O`zbek adabiyoti tarixi Eng qadimgi davrlar



Yüklə 386,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/31
tarix28.04.2023
ölçüsü386,23 Kb.
#107489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
portal.guldu.uz-O`zbek adabiyoti tarixi Ma`ruzalar matni

2.
 
O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixini davrlashtirish tamoyillari. 
Adabiyot tarixi xalq tarixining ajralmas bir qismidir. Badiiy adabiyot 
taraqqiyoti jamiyatning umumiy taraqqiyoti bilan uzviy bog`liqdir. Adabiyotni 
davrlashtirish 
asosida 
o`rganish 
maqsadga 
muvofiq 
ko`riladi. 
Adabiyotshunosligimizda adabiyotni davrlashtirish muammolidir. Adabiyotni 
davrlashtirishga nima asos qilib olinadi? Mana bu savolga aniq javob berish qiyin. 
Ayrim mutaxassislar adabiyot tarixi bosqichlarini podsholarning, sulolalarning 
hukmdorlik davri bilan, boshqalari esa yirik tarixiy voqealar bilan bog`lashadi. Ba`zi 
olimlarimiz prof. N.Mallaev o`zbek adabiyoti tarixini, bir tomondan, jamiyatning 
umumiy taraqqiyot qonunlari, o`zbek xalqining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi 
taraqqiyoti, ikkinchi tomondan, adabiyot tarixi taraqqiyotining o`ziga xos 
xususiyatlarini: badiiy adabiyotning ijtimoiy mohiyati, vazifasining o`sib borishi, 
adabiy tur va janrlarning shakllanishi, taraqqiy etishi hamda so`z san`atining boshqa 
jihatlari takomiliga xos xususiyatlarni ko`zda tutib bosqichlarga ajratish kerakligini 
ko`rsatib o`tishgan.
Prof. B.To`xliev adabiyot tarixini quyidagicha davrlashtirishni tavsiya etadi: 
1. Eng qadimgi adabiy yodgorliklar «Avesto», «Alpomish» va b.
2. Ilk o`rta asrlar adabiyoti «Kultegin» bitiklari va b. 
3. O`rta asrlar adabiyoti IX-XVI asrlar: 
4. Temuriylar davri adabiyoti. 
5. A.Navoiy va uning davri adabiyoti. 
6. XVII-XIX asrlar adabiyoti. 
7. XX asr adabiyoti.
(B.To`xliev. O`zbek adabiyoti. Darslik. 9-sinf. T., 2000 y. 13 bet.) 
Professor N.Mallaevning oliy o`quv yurti talabalari uchun chiqargan darsligida 
quyidagi bosqichlar berilgan:
1. Eng qadimgi adabiy yodgorliklar. 


4
2. X-XI asrlar adabiyoti. 
3. XI asrdagi va XIV asr boshlaridagi adabiyot. 
4. XIV asr o`rtalaridan XVII asrgacha bo`lgan adabiyot. 
5. XVII asrdan XIX asrning o`rtalarigacha bo`lgan adabiyot. 
6. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi adabiyot. 
Eng qadimgi adabiy yodgorliklar Markaziy Osiyo hududida qadimdan yashagan
o`zbek, tojik, turkman va boshqa xalqlarning adabiy yodgorliklaridir. Keyingi 
taraqqiyot bosqichlaridagi adabiyot esa bevosita o`zbek xalqi tomonidan yaratilgan 
adabiyotdir. 

Yüklə 386,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə