|
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciencestilshunoslikda-eskirgan-so-zlarning-kelib-chiqishi-va-ularning-qiyosiy-tahliliOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 11
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
555
w
www.oriens.uz
November
2022
iste’moldan chiqqan, o’z sinonimiga ega bo’lmagan so’zlarga
leksik istorizml
ar
deyiladi: omoch, cho’ri, yuzboshi kabi.
So’z ma’nosi anglatgan narsa, voqea, hodisalar eskirmay, uning ma’nosida
yangilanish yuz berib, oldingi ma’nosi iste’moldan chiqsa,
semantik istorizm
deyiladi.
Masalan, arbob – aristocrat, arbob – fan arbobi; saroy – podsho qarorgohi, saroy –
san’at saroyi; vazir – podshoning o’rinbosari, vazir – ministr; rais – shayxlar
rahnamosi, rais – jamoa xo’jaligi boshlig’i kabi. Eskirib iste’moldan chiqqan, o’z
ekvivalentiga ega bo’lmagan iboralarga
frazeologik istorizmlar
deyiladi. Masalan
,
madrasa tuprog’ini yalamoq, tarki dunyo qilmoq
holatlari hayotda mavjud bo’lmasa
ham, ularning ifodasi tarixiylik sifatida saqlanib qolgan
6
.
Eskirgan so’zlar haqida gap borganda biz alabatta uning har tomonlama biz
uchun qanchalik muhim ekanligini bilishga harakat qilamiz. Eskirgan so’zlar bu bizni
tarix bilan bog`lab, bizni yanada tarixga yaqinroq qiladi va bizni izlanishdan
to’xtamaslikka undaydi. Shuningdek har bir tilning eskirgan so’zlari bor. Ular o’sha
tilning qay darajada boy bo’lganini va qay darajada taraqqiy topganini ko’rsatib
beradi. Bunday so’zlar, biz bilgan ingliz tilida ham rus tilida ham o’zbek tilida ham
mavjud. Ayniqsa, rus tili biz uchun ikkinchi til hisoblangani uchun bizdagi eskirgan
so’zlar ham rus tilidagi so’zlarga o’xshab ketadi. Lekin asli rus tilining o’z eskirgan
so’zlari bor. Masalan, “«Балакать» - bu so’zning ma’nosi rus tilidagi «говорить»
so’ziga to’g’ri keladi ya’ni “gapirmoq” degani o’zbek tilida. «Благость» - bu so’z
«доброта» so’zining sinonimi hisoblanib “yaxshilik” degan ma’noni anglatadi.
«Купно» - rus tilida bu so’z «вместе» so’ziga sinоnim bo’lib keladi va o’zbek tilida
“birgalashib”, “birgalikda” degan ma’nolarni beradi. «Абы» - ushbu so’z «чтобы,
дабы» degan ma’nolarni anglatadi. Bu esa “uchun” tarjimasini beradi. «Льзя» - rus
tilida bu so’zga «можно» so’zini sinonim qilib olishimiz mumkin va buning tarjimasi
“mumkin” bo’ladi. Hammamiz bilgan «мне» so’zi oldin «ми» tarzida foydalanilgan
ya’ni u “meni, menga” degan tarjimani bergan. «Мнить» so’zi esa «думать,
считать» so’zlariga to’g’ri kelgan va “o’ylamoq, hisoblamoq” degan ma’nolarni
anglatgan. «Несть» - ushbu so’zni rus tilidagi «нет» so’ziga, o’zbek tilidagi “yo’q”
so’ziga to’g’irlasak bo’ladi. Shunda maqsadga muvofiq bo’ladi. Yana «Яства»
so’zining «еда, кушанья» kabi sinonimlari bo’lib bular o’zbek tilida “ovqat,
yegulik” degan ma’nolarni anglatadi”
7
. Shu va shu kabi so’zlarni biz juda ko’p
joylarda uchratishimiz mumkin. Asosan, rus adabiyotchilarining asarlarida bunday
so’zlar talaygina topiladi, albatta. Faqat biz bu so’zlarning hozirgi tildagi
6
Asqarova M, Abdurahmonov G “Hozirgi o`zbek tili” Toshkent 1986, 28-32 betlar
7
Words.online.ru
|
|
|