Nutqiy etiket va nutqiy kompetenlik



Yüklə 50,74 Kb.
səhifə1/8
tarix23.12.2023
ölçüsü50,74 Kb.
#156648
  1   2   3   4   5   6   7   8
NUTQIY ETIKET VA NUTQIY KOMPETENLIK


NUTQIY ETIKET VA NUTQIY KOMPETENLIK


R E J A:

  1. Til va nutqning inson hayoti va jamiyat taraqqiyotidagi o’rni.

  2. Til va nutq madaniyati haqida buyuk mutafakkirlar va pedagoglarning fikrlari

  3. Pedagogik nutq, uning shakllari, funksiyalari va xususiyatlari.

  4. Nutq texnikasi, nafas olish, talaffuz.

Tabiat kuchlarini bilish va egallashda juda qisqa vaqt maboynida g’oyat katta muvaffaqiyatlarga erishuvchi odamning hamma boshqa jonzotlar - hayvonlardan farqli tomoni ularda tilning mavjudligidir. O’zining ongi - tili va nutqi bilan inson hamma narsadan ustun turadi.


Til jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi kuch va millatning mavjudligini ko’satuvchi belgilardan biri hamdir.
Barcha rivojlangan davlatlarda bo’lganidek bizda ham o’z milliy tilimizni rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. O’zbek tili bizda davlat tili deb e’lon qilingan va shunga amal qilinmoqda.
YUrtboshimiz I.Karimov o’z nutqlarida chet tillarni o’rganishning ahamiyati muhimligini ko’rsatish bilan birga yana shunday deydi: "Ammo shunga alohida urg’u berishimiz zarurki, chet tillarni o’rganish, minba’d ona tilini esdan chiqarish hisobiga bo’lmaligi lozim.
O’z fikrini mutloqo mutaqil, ona tilida ravon, go’zal va lo’nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalombor, rahbar kursisida o’tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin"1 .
Til aloqa vositasi yoki qurolidir, nutq esa aloqa jarayonining o’zidir.
Nutq faoliyati - odam tomonidan ijtimoiy - tarixiy tajribani o’zlashtirish va avlodlarga berish yoki kommunikatsiya o’rnatish yoki o’z harakatlarini rivojlantirish maqsadida tildan foydlanish jarayonidir.
Nutq qanchalik chiroyli, mazmundor bo’lsa kishilarni o’ziga shunchalik jalb etadi. Bu masalaga kishilar qadimdan qiziqib kelishgan. Qadimgi YUnoniston va Rimda nutq madaniyatining nazariy asoslari yaratilgan. Notiqlik san’at darajasiga ko’tarilgan. Ularda yetuk inson bo’lish uchun notiqlik san’atini egallashlari shart bo’lgan. 335 yilda Aristotelning "Ritorika"si yaratiladi. sitseronning "Notiq haqida", "Notiq"asarlari, Mark Fabiy Kvintilianning "Notiq tayyorlash to’g’risida" asari ham notiqlik san’ati haqidadir.
SHarqda, jumladan Movarounnahrda ham va’zxonlikka katta e’tibor berilgan. Va’zxonlik notiqlik san’atining o’sib borishi bilan nutq oldiga qo’yilgan talablar ham mukammallashib boradi. Buyuk allomalar Beruniy, Forobiy, Ibn Sino, Maxmud Qoshg’ariy, Zamaxshariy, Kaykovus va boshqalar tilga, mantiqshunoslik va notiqlikka oid asarlar yaratdilar.
Kaykovus o’zining "Qobusnoma" asarida farzandini yoqimli, muloyim, o’rinli so’zlashga, behuda gapirmaslikka undaydi. "Xalq oldida gapirganda so’zing go’zal bo’lsin, bu so’zni xalq qabul qilsin. Xaloyiq sening suz bilan baland darajaga erishganingni bilsin, chunki kishining martabasini so’z orqali biladilar ...", deb yozadi alloma. U yana notiq xalq tilini, uning fikri va ruhiyatini bilishi kerak deydi.
YUsuf hos Xojibning"Qutadg’u bilig" asarida ham til odobi va notiqlik madaniyati haqida juda qimmatli fikrlar bayon etiladi. U qisqa so’zlash, so’zlarga iloji boricha ko’proq ma’no yuklash haqida gapiradi. Til insonning qadr - qimmatini oshiradi yoki shu til orqali inson yuz tuban ham ketishi mumkin, deydi adib.
Omonlik tilasang agar sen o’zing,
Tilingdan chiqarma yaroqsiz so’zing.
Qizil til qilar qisqa yoshli seni,
Omonlik tilasang avayla uni.
Alisher Navoiy turkiy tilda go’zal nutq tuzish bayroqdoridir. U o’z ijodi bilan o’zbek adabiy tiliga asos soldi. Bu tilning boyliklarini namoyon etdi. Navoiyning "Muhokamatul - lug’atayn", "Mahbubul - qulub", "Nazmul javohir" asarlari o’zbek tilida nutq tuzishning go’zal namunalari bo’lishi bilan birga uning yuksalishiga ham katta hissa qo’shdi. "Mahbubul qulub" asarida tilning ahamiyati, undan foydalanish, nutq madaniyati haqida muhim fikrlar beriladi.
"Tilga ixtiyorsiz - elga e’tiborsiz". "Tilini tiyolgan odam - donishmand oqil; so’zga erk bergan odam - beandishaa va pastkash. Til shirin va yoqimli bo’lsa yaxshi, til bilan dil bir bo’lsa yana yaxshi".
Navoiydan keyingi qator adib, allomalarimiz, jumladan jadid ziyolilari ham til va nutq, til va nutq madaniyati haqida o’zlarining muhim qarashlarini bayon etganlar.
O’qituvchi, tarbiyachi nutq madaniyatini egallamasa hech vaqt o’z ishining chinakam ustasi bo’la olmaydi, yomon ma’nodagi eski usuldan, bir qolibdagi tayyor andozalarni ishlatishdan nariga o’tmaydi. O’qituvchi nutqi, o’quvchilar bilan muoamala qilishi uning o’z tarbiyalanuvchilari bilan muloqot olib borish mahoratini taqozo etadi. Buning uchun esa u gapirishni bilishi lozim. Gapirishni muloqot olib borishni doimo o’rganib borish kerak.
Pedagogik jamoa bilan, bolalar guruhlari, ayrim o’quvchilar bilan gaplasha olishi kerak. U darsni samarali olib borishi uchun gapirishni bilishi, suhbat, leksiya, hikoya qilish kabi usullardan foydalanishi lozim. Birinchi navbatda o’qituvchi suhbatni boshlaganda, gapni masalaning qo’yilishidan boshlashi mumkin. Bu masalada bo’lajak suhbatning ma’nosi mujassamlashgan bo’ladi. Mavzuga diqqatni tortishga urinib ko’rish ham mumkin, bunda gapni erkin, qiziqarli faktni ma’lum qilishdan boshlasa bo’ladi. Suhbatni tugallash ham muhim ahamiyat kasb etadi. U turlicha bo’lishi mumkin. Asosiy g’oyalarni yana bir marta qisqacha bayon qilib berish mumkin uni she’riy satrlar bilan tugallasa ham bo’ladi.
Bu qoidalarga rioya etish pedagogning so’zlari o’quvchilarga zarur ta’sir ko’rsati uchun shart - sharoit yaratadi. So’z bilan ta’sir ko’rsatishni amalda qo’llanish o’z hissiyotlarini, ijodiy ta’sirlanishini boshqarish ko’nikmalariga va o’z his - tuyg’ularini ifodalash uchun aniq shaklni topa bilishga asoslanishi lozim. Bu sohada aktyor ishi osonroq ekanligini e’tirof qilish kerak. Ta’lim - tarbiya ishi rahbarning doimiy tutgan yo’li ba’zan pedagogga his - tuyg’ular va fikrlarni so’z bilan ifodalashda qolibda ish tutishga olib keladi. Ko’pincha so’z bilan ifodalashning bir kolibdaligi o’qituvchi hayajonlanganda va jiddiy ayb, gunoh qilgan o’quvchilarni qoralash lozim bo’lganda yaqqol ifodalanadi.
Imo - ishora yuz harakatlari bilan ham ta’sir ko’rsatish mumkin. Bunda ham imo - ishoralar so’z - tovush nutqini to’sib qo’ymasligi kerak. Og’zaki ta’sir qilish mazmuni ta’sir ko’rsatishning aniq turiga bog’liq. Agar biz ta’sir qiluvchi nasihatdan foydalansak, nutqimiz nihoyatda muxtasar bo’lishi lozim. Ta’sir qiluvchi ta’sir ko’rsatish uchun o’ziga xos narsa faqat materialning mazmuni emas, balki nutqning ohangdorligi, bezagi hamdir.
Hatto oddiy nutqda ham agar kuchli ta’sir qiluvchi ta’sir ko’rsatish vazifasi qo’yilmasa, faqat axborotning mazmuni emas, gapiruvchining so’zlashish ohangi ham idrok etiladi. Nutq texnikasini takomillashtirish uchun o’z ovozini chetdan turib eshitish muhimdir. Bu o’rinda magnitafon o’qituvchilarga bebaho yordam beradi. Og’zaki ta’sir qilishning har xil turlarini magnit lentasiga bir necha marta yozib olib, eshitib ko’rish zarur, shunga erishish kerakki, u galdan bu galga ovoz ohangi tobora aniqroq bo’lib borsin, hal etilayotgan vazifaga tobora mos kelib, so’zlovchining individual xususiyatlarini juda mukammal ifodalaydigan bo’lsin.
Pedagogik jarayonda qo’llanadigan o’zaro fikr almashishining asosiy shakllari tahlil qilish va ularga ta’rif berish bo’lajak o’qituvchining kasb - koriga o’z - o’zini tarbiyalashi uchun ham, pedagogik muomala madaniyatini takomillashtirish uchun ham asos bo’lib xizmat qiladi.
Tilshunoslik bolalar nutqni kattalarga taqlid qilish yo’li bilan egallab olishlarini isbotlab beradi. O’qituvchi nutqi o’quvchilar uchun namuna va ularga ta’sir etish vositasidir. Kichik sinf o’quvchilarining nutqlari uncha o’smaganligi sababli kattalar nutqidagi yaxshi jihatlariga ham, yomon tomonlariga ham bir xilda taqlid qilaveradilar. O’qituvchi nutqining xususiyatlari va nuqsonlari tarbiyalanuvchilar nutqining xususiyatlari va nuqsonlariga aylanib qoladi. SHuning uchun o’qituvchilar nutqiga g’oyat katta talablar qo’yiladi. O’qituvchining nutqi adabiy til mezonlariga javob berishi va bolalarning yoshiga mos, ularga tushunarli bo’lishi kerak, o’qituvchi o’z nutqida ko’proq sinonimlardan antonimlardan foydalanishi kerak.
Buning uchun u shoshilmasdan, duduqlanmasdan, ona tilidagi hamma tovush so’zlarni to’g’ri, aniq, burro, orfografiya normalariga rioya qilib talaffuz eta bilishi kerak. O’qituvchi ko’pincha bolalarga berilgan savolni bir necha marta takrorlaydi, bu berilgan savolni to’g’ri tushunib olishga, vujudga kelgan pauzani to’ldirishga yordam beradi. Bu vaqtda o’qituvchi bolalarga birgina fikrning o’zi turlicha bayon etilishi mumkinligini ko’rsata olish imkoniga ega bo’lishi kerak.
YOsh avlodni tabiat, jamiyat rivojlanishi qonuniyatlari bilan, kishilarning o’zaro axloqiy munosabatlari bilan tanishtirishda o’qituvchi nutqi katta rol o’ynaydi. Har bir o’quvchi o’z sevimli o’qituvchisining tovush, nutqiy xususiyatlari, o’quvchilarga murojaat qilish, savollarga javob berish usullarini doimiy eslay oladi.

Yüklə 50,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə