O nazarov monografiya



Yüklə 3,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/20
tarix19.10.2023
ölçüsü3,33 Mb.
#128102
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
portal guldu uz O`zbekistonda ommaviy jamoalashtirishning o`tkazilishi

 
 
 


50 
II BOB. Qishloq xo‘jaligini jamoalashtirishning salbiy, ijtimoiy-iqtisodiy 
oqibatlari. 
2.1 Quloqlashtirish siyosati va uning oqibatlari. 
“Quloq qilinish” degan ibora dastlab Oktabr to„ntarishi va fuqarolar urushi 
davrida paydo bo„lgan. Bu davrda sinfiy kurash avvalgi o„tmish davr uchun 
kurashayotgan tomonning xo„jaligini butunlay tugatish, shuningdek jismoniy 
tomondan ham yo„q qilish degan ma'noni anglatgan.
70
Bizning fikrimizcha, “quloqlar” degan atama doirasiga kiritilgan kishilarning 
aksariyati o„rtaxol dehqonlar edi. Lekin markaz iqtisodiy taraqqiyotini respublika 
sharoiti bilan tenglash va xatto yuqori qo„yish hollari sababli, quloq qilingan 
xo„jaliklarning soni ortib borgan. “Quloq qilish” ommaviy qonunsizlik orqali ma'lum 
darajada oziga to„q bo„lgan xo„jaliklarning mol-mulkini musodara qilish hamda 
ularni doimiy yashab turgan joylaridan tashqariga surgun qilishga mo„ljallangan 
fojialar yig„indisidan iborat davrni tushunmoq kerak. Aslida boylar va quloqlar 
“inqilobdan keying” dastlabki yillarda va 20-yillarning agrar islohotlari jatumanda 
iqtisodiy jihatdan tanazzulga duchor qilingan edi. Avvalo, bunga asosiy sabab 
“quloq” larni aniqlash uchun davlat tomonidan ishlab chiqilgan qat'iy me`zonning 
yo„qligi edi. “Quloq” likni belgilashda uni ijtimoiy jihatdan emas, ko„p hollarda, 
xo„jaliklarning ahvoliga qarab baholash boshlangan, chunki keyingi ko„rilgan 
tadbirlar buni isbotlaydi. Jumladan, 1929-yil 29-noyabr kunida bo„lib o„tgan VKP (b) 
MK plenumida Stalinning 1929-yil 7-noyabrdagi “Buyuk burilish yili” degan 
maqolasidagi jadal kollektivlashtirishni nazariy jihatdan asoslab berganligi tufayli, 
kollektivlashtirish sur'atlarini xaddan tashqari kuchaytirish, unga ommaviy tus 
berishdan iborat aniq vazifa qo„yildiki, jamoa xo„jaliklarini tashkil etishda shoshma-
shosharlik, majbur qilish avj olib, kim ko„proq va kimki ko„proq kirmasa, u sho‟ro 
hukumati dushmanidir singari shior asosida ish olib borishga sharoit yaratib berdi. 
Ammo kurashning keskinlashuviga 1929-yil 27-dekabrda agrar markschilar 
konferensiyasida so„zga chiqqan Stalin yoppasiga kollektivlashtirish asosida 
70
Коллективизация сельского хозяйство в республиках средней Азии и Казахистана: опыт ипроблемы.-Алма-
Ата,Гылым,1990.57-ст. 


51 
quloqlarni sinf sifatida tugatish shiorini e'lon qilishi sabab bo„ldi. Natijada quloqlarga 
qarshi kurash niqobi ostida asosan tadbirkor, ishbilarmon dehqonlarga nisbatan yalpi 
urush e'lon qilindi. 
Oradan biroz o„tib, bajarib bo„lmaydigan vazifalar yuki ostida, quloqlar bilan 
qarshi kurashishga chorlangan mahalliy tashkilotlar qonunchilikni buzish, kuch 
ishlatish yo„liga turgan edilar. Bu esa o„z navbatida, dehqonlarning noroziligiga 
sabab bo„lgan. 1929-yilda qabul qilingan “Quloq xo„jaliklarida qonunlar kodeksidan 
foydalanish tartibi to„g„risida” (20-fevral)gi va “Mehnat haqida qonunlar kodeksi 
foydalanishi lozim bo„lgan quloq xo„jaliklari belgilari to„g„risida” (21-may) gi 
qarorlarda
71
quloq xo„jaliklariga ko„rsatilgan 5 ta belgiga javob beradigan barcha 
xo„jaliklar kiritilishi aytilgan edi. Bu belgilar: yollanma mehnat qo„llanayotgan 
xo„jaliklar, tegirmoni, moyjuvozi, boshqa sanoat korxonalari mavjud bo„lgan 
xo„jaliklar, murakkab qishloq xo„jalik asbob-uskunalarini, inshootlarni nasiyaga 
berayotgan xo„jaliklar, savdo, sudxo„rlik bilan shug„ullanayotgan oila a'zolari, yoki 
boshqa mehnat qilmasdan foyda ko„radigan oila a'zolari bo„lgan xo„jaliklar quloq 
xo„jaliklariga kiritilardi.
O„zbekistonda qishloq xo„jaligini soxta kollektivlashtirishdan oldingi davrda 
ham bu masalaga yondashishning ba'zi bir yo„llari har holda aytilgandi. Firqa vakili 
Safarov RKP (b) MK 1921-yilda bo„lib o„tgan X s‟yezdida ta'kidlab o„tadi: “Sho„ro 
hokimyati qachon ularga ( yerli aholiga - O.N. ) boshliq sifatida emas, balki o„rtoq 
sifatida kelgan bo„lsa, shundagina sho„ro hokimyatiga ergashadilar”, degan dolzarb 
fikrlarni aytgan edi. Ammo sho„ro hukumati bu masalada mahalliy shart-sharoitlarni 
inobatga olmay, butun ittifoq miqyosida bir xil yo„l tutib, jamoa xo„jaliklariga 
kirishni istamaganlar sho„ro hukumati dushmani deb hisoblandi. Ularni 
“mushtumzo„rlar” qatoriga qo„shdilar va o„rni kelganda jazoladilar. Shu sababli ham 
30-yillardagi tarixiy adabiyot “quloq” larga yangi tuzum dushmani nazari bilan qarab, 
ularni faqat qoralash bo„ldi. Hatto MTSlar huzuridagi siyosiy bo„limlar ham jamoa 
xo„jaliklarini quloqlardan dushmanlardan tozalash, jamoa xo„jaliklarini yangi 
xodimlar bilan ta'minlash va tashkiliy-siyosiy jihatdan mustahkamlashda muhim rol 
71
Собрание Законов и распоражений Рабоче-крестьянского правительства СССР.-1929.№14.Ст.117;№34.Ст.301. 


52 
o„ynadi degan xulosaga ham kelingandi.
72
Natijada soxta kolxoz qurilishi tez sur'atlar 
bilan o„sishi, uning qishloq xo„jalik mahsulotlari ishlab chiqarishining qisman ortishi 
qishloqda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy kurashning keskinlashuvi firqa va sho„ro 
hukumati yangi kollektivlashtirish asosida “quloq” elementlarini cheklash va siqish 
siyosatidan sinf sifatida tugatish siyosatiga o„tishga yo„l ochib berdi. 
Vaholanki, quloq masalasida yoppasiga kollektivlashtirish uchun shart-sharoitlar 
bo„lmagan rayonlarda (O„rta Osiyoda - O.N.) quloqlashtirishning o„tkazilishi eng 
asosiy xato deb hisoblash zarurdir, deyiladi.
73
Bunday holatlar ittifoqning markaziy 
qismida va O„rta Osiyoda keng kuzatilgan. Sho„ro hukumati bu masalada mahalliy 
shart-sharoitlarni inobatga olmay butun ittifoq miqyosida bir xil yo„l tutib, jamoa 
xo„jaliklariga kirishni istamaganlar sho„ro hukumati dushmanlari deb hisoblab, ularni 
mushtumzo„rlar qatoriga qo‟shdilar va o„rni kelganda jazoladilar.
Ayniqsa, 1929-yil 29-dekabrda I.V.Stalinning agrar marksistlar ilmiy 
konferensiyasida quloqlarni sinf sifatida tugatish siyosatiga o„tish to„g„risidagi shiori 
ish yurituvchilarga qo„llanma bo„ldi. Natijada, mahalliy rahbarlar ish yuritishning eng 
qaltis yo„llariga o„tib ketdilar. Shu tariqa, zo„ravonlikka asosan firqaning siyosiy 
qarorlarini ijro etish uchun siquv dasturi asosida ish ko„rildi. Masalan, Xitoy qishloq 
sovetiga Farg„ona okrugidan yuborilgan vakil xalqqa “kim bo„lishidan qat'iy nazar, 
agar bir kun bo„lsa ham o„z yerida odam yollab ishlatsa, quloq sanaladi”,- deydi .
74
Yagona ibora bilan aytadigan bo„lsak, bu xo„jalik yuritish davrida mulkning 
mohiyatini bilmaslik tufayli yuz berdi. 
1930-yil 4-yanvarda “Pravda” gazetasida “Quloqlarni sinf sifatida tugatish kun 
tartibiga qo„yilayotir” sarlavhali bosh maqola e'lon qilinganidan keyin quloqlarni yer 
yuzidan supurib tashlashga da'vat etildi. Shuningdek, ko„rilgan tadbirlar amalda 
siyosiy tus berish va kollektivlashtirishni hamda paxtachilikni rivojlantirish va 
tezlashtirish uchun Yer ishlari komissarligi qoshida uchlik tashkil qilingan edi va bu 
bo„lim 1930-yil yanvar oyidan boshlab o„z faoliyatini boshlab yuborgan edi. Kolxoz 
masalasiga oid hamma vazifalarni hal qilish uchun ularga keng huquqlar berib 
72
Азизов С.Сельское хозяйство за 15 лет (1925-1939)-Т.,1939.11-ст. 
73
Аверьев В.Н.О двух этапах раскулачивания народного хозяйства средней Азии.-Т.,1930.89-ст. 
74
Аминова Р.Х.Коллективизация в узбекистане:как это было?// коммунист узбекистана.1989.№9.84-ст. 


53 
qo„yildi. Natijada, kolxoz tuzumi davrida uchlikning beboshligi tufayli kolxoz tuzumi 
uzoq yillar davomida fojiali kunlarni boshdan kechirishga majbur etildi.
Bu davrda yuz bergan xato-kamchiliklar ildizini faqat tushunmaslik oqibatida 
quloq darajasini belgilashga borib taqaladi, degan xulosa emas, balki ko„rsatma va 
qarorlarni muqarrar xal etish shiori ekanligi tufayli keyin xunrezlik boshlandi. 
Masalan, Andijon viloyatining Qorasoy tumandan xabar berilishicha, rayon partiya 
tashkiloti odamlarning sotsial jihatidan kelib chiqishini aniq bilmasligi tufayli 1770 
kishini (shundan 394 tasi o„rtaxol dehqon) quloqlar sinfiga kiritilgan va 536 kishi 
dindorlar bo„lganligi uchun huquqlari cheklangan.
75
Quloqlarni sinf sifatida tugatish 
ishlari ostida ish yuritish orqali uni amalda bajarish uchun yuqoriga quloqlar sonini 
ko„paytirib berish maqsadida o„rtaxol dehqonlarni ham ular qatoriga qo„shib yuborish 
hollari ro„y bera boshladi. Sababi, ommaning ijtimoiy kelib chiqishi emas, balki soxta 
kolxoz tuzumining zaruriyati bo„lgan iqtisodiy masalalar sabab qilib ko„rsatilgan ( 
mol-mulk-O.N. ).Oqibatda, VKP (b) MK siyosiy byurosi 1930-yil 30-yanvarda 
“Yoppasiga kollektivlashgan rayonlarda quloq xo„jaliklarini tugatish tadbirlari 
to„g„risida” gi qarorni tasdiqladi. Bu qarorda quloqlarning ishlab chiqarish vositalari, 
chorva mollari , xo„jalik va uy-joy binolari, qishloq xo„jalik mahsulotlarini musodara 
qilish kerakligi qayd etilgan edi. Xo„jalik mulki va imoratlar kambag„al va 
batraklarning badali sifatida kolxozlarning bo„linmas fondlariga olib berildi va o„ziga 
to„q xalq boshiga fojiali kunlar solish keskin tus oldi. 
Mablag„larning qolgan bir qismi quloq xo„jaliklarining davlat va 
kooperatsiyalardan qarzlarini uzishga sarflandi. O„zlari esa quloq qilinuvchilar 
toifasiga kiritilib, kategoriyalarga bo„lib tashlandi:
1) kontrrevolutsion aktiv ( bular asosan qamoqqa olinadigan hamda oilasi turli 
rayonlarga ko„chirishi ko„zda tutilgan ); 
2) kollektivlashtirishga qarshi faol chiqqan yirik quloqlar va sobiq yarim 
pomeshchiklar ; 
3) quloqlarning qolgan qismi. 
75
Данилов В.П.коллективизация сельского хозяйства в СССР .История СССР.-М;.Наука,1990.Сентябрь-октябрь 
№5.23-ст 


54 
Manbalarda ta'kidlanishicha, 1930-yillarning boshlarida respublikaning paxta 
ekilmaydigan rayonlarida quloq xo„jaliklarini sinf sifatida tugatish masalasi qo„yilgan 
emas edi. Sababi, bu rayonlarda yoppasiga kollektivlashtirishni o„tkazish uchun 
yatarli darajada shart-sharoit yetishmasligi ma'lum edi. Ammo bu masalaga siyosiy 
yondashish paytida yuqoridagi ko„rsatmaga amal qilinmadi. Bundan tashqari, 
ko„pgina joylarda partiya organlari kambag„al dehqonlarning quloqlarga qarshi 
tarqoq harakatini boshqara olmadilar, degan xulosa haqiqatga yaqin emas, chunki 
bunday kurash bo„lishi uchun siyosiy vaziyatning o„zi yo„q edi. Lekin olib borilgan 
noto„g„ri siyosat tufayli turli xil beboshliklar bo„lib o„tdi. Maqsad esa bitta - soxta 
kollektivlashtirishni tezlatish, paxta mustaqilligiga erishish yo„lida har qanday 
zo„ravonlik , siyosiy qaror va ko„rsatmalar orqali mustahkamlangan holda olib 
borishdan iborat bo„ldi.
Soxta kolxoz tuzumini asl mohiyatini tushingan o„rtahol dehqonlar “siquv” dan 
qochish maqsadida so„nggi choralarini ko„rishdi. Birgina Buvayda tumanidan 
Farg„ona okrugi “zembodspor” komissiyasiga xabar qilishlaricha, qishloq xo„jalik 
soliqlarini turli sabablarga ko„ra to„lamagan “quloq” xo„jaliklari juda ko„pligi, 
ularning bir qismi ortiqcha yerlarini o„z xoxishicha davlat yer fondiga topshirganligi 
to„g„risida ma'lumotlar mavjud. Xatda esa o„z mehnati bilan ishlamaydigan quloq 
xo„jaliklaridagi yerlar to„laligicha olib qo„yilishi kerakmi, deb so„ralgan edi. 
Yuqoridan korinib turibdiki, quloq xo„jaliklari yoppasiga ortiqcha yerlarini 
topshirganlar. 
Komissiya 
javobiga 
ko„ra 
kollektivlashtirish 
siquv 
orqali 
“muvaffaqqiyatli” ketayotgan joylarda bu masalaga ijobiy yondashib, quloqlarning 
qolgan yerlariga tegilmasin, deyilgan.
76
Lekin bajarish vaqtida ko`p kamchiliklarga 
yo„l qo„yildi. Jumladan, yoppasiga kollektivlashtirish davrida bir biridan o„zib ketish 
musobaqasi qo„shimcha majburiyatlar olish vaqtida quloq xo„jalikari ko„p zarar 
ko„rdi. Farg„ona okrugida O„zSSR “Zemvod por” komitetining 1930-yil 14-yanvar 
kuni yig„ilishi bo„lib o„tdi. Uning tarkibida rais Norqo„ziyev, a'zolari Pisarik, sudya 
Ismatullayeva va kotib Xo„jayevlar bor edi. Bu komissiya ko„p xollarda dehqonlarni 
boshqa toifa kishilarning janjalli yoki hal qilinmagan yer masalasidagi arizalarini 
76
Фарғона ВДА.Ф-170,рўйхат-1,90-йиғма жилд,105-варақ. 


55 
ko„rib chiqib, Raykomissiya chiqargan ko„pgina qarorlarni bekor qildi. Komissiya 
samarali ishini shunda ko„rish mumkinki, nohaq ranjitilgan kambag„al va o„rtahol 
dehqonlarning da'vo arizalari qondirila boshlanadi. Lekin bunday jonkuyar “xalq 
farzandlari” ning taklif va ishlari “siyosiy siquvlar” tufayli o„z maqsadlarini amalga 
oshira olmaganlar. Respublikada bu noxushliklarning avj olishi bosh sabablaridan 
yana biri O„zSSR MIQ tomonidan 1930-yil 11-martda “kollektivlashtirish va quloq 
qilish” qaroridan so„ng bu masalaga siyosiy tus berilishidir. Natijada, asossiz chaquv, 
dalil va uydirmalarga asoslangan uchlikning qarori bilan markazning qarori, buyruq 
va korsatmalarini o„ziga dastak qilib olgan mahalliy xodimlar qo„pol xatoliklarga 
yo„l qo„ydilar.
Sun'iy “quloq” qilish voqea-tafsilotlari birgina O„zKP ( b) MK Toshkent okrug 
Yüklə 3,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə