|
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciencestilshunoslikda-eskirgan-so-zlarning-kelib-chiqishi-va-ularning-qiyosiy-tahliliOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 11
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
556
w
www.oriens.uz
November
2022
sinonimlarini bilib, ma’nolarini tushuna olsak kifoya. Yuqorida ta’kidlaganimdek,
bunda bizga lug’atlar yordamga keladi.
Ingliz tilidagi eskirgan so’zlar ko’pincha rasmiy holda bo’lgan. Lekin hozir ular
muomalada va yozma ishlarda kamdan-kam yoki deyarli foydalanilmaydi. Bularga
misol qilib quyidagi so’zlarni olishimiz mumkin: “Gay”- ushbu so’zning hozirgi
kundagi ma’nosini tarjima qiladigan bo’lsak, u qisqa qilib aytganda erkak kishini
bildiradi, lekin u bir vaqtlar “happy” so’zining sinonimi sifatida ishlatilgan.
“Betwixt”- bu so’z “orasida” degan ma’noni anglatib, “between” so’zi bu so’zga
sinonim bo’la oladi. “Dame” – XX asrning 1-yarmida bu so’z “ayol” kishi uchun
sinonim sifatida foydalanilgan. “tis” – bu so’z hozirgi ingliz tilidagi “It is” ning
qisqartirilgan shakli hisoblangan. “Yea” - “yes” bu so’zdan biz foydalanamizku
deyishingiz mumkin, albatta. Lekin bu arxaik so’z hisoblanadi va hozirgi kunda
ma’lum bir maqsad uchun rasmiy tillarda foydalaniladi. Yana shunga o’xshab rasmiy
tilda foydalaniladigan bir so’z bor. Bu “Nay” so’zi bo’lib, uning ma’nosi hozirgi “no”
so’ziga to’g’ri keladi. “Cordwainer” – ushbu so’z poybzal yasovchi usta ma’nosini
beradi. “Wench” – yosh qiz yoki ayol so’zining ma’nodoshi sifatida ishlatilgan. Biz
doimo gramatikada ham og’zaki nutqda ham foydalanadigan “said” so’ziga sinonim
bolgan eskirgan so’z bu – “quoth” so’zidir. Bu so’z biroz hazilomuz so’z sifatida ham
talqin qilinadi. “Carl” – qadimda bu so’z quyiroq tabaqa kishilariga nisbatan
ishlatilgan”
8
. Ingliz tilida ham xuddi rus tilidagi kabi bundan tashqari eskirgan so’zlar
qatori juda ham katta. Bu yerda faqat oddiy, hammamiz biladigan so’zlarni misol
qilib ko’rsatdik, xolos. Agar biz yana ham ko’proq eskirgan so’zlarni bilishni istasak,
turli xil davrga oid manbalarga va tarixiy asarlarga murojaat qilishimiz mumkin.
Shunda biz bunday so’zlarga duch kelishimiz ehtimoli ko’proq. Chunki, aslida,
eskirgan so’zlar ma’lum bir tarixiy davr uchun xos bo’lgan va hozirgi kunda
iste’moldan chiqib ketgan so’zlardir.
O’zbek tilida ham eskirgan so’zlar juda ko’p. Hozir ularning ba’zilarini ko’rib
chiqamiz va tahlil qilamiz. Bilamizki, ba’zi so’zlar chet tillaridan kirgan so’zlar
bo’lib, ularni tushunish biroz qiyin bo’ladi. Chunki o’zimizning davlat tilimizga
o’tishimizdan oldin bu so’zlar bizga singib ketgan edi. Keyinchalik esa bizga yangi
so’zlar kirib kelganligi tufayli eski so’zlarga ehtiyoj qolmagan. Masalan, “Arie” –
“darhol, beri” degan ma’nolarni anglatadi. “Anbar” – “ombor” ya’ni bu non yoki
mahsulotni saqlash uchun tuzilma ma’nosida kelgan. “Qadrsiz” – muammo, og’ir
sinov, vaqt, shuningdek, aniq bo’lmagan va harakatlanuvchi qo’llab-quvvatlash
nuqtasi bo’lgan. Oziq-ovqat vaqti, shuningdek, oziq-ovqat, ovqatning bir qismini
8
Study.com.academy
|
|
|