O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi o. T. Husanov konstitutsiyaviy huquq



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə1/162
tarix02.03.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#101792
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   162
O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org


O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi o. T. Husanov konstitutsiyaviy huquq



O‘ZBEKISÒON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
O.T. HUSANOV
KONSTITUTSIYAVIY
HUQUQ
Kasb-hunar kollejlari uchun darslik
4-nashri
Òoshkent — «ILM ZIYO» — 2017


2
UO‘K: 342.4(575.1)(075)


KBK 67.400ya722
H84
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ilmiy-metodik
birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash
tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquqi bo‘yicha tayyor-
langan ushbu darslik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi standartlari asosida
yaratilgan bo‘lib, unda «Konstitutsiyaviy huquq» fanining asosiy mavzulari
yoritilgan. Darslik mavzularida mamlakatimizda davlat qurilishi va bosh-
qaruv, sud-huquq sohasida o‘tkazilayotgan islohotlar, ularning natijalari,
inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash borasida olib borilayotgan samarali
ishlar, demokratik jarayonlarning chuqurlashuvi o‘z ifodasini topgan.
Ò a q r i z c h i l a r : O. MUHAMMADJONOV — yuridik fanlari
doktori; A. RAHMONOV — yuridik fanlari
doktori, professor; B. SROJOV — yuridik fanlari
nomzodi.
© «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2017-y.
ISBN 978-9943-303-88-1
© «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2012-y.


3
KIRISH


O‘zbekiston Respublikasining huquqiy fanlar tizimida «O‘zbe-
kiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi» fani alohida o‘rin
tutadi. Chunki ushbu fan orqali huquq tizimida yetakchi hisob-
lanuvchi Konstitutsiyaviy huquq o‘rganiladi.
Konstitutsiyaviy huquq yetakchi huquq tarmog‘i bo‘lishi bilan
birga, alohida, o‘z predmetiga ega huquq tarmog‘i hamdir.
Konstitutsiyaviy huquq normalari jamiyatdagi eng muhim
ijtimoiy masalalarni, ularning asoslarini tartibga soladi. Bular xalq
hokimiyatchiligini amalga oshirish jarayonidan kelib chiqadigan
jamiyat—fuqaro—davlat o‘rtasidagi munosabatlar hisoblanadi.
Konstitutsiyaviy huquq — Konstitutsiyaviy tuzum asoslarini,
shaxsning huquqiy holati asoslarini, jamiyat va shaxs muno-
sabatlarini, ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi masalalarini,
hokimiyatni tashkil etish va ularning faoliyati bilan bog‘liq masa-
lalarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig‘indisidan iborat
huquq tarmog‘i. Ana shu masalalar va ularni tartibga soluvchi
huquqiy normalar «Konstitutsiyaviy huquq» fani tomonidan o‘rga-
niladi.
«Konstitutsiyaviy huquq» fani mavjud ijtimoiy munosabatlar
huquq normalariga mos kelishi masalasini o‘rganib, ijtimoiy
munosabatlarni yanada to‘g‘riroq tartibga solish, ularning rivoj-
lanishiga imkon beradigan huquq normalarini yaratish, mav-
judlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishni
maqsad qilib qo‘yadi.
Konstitutsiyaviy huquq doirasida olib boriladigan tadqiqotlar
Konstitutsiyaviy munosabatlar va huquq normalarining takomil-
lashuviga olib keladi.
«Konstitutsiyaviy huquq»ning ta’lim jarayonidagi vazifasi
Konstitutsiyani o‘quvchilarga chuqur o‘rgatishdir. Bu fan orqali
Konstitutsiyaning ahamiyati, vazifasi, funksiyasi, yuridik tabiati,


4
davlat tuzilishi, hokimiyatni tashkil etish, shaxsning huquqiy


holati, jamiyat, fuqaro, davlat munosabatlari o‘rganiladi.
«Konstitutsiyaviy huquq» fanining vazifasi faqat Konsti-
tutsiyaviy huquq normalarini o‘quvchilar ongiga singdirish bilan
cheklanmay, u o‘quvchilarda qonunga, Konstitutsiyaviy tuzumga,
boshqa fuqarolarga nisbatan hurmat tuyg‘usini shakllantirish
vazifasini ham boshqaradi. Konstitutsiyani chuqur bilish orqali
Vatanga sadoqat, jamiyatga hurmat paydo bo‘lib, belgilangan
burchlarni ixtiyoriy bajarishga intilish vujudga keladi. Shuning uchun
ham Konstitutsiyani o‘rganishga mamlakatimizda alohida e’tibor
beriladi.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A. Karimov
Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunning sakkiz yilligi munosabati
bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda so‘zlagan nutqida «Nima uchun Konsti-
tutsiyani o‘rganish kerak?» degan savol qo‘yib, unga o‘zi shunday
javob bergan edi: «Ming afsuski — bu sir emas — ko‘pchiligimiz
Konstitutsiyaning ma’no-mazmunini yaxshi bilmaymiz, uni
sinchiklab o‘rganmaymiz. Vaholanki, agar Konstitutsiyamizning
mohiyatiga kirib borsak, mag‘zini chaqsak, bugun oldimizda turgan
ko‘pgina savollarga, muhim muammolarni yechishda javob
topishimiz mumkin»
1
.
Shundan so‘ng Konstitutsiyani o‘rganishga e’tibor yanada
kuchaytirildi. 2001-yil 4-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini o‘rga-
nishni tashkil etish to‘g‘risida» Farmoyish qabul qildi. Ana shu
Farmoyishga asosan, ta’lim tizimidagi barcha o‘quv muassasalarida
«Konstitutsiyani o‘rganish maxsus kursi» o‘qitilishi belgilandi. Bu
maxsus o‘quv kursini o‘rganish uchun yaratilgan o‘quv dastur-
lari va qo‘llanmalarida o‘rganish zarur bo‘lgan bilimlar asosiga
Konstitutsiyaviy huquq sohasidagi bilimlar tayanch qilib olindi.
«Konstitutsiyani o‘rganish maxsus kursi» barcha noyuridik
o‘quv muassasalarida o‘qitilib, Konstitutsiyani o‘rganishni maqsad
qilib qo‘ysa, yuridik yo‘nalishlardagi ta’lim muassasalarida o‘qitila-
digan «Konstitutsiyaviy huquq» fani o‘z oldiga shu maqsadni qo‘yadi.
Konstitutsiyaning deyarli barcha boblari alohida-alohida
mavzu sifatida yoritildi va fanga taalluqli bo‘lgan «Konstitutsiyaviy
huquq — huquq tarmog‘i va fan», «Konstitutsiya — asosiy qonun»,
1
I.A. Karimov. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. 9-jild. Ò., «O‘z-
bekiston», 2001, 134—135-betlar.


5
«O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi» masa-


lalari alohida mavzu sifatida berildi. Bundan tashqari, fuqarolik
jamiyatini shakllantirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari muhim rol o‘ynashi, uning faoliyatida yoshlarning ham
ishtiroki mavjudligi, u har bir fuqaroga eng yaqin organ ekanligi
hisobga olinib, «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari»
alohida yoritildi.
Darslikni tayyorlashda mamlakatimizda davlat qurilishi va
boshqaruvi, sud-huquq sohasida olib borilayotgan islohotlar va
ularning natijalari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga
2012-yildan 2017-yil 30 avgustgacha kiritilgan o‘zgartirishlar
e’tiborga olindi.
Shuningdek darslikda «2017—2021-yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi» va 2017-yil 8-sentabrdagi
Prezident Farmoni bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasida
ma’muriy islohotlar Konsepsiyasi»ning asosiy holatlaridan foyda-
lanildi.


6
I bo‘lim. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə