O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi o. T. Husanov konstitutsiyaviy huquq


Konstitutsiyaviy-huquqiy normalar



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə6/162
tarix02.03.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#101792
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   162
O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org

1.5. Konstitutsiyaviy-huquqiy normalar
Jamiyatda ma’lum ijtimoiy munosabatlarni huquq bilan tartibga
solish zarurati mavjud. Ijtimoiy munosabatlarning bir qismi
(asoslari) Konstitutsiyaviy huquq normalari bilan tartibga solinadi.
Konstitutsiyaviy huquq bilan tartibga solinadigan ijtimoiy
munosabatlarning soni va ahamiyati juda keng. Bundan tashqari,
ushbu munosabatlar kengayib, takomillashib boraveradi. Bu
mamlakat o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni bajara borishiga, ular
asosida yangicha munosabatlarning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.
Bozor munosabatlarining shakllanib, takomillashib borishi,
demokratik jarayonlarning chuqurlashuvi, bu munosabatlarni
to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda davlatning o‘rnini aniqlash, unda fuqarolar
manfaatini himoyalashda Konstitutsiyaviy huquq asosiy rolni
o‘ynaydi. Chunki uning eng asosiy vazifasi ma’lum ijtimoiy tartib
o‘rnatish orqali insonlarning huquq va erkinligini himoya qilishdir.
Mana shu vazifasi bilan O‘zbekiston Konstitutsiyaviy huquqi
Sovet Konstitutsiyaviy huquqidan farq qiladi. Chunki totalitar
tuzum Konstitutsiyasining bosh maqsadi sotsialistik tuzumni
himoya qilish bo‘lib, ijtimoiy munosabatlar shu nuqtayi nazardan
o‘rnatilar edi. Demokratik mamlakatimiz Konstitutsiyasi inson
manfaatini ustun qo‘yadi va barcha ijtimoiy munosabatlar,
jumladan, Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar shu nuqtayi
nazardan o‘rnatiladi.
Umume’tirof etilgan nazariyaga murojaat qilsak, huquqning
ijtimoiy munosabatlarga ta’siri huquqiy munosabatni vujudga
keltiradi, degan qoidaga duch kelamiz.


12
Konstitutsiyaviy huquq normalarining hammasi ham ijtimoiy


munosabatlarni vujudga keltiravermaydi. Konstitutsiyaviy huquq
tarmog‘i o‘zining maqsadi va xarakteriga ko‘ra, mavjud normalarida
ko‘plab deklaratsiyalarni mujassamlashtirgan. Ular turli sohalarda
tartiblarni aniq bir huquqiy munosabat orqali emas, umumiy
prinsið va qoidalarni e’lon qilish bilan o‘rnatadi. Ana shunday prinsið
va qoidalar esa boshqa, aniq normalar vujudga kelishiga ta’sir qiladi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 3-moddasida «O‘zbekistonning
davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo‘linmasdir» yoki 13-mod-
dasida «O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy
prinsiðlarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi,
sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat
hisoblanadi», degan qoidalar mavjud (bunday qoidalar ko‘plab
uchraydi). Bu qoidalar aniq bir huquqiy munosabatni keltirib
chiqarmaydi. Faqat shu norma asosida shaxslar o‘z manfaatini
himoya qila olmaydi. Lekin shu qoida asosida aniq huquqiy
munosabatlarni keltirib chiqaruvchi boshqa normalar vujudga keladi.
Masalan, Jinoyat huquqi, Mehnat huquqi, Fuqarolik huquqi va
boshqalar. Lekin qoidadagi ko‘rsatma inson manfaatlari doimo
ustuvor bo‘lishi haqida eslatib turadi va demokratik tartibni
ta’minlashda katta ahamiyatga ega.
Lekin ko‘pincha Konstitutsiyaviy-huquqiy normalar aniq
huquqiy munosabatlarni vujudga keltirib chiqaradi, shuning uchun
bu munosabatlar subyektlarini aniq ajratish zarur. Shunda huquq,
burch kimga tegishliligini, kim huquq buzilishi uchun javobgar
bo‘lishini bilish mumkin bo‘ladi. Bunday normalar insonlar va
hokimiyat tuzilmalari munosabatlarini aniqlaydi, inson manfaat-
larining tegishli organlar tomonidan himoya qilinishini ta’minlaydi.
Masalan, Konstitutsiyaning 26-moddasidagi «Jinoyat sodir etgan-
likda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda,
oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor
hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish
uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi», degan qoida huquqiy
munosabatlarni vujudga keltiradi va sud hamda boshqa organlarga
majburiyat yuklaydi.
Ba’zi Konstitutsiyaviy-huquqiy normalarda faqat deklaratsiya-
lar (norma-deklaratsiya) mavjud bo‘lsa, ko‘pchilik Konstitutsiya-
viy-huquqiy normalarda aniq umummajburiy qoidalar ham
mavjudligini ko‘ramiz yoki majburiy bajarilish imkoniyati ko‘rsa-
tilgan bo‘ladi. Konstitutsiyaviy-huquqiy normalarning ba’zilarida,


13
har qanday huquqiy normada mavjud bo‘ladigan elementlar:


giroteza, dispozitsiya va sanksiyalar mavjud bo‘ladi. Ko‘pgina
normalarda esa sanksiya va, shuningdek, giroteza qismi ham yo‘q.
Bu shu normalarni huquqiy jihatdan ta’minlashda chalkashliklar
vujudga keltiradi.
Boshqa huquq normalari kabi Konstitutsiyaviy huquq nor-
malari ham imperativ, dispozitiv xarakterda bo‘lishi mumkin. Impe-
rativ normada qat’iy ko‘rsatma bo‘lib, munosabat ishtirokchilari
hech qanday tanlovga, erkinligiga ega emas, qoida albatta bajarilishi
kerak. Masalan, Konstitutsiyaning 85-moddasida «O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o‘z tarkibidan
Qonunchilik palatasining Spikeri va uning o‘rinbosarlarini saylay-
di», deyilgan normani olaylik. Despozitiv normalar subyektlarga
tanlash imkoniyatini beradi, ular shu qoidada o‘rnatilgan tartibdan
foydalanishi yoki foydalanmasligi mumkin. Konstitutsiyaning
87-moddasidagi «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonun-
chilik palatasi va Senati, zarurat bo‘lgan taqdirda, muayyan vazifa-
larni bajarish uchun deputatlar, senatorlar orasidan komissiya-
lar tuzadi», degan qoida deputatlar orasidan Oliy Majlisga komis-
siyalar tuzish uchun ixtiyor bergan. Undan Oliy Majlis o‘z manfaa-
tidan kelib chiqib foydalanadi.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə