O‘zbekiston milliy Universiteti


Nikoh barqarorligiga ta’sir etuvchi nikohgacha bo’lgan omillar



Yüklə 165,18 Kb.
səhifə7/7
tarix09.05.2023
ölçüsü165,18 Kb.
#109354
1   2   3   4   5   6   7
Ajrashishlar va ularning Demografik oqibatlari

Nikoh barqarorligiga ta’sir etuvchi nikohgacha bo’lgan omillar

Bevosita

Aksincha

Erning oliy ma’lumoti

Erkaklar va ayollarning erta nikohga kirishi

Oilaning umumiy ijtimoiy ahvoli

Nikohga kech kirish

Ota-onalarning oilaviy hayoti

Xotin yoshining erdan katta bo’lishi

muvaffaqqiyatlarining respondentlar




tomonidan ijobiy baholanishi




Nikohdan oldingi tanishuvning davomiyligi

Xotinning oliy ma’lumoti

Bir-biri haqidagi birinchi o’zaro ijobiy

Er va xotinning kelib chiqishi shaharlik xotin

taassurotlari

yoki er shaxarlik va aksincha

Ish, o’qish sharoitida tanishuv

To’liq bo’lmagan oilada tarbiya topish

G’amho’rlik

Bo’lg’usi er-xotinlarda uka, aka, opa-




singillarning yo’qligi

Nikoh tuzish tashabbusining erkak kishi

Tanishuv davridagi munosabatlarning

tomonidan berilishi

mustahkam emasligi

Uzoq o’ylamasdan (2 haftagacha) nikoh

Nikohdan avvalgi homiladorlik

taklifini qabul qilish










  1. Бўриева М. Р. Ўзбекистонда оила демографияси. – T.: университет 1997.-84 б

Nikohni ro’yhatga olinishining to’y marosimi

Ota-onalarning nikohga salbiy munosabati

bilan kuzatilishi




Manba: Abdurahmanov Q., Abduramanov A. “Demografiya” T.: 2011
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, erkak va ayolning erta nikohga kirishi, nikohga kech kirish, xotin yoshining eridan katta bo’lishi, xotinning oliy ma’lumotga ega bo’lishier-xotinning kelib chiqishi, nikohdan oldingi homiladorlik kabi nikohgacha bo’lgan omillar ajralishga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Nikohgacha bo’lgan omillar qatori, nikoh davridagi omillar ham ajralishga sabab bo’ladi (4-jadval).






4-jadval.

Nikohning barqarorligiga ta’sir etuvchi nikohdagi omillar

Bevosita

Aksincha

Ayolning yuqori reproduktiv holati

Er-xotinning reproduktiv holatini bir-biriga




to’g’ri kelmasligi

Oilada ota-onalarning mavjudligi

Er-xotinning spirtli ichimliklar iste’mol qilishi

Asosiy oilaviy muammolarni birgalikda

Ma’naviy muloqotga er-xotin xulqining to’g’ri

yechishi

kelmasligi

Er-xotinning bo’sh vaqtini birgalikda

Bir-birini qo’llab-quvvatlashning yo’qligi

o’tkazishi




Hayotning turli jabhalarida nizolarning kamligi

Jinsiy munosabatlardan qoniqmaslik

Er-xotin bir-birini yuqori xurmat qilishi va

Oilaga ota-onaning salbiy munosabati

hissiy qabul qilishi




Manba: Abdurahmanov Q., Abduramanov A. “Demografiya” T.: 2011

Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, ayolning yuqori reproduktiv holari, asosiy oilaviy muammolarni yechishi, er-xotinning bo’sh vaqtini birgalikda o’tkazishi, nikohning barqarorligiga olib keluvchi omillar hisoblanadi. Shu bilan birga, nikoh davrida er va xotinning reproduktiv holatining bir-biriga to’g’ri kelmasligi, spirtli ichimliklar iste’mol qilishi, ma’naviy muloqatda er va xotinning hulqi to’g’ri kelmasligi, jinsiy munosabatlardan qoniqmaslik va ota-onaning salbiy munosabati ajralishga sabab bo’ladi.


Ajralishning demografik mohiyatini ochishda ajralish chastotasini o’lchovchi ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Ular jumlasiga ajralishning umumiy, maxsus, yosh va yig’indi koeffisentlari kiradi. Shuningdek, ajralishning mahsus koeffisenti ham qo’llaniladi. Bu koeffisent aholini ro’yhatga olish va joriy ro’yhatlar ma’lumotiga ko’ra davr mobaynidagi ajralishlar sonining shu davr o’rtasidagi nikoh juftliklarini o’rtacha soniga nisbatiga teng.


Ajralishning barcha koeffisentlari ichida nafaqat ajralishlar chastotasi, balki nikohni bekor qilishda uning davomiyligini ham aniqlash imkonini beruvchi eng aniq ko’rsatgich – bu nikohning berilgan davomiyligining mahsus koeffisentidir. Koeffisent shu yili (ma’lum yilda) ma’lum muddat davom etgan nikohlarning bekor qilinishi sonini, ilgari tuzilgan nikohlar soniga nisbati bilan hisoblanadi.


Takroriy nikoh – bu ajrashganlar va bevalarning tuzgan nikohidir. Alohida ajrashish darajasi yuqori bo’lgan sharoitda ular qoplovchi rol o‘ynaydi. Takroriy nikoh koeffisentlari birinchi nikoh koeffisentlariga mos holda bevalar va ajrashganlar, takror nikohga kirganlar soni aholi ro’yhatlaridagi ma’lumotlar asosida hisoblanadi.


Yangi nikohga kirish chastotasi takroriy nikohning mahsus va yosh koeffisentlari yordamida aniqlanadi. Nikohlarni tugatish va takror nikohga kirish hodisalarini o’zaro taqqoslash takroriy nikohni, ajralish va bevalikni qay darajada qoplanganligini baholashga yordam beradi.


Takror nikohga kirishning o’rtacha yoshi nikohga kirish ketma-ketligi yoshining o’rtacha miqdoriga bog’liq bo’ladi.


Nikoh ikkita sabab bilan to’xtatilishi mumkin: ajralish tufayli va umr yo’ldoshlardan birining o’limi o’limi sababli. Shuning uchun nikohlarning to’xtatilish ko’rsatkichlari ajralish hamda o’lim va beva qolish ko’rsatkichlariga bo’linadi.


Nikoh davomiyliklar qatori uchun beva qolish ehtimoliga ega bo’la turib, nikohlarning boshlang’ich miqdorini 10000 ga teng deb e’tiborga olgan holda beva qolish jadvalini tuzish demokratik jadvallar uchun hos bo’lgan barcha ko’rsatkichlarni yoyib yuborish mumkin. Bunda, murakkablik shundan iboratki, nikohda bo’lganlarning o’limlari bo’yicha ma’lumotlar juda kam bo’lib, o’lim jadvalini barcha aholiga jisbatan qollanishi esa beva qolishlikni ko’paytirib yuboradi.

Shunday qilib, ajralish er va xotin hayot sikllaridagi nikohni bekor qilishi hisoblanib, ajralish chastotasini o’lchovchi ko’rsatkichlar yordamida holatga baho beriladi.


Ajralish muammosi hozirgi kundagi eng muhim ijtimoiy muammolaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun ko’plab jaxon mamlakatlaridagi kabi, O`zbekistonda ham ajralish muammosini o`rganishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ajralish muammosini bir qator fan vakillari, jumladan: demograflar, iqtisodchilar, sotsiologlar, psixologlar, huquqshunoslar va boshqa fan sohalari mutaxassislari o`rganmoqdalar. Tadqiqotlardan ko’zlangan asosiy maqsad ajralish sabablari, omillari, motivlarini o`rganish, ularni bartaraf etish, ajralishlarning salbiy asoratlarini kamaytirishga qaratilgan. Oilalarning buzilishi tufayli nafaqat oila a’zolari va farzandlari, balki jamiyat ham ko`p zarar ko`radi. Ajralishlar ko`plab noxush hodisalar: noto`liq oilalar sonining ortishi, bolalar va o`smirlar o`rtasida qonunbuzarlikning ko`payishi, pedagogik nazoratsiz qolgan bolalar sonining ortishi, yolg`izlik, sobiq er-xotinlar va qarindoshlarning o`zaro munosabatlarining yomonlashuvi kabilarning yuzaga kelishiga sabab bo`lishi mumkin.
Dunyoning ayrim davlatlarida, jumladan, Italiya, Niderlandiyada yaqin-yaqin zamonlargacha ajralish huquqiy jihatdan nihoyatda murakkab jarayon edi. Biroq bu usul ham oila mustahkamligini ta`minlashda kutilgan natijalarni bermaydi. Balki ajralishni taqiqlash, ajralish erkinligini bermaslik, o`z navbatida nikoh yoshining o`sishini, oila qurmaslik, nikohgacha va nikohdan tashqaridagi jinsiy aloqa, psixologik nosog`lom oilalar miqdorining ortishi nikoh-oila munosabatlari zamirida yuzaga keladigan jinoyatlar, qotillik, xiyonat kabilarning ortishiga olib keladi. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda ajralish erkinligi deyarli barcha davlatlar nikoh-oila qonunchiligida qayd etilgan.
Ajralishni taqiqlash va unga rasmiy ravishda xalaqit qilish emas, balki ajralishlarning oldini olish, unga olib keladigan sabablar va omillarni bartaraf etishdir. Ajralishlarning o`ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy hususiyatlari mavjuddir. Bu xususiyatlar oilalarning buzilishiga olib keladigan sabablar, ularning amalga oshish jarayoni, oqibatlari, ajralishgacha va undan keyingi davrlardagi er-xotinlarning holati kabilarda ifodalanadi. Shunday xususiyatlardan biri ajralish niyatini bildirib rasmiy tashkilotlarga murojaat qiluvchi ajralish tashabbuskori kim ekanligida namoyon bo`ladi. Sharq oilalarida, ayniqsa o`zbek va qishloq oilalarida ajralish tashabbuskori ko`proq erkaklar bo`ladilar va aksincha, Yevropa xalqlari oilalarida, yosh oilalarda va urbanizatsiyalashuv darajasi yuqori bo`lgan shahar oilalarida ajralish tashabbuskori ko`proq ayollar bo`ladi.
O’zbekistonda kuzatilayotgan ajralishlarning asosiy sabablari quyidagi obyektiv omillarga bog`liq bo`lishi mumkin:

-birinchidan, qishloq joylarda ajrashgan ayol erkakka nisbatan jamoatchilik tomonidan ko`proq tanqidiy muhokama qilinadi.


-Ikkinchidan, qishloq joylarda ajralishgandan so`ng ayollarning moddiy holati erkaklarga nisbatan yomonlashadi, o`zbek millatidagi o`ziga xos urf-odatlar o`zbek ayolining uy-joylarni eriga qoldirib, o`z ota-onasinikiga (uning akaukalari o`z oilasi, xotini, bolalari bilan yashayotgan va ajrashgan ayol uchun ahvolni yanada jiddiylashtiruvchi joyga) borib yashashga majbur bo`ladilar.
-Uchinchidan, qishloq ayollarida ajralishgandan so`ng qayta oila qurish imkoni nihoyatda kamdir. Mana shu obyektiv sabablarni hisobga olgan holda qishloq joylardagi o`zbek ayollari muammoli (er-xotin orasidagi munosabatlar nihoyatda ziddiyatli, nizoli, ular orasidagi mehr-oqibat yetarli ifodalanmagan oila) nikohga ham ko`nikib yashayveradilar. Ba`zi ayollar, aslida eri bilan birga yashamayotgan bo`lsalarda (hatto yillab), erlaridan «o`ch olish» maqsadida, uning
boshqaga uylanishiga yo`l qo`ymaslik uchun rasmiy ravishda, sud orqali ajrashishga ko`nmaydilar. Qishloq joylardagi ajralishgan erkaklar ayollarga nisbatan birmuncha imtiyozli vaziyatda bo`ladilar: ular ajralishgandan so`ng o`z yaqinlari tomonidan ko`proq qo`llab-quvvatlanadi. Bolasi yo`q bo`lgan holatda esa ajralishgan erkak uchun turmushga chiqmagan ayolga uylanish sezilarli darajada muammo tug`dirmaydi.
Bundan tashqari u ajralishdan so`ng oldingi sharoitda — o`z (ota-onasining) uyida qoladi va navbatdagi yangi oila qurish imkoniga ega bo`ladi. Shuning uchun qishloq joylarda ajralishlarning tashabbuskorlari ko`proq erkaklar bo`ladilar.
Agar ajralishlarning ayol va erkakka ko`rsatadigan asosiy ta`sirlarini sanaydigan bo`lsak, ular quyidagicha bo`ladi:

-Jamiyat uchun — noto`liq oilalar soni ko`payadi;



  • oilalararo yoki qarindoshlararo adovat yuzaga keladi;

  • bir jinsning ikkinchi jinsga nisbatan nafrati paydo bo`ladi; -teritanosil kasalliklarning ortishi kuzatiladi.

Mutaxasislrning maxsus tadqiqot natijalariga ko`ra aksariyat holda ajralish ayollarga qiyinchilik tug’diradi. Ya`ni ajralish erkaklarga nisbatan ayollarni kelgusi oilaviy baxtiga, bolalarning tarbiyasiga, oila budjetiga, ayolning salomatligiga, o`z ota-onasi bilan bo`lgan ota-ona va farzand munosabatlariga, ajralishgan ayolning ruhiyatiga kuchli salbiy ta`sir ko`rsatadi. Shu bilan birga ayol uchun katta hayotiy muammolarini — qayta oila qurish va yolgizlik muammosini keltirib chiqaradi. Bu qishloq va shahar ayollarida deyarli bir xil ifodalanadi. Ammo shaharlik ayollar shahar turmush tarzida jinsiy xulq jihatdan birmuncha erkin bo`lganlari hamda o`z kasb faoliyatlari bilan faol shug`ullanganlari tufayli qishloq ayollariga nisbatan yolg`izlikdan kamroq jabr ko`radilar.


Biroq er-xotinning ajralishi sababli yuzaga kelgan noto`liq oilalarda «tirik yetim» bolalar qoladi. Birinchidan, «tirik yetimlik » jamoatchilik o`rtasida, ayniqsa, bolalar jamoalarida (bog`chada, maktabda, tengdoshlar davrasida) nisabatan kuchliroq qoralanadi. Ikkinchidan, bunday oilalarda ota yoki ona tomonidan, ularning yaqinlari tomonidan sobiq turmush o`rtog`I sha`niga, uning shaxsiyatiga salbiy bo`yoqlar beruvchi munosabatlar shakllanadi. Sobiq er-xotinlar tomonidan bir-birlarini qoralovchi fikr-mulohazalar ko`proq bildiriladi. Bular, albatta, bu toifa noto`liq oilalardagi o`zaro munosabatlarning shakllanishida qator noxushliklarni yuzaga kelishiga asos bo`ladi. Ajralish faqatgina ajralgan er-xotinlar emas, balki ajralish oqibatida otasiz yashayotgan farzandlarga ham salbiy ta`sir ko`rsatar ekan.




Tayanch so’zlar: Nikoh, monogam nikoh, patrilokal nikoh, birgalikda yashash, nikoh bozori, nikoh aylanasi, nikoh tanlovi, nikoh holati, ajralish, taloq, takroriy nikoh


QISQACHA XULOSA
Nikoh aholi geografiyasi, demografiya, sotsiologiya, huquq, tarix, psihologiya va boshqa fanlar tomonidan o’rganiladi. Nikohga ilmiy adabiyotlarda quyidagicha ta’rif berilgan: nikoh-ayol va erkak o’rtasidagi munosabatlarning ijtimoiy qo’llab-quvvatlangan va jamiyat tartibga soluvchi shaklidir. Nikohning huquqiy asoslari- nikoh tuzish va uni bekor qilish shartlari va tartiblari, er-xotinning huquq va majburiyatlari O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksida batafsil yoritilgan.
Demografiya fani boshqa fanlardan farqli o’laroq nikohning makro-ijtimoiy darajadagi asosiy parametrlarini tavsiflovchi insonlar va demografik hodisalar majmuini o’rganadi.


Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati
Asosiy adabiyotlar



  1. Anoxin A.A., Jitin D.V. Geografiya naseleniya s osnovami demografii: Uchebnoe posobie. – SPb. Izd-vo SPbGU, 2013. – 307 S

  2. Bo‘rieva M.R., Tojieva Z.N., Zokirov S.S. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari. – T.: Tafakkur, 2011. – 159 b.



Qo‘shimcha adabiyotlar
3. Abdurahnmonov Q.X., Abduramanov X.X. Demografiya. O’quv qollanma. - T.: Noshir

nashriyoti. – 2011.



  1. Ata-Mirzaev O.B. Narodonaselenie Uzbekistana. – T., 2009.

  2. Bo‘rieva M.R., Tojieva Z.N. Aholi geografiyasi. Ma’ruzalar matni. – T., 2000.

  3. Bo‘rieva M. R. O‘zbekistonda oila demografiyasi. – T.,Universitet, 1997.-157 b.




  1. Ubaydullaeva R.A., Ata-Mirzaev O.B., Umarova N.O. O‘zbekiston demografik jarayonlari va aholi bandligi (ilmiy-o‘quv qo‘llanma). – T., 2006.




  1. Simagin Yu.A. Territorialnaya organizatsiya naseleniya. – M.: Izdatelsko-torgovaya korporatsiya “Dashkov i K”, 2004. – 244 s.



Elktron manbalar:

  1. http://www.demoscope.ru.

  2. http://ziyo.net

Yüklə 165,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya