O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi o. T. Husanov konstitutsiyaviy huquq


«Konstitutsiyaviy huquq» fanining vazifasi



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə9/162
tarix02.03.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#101792
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   162
O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org

1.8. «Konstitutsiyaviy huquq» fanining vazifasi
«Konstitutsiyaviy huquq» fanining asosiy vazifasi — Konsti-
tutsiyaviy huquqni huquq tarmog‘i sifatida hamda huquq tizimida
yetakchi huquq sifatida ko‘rsatish.
Buning uchun Konstitutsiyaviy-huquqiy normalarning yuridik
kuchi (ustuvorligi) samarasini, ijtimoiy hayotning rivojlanishiga
ta’sirini, fuqarolar huquqiy ongi, huquqiy madaniyatiga ta’sirini
o‘rganadi. «Konstitutsiyaviy huquq» fani mavjud huquqiy norma-
larni tahlil qilish, o‘rganish orqali ularning ijtimoiy munosabatlarga
mosligini, ta’sirini aniqlaydi. Mavjud ahvol haqida xulosalar beradi
hamda huquq normalarini yaratish, mavjudlarini takomillashtirish,
eskirganlarini bekor qilish haqida takliflar beradi.
Fanning vazifalari qatoriga davlat hokimiyati organlarining
faoliyatini, ularning o‘zaro munosabatlari, shakllari va ko‘ri-
nishlarini hamda fuqarolarning davlat ishlarida ishtirok etish yo‘lla-
rini o‘rganish ham kiradi. Ana shularni o‘rganish natijasida ularni
yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Bulardan tashqari, «Konstitutsiyaviy huquq» fani xalq hoki-
miyatchiligi, davlat suvereniteti, davlatning milliy va ma’muriy-
hududiy tizimini, shaxs huquqiy holati, shaxs bilan davlat muno-
sabati, davlat qurilishi va boshqaruvi, davlat shakllari masalalarini
o‘rganadi.
Mamlakatimizda davlat qurilishi va boshqaruvini erkinlashtirish
vazifasining qo‘yilishi, ya’ni Oliy Majlis palatalarining 2005-yildagi


16
qo‘shma majlisida Prezident tomonidan ilgari surilgan ustuvor


vazifalar:
• parlament roli va ta’sirini kuchaytirish;
• hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari o‘rtasida
yanada munosib va barqaror muvozanatga erishish.
Buning uchun Prezident vakolatlarining bir qismini Parla-
mentning yuqori palatasi — Senatga va hukumatga o‘tkazish,
professional, doimiy asosda ishlaydigan quyi — Qonunchilik
palatasini shakllantirish, uning vakolatlari va huquqlarini kengay-
tirish; Bosh vazir va umuman, mamlakat hukumatining rolini va
shu bilan birga, mas’uliyatini kuchaytirish; sud hokimiyatining
mustaqilligi va erkinligini mustahkamlashga qaratilgan aniq, qonuniy
chora-tadbirlarni amalga oshirish
1
vazifasi «Konstitutsiyaviy
huquq» fani oldiga ham katta vazifalarni qo‘yadi. Bu ishlarni amalga
oshirish uchun jahon davlatchilik tajribasini o‘rganish va ular
asosida asosli ilmiy xulosalar tayyorlash zarur bo‘ladi.
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish vazifasi
qo‘yilganligi, bunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari,
nodavlat tashkilotlar rolini oshirish zaruriyati ham «Konstitutsiya-
viy huquq» fani oldiga katta vazifalarni qo‘yadi.
Erkinlashtirish, hokimiyat vakolatlarini nodavlat tashkilotlarga
o‘tkazish ilmiy asoslangan nazariy qoidalar asosida amalga oshsa,
bu qoidalar o‘z ifodasini qonunlarda va boshqa hujjatlarda topsa,
ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin. Ana shu maqsadlarning
muvaffaqiyatli amalga oshishida Konstitutsiyaviy huquq tavsiyalari
katta foyda berishi mumkin.
Konstitutsiyaviy huquqni chuqur o‘rganish, uni huquq tar-
mog‘i sifatida va yetakchi huquq sifatida bilish o‘quvchilarning
huquq tizimimiz haqidagi bilimlarining mukammal bo‘lishiga ta’sir
qiladi.
Konstitutsiyaviy huquq normalarini chuqur bilish o‘quv-
chilarning faqat huquqiy bilimlari oshishiga olib kelmay, buning
katta tarbiyaviy ahamiyati ham mavjud. Konstitutsiyaviy huquqni
bilish orqali har bir o‘quvchi jamiyatdagi o‘z o‘rnini aniq anglashi,
davlat suvereniteti, mustaqilligi ahamiyatini his qilishi va jamiyat
ishlarida faol ishtirok etishi mumkin.
1
I.A. Karimov. Bizning bosh maqsadimiz — jamiyatni demokratlashtirish va
yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. Ò., «O‘zbekiston», 2005,
36—37-betlar.


17
1. «Konstitutsiyaviy huquq» atamasi qanday ma’nolarda ishlatiladi?


2. «Konstitutsiyaviy huquq» tushunchasi va predmeti qanday?
3. Konstitutsiyaviy huquqning huquq tarmog‘i sifatidagi xususiyati
nimalarda ko‘rinadi?
4. Konstitutsiyaviy huquqning yetakchi huquq sifatidagi xususiyati nima-
larda ko‘rinadi?
5. Konstitutsiyaviy huquqning huquq tizimidagi o‘rni qanday?
6. Konstitutsiyaviy-huquqiy normalar xususiyati qanday?
7. Konstitutsiyaviy huquq manbalari qaysilar?
8. «Konstitutsiyaviy huquq» fanining vazifasi nimalardan iborat?

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə