O'qitishning zamonaviy metodlari qahharova Hilola Abdusamat Qizi



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix21.10.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#129592
  1   2   3   4   5   6
oqitishning-zamonaviy-metodlari



SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
2293 
O'QITISHNING ZAMONAVIY METODLARI 
Qahharova Hilola Abdusamat Qizi 
Guliston davlat universiteti “Tabiiy fanlar” fakulteti Biologiya yo‟nalishi 3-kurs talabasi 

https://doi.org/10.5281/zenodo.7450539
 
Annotatsiya
. Ushbu maqolada amaliy darslarda zamonaviy metodlar asosida darslar 
o’tish va foydalanish haqida tavsiya keltirilgan.
Kalit so’zlar:
 interfaol metod, o‘qituvchi, usul, keys-stadi, gugurt donalari, aqliy hujum,
 
intervyu,
 
rolli o‘yin, so'z o'yini, tayanch iboralar, klasster. 
СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ ОБУЧЕНИЯ 
Аннотация. 
В данной статье дается рекомендация о прохождении и 
использовании на практических занятиях занятий, основанных на современных 
методиках. 
Ключевые слова:
интерактивный метод, учитель, метод, тематическое 
исследование, спички, мозговой штурм, интервью, ролевая игра, игра слов, базовые 
фразы, класс. 
MODERN TEACHING TECHNIQUES 
Abstract.
This article provides a recommendation on the passage and use of classes in 
practical classes based on modern techniques. 
Keywords:
 interactive method, teacher, method, keys-stadi, match grains, brainstorming, 
interview, Role-Playing Game, word game, base phrases, Claster. 
 
“Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so'rasangiz, farzandlarimizning ta'lim va 
tarbiyasi deb javob beraman
Sh.Mirziyoyev 
Bugungi kunda globallashuvni ilm-fan tamoyillariga muvofiqlik asosida tashkil etish bu 
kabi muammolarni bartaraf etishning asosiy omillari sifatida qarash maqsadga muvofiqdir. 
Ta‟limning noyob imkoniyatlari hozir nafaqat inson aqlini yangi tezkor imkoniyatlar bilan 
qurollantirish, balki uning ongini qayta qurish bilan bogʻliq. Insoniyat sivilizatsiyasi rivojining 
yangi bosqichi insonning shakllanish jarayoni, shaxsiy fazilatlar, hayotiy maqsadlar va 
qadriyatlar haqidagi tasavvurlarini oʻzgartiradi. Oʻsib kelayotgan yosh avlod uchun ta‟lim tizimi 
sifat jihatdan yangicha talablar qoʻyadi. Ta‟lim-tarbiya tizimini takomillashtirish oʻz navbatida 
bu sohada yangi, zamonaviy, ilgʻor pedagogik texnologiyalarni izchil joriy etishga koʻp jihatdan 
bogʻliq. Ta‟lim samaradorligi oʻquvchi bu jarayonda qay darajada faol qatnashayotganligi bilan 
belgilanishini hisobga olgan xolda yangi oʻqitish uslublari, shakllari ta‟lim oluvchilarga mustaqil 
fikrlash, ijodiy yondashish uchun imkoniyat yaratadi. 
O‟qitishning zamonaviy metodlarini qo‟llash o‟qitish jarayonida yuqori samaradorlikka 
erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash 
maqsadga muvofiq. An‟anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta‟lim oluvchilar faoliyatini 
faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta‟lim oluvchilarning o‟zlashtirish darajasi 
o‟sishiga olib keladi. 
Interfaol ta‟lim metodlari hozirda eng ko‟p tarqalgan va barcha turdagi ta‟lim 
muassasalarida keng qo‟llanayotgan metodlardan hisoblanadi. Buning uchun dars jarayoni 
oqilona tashkil qilinishi, ta‟lim beruvchi tomonidan ta‟lim oluvchilarning qiziqishini orttirib
ularning ta‟lim jarayonida faolligi muttasil rag‟batlantirib turilishi, o‟quv materialini kichik-


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
2294 
kichik bo‟laklarga bo‟lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, 
bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo‟naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‟yinlar kabi metodlarni 
qo‟llash va ta‟lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. 
O‟qitishning interfaol usullarini tanlashda ta‟lim maqsadi, ta‟lim oluvchilarning soni va 
imkoniyatlari, o‟quv muassasasining o‟quv-moddiy sharoiti, ta‟limning davomiyligi, 
o‟qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e‟tiborga olinadi. 
Interfaol metodlar deganda – ta‟lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga 
undovchi, ta‟lim jarayonining markazida ta‟lim oluvchi bo‟lgan metodlar tushuniladi. Bu 
metodlar qo‟llanilganda ta‟lim beruvchi ta‟lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta‟lim 
oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. 
Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta‟lim metodlari quyidagilar sanaladi: “Keys-stadi” 
(yoki “O‟quv keyslari”), “Blist-so‟rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Muammoli ta‟lim” va 
b.Interfaol ta‟lim strategiyalari.“Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-
zina”, “Muzyorar”, “Rotastiya”, “Yumaloqlangan qor” va boshqalar.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə