“Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Go`zallik – ilmu ma`rifat bilan”, “Ilm baxt keltirar, bilim taxt keltirar”, “Hunar – oqar buloq, ilm – yonar chiroq”, “Baxt belgisi – bilim”, “Bilim – aql chirog`i”, “Beshikdan qabrgacha bilim izla”, “Oltin olma, bilim



Yüklə 42,07 Kb.
tarix07.01.2023
ölçüsü42,07 Kb.
#98310
Kitob - bilimlar xazinasi


Kitob - bilimlar xazinasi
Xalqimiz tilida ham kitob o`qib bilim va munosib ta`lim-tarbiya olish, ilm-fan bilan shug`ullanish, kasb-hunar o`rganishning ahamiyatiga doir maqollar juda ko`p. Jumladan, “Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Go`zallik – ilmu ma`rifat bilan”, “Ilm baxt keltirar, bilim taxt keltirar”, “Hunar – oqar buloq, ilm – yonar chiroq”, “Baxt belgisi – bilim”, “Bilim – aql chirog`i”, “Beshikdan qabrgacha bilim izla”, “Oltin olma, bilim ol, bilim olsang, bilib ol”. Bu kabi purma`no va serhikmat naqllar kitob sevuvchi xalqimiz lug`atida ko`plab topiladi.
Eng asosiysi, necha asrlardan buyon sayqallanib, qanchadan-qancha avlodlarga yo`lchi yulduzdek to`g`ri yo`lni ko`rsatib kelayotgan ana shu xalqona hikmatlar negizidagi asl haqiqat shuki, insonning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli hamda davlatli bo`lishining muhim omili – bu kitobga oshno bo`lish, hamisha kitob o`qish va uning mutolaasini umr bo`yi kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning baxtu kamoli, osoyishta va farovon hayotida kitobning alohida o`rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg`ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.
Kitob insonni komillikka etaklaydi. Hayot qoidalari yashash san`atini o`rgatadi. Kitob bilim beradi, ilm esa ziyo, nur, ma`naviy quvvat demakdir.
Kitob insoniyat ongli hayoti va ma`naviyat olamining bosh timsollaridan sanaladi. U – bepoyon olam: bag`rikeng, osmoni balanddir. Kitob bilim manbai, insoniyat to`plagan hikmatlar xazinasi, ijtimoiy ong mahsulidir.
Kitob mutolaasi inson tafakkurini oshiradi, hayotga teran ko`z bilan qaraydi. E`tibor bergan bo`lsak, so`nggi vaqtlarda yosh avlod, bolalar internet va turli ijtimoiy tarmoqlarga qiziqib ketib, ko`p kitob o`qimay qo`ygan edi. Bu bilimsizlikdan darak beradi. Bugun vatanimiz jadal rivojlanayotgan bir davrda ajdodlarimiz, donolar fikrida o`z aksini topgan kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga bo`lgan e`tibor davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Chunki yosh avlodning har tomonlama shakllanishidakitob mutolaasining o`rni beqiyosligini anglagan holda, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvarda “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ibot qilish bo`yicha komissiya tuzish to`g`risida”gi Farmoyishi qabul qilindi. Bu hujjatda aholining keng qatlamini kitob o`qishga jalb qilish, kitob o`qish va kitobxonlikni targ`ib etish, voyaga etgan farzandlarimizni bog`cha yoshidan boshlab kitobga mehrli qilib tarbiyalash, kitob mahsulotlarining mazmuniga e`tibor berish, ularni chop etish sifatini yaxshilash, turli mazmundagi kitoblar bilan to`ldirilgan kitob do`konlarini ko`paytirish, kitoblar fondini yanada boyitish ko`zda tutilgan.
Mamlakatimizda ko`p kitob o`qishni targ`ib qilish maqsadida keng ko`lamli ma`naviy islohotlar, tadbir, tushuntirish ishlari, shoirlar bilan uchrashuvlar natijasida bolalarning kitobga bo`lgan qiziqishi tobora ortib bormoqda. Barcha ta`lim maskanlarida, jumladan bizning 15-o`rta umumta`lim maktabida ham o`quvchilarning kitobxonlik madaniyatini tobora yuksaltirish maqsadida sayyor o`quv-seminarlar, o`quvchilarning fikr-mulohazalari, talab ehtiyojlari asosida badiiy adabiyotlar kutubxonalarga keltirilmoqda.
Va nihoyat Prezident Sh.Mirziyoevning mamlakatimizda 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi asosida jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an`analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa yosh avlodning ma`naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg`usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo`lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Jumladan, 5 tashabbus yo`nalishi asnosida kitobga mehr-muhabbat kuchaytirildi. Natijalar samarasi o`laroq bolalar o`rtasida turli tadbirlar kitobxonlik kechalarida bellashuvlar o`tkazilib ijobiy natijalarga erishilmoqda. Ko`p kitob o`qigan kitobxon turli nominasiyalarda moddiy va ma`naviy rag`batlantirilmoqda, jumladan qimmatbaho buyumlar, hatto, mashinalar sovg`a qilinmoqda. Bu orqali bolalarning, kitobga oshno qalblarning ming yashirin qirralari ochilmoqda, o`zlarini namoyon etishmoqda. Shu islohotlar samarasi asnosida bizning maktabimizda ham nafaqat o`quvchilar, balki ularning ota-onalari ham kitob inson uchun eng yaqin do`stligini tushunishmoqda va farzandlari bilan birga mutolaa qilishmoqda.
Ta`lim muassasalarida bu jarayon o`quvchilarning bilim darajasini oshirishga, aql-zakovatini kuchaytirishga yordam bermoqda. Shuning uchun ham yoshlarni har tomonlama fikrlaydigan, ma`nan etuk, har qanday axborotlarni aql bilan tahlil eta oladigan, barkamol inson qilib tarbiyalash biz o`qituvchilarning asosiy vazifamizdir.
Yüklə 42,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə