Abdulla Qodiriy nomidagi JDPU Boshlang'ich
ta'lim va sport tarbiyaviy ish yo'nalishi 4-
bosqich 706-guruh
talabasi Xayitbayeva
Xuriyatning Ona tili o'qitish metodikasi
fanidan seminar topshirig'i
Mavzu:B
ayon yozish va insho yozish darslarini
kuzatish
mavzusi
asosida tayyorlagan bir soatli
dars ishlanmasi
B
ayon yozish va insho yozish darslarini
kuzatish
Ona tili ta’limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin
fikrlay olish, o‘zgalar
fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda
ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma
va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o‘rinda ona tili ta’limiga o‘quv
fani emas, balki, butun ta’lim tizimini uyushtiruvchi ta’lim jarayoni sifatida
qaraladi.
Ona tili ta’limining kompetentlik yondashuviga asoslangan Davlat ta’lim
standartlari va o’quv dasturlari
bolaning fikrlay olishi, ifodalangan fikrni anglashi
va o‘z fikrini savodli, mantiqiy izchillikda bayon eta olish nuqtai nazaridan
belgilanadi.
Boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarning ona tili ta’limi bo‘yicha
tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar quyidagi
uch parametr orqali aks
ettiriladi: o‘qish texnikasi, o‘zgalar fikrini va matn mazmunini anglash hamda
fikrni yozma shaklda bayon etish.
Ma’lumki hozirgi kunda kishilar axborot dunyosida yashaydi. O’qishda va
kundalik faoliyatda muvaffaqiyatlarga erishish
uchun zaruriy axborotga ega
bo’lish hamda ularni izlab topish, undan keraklisini ajratib olish va
foydalanaishni o’rganish kerak.
Yana o’quvchi bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lish bilan birga o’z
fikrini
boshqalarga tushuntira olishi, ularni tinglab tushuna olishi, bahsga
kirishishi, ya’ni kommunikativ kompetentsiyaga ega bo’lishi lozim.
Shu bilan birgalikda kundalik hayotda uchraydigan muammolarni hal etishda
bilim, ko’nikma malakalaridan o’rinli foydalana olishlarini
shakllantirish ham
zarur. Bu vazifalarni ta’lim muassasalarida o’quvchilar o’quv fanlarini o’rganish
jarayonida zaruriy bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lish bilan birgalikda,
ulardan hayotiy ehtiyojlarda o’rinli foydalana olishlari kerak. Buning uchun Davlat
ta’lim
stnadartlari
kompententlik
yondashuviga
asoslangan
holda
takomillashtirilishi lozim.