2
1-mavzu:
KIRISH: FANNING MAQSAD VA VAZIFALARI
Reja:
1.
“Adabiyot tarixi” tushunchasi va uning xalqimiz tarixidagi o‘rni.
2.
O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixini davrlashtirish tamoyillari.
3.
Xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyot.
Mavzuga oid tayanch so`z va tushunchalar: xalq tarixi, xalq og`zaki ijodi,
adabiyot tarixi, adabiy aloqalar, badiiy adabiyot, tarjima adabiyoti, mumtoz adabiyot,
adabiyotni
davrlashtirish, nazm, nasr, epos, o`zbek adabiyoti bosqichlari,
davrlashtorish, B.To`xliyev, N.Mallayev,
folklore, an’anviylik, variantlilik,
badihaguylik, anonimlik
1.
“Adabiyot tarixi” tushunchasi va uning xalqimiz tarixidagi o‘rni.
O`zbek xalqi boy adabiy yodgorliklarga ega. O`tmishda yaratilgan mo`tabar
og`zaki va yozma adabiyotimiz namunalarini chuqur o`rganish
va bilish har bir
o`quvchining, shu yurtda yashayotgan kishilarning ulug` burchidir. Bugungi kunda,
yurtimiz ozodlikka, xalqimiz istiqlolga erishgandan so`ng, o`tmish
merosimizga
e`tibor yanada kuchaydi.
Prezidentimiz I.A.Karimov o`zlarining qator suhbatlari, nutq
va kitoblarida buyuk ajdodlarimiz qoldirgan merosni o`rganishning ahamiyatini
qayta-qayta ta`kidlamoqdalar. Zero, xalqimiz mustaqillikka erishgandan so`nggina
bizga noma`lum ko`pgina ulug`
shoirlarimiz, olimlarimiz,
muhaddislarimiz haqida
ma`lumotga ega bo`ldik. Asarlarini o`rgana boshladik.
O`zbek adabiyoti qadimiy tarixga ega.
Adabiyot – jamiyat hayotining o`ziga xos
ifodasi. U jamiyat tarixidagi jiddiy o`zgarishlarni xilma-xil obrazlar vositasida turli
badiiy shakllarda aks ettiradi.
Adabiyot, avvalo, so`z va ruhiyat san`atidir. U inson
ruhiyatidagi nihoyatda nozik tovlanish va ohanglarni ilg`ashga,
ularni aks ettirishga
intiladi. Dunyoda insonlar bir-birlariga o`xshamaganlariday, ularning qalb
kechinmalari ham takrorlanmasdir. Badiiy adabiyot
bilan adabiyot tarixi
shug`ullanadi.