O`quvchilarni tarbiyalshda inshoning o`rni


Imlo: sevindilar, balandlikka, yasayapti, konki, xursand so`zlari ustida ishlanadi.Kishi ismlari bosh harf bilan yozilishi eslatiladi. Tahlil



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə5/12
tarix04.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#108220
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Insho

Imlo: sevindilar, balandlikka, yasayapti, konki, xursand so`zlari ustida ishlanadi.Kishi ismlari bosh harf bilan yozilishi eslatiladi.
Tahlil:Yuqoridagi rasm “Ona tili” darsligida berilgan.Shuning uchun bu o`rinda darslikdagi rasmdan foydalanish tavsiya etiladi.O`qituvchi o`quvchilarga darslikdagi rasmga diqqat bilan e`tibor qaratishini so`raydi. Ular mustaqil kuzatib, o`zaro fikr yuritadilar. O`qituvchi rasm asosida o`quvchilar bilan birgalikda og`zaki hikoya tuzadilar. O`quvchilar ko`proq nimalarga qiziqayotganliklariga qarab, savol-javob o`tkaziladi.
Insho yozish uchun savollar:
1.Qaysi faslda kunlar soviydi? (3, 4 ta gap)
2. Bolalar nega sevindilar? (3 ta gap)
3. Kim Qorbobo yasadi? (3, 4 ta gap)
Tahlil uchun o`quvchilarga beriladigan savollar oldindan belgilab quyilishi lozim. Sodir bo`layotgan voqea qaysi davrga oidligi singari masalalarni ochishga yordam berishi kerak.
Yangi yil
Reja:



  1. Yangi yil bayrami keldi.

  2. Katta archa o`rnatildi.

  3. Davraga qorbobo tashrif buyurdi.

Yangi yil bayrami yaqinlashdi. Maktab zaliga katta archa o`rnatildi.


Bolalar archani o`yinchoqlar bilan bezashdi.
Mana sharchalar, marjonlar.Ana xo`rozcha, ayiqcha, olmaxon. Bu-quyoncha. Bahora, Sanobar, Botir, Abror archa atrofida o`ynadilar, qo`shiq aytdilar. Bolalar juda xursand bo`ldilar. (36 ta so`z, 33 ta so`z bo`lishi ham mumkin.)


Imlo: o`yinchoqlar, atrofida, yaqinlashdi so`zlari ustida ishlanadi. Xat boshida so`zlar katta harf bilan yozilishi bolalarga tushuntiriladi.
Tahlil:Yuqoridagi rasm “Ona tili” darsligida, rasm va matn asosida berilgan.Bu o`rinda darslikdagi rasmdan foydalanish tavsiya etiladi.
Tahlil uchun o`quvchilarga oldindan belgilab quyilgan savollar beriladi.
Insho yozish uchun savollar:
1.Rasmda qaysi bayram aks ettirilgan?
2.Qayerga katta archa o`rnatildi?
3.Bolalar nimani bezashdi?
3.Archa atrofida kimlarni ko`ryapsiz?
Savol-javoblardan keyin o`quvchilarga rasm mazmuni gapirtiriladi. Unda o`quvchilarning talaffuz me`yorlariga rioya qilishlariga, gap qurilishiga e`tibor berishlariga ham ahamiyat beriladi. O`quvchilar nutqidagi xatolar o`z o`rnida izohlab, tuzatib boriladi. Bu o`rinda o`quvchilarning hikoyani mazmunan ketma-ketlikda davom ettirishlari ham hisobga olinadi. O`quvchilar inshoni yozma yozib bo`lganlaridan so`ng, darslikdagi tayyor matn asosida o`z xatolarini tuzatadilar.


Tulki va Turna
Reja:

  1. Turna Tulkining uyiga mehmonga chaqirdi.

  2. Turna Tulkini mehmon qildi.

  3. Turna Tulkinihg uyida mehmon bo`ldi.

Tulki Turnaning uyiga mehmonga keldi. Turna unga og`zi tor kuvachada ovqat qo`ydi. Tulkining tumshug`i kuvachaga sig`madi. Tulki och qoldi.


Turna Tulkining uyiga mehmonga bordi. Ayyor Tulki unga likopchaga ovqat qo`ydi. Turna yeya olmadi. (33 so`z)



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə