O`zbek adabiyoti tarixi Eng qadimgi davrlar



Yüklə 386,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/31
tarix28.04.2023
ölçüsü386,23 Kb.
#107489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
portal.guldu.uz-O`zbek adabiyoti tarixi Ma`ruzalar matni

2.
 
Qadimgi mif va afsonalar.
Ibtidoiy kishilar tabiat hodisalari va jamiyatdagi voqealarning tub sabablarini 
bilmaganlar. Qadimgi zamon kishisi ham tirikchilik qiyinchiliklari, tabiat bilan 
kurash qiyinchiliklari ostida xo`p ezilib tortgan. Kishi tabiatdagi yashin, dovul, suv 
toshqini, zilzila va boshqa hodisalarning mohiyatini tushunmas, ular natijasida kelgan 
ofatlardan dahshatga tushar edi. U er va osmon, oy va quyosh kabilarni jonli narsalar 
deb tasavvur qilar, ularga topinar, ayrim hayvonlarni muqaddas deb bilar edi. Ibtidoiy 
kishining tasavvurida tabiatda unga «do`st» va «dushman» bo`lgan turli xil kuchlar 
mavjud edi. U bu kuchlarni xudolar, ruhlar, devlar, jinlar singari kuchlar sifatida 
tasvirlaydi. Shu xilda ibtidoiy kishi olamning paydo bo`lishi, uning mohiyati va 
kundalik hayot haqida o`z xayoliy tasavvurini yaratadi. Go`yo tabiatda ulug` va 
foydali kuchlar quyosh va suv abadiy bo`lgan o`lka hamda ofat keltiruvchi kuchlar 
zulmat va kulfat abadiy bo`lgan o`lka bor emish. 
Ko`pchilik mifologik obrazlar mana shu ikki o`lka va ular o`rtasidagi kurash 
fonida gavdalanadi. Bu mifologiya shunchalik chuqur ildiz otganki, u 
zardushtiylikdagi dualistik qarashda ham o`z ifodasini topadi, «Avesta» va boshqa 
diniy kitoblardan keng o`rin oladi. «Avesta», shuningdek «Bundaxishi»da 
aytilishicha, ikki olam: yaxshilik va yomonlik olami bor. Yaxshilik olamiga Axura 
Mazda (Xurmuz), yomonlik olamiga Angra Manyu (Axriman) boshchilik qiladi. 
Go`yo 3000 yil mobaynida bu ikki olam bir-biri bilan to`qnashmagan. Yaxshilik va 
nur olamini bilib qolgan Axriman unga qarshi kurash ochmoqchi bo`ladi. Xurmuz bu 
kurashning oldini olib, ikkinchi uch ming yillikda osmon, suv, er, o`simlik, hayvonlar 
va boshqalarni hamda birinchi insonni yaratadi. U davrda zulm ham, kasallik va 
o`lim ham bo`lmagan ekan. Shundan so`ng uchinchi davr (6000-8999)-kurash davri 
boshlanadi. Er yuzi turli kuchlarning to`qnashuv makoniga aylanadi. Axriman 
birinchi insonni o`ldirsa ham, lekin kishilik urug`ini yo`qotib yuborolmaydi. 
To`rtinchi davr (9000-11999)da yaxshilik va nur kuchlari yomonlik va zulmat ustidan 
g`alaba qozonadi. 
Yaxshilik va yomonlik kuchlari o`rtasidagi kurash Mitra, Anaxita, Kayumars, 
Yima (Jamshid), Gershasp, Elikbek va boshqalar obrazida mujassamlashtirilgan. 
Xalq tafakkuri va ijodining mahsuli bo`lgan afsona va miflar sharoit va 
voqealardan kelib chiqadi. 
Markaziy Osiyo va Eron xalqlari orasida qadimiy
davrlardan keng yoyilgan afsonalardan biri «Kayumars»dir. Kayumars haqidagi 


8
asosiy manba «Avesto». Uning mufassal bayoni, turli nusxalari haqidagi ma`lumotlar 
«Tarixi Tabariy»da berilgan.
«Shohnoma», Navoiyning «Tarixi mulki Ajam» 
asarlarida bu afsona uchraydi. 

Yüklə 386,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə