O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi o. T. Husanov konstitutsiyaviy huquq


«Konstitutsiyaviy huquq» fani, uning predmeti



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə8/162
tarix02.03.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#101792
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   162
O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org

1.7. «Konstitutsiyaviy huquq» fani, uning predmeti
«Konstitutsiyaviy huquq» fani yuridik fanlar tizimiga kiradi.
O‘zbekiston mustaqil bo‘lgach, o‘zining «Konstitutsiyaviy huquq»
faniga ham ega bo‘ldi. Shuningdek, Konstitutsiyaviy huquq o‘z
xususiyati va mazmuniga ko‘ra, ijtimoiy fanlar tizimiga kiradi,
ular bilan birgalikda rivojlanadi. O‘zbekistonning demokratik
rivojlanish yo‘lidan borishi, jamiyat hayotining turli fikrlar asosida
rivojlanishining belgilanishi «Konstitutsiyaviy huquq» fanini par-
tiyaviylik, sinfiylik ta’siridan xoli qildi.
Ayonki, har bir fanning predmeti shu fan o‘rganadigan narsa,
voqelik hisoblanadi. Huquqiy fanning predmeti shu nom bilan
ataladigan huquq tarmog‘ini o‘rganish hisoblanadi. Ya’ni «Konsti-
tutsiyaviy huquq» fanining predmeti — Konstitutsiyaviy huquq
tarmog‘i.
Shu doirada «Konstitutsiyaviy huquq» fani Konstitutsiyaviy
huquq tarmog‘iga xos qonuniyatlarni, tamoyillarni, ularning
vujudga kelishi va rivojlanishini o‘rganadi. Fanning predmeti doirasida
Konstitutsiyaviy huquq normalari, ular qo‘llaniladigan ijtimoiy
munosabatlar, ularning bir-biriga mosligi, huquq tarmog‘ining
subyektlari, ularning huquqiy holati o‘rganiladi. Amaldagi Konsti-
tutsiyaviy-huquqiy qonunchilik, davlatning funksiyasi, Konsti-
tutsiyaviy-huquqiy institutlarni o‘rganish ham «Konstitutsiyaviy
huquq» fani predmeti hisoblanadi.


15
«Konstitutsiyaviy huquq» fani faqat davlat — huquqiy norma


va institutlarni o‘rganish bilan chegaralanmay, ularning amal
qilishini ham o‘rganadi.
Umumlashtirib aytiladigan bo‘lsa, «Konstitutsiyaviy huquq»
fanining predmeti Konstitutsiyaviy huquq bilan tartibga solina-
digan barcha ijtimoiy munosabatlar va shu ijtimoiy munosabat-
larni tartibga soluvchi huquq normalari hisoblanadi. Konsti-
tutsiyaviy huquq ijtimoiy munosabatlar va institutlar, faqat davlat,
hokimiyatga taalluqli masalalar bilan cheklanmaydi. Bu muno-
sabatlarda davlat bilan birga, fuqarolar, jamoat birlashmalari va
jamiyatning boshqa tuzilmalari ham ishtirok etadi. Shuning uchun
ularning roli, tutgan o‘rni, mavqeyi ham «Konstitutsiyaviy huquq»
fani tomonidan o‘rganiladi va ular ham mazkur fanning predmetini
tashkil etadi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə