O‘zbekiston milliy Universiteti



Yüklə 165,18 Kb.
səhifə6/7
tarix09.05.2023
ölçüsü165,18 Kb.
#109354
1   2   3   4   5   6   7
Ajrashishlar va ularning Demografik oqibatlari

S=(AT-CL)/L(T-C)
S′′=(AT-CL)/C(T-L)
Bu yerda S′, S′′ – erkaklar va ayollar uchun gomogamiya indekslari;
L, C – nikohga kirgan ayollar va erkaklar soni;
T – nikohlarning umumiy soni.

Ikkala jins uchun gomogamiya indeksi ayollar va erkaklar uchun topilgan indeksning geometrik o’rtacha qiymati bo’yicha aniqlanadi. Gomogniya indeksi +1 dan 0 gacha, ya’ni juftlikning ushbu hususiyatlari nisbatan maksimal moyillikdan butunlay befarqlikgacha o’zgarib turadi. Agar nikoh juftlarini tiklashda ma’lum guruhdagi juftlikning nikohiga nisbatan salbiy munosabat kuzatilsa, ya’ni


(AT-CL)< 0, geterogamiya indeksi quyidagicha aniqlanadi:




a=(AT-CL)/CL=AT/CL-1

Shunday qilib, aholining nikoh tarkibini taxlil qilishda nikohning umumiy, mahsus, yosh va yig’indi koeffisentlari va nikoh indeksidan foydalaniladi.




2 Аjralish va uning ko’rsatkichlari

Ajralish avloddagi nikoh juftliklarining nikohni bekor qilishi natijasida yuzaga keladigan demografik jarayondir. Bu er va xotinning hayot vaqtidagi nikohning bekor qilinishidir. Ajralish ham nikoh singari demografiyadan tashqari yana bir qator fanlar: xususan, huquq, sotsiologiya, psihologiyaning tadqiqot predmetlari jumlasiga kiradi. Nikohning huquqiy jihatdan bekor qilinishi to’g’risidagi ma’lumotlar manbai bo’lib, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organlarining ma’lumotlari xizmat qiladi.


Ajralish murakkab ijtimoiy jarayon bo’lib, uning ijtimoiy-demografik omillari hali yetarli darajada o’rganilmagan. Ajralish qonuniyatlarini tushuntiruvchi konsepsiya ishlab chiqilmagan.


Ajralish qadimda islom aqidalariga ko’ra amalga oshgan va bu jarayon “taloq” deb atalgan. “Taloq” arabcha so’z bo’lib ozod bo’lmoq, ajralmoq degan ma’noni bildiradi. Islom aqidalariga ko’ra, taloq erkak tomonidan aytilmaguncha er xotinning ajralishi qonuniy hisoblanmagan. Agar ayol tomonidan nikohning bekor etilishi talab qilinsayu, erkak bunga norozi bo’lsa , taloq kuchga kirmagan. Shariat qonunida erkak “taloq” so’zini hushyor va sog’lom vaqtda aytib, o’zi iqror bo’lganidagina taloq qonuniy bo’lgan2.


Nikohning barqarorligi yoki ajralishga nikohgacha va nikoh davridagi qator omillar ta’sir ko’rsatadi (3 jadval). Nikohning barqarorligiga ta’sir etuvchi nikohgacha omillar keltirilgan.








3-jadval.


Yüklə 165,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə