O`quvchilarni tarbiyalshda inshoning o`rni


Kuzatishlar asosida insho yozish



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə9/12
tarix04.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#108220
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Insho

Kuzatishlar asosida insho yozish

O`quvchilar narsa-buyumlarni, tabiatni, mehnat faoliyatini kuzatish asosida hosil qilgan taassurotlarini so`zlar vositasida ifodalaydilar. Bunda ular fikrlarini turli va to`la ifodalashga o`rganishdan tashqari, ularning tushunchalari ham kengayib boradi.


Dastlab kuzatish rejasi tuziladi. O`quvchilarga kuza­tish davomida nimalarga e`tibor berishlari kerakligi tushuntiriladi, insho mavzusi aytiladi.
O`quvchilar bilan kuzatish taassurotlari asosida savol-javob o`tkazilganidan keyin ularning fikrlari umumlashtiriladi. Mavzu yuzasidan reja tuziladi. Mavzu ayrim o`quvchilarga reja asosida gapirtiriladi. Shundan so`ng insho yozdiriladi.
Boshlang`ich sinflarda ko`rganlarini tasvirlab berishning quyidagi ko`rinishlaridan foydalanish mumkin:
1. Kuzatish davomida ko`rilgan ayrim predmetlarni tasvirlab yozish.

  1. O`quvchilar mehnat faoliyatini tasvirlash.

  2. Tabiat ko`rinishini tasvirlash.

  1. Sistemali kuzatishlar natijasini umumlashtirib tasvirlash.



O`qilganlar asosida insho yozish

Inshoning bu turida o`quvchilar o`qigan hikoyalari asosida insho yozadilar. Bu xildagi inshoda o`quvchilar hosil qilgan tushunchalarini yozma bayon qiladilar.


O`qilgan asar yuzasidan insho yozishga tayyorgarlik va yozish ishlari o`qish va sinfdan tashqari o`qish darslariga bog`lab olib boriladi. 2-3-sinflarda olib boriladigan bunday ishlar 4-sinfda o`qiganlari asosida to`laroq insho yozishga tayyorlaydi.
4-sinfda badiiy asar asosida yoziladigan dastlabki insho jamoa xarakterga ega bo`ladi. Ya`ni sinf o`quvchilari asarni birgalikda o`qib-o`rganadilar. Tu­shunchalari bo`yicha o`z fikrlarini aytadilar. O`quvchilar fikri doskaga yoziladi. So`ng uni o`quvchilar ko`chirib yozadilar. Keyinchalik esa mustastil yozishga kirishadilar.
Asar yuzasidan insho yozish o`quvchilarga bir necha kun oldin aytib qo`yiladi. Shundan so`ng o`quvchilar asarni diqqat-e`tibor bilan o`qiydilar. O`qilgan asar yuzasi­dan savol-javob o`tkaziladi. Ayrim o`quvchilarga asar mazmuni gapirtiriladi. So`ng insho yozish tavsiya etiladi. Keyinchalik esa o`quvchilarga o`qilgan matn yuza-sidan savol-javoblarsiz mustaqil insho yozish tavsiya qilinadi. Lekin dastlabki paytlarda o`qituvchi o`quvchilarga qisman yordam berib turadi.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə