O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti



Yüklə 4,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/185
tarix04.09.2023
ölçüsü4,77 Mb.
#121267
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   185
дори талил мажмуа

23%
Маркировка
32%


105 
Dori vositalarini qalbakilashtirish muammosi ko‘lamlari haqida ma’lumotlar xozircha etarli emas. 
Xozirgi paytda bu muammo rivojlangan mamlakatlar bilan bir qatorda, rivojlanib kelayotgan 
mamlakatlarga ham ta’sir qilmokda.Bu muammo ko‘proq dori vositalarini ishlab chiqarish, importi, 
tarqatilishi, etkazib berish tartibga solinishi va nazorati kuchsiz bo‘lgan mamlakatlarda kuzatilmoqda. 
Respublikamizda dori vositalarining sifati “O predotvra
щenii vvoza na tamojennuyu territoriyu 
RUz falsifitsirovannыx lekarstvennыx sredstv”(25 avgust 2000 g), «O lekarstvennыx sredstvax i farm 
deyatelnosti» (25 anrel 1997 g) «O zaщite prav potrebiteley» ( 26 aprel 1996 g), «O standartizatsii» 
(28 dekabr 1993 g), «Ob oxrane zdorovya» (29 avgust 1996 g) qonunlari, «O realizatsii mer po 
sovershens
tvovaniyu vvoza potrebitelskix tovarov v RUz» (5 dekabr 2002 g №427) qaror Bilan 
boshqarib turiladi. O‘zbekiston xududida faqat mos kelish sertifikatiga ega bo‘lgan dorilargina sotuvga 
chiqariladi. Bunday sertifikatlar akkreditatsiyadan o‘tgan “Dori vositalarini ekspertizadan o‘tkazish va 
standartlash Davlat Markazi”qoshidagi laboratoriyalar tomonidan beriladi. Sertifikatlashtirish ishlarini 
engillashtirish maqsadida Andijon (Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlarida), Urgench (Xorazm 
vil. va Qoraqalpog‘iston), Samarqand (Samarqand, Navoiy, Buxoro vil.) va Qarshida (Qashqadaryo, 
Surxondaryo) regional sertifikatlashtirish Markazlari tashkil etilgan.Ushbu organlarning sertifikatlari 
hamdo‘stlik Davlatlari tomonidan tan olingan. 
Dori vositalarining qalbakilashtirilishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar
.
Qalbaki dori vositalari miqdorining ko‘payishiga bir kancha omillar ta’sir qiladi. Bu omillar 
yaxshilab o‘rganib chiqilib, muammoni xukumat miqyosida belgilab,dori vositalarini taqsimlash 
tizimida qalbakilashtirishning oldini olish bo‘yicha samarali dasturlar ishlab chiqilishi kerak.Quyida 
qalbakilashtirilishga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar keltirilgan. 

Qonun bazasining etarli emasligi
Har bir mamlakatda dori vositalari qalbakilashtirilishining oldini olish va bu muammoni bartaraf 
etishga qaratilgan qonunlar mavjud bo‘lishi kerak.Agar dori vositalarini ishlab chiqarish va sotish 
jarayonini nazorat qiluvchi qonunlar etarli bo‘lmasa yoki umuman yo‘q bo‘lsa,qalbakilashtirish jazosiz 
qolishi mumkin. 

Amaldagi qonunlarni etarli darajada qo‘llanilmasligi
Mavjud qonunlarni so‘zsiz bajarilishi yulga qo‘yilmaganligi qalbakilashtirish kabi jinoyatlarning 
sodir bo‘lishiga olib keladi,chunki bu holda qamalish yoki jazodan qo‘rqish xissi bo‘lmaydi. 

Jazo sanksiyalarining kuchsizligi 
Dori vositalari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun jazo sanksiyalari yumshoqligi yoki 
umuman jazolanmasligi qalbakilashtirishga olib keladi. 

Ko‘p sonli vositachilar ishtirokidagi kelishuvlar 
Mahsulot ko‘plab vositachilar yoki rasmiy kelishuvlardan utsa va nazorat tizimi etarli bo‘lmasa,bu 
holatda dorilarni qalbakilashtiruvchilarga bozorga o‘z mahsulotlarini kiritishga qulay imkoniyat 
yaratiladi. 

Talabning taklifdan yuqoriligi
Dorilarga 
talabning 
taklifdan 
ustunligi, 
qalbakilashtirilishni 
keltirib 
beruvchi 
omil 
hisoblanadi.CHunki, bu holatda qalbaki mahsulotni ishlab chiqarish va sotish katta foyda olish 
imkonini beradi. Ba’zan dorilarga talabning ortishi dorilarning kerak bo‘lmagan xollarda ham iste’mol 
qilishi tufayli yuzaga keladi. 

Narxning yuqoriligi
Dorilarga bo‘lgan narxning yuqoriligi va narxlar orasidagi katta farqlarning bo‘lishi arzonrok 
qalbaki dori vositalarini bozorga kiritish imkonini beradi. 

Dorilarning noqonuniy ishlab chiqarilishning mukammallashuvi
.
Dori vositalarni ishlab chiqarish va qadoqlash uchun taklif etilayotgan murakkab zamonaviy 
asbob-uskunalarning paydo bo‘lishi tufayli qalbaki dorilarni haqiqiylaridan farqlashni 
murakkablashtirdi. CHunki, bu holat dorilarni qalbakilashtiruvchilarga haqiqiy dori vositalariga aynan 
o‘xshash bo‘lgan qalbakilarini chiqarish imkonini berdi. 

Manfaatdor tomonlarning orasidagi samarasiz hamkorlik 


106 
Ulgurji ta’minotchilar va ishlab chiqaruvchilarning tegishli nazorat organlariga dori vositalarining
qalbakilashtirish holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning berish istagi yo‘qligi milliy xokimiyat 
organlariga Ushbu faoliyatni tuxtatishiga imkon berayapti. 

Eksport qiluvchi mamlakatlar tomonidan va erkin savdo zonalarida nazoratning mavjud emasligi
Eksport uchun ishlab chiqariladigan farmatsvtik preparatlar mazkur mamlakat o‘zi uchun ishlab 
chiqargan dori vositalariga qabul qilingan standart bo‘yicha nazorat qilinmaydi. Undan tashqari xorijiy 
mamlakatlar uchun mo‘ljallangan dorilar nazorati kuchsiz bo‘lgan erkin savdo zonalari orqali eksport 
qilinadi. Bu esa zonalarda qayta qadoqlash va yorliqlash imkoniyatini yaratadi. Natijada qalbaki 
dorilar savdosi ko‘payadi. 

Yüklə 4,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə