O‘ zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi far g‘ ona davlat universiteti



Yüklə 451,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix20.10.2023
ölçüsü451,48 Kb.
#129055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Durdona Eksperemental

Barcha paketlar bo`linadi:
1. setlashgan paket,
2. umumfoydalanish paketi;
3. umum foydalanish uchun to`liq bo`lmagan paket.
Kuzatuvchilarga 
umumfoydalanish 
paketi 
maslaxat 
beriladi. 
Barcha 
programmalarni hujjatlar bilan to`ldiriladi. Eksperimentatorlarni aytishicha eng 
yaxshi variant bu SPSS paketidir.
Mulohaza va natijalar interpretatsiyasi kuzatuv siklini yakunlaydi.
Eksperimental kuzatuvlarda faraz tasdiqlanadi yoki rad etiladi:
«Agar A unda B».
Kuzatuvchi o`z mulohazalarini bildiradi va nihoyat u o`z xulosasini tahlil 
qiladi.
Bu kuzatuvning oxirgi bosqichi hisoblanadi; qo`lyozma, risola, monografiya, 
ilmiy jurnal redaktsiyasiga xat tayyorlanadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki
eksperimental kuzatuv aniq sxema orqali o`tkaziladi. Uni o`tkazishning asosiy 
bosqichi; muammoning tuzilishi va farazni ko`tarib chiqarish, metodikaning 
tuzilishi, apparatura tanlash, sinaluvchilarni tanlash, o`zgaruvchilarni nazorat qilish 
rejasi, eksperiment o`tkazish, natijalarni qayta ishlash va tahlil qilish, ilmiy 
hisobotga tayyorgarlik. Shundan so`ng kuzatuv yakun topgan hisoblanadi. Ilmiy 
faraz tasdiqlandimi yoki rad etildimi, natija jamoa fikriga tashlanadi. 
Kuzatish metodining asosiy afzalligi shundan iboratki, kuzatish tabiiy 
sharoitda o`tkaziladi, kuzatish kuzatilayotgan shaxslarning odatdagi xulq-atvorlarini 
o`zgartirmaydi.
Kuzatishni bitta odam ustida ham va bir guruh shaxslar ustida ham olib borish 
mumkin. Bu metod bolalar bog‘chasi guruhlaridagi yoki maktab sinfidagi bolalarni 
o`rganish uchun qulaydir. Kuzatish metodining kamchiligi uning anchagina mehnat 
talab qilishidir. Tadqiqotchi psixologni hulq-atvorning istalgan qiyofada emas, balki 
konkret tadqiqot vazifalari bilan bog‘liq holda namoyon bo`lishigina qiziqtiradi. 
Shuning uchun kuzatiluvchi shaxs xususiyatlari va psixik holatlarining o`ziga 
kerakli tarzda namoyon bo`lishini kutib turishi kerak. Bundan tashqari, psixik 
xususiyatlarning yakka holda namoyon bo`lishini kuzatish va qayd qilish yetarli 
emas. Tadqikotchi u yoki bu xususiyatlarning xarakterligiga, tipikligiga ishonch 
hosil qilishi kerak. 


Eksperiment.
Eksperiment metodining asosiy farqi va afzalligi shundan 
iboratki, bunda tadqiqotchi o`z hoxishi bilan qandaydir psixik jarayon yoki 
xususiyatni yuzaga keltirib psixik hodisaning tashqi sharoitga bog‘liqligini tekshirib 
ko`rishi mumkin. Eksperiment metodining ana shu afzalligi uning psixologiyada 
keng qo`llanilishi bilan tushuntiriladi. Empirik, ya’ni tajriba yo`li bilan qo`lga 
kiritilgan faktlarning asosiy ko`pchiligi psixologiyada eksperimental yo`l bilan 
olingandir. Biroq har qanday tadqiqot qilinadigan vazifalarga eksperimentni qo`llab 
bo`lmaydi. Masalan, agarda psixik jarayonlar va funktsiyalar ko`proq eksperiment 
yo`li bilan o`rganilsa, shaxsning birmuncha sodda xususiyatlari (temperament, 
ko`pgina qobiliyatlar) ham shu metodda o`rganiladi. Lekin harakterning va 
qobiliyatlarning murakkab turlarini hali eksperiment metodi bilan o`rganib 
bo`lmaydi. 
Suhbat metodi.
Bu metod tadqiqotning turli bosqichlarida qo`llaniladi: 
masalan, dastlabki tanishish bosqichida ham boshqa metodlar, ayniqsa, kuzatish 
metodi orqali qo`lga kiritilgan xulosalarni aniqlashda qo`llaniladi. Suhbat metodidan 
mohirlik bilan foydalanish juda qimmatli natijalarga erishishga yordam berishi 
mumkin. 

Yüklə 451,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə