Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 11
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
553
w
www.oriens.uz
November
2022
atalib, turli xil tarixiy manbalarda qo’llaniladi xolos. Masalan: jallod, yasovul,
ellikboshi, qamal va boshqalar. Bilamizki, hozirda ushbu so’zlardan deyarli og’zaki
nutqda ham, yozma nutqda ham foydalanmaymiz. Lekin biz biror bir tarixiy jarayon
haqida gapirmoqchi bo’lganimizda yoki biror bir
tarixga oid asarni tahlil
qilganimizda, undagi voqealikni tasvirlash uchun biz bu so’zlardan foydalanishimiz
mumkin bo’ladi. Biz bunday tarixiy so’zlarni ko’proq Navoiy, Lutfiy, Bobur va
boshqa tarixiy siymolar asarlarida va shuningdek, Tolstoy, Dostoyevskiy va
Mayakovskiy asarlarida uchratishimiz mumkin. Biz bularni to’gri
tushunishimiz
uchun lug’atlarga murojat qilib, ularning ma’nosini bilib olishimiz kerak.
Bu esa
bizga biroz qiyinchilik tug’dirishi mumkin, albatta. Shuning uchun ham bizning kitob
tarjimonlarimiz bu muammoga kamroq duch kelishimiz uchun o’zlari bu so`zlarning
ma’nolarini tayyor qilib matnning past qismiga joylashtirib qo’yishyapti. Bu esa
kitobxonga o’qiyotgan kitobining mavzusini yana ham atroflicha tushunishga yordam
beradi. Masalan, Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar”
1
romanini o’qiganimizda
juda ham ko’p tarixiy so’zlarga duch kelamiz. Lekin ayrim kitobxonlar bu kitobni
tushunishga qiynaladi. Chunki yuqorida ta’kidlanganidek, kitobda biz bilmagan
tarixiy so’zlar o’zining ma’nosi bilan birgalikda berilgan.
Ayni paytda, ushbu
asardagi tarixiy so’zlarni tahlil qilgan Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedogogika
instituti talabasi Baxtiyorova Rayxonaning ““Yulduzli Tunlar” romanida tarixiy
so`zlar etimologiyasi”
2
mavzusidagi maqolasini misol
qilsak maqsadga muvofiq
bo’ladi. U ushbu maqolasida asardagi tarixiy so’zlarga misollar keltirgan. Masalan,
yog’iy – yov, raqib, dushman degan ma’nolarni anglatib, asarda ham huddi shu
ma’nolarda qo’llanilgan. Tarh – arabchadan olingan bo’lib qurilish, imorat, bog’ning
bichimi, loyihasi degan ma’nolarni anglatadi.
Asarda ham qurilish uchun
tayyorlangan bino ma’nosida qo`llanilgan. Yana shunga o’xshash tarixiy so’zlar
ushbu asarda juda ham ko’p. Shuningdek, kitobning yana bir ijobiy tomoni tarixiy
shaxslarga ham qisqacha ta’rif berilib ketganidir. Chunki biz har bir tarixiy shaxsni
ham taniyvermaymiz. Shu kabi asarlar yana talaygina topiladi.
Lekin bu degani biz
tarixiy so’zlarni bemalol qo’llay olamiz degani emas. Ularni faqat ma’lum bir
maqsad doirasida va tarixiy voqealik haqida gapirganimizda foydlanamiz.
Eskirgan so’zlarning yana bir katta tarmog’i bu arxaizmlardir. Ular
istorizmlarning kichik bir guruhi bo’lib, tarixiy so’zlarga biroz o’xshab ketadi.
Arxaizmlarning tarixiy so’zlardan farqi shundaki, bu so’zlarni ularning sinonimlari
bilan almashtirish mumkin. Masalan,
bart-botir, bitik-kitob, ochun-dunyo, al-qo’l,
1
Pirimqul Qodirov, “Yulduzli tunlar”.
2
R.Baxtiyorova,”“Yulduzli tunlar” romanida tarixiy so`zlar etimologiyasi”. Kinds of popular scientific articles. 2022