O‘zbekiston milliy Universiteti


Nikohning maxsus koeffisenti



Yüklə 165,18 Kb.
səhifə4/7
tarix09.05.2023
ölçüsü165,18 Kb.
#109354
1   2   3   4   5   6   7
Ajrashishlar va ularning Demografik oqibatlari

Nikohning maxsus koeffisenti nikohga layoqatli yoshdagi aholi orasida alohida erkaklar va ayollarning nikohdan o’tish hodisasini baholash uchun qo’llaniladi. Bu ko’rsatkich nikohning umumiy koeffisentiga o’xshash topiladi, faqat bunda kasrning suratida 16 va undan yuqori yoshdagi (nikhga layoqatli) aholi soni yoki ma’lum nikoh holati (hech qachon nikohda bo’lmaganlik)da bo’lgan aholi soni kiritiladi. Biroq, bu ko’rsatkichni ham aholining yosh tarkibi bo’yicha standartlashtirish lozim.
Nikoh holatini baholash uchun eng maqbul usul - bu nikohning yig’indi koeffisenti hisoblanadi. Mazkur koeffisent bir avloddagi insonlarning butun hayoti davomida tuzilgan nikohlarning shartli o’rtacha sonini tashkil qiladi. Bu koeffisent 16-69 yoshdagi ayollar va erkaklarning nikohdagi yosh koeffisenti yig’indisi tarzida, odatda bir kishiga nisbatan quyidagicha hisoblanadi:
NYuK=n1669*Bx⁄ 1000
Bu yerda: Bx-yosh koeffisentlari;
n- yosh intervali uzunligi;
Nikohning yog’indi koeffisentini barcha nikohlar, shu bilan birga birinchi va takroriy nikohlar uchun ham hisoblash mumkin.
Odatda, birinchi nikohlar uchun nikohning yig’indi koeffisenti 16-49 yoshdagi aholi guruhlari uchun hisoblanadi.
Nikohning yosh koeffisenti alohida nikoh qurish chastotasini tavsiflaydi. U ikki usulda hisoblab topiladi.
Birinchi usul muayyan yoshda nikoh qurgan shaxslarning sonini, shu yashdagi nikohga layoqatli aholi soniga bo’lish orqali aniqlanadi. Ko’rsatkichlarning nikohning barcha alohida holatlari: bo’ydoqlar, turmushga chiqmaganlar, bevalar va ajrashganlar uchun hisoblash mumkin.
Ikkinchi usulda esa kasr suratiga shu yoshda bo’lgan aholining umimiy sonini qo’yish orqali topiladi.
Nikohning umumiy koeffisentini taxlil qilishda 50 yoshgacha bo’lgan aholi orasida birinchi nikohlarni hisoblash koeffisentlari muhim ahamiyatga ega. Agar bu koeffisentlar birdan yuqpori bo’lsa, bu nikoh jarayonining yasharganligidan, birdan past bo’lishi nikohdan o’tishning orqaga surishning keng tarqalganligidan dalolat beradi. Nikohning yig’indi koeffisenti aholining nikoh tarkibi va nikoh taqvimiga bog’liq bo’ladi.

Yüklə 165,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə