Ma’lumotlar taqsimlanish qatorlari shaklida keltirilgan (5.1-jadval). Bu qator ma’lumotlari va yuqorida keltirilgan formula asosida o’rtacha savdo maydonini aniqlaymiz:
Demak, har bir do’konga o’rtacha 66,8 m2 savdo maydoni to’g’ri kelar ekan. Bu ko’rsatkichni oddiy arifmetik formulani qo’llab hisoblasak ham bo’ladi. Buning uchun 40ni 2 marta 50ni 4 marta va h. k. qo’shish kerak. Bizni misolimizda bu ishni bajarish mumkin, chunki hammasi bo’lib 28 do’kon bor. Agar do’konlar soni 2800 yoki 28000 ta bo’lsachi? Bu juda murakkab ishga aylanadi. Shuning uchun o’rtachani tortilgan arifmetik usulda hisoblagan ma’qul. Agarda ma’lumotlar variatsion taqsimlanish qatori shaklida berilsa, o’rtachani variantlar asosida (bizning misolda) hisoblash butunlaynoto’g’ridir:
х 40 50 60 70 80 90
65м 2
6
Nima uchun ikki xil natija kelib chiqdi? Sababi, har bir variant har xil vaznga (salmoqqa) ega. Bizni misolimizda, katta savdo maydoniga ega bo’lgan do’konlar soni oshsa, o’rtacha savdo maydoni so’zsiz yuqori bo’ladi va aksincha. Shuning uchun ham tortilgan usulda o’rtacha hisoblanadi.
Ko’p paytlarda o’rtacha miqdorlarni intervalli variatsion qator ko’rsatkichlari asosida hisoblashga to’g’ri keladi. O’rtachani intervalli variatsion qatorlarda hisoblashning o’ziga xos xususiyatlari bor. Bu erda, dastavval har bir guruh bo’yicha o’rtacha, so’ngra umumiy o’rtacha hisoblaniladi. Agar oraliq yopiq ko’rinishda