O‘ zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi far g‘ ona davlat universiteti



Yüklə 451,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix20.10.2023
ölçüsü451,48 Kb.
#129055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Durdona Eksperemental

Testlar metodi.
Testlar, ya’ni ozmi yoki ko`pmi standartlashtirilgan (bir 
xillashtirilgan) shaxs xususiyatlarini qisqa muddatli sinash metodlari yaxshi yoki 
yomon asoslangan bo`lishi mumkin. Yaxshi asoslangan test – bu oldindan 
o`tkazilgan katta eksperimentlar natijasidir. Nazariy jihatdan asoslangan va 
eksperimental jihatdan muhokama qilingan testlar tadqiqotchi uchun ilmiy va amaliy 
ahamiyat kasb etishi mumkin. 
Arxiv metodi. 
Amerika ilmiy adabiyotlarida «Arxivlik metodi» degan atama qabul qilingan, 
bunday tadqiqotlarni o`tkazuvchi psixolog sinaluvchining aktual xulqini kuzatmaydi 
va o`lchamaydi, kundalik qaydnomalarni va yozuvlarni, arxiv materiallarini, 
mehnat, o`quv yoki ijodiy faoliyatini analiz qilinadi. 
Sobiq sovet psixologlari bu metodni ifodalashda boshqa atamadan 
foydalanishdi. Ko`p hollarda uni «faoliyat mahsullarini o`rganish» yoki 
«praksimetrik metod» deb ifodalanadi. 
Tadqiqotchi tadqiqotlar matnini, faoliyatning, predmetli mahsulotini turli xil 
maqsadlarda o`tkazishi mumkin. Maqsadlar joriy qilishning konkret usullarini 
arxivlik metodi uning xilma-xilligini ajratib ko`rsatadi. 
Shaxs psixologiyasining keng yoyilishi ijodiy psixologiya va psixologiya tarixi, 
bir shaxsning yoki ko`p odamlar hayot yo`lining o`ziga xosligi – biografik 
metodning nomini oldi. 
«Arxivlik metodi» xilma-xilligiga kontent-analiz texnikasi ham taalluqlidir. 
Kontent – analiz o`zidan yanada takomillashtirilgan va hujjatlar analizining qat’iy 
metodlarini namoyon qiladi. Tadqiqotchi mazmun birligini ajratib, olingan 
ma’lumotlarni kontifitsirovka qiladi. 
Bu metod nafaqat psixologiyada keng tarqalgan, balki boshqa ilmiy 
adabiyotlarda ham yoritilgandir. Asosan, ko`p hollarda siyosiy psixologiyada, 
reklama psixologiyasi, aloqalarda foydalaniladi. Kontent – analizni ishlab chiqish 
G.Lassuela, Ch.Osgud, B.Berelsonlar nomi bilan bog‘liq bo`lib ,ular «Kontent 
analiz, kommunikativ tadqiqotlar» fundamental monografiyaning muallifidir.
Kontent – analizdagi matn tahlilining standart birligi bo`lib;
1) so`zlar termini, ramz;
2) tugallangan fikr;
3) mavzu;
4) personaj;
5) muallif va 
6) yaxlit holdagi yo`llanma. 
Ular bir birlik konteksda yanada umumiy tuzilish sifatida ko`rib chiqariladi. 
Kontent – tahlil ma’lumotlarini qayta ishlashning bir qancha usullari mavjud. 
Oddiy matndagi u yoki bu birliklarning ko`rinish darajalarini qayd etilishidir. 
Tadqiqotchi bu ko`rinishlar darajasini u yoki bu birliklarini turli matnlarda qo`llab, 
undagi o`zgarish boshidan, to yakunlanishga qadar aniqlaydi. 


«Mustahkamlik koeffitsenti» uchrashish yoki «chegaralangan og‘irlik» u yoki 
bu birlikka xoslari ajratib qo`yiladi. Analizning ikkinchi tipi – matndagi kontent – 
analiz birligini matritsa qurilishidagi mujassam ko`rinishlari hisoblanadi. Bunda: 
Masalan: turli xil yo`llanmalarda erkinlik chastatosi A va B birlikda yoziladi. 
Hamkorlikdagi to`qnashuv shartli tasodifiy ajratiladi va u R=(AV)+R(A)xR(V). 
Bir yo`llanmadagi ikki birlikni hamkorlikdagi ko`rinishlari belgilanadi. 
To`qnashuvning empirik matritsasini turli birliklarini nazariy matritsa bilan 
taqqoslash mumkin. Bu muolaja Osgud tomonidan taklif etilgan va muloqot 
psixologiyasi va da’vatda keng tarqalgan. 
Proyektiv testlardagi natijalarni qo`llashda, suhbat materialida kontent – 
analizdan foydalaniladi.
Proyektiv psixologiya yarim asrlik tarixga ega bo‘lsa-da, undan oldin ham ba’zi 
olimlar inson proyeksiyalari masalasiga to‘xtalib o‘tadilar. Ularning qarashlari 
proyektiv psixologiya haqidagi klassik nazariyalar hisoblanadi. Proyektiv testlar 
masalasiga to‘xtalishdan oldin, proyeksiya tushunchasi mazmuniga e’tibor berish 
lozim. Proyeksiya tushunchasi dastlab, Z.Freyd tomonidan shaxslarning ongli va 
ongsizlik tarzda ko‘chirilgan shaxsiy xususiyatlari, tashqi ob’ektlarga nisbatan 
munosabatini ifodalash uchun qo‘llanilgan. Proyeksiya lotincha «proektio» so‘zidan 
olingan bo‘lib, oldinga irg‘itish, tashlash ma’nosini bildiradi. Proyeksiya ba’zida 
insonning men mexanizmi bilan, ichki himoya kuch sifatida namoyon bo‘lishini 
Freyd ta’kidlaydi. Proyeksiya sublimatsiya, ratsionalizatsiya, forig‘lanish kabi 
tushunchalarni ham qamrab oladi. G.S. Frimen insondagi proyeksiyalarni shunday 
izohlaydi. 
1. 
Ongsizlik holati, ya’ni insonning bu holatda boshqa kishilarning g‘oya, 
qarash, istak, emotsiya yoki xarakter xislatlarini o‘ziga olishi sifatida. 
2. 
O‘z shaxsiy ehtiyojlarini boshqalarga ko‘chirish sifatida. 
3. 
Qandaydir tajribaga asoslangan noto‘g‘ri xulosa chiqarish sifatida 
qaraydi. 
Bundan tashqari, ba’zi olimlar aynan proyeksiya so‘zini quyidagicha 
ifodalaydilar. Proyeksiya — voqelikni, insonlarni, namoyon qilingan stimullarni 
idrok etish muayyan darajada shaxsning psixik holati, ehtiyojlari, xususiyatlariga 
mos ravishda tavsiflash tendensiyasi mavjud. Proyeksiya - anglanmagan psixologik 
mexanizm sanaladi, ya’ni proyeksiya elementlari ongsiz tarzda idrok qilinadi. Bu 
holat klinik tadqiqotlar, psixoterapevtik izlanishlarda ham yaqqol ko‘zga tashlangan. 
CHunki, proyektiv testlarga berilgan dastlabki ta’riflar klinik nuqtai nazardan 
berilgan. Proyeksiya so‘zli assotsiatsiyalar, tugallanmagan so‘zlar, rasm va dog‘lar, 
tekshiriluvchilar chizgan rasmlar, turli qo‘zg‘atuvchi stimullardan iborat. Lekin 
proyektiv metodikalar ildizi 1904-1905 yilda Karl Gustav Yung tomonidan 
yaratilgan so‘zli assotsiatsiyalar testiga borib taqaladi. Bu metodikani yaratish bilan 
Yung shaxsning ongsizlik holatlaridagi kechinmalarini assotsiativ diagnostika qilish 
mumkinligini ko‘rsatib berdi. Keyinchalik assotsiativ testning turli variantlari 
aybdorlik hissini aniqlashda (yolg‘on detektori) M.Veyrtgaymer va A.R.Luriya 
tomonidan normani patologiyadan ajratish va boshqa vaziyatlar uchun qo‘llanilgan. 
Proyektiv testlar qatoridagi tugallanmagan hikoya yoki gan testi ham YUngning 
assotsiativ testidan kelib chiqqan, deb hisoblanadi. Bundan tashqari, Evropaning 


klassik psixologiya maktabi vakillari Frenk, G.Rorshax, G.Myurrey kabi 
olimlarning hissasi proyektiv testlarniig kelib chiqishiga keng ahamiyat kasb etadi. 
YUqorida aytilgandek, dastlabki proyektiv testlar klinik xarakterda tatbiq etilgan. 
Proyektiv psixodiagnostikaning yuzaga kelishi G. Rorshaxning 1921 yilda 
Germaniyaiing Bern shahrida chop etilgan «Psixodiagnostika» asari bilan 
bog‘lanadi. O‘zi rassom bo‘lishiga qaramay, Rorshax san’at va rassomchilik tarixiga 
juda qiziqqan. Unga ma’lum bo‘lishicha, buyuk rassom Leonardo Da Vinchi o‘z 
xayolini osmondagi bulutlar, ulardagi turli shakllarni uzoq vaqt davomida kuzatish 
va ularni tahlil qilish orqali mashq qildirgan. Bu xususiyat, ya’ni atrofimizdagi 
«predmetli dunyoni jonlantirish» barchaga, ayniqsa, rassomlar va yosh bolalarga xos 
bo‘lgan xususiyatdir, deb qaraldi. P.Rorshax talqiniga ko‘ra, siyoh dog‘lari, ya’ni 
ko‘rishga yunaltirilgan siyoh dog‘lari motor (harakat) fantaziyalarini jonlantiradi. 
Rorshaxdan avval siyoh dog‘lari bilan boshqa olimlar asosan Rossiyada F.E. 
Ribakov, Fransiyada A.Bine va Arri Vallonlar tadqiqot olib borganlar. Biroq 
Rorshax birinchi bo‘lib fantaziya obrazlarini shaxsning sifat va xislatlari bilan
aloqasini isbotlab berdi. Rorshaxning tadqiqotlar g‘oyasi bugungi kurda ikki yirik 
yunalishlarda AQSHda (Veek Klopfor, Davidson Rapoport) va Evropada (Bohm, 
Doosli-Listeri) o‘rganilmoqda. Rossiyada Rorshax testini o‘rganishga urinishlar XX 
asrning 20-30 yillariga to‘g‘ri kelib, u asosan shaxsning anomal xususiyatlarni 
aniqlash, nevroz va psixopatiyalar diagnostikasida, shuningdek, epilepsiya 
(tutqanoqlik) kasalligini tadqiq qilishda foydalanilgan. SHuningdek, 1935-1939 
yillarda ko‘pgina proyektiv testlar yaratipib psixoterapiyada keng qo‘llanilgan.
Bunda turli xil kasalliklar va jarohatlarning shaxs psixikasiga ta’siri, kasallik va 
sog‘lomlik o‘rtasidagi alomatlar o‘rganilgan. SHular qatorida 1935-yillarda 
jurnallarda chop etilgan tematik appersepsiya testi (TAT)ni kiritish mumkin. Bu test 
kelib chiqishiga ko‘ra fantaziyani eksperimental o‘rganish metodikasi sifatida 
yuzaga keldi. Uning muallifi G.Myurrey hisoblanib, Rorshax testi singari kelib 
chiqish tarixi mavjud. Bunda shunday masala yuzaga keldiki, pedagog va 
psixiatrlarga tekshiruvchilar uchun maxsus tanlab olingan syujetli rasmlar asosida 
tuzilgan hikoyaga qarab, insonning qiziqishlari, mayllari haqida xulosa chiqarish 
mumkinligi oldindan ma’lum bo‘lib, ba’zida esa psixikaning kasallik holatini ham 
aniqlash imkoni mavjud edi. Bir qarashda TAT fikri Rorshax g‘oyasiga qaraganda 
ancha sodda va aniq ko‘rinar, biroq, bunda muallif qahramonlari taqdiri va rasmlari 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri aks etadi-yu, bazilari qarama-qarshi ma’no aks etishi muammo 
tug‘diradi. O‘tgan asrning buyuk ertakchilari yozgan ertaklari mazmunn ham 
proyektiv xarakterli hisoblangan. Bu esa bolalarning turli xil psixologik xususiyat 
va holatlarini o‘rganishda qo‘l kelgan. Fransiyada SH.Perro, Germaniyada aka-uka 
Grimmlar juda ko‘p proyektiv xarakterli ertaklar yaratgan. Bunta misol qilib «Qizil 
shapkacha», «Uxlab yotgan parizod», «Dono qiz», «Bo‘ri bilan echki», «Qor 
malikasi» kabi ertaklarni keltirish mumkin. Aynan, ushbu ertaklar ham proektov 
testlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan, degan ma’lumotlar mavjud. Bundan 
farqli ravishda proyektiv testlar masalasi va proyeksiya tushunchasi psixologiyaning 
bir qancha sohalarida bahsbob bo‘lgan. Shu jumladan, eksperimental psixologiya, 
analitik psixologiyada keng tadqiq qilingan. Analitik psixologiyada aynan ertakli 
proyektiv testlar orqali bolalarning ongsizlik holatlarini tadqiq etish keng yo‘lga 


qo‘yilgan. Bugungi kunda bu ertakli terapiya nomi bilan g‘arbda mashhur sanaladi.
Umuman olganda proyektiv testlar masalasi baxsbob masalaga aylanib, u olimlar 
o‘rtasida turlicha fikrlar va qarashlarnn keltirib chiqardi. Z.Freyd fikriga ko‘ra, 
proyektiv testlar mazmunan ongsizliknn ifodalaydi» shu bilan birga instinktiv 
xarakter kasb etadi. Xolistetik psixologiya vakillari proyeksiya masalasiga 
boshqacha nazar bilan qarab, u insonning sub’ektiv yoki ichki dunyosi bilan 
bog‘liqligini ta’kidlaydi. Bu esa insondagi strukturali yashirin maqsadlar borligini 
ifodalaydi. Aynan, shu holat barcha kishilarda «shaxsiy dunyo» deb ataladi. Bularga 
qarshi ravishda eksperimental psixologiya vakillari proyeksiya va proyektiv testlar 
masasalasiga o‘zgacha qaragan. Bunga ko‘ra, proyeksiya tushunchasi nazorat va 
bilish usuli, idrokli jarayon bilan xarakterlanadi: atributiv proyeksiya, klassik 
proyeksiya, artistik proyeksiya, ratsional «aqliy» proyeksiya, munosabatli 
proyeksiya va similyativ proyeksiya. 
Atributli va klassik proyeksiyalar inson xarakterida o‘zini anglash bilan 
vujudga kelib, undan boshlab qarama-qarshi orttirilishi ta’kidlanadi. Artistik 
proyeksiyalar idrokning determenantligi va aktual ehtiyojlar paydo bo‘lishi va 
kondirilishi bilan bog‘likligi ko‘rsatiladi. Bu falsafiy oqim bo‘lgan Autizm 
qarashlarini ham o‘z ichiga oladi. Ratsional proyeksiyalar esa inson xarakteri, xulq-
atvori va aql-zakovatinint mazmunini belgilaydi. Va bu D.Xolmsning proyeksiya 
tushunchasi klassifikatsiyasiga bergan tahlilida keng o‘rin olgan. 
Proyektiv psixologiyaning kelib chiqishiga V.Vund, F.Gal’tonlarning 
tadqiqotlari ham katta ahamiyat kasb etadi. Ular Vyursburg psixologiyasida 
dastlabki eksperimental tadqiqotni o‘tkazganlar. Tadqiqot «Assotsiativ so‘zlar» 
metodikasi deb olib borilgan. Bunda shaxslardagi xarakter xususiyatlari o‘rganildi. 
Lekin, ko‘plab olimlar fikricha, dastlab proyektiv testlarni K.G.Yung ishlatganligi 
ta’kidlanadi. Yung erkin assotsiatsiyalar testi orqali barcha proyektiv testlar 
xarakterini ochib berdi. Ya’ni bu shaxsni diagnostika qilishni kompleks usuli, deb 
ham tan olindi. 1910-yillarda tadqiqotchilar G.Kent, K.G.Ong, A.Rozanovalar 
AQSHda shaxslarni favqulodda holatlarda o‘rganiladigan stimulli testlar yaratishga 
kirishdi. Bunda yuz kishidan natijalar olinib, ulardagi individuallik xususiyati 
o‘rganildi. Bu metodika garchi klinik xarakterli bo‘lsa-da, keyinchalik boshka 
olimlarning ham nazarini torta boshladi. 1946-yilda Rapoport K.G.Yung 
tadqiqotlaridan kelib chiqib 60 ta stimulli so‘zlardan iborat metodikani yaratdi. 
Metodika asosida psixoanalitik nazariya yotib, shaxslardagi ichki nizolarni, 
faoliyatdagi mental buzilishlarni o‘rgaanadi. Ba’zi olimlar esa 3.Freydning 1909-
yilda bosilib chiqqan monografik «Psixoanaliz aooslari»da proyektiv testlarning 
dastlabki nazariy asoslari yotishini ta’kidlaydilar. XIX asr oxirida va XX asrning 30-
40-yillarida proyektiv testlar va uparning turli yunalishdagi maktablari paydo buldi 
1921-yilda Rorshax amalga oshirgar ish proyektiv metodikalarni empirik tadqiq 
qilishning yangi talqini, deb nom oldi. Bundan tashqari, proyektiv testlar rivoji 
1920-yillardan so‘ng jadal o‘sib bordi. 1939-yilga kelib, Frenk fanga haqiqiy 
proyektiv metodika tushunchasini kiritdi. SHundan keyin proyektiv metodikalar 
turli xil vaziyatlarda va sohalarda keng qo‘llanila boshladi. Masalan, tadqiqotchi 
G.Myurrey, Yung va Rorshax ishlaridan kelib chiqib, voyaga etmagan 
jinoyatchilarning sirlariri ochishda qo‘l keladigan proyektiv test, ya’ni TAT(tematik 


appersepsiya)ni sud-psixologik. ekspertizasida keng qo‘llagan. Bu metod Garvard 
psixologik klinikasida ham keng yo‘lga qo‘yilgan. Bunda sinaluvchilarning oshkor 
etishni xohlamaydigan yoki yashirib kelayotgan xotiralari, g‘oyalari, kechinmalari 
ochib berilgan. 
Xorijiy psixologiyada keng qo‘llanilgan proyektiv metodika bu Lyusherning 
«Rang testi» bo‘lib, u shaxslardagi konflikt, agressivlik, shaxslararo munosabatdagi 
kelishmovchiliklar, shu bilan birga insonlarning ranglarga munosabatini aniqlashga 
keng imkon bergan. Bundan tashqari, ushbu test sog‘lomlik va kasallik o‘rtasidagi 
tafovutlarni aniqlashda ham qulay metodika hisoblangan. Lyusher fikricha, inson 
proyeksiyalarini ranglar bilan ham yorqin bo‘lish mumkin. Chunki, har bir kishi o‘zi 
yoqtirgan va yoqtirmagan ranglari bilan o‘z xususiyatini belgilaydi, deb ta’kidladi. 
Keyinchalik proyektiv testlarning noverbal variantlari keng tarkala boshladi. Shular 
jumlasidan geometrik figuralar testi o‘z ramzini chizish, manzaralar ko‘rsatmasi 
orqali insonlarning hissiy olami, ijodiy qobiliyatlari haqida ma’lumot olingan. Test 
talabiga ko‘ra, ob’ektiv mazmun kasb etgan. Chunki, berilgan yuriqnomalar bu 
holatni ta’minlashga xizmat qilgan. Bugungi kunga kelib proyektiv testlarlarning 
yangi modifikatsiyalari psixolog olimlar tomonidan ko‘plab yaratilmoqda. 
Proyektiv metodikalarni tadbiq etish jarayonida g‘oyaarning klassifikatsiyasi 
bir qator jihatlarni inobatga olishni talab etadi. quyida klassifikatsiyaga doir 
keltirilgan ayrim yondashuvlar ustida to‘xtalamiz. 
Mashhur psixolog L.Frenk barcha proyektiv testlar to‘g‘risidagi nazariy va 
amaliy ma’lumotlarni o‘zlashtirib, ularning yangicha klassifikatsiyasini yaratdi. 
Uningcha, har bir turdagi proyektiv test alohida mazmun kasb etib, o‘ziga xos 
tahlilni talab etadi. Metodikalarni guruhdarga bo‘lish, tadqiqot natijalari tahlilini 
osonlashtiradi va tadqiqotchiga qulaylik olib keladi. Bugungi kun amaliyotida 
proyektiv testlarning bir qator turlari qo‘llanilib kelinmoqda: 
Konstitutsiyaviy metodlar. 
Konstruktiv metodlar. 
Interpretatsion metodlar. 
Katartistik metodlar. 
Ekspressiv metodlar.
Impressiv metodlar.
Additiv metodlar. 
Yuqoridagi har bir test turiga alohida proyektiv metodikalar kirib, ular turlicha 
mazmun mohiyatga ega. 
1. Konstitutsiyaviy xarakterli proyektiv testlar qatoriga «Tugallanmagan 
so‘zlar», «Tugallanmagan rasmlar» testlari kirib, o‘tkazilish texnikasiga ko‘ra, turli 
situativ (vaziyatli) strukturalardan iborat. Metodika materiallari amorf xarakterga 
ega bo‘lib, tekshiriluvchilardan asosan mantiqiy mulohazalashni talab etadi. Ushbu 
metodikaning mualliflari Saks va Levi hisoblanib, ommabop testlar qatoriga kiradi. 
Muallifdan oldin ham ushbu metodika, eksperimental psixologiyada qo‘llanilgan. 
Yuqoridagi variantini esa Saks va Levilar yangi variantda tuzganlar. Metodikada 60 
ta tugallanmagan so‘zlar keltirilgan bo‘lib, ular 15 ta guruhga ajratilgan. Metodika 
savollari orqali shaxsning oilaviy munosabatlardagi xulq-atvori, o‘z-o‘zidagi 
qarama-qarshilik chegarasi, seksual xarakter xususiyatlari, qo‘rquv va hissiy 


buzilishlar, kelajakdagi va bugungi kundagi orzu istaklari, ota-onasi bilan 
munosabati shu bilan birga do‘st yaqinlari bilan munosabat mazmuni aniqlanadi. 
Test o‘tkazishda alohida anketa mavjud bo‘lib, u tekshiriluvchilarni testga tez 
yo‘naltirish xususiyatnga ega. Shu qatorda tadqiqotchi Vartnegning 
«Tugallanmagan rasmlar» testi ham xuddi shu xarakterda foydalaniladi. 
2. Konstitutsiyaviy xarakterdagi proyektiv metodikalar insonlar va hayvonlar 
figuralari, modellari orqali shaxs xususiyatlarini tahlil etadi. Bunda rasmlar va 
figuralar miniatyura xarakterida ham ifodalanishi mumkin. Tadqiqot har bir yoshda 
alohida xarakter kasb etadi. Bu esa tekshiriluvchilarning muhitdagi ijtimoiy 
himoyasini ochib beradi. Masalan, inson rasmi va hayvon rasmi testning ko‘proq 
masalasini tashkil etadi. Metodika tahlilida har bir figura, qurilish materiali, mozaika 
modellari va saranjomlik hisobga olinadi. 
2.Interpretatsion xarakterdagi proyektiv testlar turkumiga TAT (tematik 
appersepsiya) testi misol bo‘lib, bunda masala va topshiriqlar illyustratsion 
xarakterda ifodalanadi. Metodika insondagi qiziqishlar, hissiy kechinmalar shu bilan 
birga, ichki imkoniyat va yashirin maqsadlarni aniklaydi. Metodika mualliflari 
P.Myurrey va Morganlar sanaladi. Metodika Myurrey yaratgan shaxs nazariyasiga 
asoslanadi. Ya’ni ehtiyojlar shaxsning xulq-atvorini, tasavvurlarini, bilish 
jarayonlarini yo‘naltiradi va tashkillashtiradi, degan tamoyilga asoslanadi. Myurrey 
bunda barcha ehtiyojlarni psixodinamik kutilmalar deb atadi. Myurrey barcha 
ehtiyojlarni vital va psixogen turga ajratadi. Vital ehtiyojlarni suv-havo, psixogen 
ehtiyojlarni bilish, san’at, sevgi kabilarga ajratdi. Metodikada 20 ta ehtiyoj 
qo‘llanilsa-da, lekin, 24 tasi farqlanadi. 
Myurrey fikricha, metodikadagi rasmlarni tekshiriluvchilar ikki xil 
izohlaydilar. Mavhumlik aks etgan rasmlarni o‘z hayotiy tajribalari orqali 
bajaradilar. Erkak va ayollarga berilayotgan topshiriqlar alohida-alohida bo‘lishi 
ham test qoidalaridan biri sanaladi. Chunki, jinsiy xarakterdagi tafovut rasm 
guruhlarida alohida mazmun kasb etadi. 
4. Katartistik mazmunli proyektiv testlarga o‘yin faoliyati bilan belgilanadigan 
testlar kiradi. Masalan, «psixodrama», «ixtiyoriy teatr sahnasi», «terapevtik 
chiqishlar», misol bo‘la oladi. Buning uchun shart tanlanishi, o‘yin texnikasi 
tanlanadi. Bunda shaxslardagi nizolar, boshqa insonlar bilan bo‘ladigan 
munosabatlar ko‘rinishi o‘yin paytida ochiq oydin amalga oshiriladi. By texnika 
insonlarning har qanday vaziyatlarda muammo va holatga o‘z imkoniyatidan kelib 
chiqib ish tutishiga yordam beradi. Bu psixoterapiyada ko‘p qo‘llanadigan va 
shaxsni tarbiyalaydigan vosita hisoblanadi. Xoh rollar kulgili yoki salbiy obrazli 
bo‘lsin, shaxs tipiga mos ravishda ijro etiladi. Bunda shaxsning fantaziya holatlari 
ham hisobga olinadi. Misol uchun «issik stul» nomli trening o‘yini aynan insonni 
stressli vaziyatda oqilona hukm chiqarishida qo‘l kelishligi ta’kidlanadi. 
5. Ekspressiv xarakterli proyektiv tsstlar tezkor ma’lumot olishni ifodalab, bu 
grafologiya da ham keng kullaniladigan usul sanaladi. Bizga ma’lumki grafologiya 
irsonning yozuvi va imlopariga karab, uning xususiyatlarini taxlil etadi. Ekspressiv 
tahlil jinoyat turini aniqlashda yoki bo‘lmasa, davlat ahamiyatga molik rasmiy 
hujjatlardagi o‘zboshimchalik va qonunbuzarlik holatlarini ochishda, mansabdor 
shaxslar yoki davlat xizmatchilari qo‘ygan imzolarni aniqlashda ekspressiv usul qo‘l 


kelishi tadqiqotlarda ta’kidlangan. Bundan tashqari, ekspressiv proyektiv 
metodikalarga «Uy, daraxt, inson» metodikasini kiritish mumkin. Metodika Dj. 
Morgan tomonidan 1948-yilda qo‘llangan. Test kattalar bilan bolalalarni o‘rganish 
uchun ham qulay sanaladi. Mohiyatiga ko‘ra, test quyidagi mazmunnn ifodalaydi. 
Testni qo‘llashda yo‘riqnoma berilib, har bir vazifadan so‘ng suhbat o‘tkaziladi. 
Suhbat ham ularning nima uchun bu vazifalarni tanlaganlari to‘g‘risidagi 
ma’lumotni oydinlashtiradi. 
5. Impressiv turdagiga esa tekshiruvchilarning xohish va intilishlari hisobga 
olinib, ularni ta’minlash talab etiladi. Bundan testlarga Lyusherning «Rang testi» 
yaqqol misoldir. Testda barcha ranglar hisobga oliigan bo‘lib, ulardan 8 ta rang 
metodikada foydalanilgan. Ushbu ranglar orqali insonda qo‘rquv, affekt, ichki 
dunyo sirliligini yashirin ochish, nizoli vaziyatga moyillik, emotsional qiyofa kabi 
psixologik masalalar o‘rganiladi. Lyusherning rang tsstlari XX asr boshlari va oxirgi 
o‘n yilligida tibbiyot psixologiyasi va psixoterapiyada klinik jihatdan keng tadbiq 
etilgan. Tadqiqotchilar fikricha, ushbu metodika insondagi quyidagi xususiyatlarni, 
sifatlarni tahlil etadi. 
1. Turli xil kasalliklarning insonga ta’siri, somatik va psixosomatik belgilarini 
aniqlashda; 
2. Epilepsiya (tutqanoqlik) va shizofreniya kasalliklaridagi sog‘lomlik va 
kasallik tafovutlarini aniqlaydi;
3. SHaxslardagi emotsional buzilishlar, qo‘rquv, haddan tashqari zo‘riqish kabi 
holatlarni oydinlashtiradi; 
4.Jamoalardagi psixologik muhitni o‘rganadi; 
5.Shaxsning hissiy kechinmalari yunalishni va mazmunini ochib beradi. 
Gromozdni muolajasiga qaramay, kontent – analiz ko`pgina yutuqlarga ega;
tadqiqotchini sinovchini xulqiga nisbatan ta’siri ma’lumotlar ishonchliligi 
tekshiriladi. Bu metod tarixiy hujatlarni analizida tavsiya etish mumkin. Kontent – 
analiz oxirgi holda ko`p qirrali ma’lumotlar analizi, psixomantika rivojlanishida 
bog‘lanish «ikkinchi nafas» nomini oldi. 
Faoliyat mahsulini tahlili – metod, psixologiya tarixida, antropopsixologiya, 
ijodiy psixologiyada keng tarqalgan. 
Ijodiylik psixologiyasida u asosiy hisoblanadi toki, ijodiy mahsulni antiqaligi 
ham shundadir. 
Faoliyat mahsulotlarning analizi klinik psixologlar uchun muhim materialni 
taqdim etadi; alohida kasallarda (Shizofreniya, Manianal – depressiv psixoz va b.) 
samaradorlik harakteri u tez o`zgaradi (matnlarda, rasmlarda va h.k). 
Neyropsixologik analizning bemor faoliyat mahsuldorligini namunasi. 
A.R.Luriya «Yo`qolgan va qaytarilgan» ishlarida bayon qilingan. 
Barcha tahminlar kundalik qaydlarni tahlil qilish, miyaning chap yarim sharlari 
3/1 qismi og‘ir asoratlarni kechirgan asosida o`rganadi. 
Proyektiv metod oraliqdagi o`z darajasiga ko`ra psixologik o`lcham va faoliyat 
mahsuldorligini analizi metodi bo`lib hisoblanadi. Proyektiv metodning istalgan 
muolajasini qo`llash, istalgan psixologik testni qo`llashga o`xshashdir sinaluvchiga 
alohida vazifalarni bajarish buyrug‘i beriladi, rasmni chizish, rasm asosida hikoya 
tuzish, gapni to`ldirish. Eksperimentator uning harakatlarini boshqaradi, suhbatni 


olib boradi, vazifalarni alohida ketma-ketlikda ko`rsatadi. ammo an’anaviy test 
o`tkazishda muolaja analizi va ishlanayotgan faoliyat mahsulotlarini tahliliga
aktsent o`tkaziladi. 
L.Frenka 
klassifikatsiyasiga 
binoan 
proyektiv 
metodikalarni 
ijodiy 
mahsulotlarni o`rganish unchalik ko`p emas; «Uyning rasmi» testi, «Odam qomati», 
Gudinaf va Maxover testi, «Daraxt rasmi» testi. Ammo u yoki bu chegarada faoliyat 
muhsulotini analizi kuzatiladi va tahlil jarayonida, boshqa test natijalarida ham 
kuzatib boriladi. 
Ular qatoriga TAT, Rozentsveyg testi «Siyohlar dog‘i» testi, yozuv analizi 
kiradi. 
Barcha proyektiv test belgilar qatorini yaqinlashtiradi. 
- Materialning yoki vazifaga nisbatan noaniqligi. 
- «Ochiqlik» - ko`pincha potentsial javoblar – sinaluvchi barcha reaktsiyalari 
qabul qilinadi. 
- Mulozamatlilik atmosferasi va eksperimentator tomonidan chetdan 
baholashning ishtirok etmasligi. 
-Psixik funktsiyaning o`lchanishi emas, ijtimoiy muhitga munosabatni, 
shaxsning modusi o`lchanishidir. 
Psixik jarayonlar, psixik holatlar ong va чatti-harakatlarning o`ziga xos sifat 
xususiyatlaridan iboratdir.
Masalan, idrok jarayoni tafakkur jarayonidan sifat 
jihatidan farq qiladi. Tetiklik holati toliqishdan, haqqoniylik shuhratparastlikdan 
farq qiladi. Lekin har bir jarayon, holat yoki xususiyatlar shuning bilan birga 
miqdoriy belgilarga ham egadir. Har bir psixik jarayon ma’lum muddat davom etadi, 
har bir psixik holat ma’lum jadallikka, har bir psixik xususiyat esa ma’lum darajada 
ifodalanishga egadir. 
Psixik jarayonlarning sodir bo`lib o`tishi haqida miqdoriy ma’lumotlar olish 
hammasidan osonligi bilan farq qiladi. Masalan, biz idrokning qancha vaqt davom 
etishini bevosita o`lchashimiz mumkin. Psixik xususiyatlarning ifodalanish 
darajasini aniqlash ancha qiyinroqdir. O‘quvchining o`quv predmetiga bo`lgan 
qobiliyat darajasini aniqlash uchun bu fan o`zlashtirish muvaffaqiyati bilan zo`r 
berib sarf qilingan mehnatni solishtirib ko`rish kerak. 
Miqdoriy shaklda laboratoriya va tabiiy eksperiment ma’lumotlarini, 
shuningdek, anketa ma’lumotlarini, xususan grafalarga bo`lingan anketalarning 
ma’lumotlarini qayd qilish mumkin. 
Tekshiriluvchining o`lchanadigan tashqi harakat belgilari, ularning 
mulohazalari va yashirin fiziologik xususiyatlarini tadqiqotning ko`rsatkichlari deb 
yuritiladi. Ba’zan ko`rsatkichlar psixik jarayonlarni yoki holatlarni bevosita 
xarakterlab beradilar. Masalan, biz idrok jarayonining yoki tafakkur jarayonining 
davom etishini o`lchashimiz mumkin. Bunda shuni esdan chiqarmaslik kerakki, har 
qanday ko`rsatkich psixik jarayonni faqat bir tomondan xarakterlab beradi, shu 
sababli jarayonning qonuniyatini ochish uchun har turli ko`rsatkichlarni o`zaro 
taqqoslab ko`rish kerak bo`ladi. Agar ko`rsatkichlarning har biri alohida ravishda 
psixik jarayonni yoki psixik holatni bevosita emas, balki bavosita xarakterlab 
beradigan bo`lsa, xususan ana shunday paytda ularni taqqoslab

ko`rish muhimdir. 


Masalan, biz temperament xususiyatlarini yashirin fiziologik reaktsiya 
ko`rsatkichlari orqali ochishga harakat qilganimizda xuddi shunday holat yuz beradi. 
Ong va xulq-atvorni tadqiq qilish juda katta qiyinchiliklar bilan bog‘liq. 
Birinchidan, psixologik qonuniyatlar ko`p miqdordagi omillarning ta’siri bilan 
aniqlanadi, ikkinchidan sabab-natija aloqalari xilma-xil tasodifiy munosabatlar bilan 
murakkablashadi. Xuddi mana shuning uchun psixologik tadqiqotlarda miqdoriy 
ko`rsatkichlarning statistik analizi katta ahamiyatga egadir, unday yoki bunday 
hodisalarga xos bo`lgan o`zaro munosabatlarning tasodifiylik darajasini baholash 
imkonini beradi. 
Psixologik tadqiqotlarda ko`pincha ikkita o`rta qiymat orasidagi farqning 
statistik bog‘liqliligi darajasi hisoblash va korrelyatsiya koeffitsientini hisoblashdan, 
ya’ni ko`rsatkichlar orasidagi statistik bog‘liqlik o`lchamidan foydalaniladi. Biroq 
eksperiment o`tkazishdan ma’lum xulosa chiqarish uchun yolg‘iz bitta 
ko`rsatkichga ega bo`lish yetarli emas, chunki qo`lga kiritilgan yolg‘iz bitta 
ko`rsatkich tasodifiy miqdor ko`rsatkich bo`lishi mumkin. Tadqiqotchi birlik 
ko`rsatkichlarning bir talay yig‘indisini qo`lga kiritishi kerak, ya’ni ma’lum 
miqdorda o`lchashlar o`tkazishi kerak. Agar 
n
marta o`lchash bajarilgan bo`lsa, unda 
hosil bo`lgan birlik ko`rsatkichlarni x
1
,x
2
,x
3
.......x
n
deb belgilash mumkin. Topilgan 
umumiy qiymatni xarakterlash uchun o`rta arifmetik qiymat topiladi, buning uchun 

Yüklə 451,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə