajmning mos kelmasligi, maza va xidning o‘zgarishi. Ampuladagi 
eritmalarning noto‘g‘ri kavsharlangili yoki chala kavsharlangili, ampula diametrining, rangi va 
formasining standartga mos kelmasligi ularning sifatsizligini ko‘rsatadi. SHuningdek yorliqning
to‘g‘ri yopishtirilmaganligi ularni qalbakilashtirilganligidan dalolat beradi.
12 
Surtmalar, pastalar, linimentlar 
Surtmalar, pastalar, linimentlar tayyor dori turlari ichida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, ular 
dermatologiyada, ko‘z kasalliklarini davolashda keng qo‘llaniladi.Ularning texnologiyasi va 
tarkibining buzilish ko‘rsatkichlari bu asosning qatlamlanishi, qattiq zarrachalarning cho‘kmaga
12-
-
British Pharmacopoeia 2009, Volume I & II. 


111 
tushishi, qurib qolishi va so‘rilish xususiyatining yo‘qolishi, bir xilda aralashmaganligi, rang va 
xidining o‘zgarishidir. Agar vizual tekshirishda falsifikat yoki soxta ekanligi aniqlanmasa unda 
laborator tekshiruvlar o‘tkaziladi. 
Dorivor o‘simliklar 
Dorivor o‘simliklar tabiiy droi vositalaridan xisoblanib, ular keng farmakologik faollik va 
bezararlikga ega. Ammo bunday dori vositalarining qalbikilashtirilishi noxush oqibatlarga olib kelishi 
mumkin. Qalbakilashtirilgan dorivor o‘simliklarni viziual usullar yordamida tekshirilganda ularning 
o‘simlikning boshqa organlari, mineral va organik yot aralashmalar bilan ifloslanganligi, turli 
zararkunandalar bilan zaralanganligi, rang va xidining o‘zgarishiga ahamiyat berish kerak. 
Agar dori vositalarini organoleptik tahlil qilinganda ularning falsifikat yoki soxtaligini aniqlash 
qiyin bo‘lsa unda tahlilning ikkinchi bosqichiga o‘tiladi. Ikkinchi bosqich “Dori-Darmon” OAJ
qoshidagi nazorat-analitik laboratoriyalar tomonidan dastlabki ekspress-tahlil usullari yordamida, 
keyinchalik esa barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha MH ning talablariga mosligi tekshiriladi. Ikkinchi 
bosqichda qalbakilashtirilgan yoki standartga mos kelmaydigan dori vositalarining asosiy miqdori 
aniqlanadi. Lekin dori vositalarining MH to‘liq mos kelishi ularning qalbaki emasligini to‘liq 
kafolatlab bera olmaydi. 
Ikkinchi bosqichda olib borilgan tekshiruvlar natijasida aniq natija olish qiyin bo‘lganda 
namunalar kerakli mutahassisga va asbob-uskunaga ega bo‘lgan laboratoriyaga, ya’ni O‘zR SSV 
qoshidagi dori vositalari ekspertizasi va standartizatsiyasi Davlat Markazi laboratoriyasiga, shuningdek 
regional laboratoriyalarga, ITI va OO‘YU laboratoriyalariga yuboriladi.Bu uchinchi bosqichda dori 
vositasi zamonaviy yuqori sezgirlikka ega bo‘lgan usullarda maxsus tekshiruvlar yordamida 
identifikatsiya qilinadi. 
Qalbakilashtirish nafaqat dori vositalarining o‘ziga, balki ularning hujjatlariga ham kuzatiladi, 
protokoldan boshlab to sertifikatigacha. Bunda sertifikat boshqa preparatga, boshqa dori shakliga va 
butunlay boshqa protokol bilan kelgan doriga berilgan bo‘ladi. SHuning uchun dori vositasini 
ishlatishdan avval ushbu dori vositasining barcha kerakli meyoriy hujjatlari talab etilishi kerak. 
Hujjatlar tekshirilayotganda ularning sertifikat shtampiga, dori shakli nomi, seriyasi, shuningdek 
sertifikatning MH talablariga mosligiga ahamiyat beriladi. 
Qalbakilashtirish muammosini echishda dori vositasini ishlab chiqishdan boshlab to uni 
istemolchiga etib kelguniga qadar bo‘lgan barcha bosqichlarida sifati kuchli nazorat etib turilishi talab 
etiladi. Nazoratni olib borishda farm bozorga faqat sifatli, effektiv va bezarar dori vositasi kelishini 
ta’minlovchi barcha mutasaddi tashkilotlar hamkorlikda olib borishlari kerak.

Yüklə 4,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə