Oq so‘yloq qissa g ‘afurG‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2010


ehtiros va hayajon bilan hikoya qilinardiki, qoyil qolmay ilojing yo‘q edi. Bu



Yüklə 40,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/122
tarix22.03.2024
ölçüsü40,05 Kb.
#182810
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
jek london oq soyloq qissa

ehtiros va hayajon bilan hikoya qilinardiki, qoyil qolmay ilojing yo‘q edi. Bu
ayniqsa, mardlik va sarguzashtlar haqida o ‘ylab charchamaydigan o ‘n to‘qqiz


yashar o‘spiringa qanday ta’sir qilganini tasawur qilish qiyin emas. Darhaqiqat, 
asar bir itning hayoti va ko‘rgan-kechirganlari haqidagina emasdi. U, ta’bir 
joiz bo‘lsa, oddiy tushunchalar, hayot va muhabbat, to^g'rilik va adolat, zulm 
va sadoqat haqida edi. Muallif itning har xil vaziyatda nima haqda o ‘ylashi, 
nimani his qilishi mumkinligini farazan hal qiladi va uning o‘sha faraz 
qilingan ichki olamida vujudga kelgan his-tuyg‘u, ehtiros va mayl-istaklarni 
aks ettiradi, so‘zga aylantiradi.
Oq So‘yloq o‘z ixtiyori bilan, o ‘zi xohlab vahshiyona hayot tarzini 
tanlamagan. Uni tabiat shunday yaratmagan, uning qismati emas — yovuzlik, 
atrofidagi jamiki tirik jondan nafratlanmoq. Uni muhit, tashqi omillarshu 
yoMga boshlaydi — «muhit ongni shakllantiradi».
«...Odamlar mehribonroq bo‘lishganda, u sadoqatli it bo‘lib o‘sardi. Ammo 
hammasi teskari bo‘lib chiqdi. Hayotda hech kim uni ayamadi, boshi alam 
va kulfatdan chiqmadi va oqibat u yovuz, yaxshilik yoqmaydigan vahshiy 
yirtqichga — o‘z hamzotlarining dushmaniga aylandi». Yoki mana bu holatga 
e’tibor qiling: «Xushro‘y Smitning xo‘rlashlari uni shunchalar zada qilib 
qo'ygan ediki, oqibat u ko‘r-ko‘rona hamma narsadan, hatto odamlardan 
ham nafratlanadigan ko‘yga tushdi».
Biz ming-minglab hikmatli kitoblar, o'tmish tajribalari, donolar o‘giti va 
hayot tajribamiz tufayli havotning achchiqligi, umrning o ‘tkinchiligi, 
xiyonatning og‘irligi, zulmning gunohligi, ezgulik, mehr-muhabbat, adolat, 
saxovat, rahm-shafqatning inson rutbasiga yarashgulik uni yuksaltirishga 
qodirligini juda yaxshi bilamiz. Men ham endi-endi bilayapman, lekin oksha 
19 yoshimda bunehalik aniq odilona mulohaza yuritolmaydigan yoshimda 
shular haqida o‘qib tagiga yetolmay, qolaversa, yon-verimda men bilan birga 
yashayotgan odamlai^a tushuntirib berolmay qiynalardim, xuddi ishq dardiga 
yo'liqqan o ‘smir kabi chuqur xayolga tolib yuradigan b o lib qoldim, 
qiynalardim, chunki men «Oq So‘yloq» qissasining muallifi bergan savollar, 
aks ettirgan kuchli hayajonga esh voqea-hodisalar va ulardan chiqargan 
xulosalar ustida bosh qotira boshlagandim, qisqasi, o‘smir qalbining sokin 
dunyosiga tashvish, ziddiyatli, qarama-qarshi chaqnoq xayollar, zug‘umkor, 
sarkash iddaolar tom ma’nosi bilan bostirib kirgandi. «Qanday yashamoq 
kerak?» Insoniyat paydo bolganidan beri bosh qotirib, tagiga yetolmagan 
savolning iztiroblarini men Jek Londonning «Oq So‘yloq» qissasini o‘qigandan 
keyingina vujudumda, qalbimda his qila boshladim.
Chindanam qanday yashamoq kerak. «Yo bolg‘a bo‘lib ko‘taril chunon, 
yo shu bolaga ЬоЧ sandon». Zo‘r zolimga aylansa, sohibi aql haqir bo‘lsa, 
oliyjanob odam faqir bo‘lsa — dunyoni nima asrab turibdi. Holbuki tosh 
gavharni sindirishi turgan gap, lekin shunday boMmasligi uchun nima qilmoq 
kerak, nimadan boshlamoq kerak?!
Barcha illatlarga xotima berish mumkinmi? Yo‘q! Lekin buni ramkaga 
solish, zulm payini qirqish mumkin. Bu ulug‘ mehr, rahmdillik, shafqat 
orqali amalga oshiriladi.
Kitobda zulm, yomonlik, adolatsizlik tufayli ashaddiy yovuzga aylangan 
Oq So‘yloq oliyjanob, to ‘g‘ri va halol odamlarning yurak harorati tufayli


mehribon, tanti, ezgulikka xizmat qilishga qodir jonivorga aylandi va u shu 
tariqa ichki dunyosini zaharlab azob berayotgan illatlardan xalos bo‘ldi. Shu 
bois, biz yeryuzini mehrasrab qoladi, degan kalomga ishonch hosil qilamiz: 
«Bu hamzotlari bilan odamlarning nafratiga duchor bo‘lgan va doim hamma 
bilan qirpichoq bo‘lib yurgan Oq So‘yloq juda tez, lekin bir yoqlama yetilib 
borardi. Bunday hayot na mehr-shafqat, na erkalashga bir ehtiyoj uyg‘otardi 
vujudida. Bilgani birgina qonun — zo‘rga itoat et, zaifni ez, xo‘rla!» Mana 
shu Oq So‘yloq asar oxirida ming balolar og‘ziga kirib chiqqandan keyin 
ham havas qilgudek evrilishlarni boshidan kechiradi:
«...Shu muhit ta’sirida uning tiynatidagi shafqatsizlik o‘rnini yumshoqlik 
egallay boshladi. Undan Skott Oq So‘yloq tabiatida mavjud bo‘lgan botiniy 
alamining ichki qatlamlarida yashirinib yotgan, allaqachon quriyozgan 
yaxshilik chechaklariga mehr-muhabbat naychasi orqali obi hayot baxsh 
etar va niyatining ulug‘ligi va beminnatligi tufayli ko‘p narsalarga erishmoqda 
edi».
Hayotda yaxshini yomonga aylantirish, yomonni yaxshi inson qilib 
tarbiyalashdan ming karra osonligini hammamiz bilamiz. Jek London buning 
aksini amalga oshirish yo‘llarini shu jonivorlar hayoti haqidagi asarida ro‘yi- 
rost ko‘rsatib bera oldi.
Men bu kitobni o‘z farzandingga, ukangga, jiyaningga taqdim etishingni 
istar edim, birodar. Toki bundan 40 yil muqaddam birdan xayolchan bo‘lib 
qolgan va hech bo‘lmasa xayolan zulm va adolatsizlik bilan kurashib yuradigan, 
yordamga muhtoj bo‘lib, odamga yordam qo‘lini cho‘zishni o‘zicha baxt deb 
biladigan darajaga yeta olgan o‘smir ko‘yiga tushsa, zora, jamiyat ham 
kurashchan, ham odil, ham pok niyat bir o‘smir bilan boyisa.
Aziz kitobxon, meni mana shunday fikrlashga, o ‘ylash va qiynalishga 
sabab bo‘lgan kishiga bag‘ishlayman ushbu kitobni. Ehtimol, u mening 
ko‘zlarimda, mening xulq-atvorimda o ‘zim sezmagan, atrofimdagilar 
payqamagan xislatni ilg‘agandir va shuning uchun bir kun kelib shu asarni 
sen o‘zbek kitobxoniga yetkazasan, demoqchi bo‘lgandir. Kim biladi, bu bir 
taxmin, xayol. Lekin men bugun shuni amalga oshirdim. Agar asar tarjimasini 
birovga bag‘ishlash joiz ko‘rilsa, men bu ishimni Husan aka Dadayevga 
bag‘ishlayman.
Olim Otaxon



Yüklə 40,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə