O'qitishning zamonaviy metodlari qahharova Hilola Abdusamat Qizi



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix21.10.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#129592
1   2   3   4   5   6
oqitishning-zamonaviy-metodlari

“Keys-stadi”
texnologiyasi - “Case study” technology: Muammoli vaziyat; talabalarda 
aniq, real yoki sun‟iy yaratilgan muammoli vaziyatni tahlil qilish orqali eng maqbul variantlarini 
topish ko„nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladigan texnologiya. 
“Keys-stadi” texnologiyasi 
“Case” so„zi, lotincha “casus”- “voqea, hodisa” so„zidan kelib chiqqandir. Boshqacha
aytganda, bu tushuncha hayotda yuz beradigan qandaydir voqea yoki hodisani, aniq bir 
vaziyatning tafsilotini anglatadi. Umuman olganda, keys – stadi (aniq bir holat yoki vaziyat),
muayyan jarayonida sodir bo„ladigan haqiqiy voqelikni so„zlar, raqamlar, obrazlarda ifoda
etishda namoyon bo„ladi. Bundan tashqari, bu ifoda ta‟lim sohasida, hodisa yoki vaziyatni
tadqiq etish uchun ishlatiladigan axborot, stenografiya sifatida qo„llaniladi. Keys-stadi
hodisa yoki vaziyatni oddiy tafsilotidan farqli o„laroq, u o„quv materialini o„zlashtirish
uchun ko„maklashuvchi axborotni o„z ichiga oladi, bunga duch kelgan muammoni aniqlash
va uning echim yo„llarini izlash orqali erishiladi. Keys-stadi, muayyan o„quv maqsadli 
bilim olish vositasi sifatida ishlab chiqilishi zarur. Ushbu maqsadlar keng ko„lamli bo„lib, 
axborotlar,ma‟lumotlar yoki tafsilotlar bilanta‟minlanishini nazarda tutadi, ular muayyan 
qarashlar yoki usullarni namoyish etishda qo„llanilishi mumkin.
Keysni tuzishda muayyan vaziyatni ifodalash uchun uning yozma shaklidan foydalanish 
shart emas. Vaziyatlarni ifodalash uchun fotografiya, videofilmlar, audioyozuvlar yoki 
slaydlardan foydalanish mumkin. Barcha ushbu vositalar tahsil oluvchilarga vaziyatni


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
2295 
haqiqatga yaqinroq gavdalantirishga yordam beradi. Shu bilan birga yozma shakldagi
axborot masalan fotografiya shaklidagi axborotdan ko„ra qayta ishlash va tahlil etish
uchun qulayroqdir. Bu hollarda fotografiyalarni yozma shakldagi axborot bilan to„ldirish
zarur. Yozma keyslarni o„rganish tajribasi bo„lgan tahsil oluvchilarni o„qitishda
multivositalar axborotlaridan foydalanilgan keyslarni qo„llash maqsadga muvofiqdir.
Keys-stadi (muayyan vaziyatlar) individiumlar, sheriklar, guruhlarda, korxonalarda,
hattoki butun bir mamlakat miqyosida o„zining ta‟lim xususiyatiga ko„ra nazarga keluvchi
muammolarni ifodalashi mumkin. Keyslar ta‟limning turli sohalarida: biznes, boshqaruv,
tibbiyot, arxitektura, qurilish, hamda nostandart muammolar majmuasi echimini qabul qilish
malakasini talab etadigan barcha fanlarda qo„llanilishi mumkin.
“Keys-stadi” yordamida o„qitishda muammolar aniqlanadi, echimlar topiladi, tavsiyalar 
ishlab chiqiladi. Sifatli keys-stadilar, ularni tayyorlash, rasmiylashtirish va tekshirish uchun
ko„p vaqt talab etadi. Shu bilan birga to„g„ri tuzilgan va o„quv faniga kiritilgan keys-
stadi, fanni o„zlashtirishda ko„zlangan natijalarga erishishga imkoniyat beradi. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə