O`zbek adabiyoti tarixi Eng qadimgi davrlar


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 386,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/31
tarix28.04.2023
ölçüsü386,23 Kb.
#107489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
portal.guldu.uz-O`zbek adabiyoti tarixi Ma`ruzalar matni

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1.
Badiiy adabiyotning xalq hayoti bilan bog`liqligini qanday tushunasiz? 
2.
Badiiy adabiyotning o`ziga xos xususiyatlari nimalarda namoyon bo`ladi? 
3.
O`zbek mumtoz adabiyoti nima, uning tarkibiy qismlari deganda nimani 
tushunasiz? 
4.
O`zbek mumtoz adabiyoti qaysi fanlar bilan bog`liq? 
5.
Adabiyotni davrlashtirish nimaga asoslanadi? 
6.
Folklor nima? 
7.
Folklor va yozma adabiyotning umumiy tomonlari nimalarda ko`rinadi?
8.
Og`zakilik deganda nimani tushuniladi?
Adabiyotlar: 
1. O'zbek adabiyoti tarixi. Besh tomlik. Sh jild. - T.: Fan, 1978. 
2. Asrlar nidosi. - T.: G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1982. 
3. Fitrat. O'zbek adabiyoti namunalari. - T.: 1928. 
4. Qayumov A. Qo'qon adabiy muhiti. - T.: 1961. 
5. X.Razzoqov, T.Mirzaev, O.Sobirov, K.Imomov. O`zbek xalq og`zaki poetik ijodi.
Toshkent, 1980. 
6. T.Mirzaev va boshqalar. O`zbek xalq, og`zaki poetik ijodi. Toshkent,1990. 


6
2-MAVZU: ENG QADIMGI ADABIY YODGORLIKLAR 
 
Reja 
1. Eng qadimgi adabiy yodgorliklar 
2. Qadimgi mif va afsonalar 
3. Kayumars va Jamshid obrazlari 
4. Gershasp va Elikbek obrazlari 
5. Qahramonlik eposlari. “To`maris va “Shiroq” rivoyatlari 
 
Mavzuga oid tayanch so`z va tushunchalar: Og`zaki va yozma adabiyot, mif, 
afsona, Bexustun, Bundaxishn, Dinkard, Kayumars, Jamshid, Siyovush, “Amorg va 
Sparetra”, “Zariadr va Odatida”, “Striangey va Zarineya”, To`maris, Shiroq. 
1.
 
Eng qadimgi adabiy yodgorliklar. 
Biz o`zbek mumtoz adabiyotini davrlar asosida o`rganilishini ta`kidlab, uning 
davrlarini ko`rsatgan edik. Shu asosda birinchi bosqich «Eng qadimgi adabiy 
yodgorliklar» deb nomlangan edi. 
O`zbek xalqi boy adabiy merosga ega. Bu madaniy yodgorliklarni yaratgan 
ota-bobolarimiz, ularning yashagan joylari, urf-odatlari, tili va boshqalar har 
birimizni qiziqtiradi. Qadimgi madaniyat rang-barang shaklda bizgacha yetib kelgan. 
Og`zaki va yozma adabiyot, tasviriy san`at, me`morchilik, ilm-fan va boshqalarda 
namoyon bo`ladi bu yodgorliklar. Qadimgi Turonning tarixi va madaniyati haqida 
grek, xitoy, hind, arman va boshqa tarixchilarning kitoblarida Avesto, Bexustun, 
Bundaxishn, O`rxun-Enasoy yodgorliklari kabi turli manbalarda, Beruniy, Narshaxiy 
va boshqa olimlar hamda tarixchilarning asarlarida ma`lumotlar saqlanib qolgan. 
Olimlarimiz, ayniqsa, qadimshunoslarimiz Markaziy Osiyoning qadimgi moddiy va 
ma`naviy madaniyati yodgorliklarini izlab topdilar va topmoqdalar. S.Tolstov 
rahbarligidagi Xorazm, Ya.Fulomov va V.Shishkin rahbarligidagi Varaxsha, 
M.Masson rahbarligidagi Termiz va Janubiy Turkmaniston va boshqa ekspeditsiyalar 
bu jihatdan katta ahamiyat kasb etadi. Markaziy Osiyo kishilik madaniyati tarixining 
eng qadimgi beshiklaridan biridir. Eramizdan avvalgi birinchi ming yillik 
o`rtalaridagi Markaziy Osiyoning hududi Baqtriya, Xorazm, So`g`diyona, 
Marg`iyona, Parfiya, Amudaryoning quyi oqimi, Zarafshon vohalari, Farg`ona va 
boshqa joylarni o`z ichiga olgan. Bu joylarda massagetlar, Xorazmiylar, so‘g‘dlar, 
Parfiyanlar va boshqalar yashar edilar. Mana shu qabilalar hozirgi Markaziy Osiyo 
xalqlarining ota-bobolaridir. 
Qadimgi Markaziy Osiyoda turli kult va dinlar mavjud edi. 
Tabiat hodisalariga 
nisbatan dualistik qarash, ularni yaxshi va yomon, do`st va dushman kuchlariga 
ajratish zaminida Mitra quyosh xudosi, Anaxita yer-suv ma`budasi va boshqa kultlar 
paydo bo`ldi. 
Bu kultlar eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda vujudga kelgan 
zardushtiylik diniga qo`shilib ketadi. Qadimgi Markaziy Osiyoda qisman bo`lsa-da, 
Ellin Xudolari – Zevs, Afina, Poseydon, Apollon va boshqalar kulti, budda dini
moniy dini, yahudiy dini, nasroniylik va boshqalar tarqalgan edi. Arab xalifalari 
istilosidan keyin islom dini asosiy din bo`lib qoldi. 


7
Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Markaziy Osiyo aholisining 
ko`pchiligi Eron tillari guruhiga kiruvchi shevalarda gaplashgan. Keyinroq turkiy 
tillar guruhi ham kengroq tarqala boshlaydi. Markaziy Osiyo xalqlari yozuvining 
tarixi qadim zamonlardan boshlanadi. 
Eramizdan oldingi birinchi ming yillik 
o`rtalarida Eron, Markaziy Osiyo va boshqa o`lkalarda oromiy yozuvi keng tarqala 
boshlaydi.
Aleksandr Makedonskiy istilosidan keyin esa Markaziy Osiyoga grek 
yozuvi kirib keladi. Oromiy yozuvi negizida Avesto, Xorazm, so`g`d, kushan, run 
Urxun-Enasoy, uyg`ur va boshqa yozuvlar vujudga kela boshlaydi. Asosan xorazm 
va so`g`d yozuvlari qo`llanilgan. Urxun-Enasoy yoki «Turkiy run» deb nomlangan 
yozuv eramizning birinchi asrlarida vujudga keldi. U bilan oldinma-keyin uyg`ur 
yozuvi ham paydo bo`ldi. 

Yüklə 386,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə