O nazarov monografiya



Yüklə 3,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/20
tarix19.10.2023
ölçüsü3,33 Mb.
#128102
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
portal guldu uz O`zbekistonda ommaviy jamoalashtirishning o`tkazilishi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


64 
2.2 Paxtachilik sohasining ustun mavqega ko‘tarilishi, uning dehqonchilik va 
chorvachilikka ta'siri. 
Respublikamizda olib borilgan kollektivlashtirish davrida qishloq xo„jaligining 
asosiy tarmoqlaridan biri hisoblangan chorvachilik va dehqonchilikda yuz bergan 
holatlarni tahlil qilish orqali bu sohadagi kiritilgan yutuq va kamchiliklarni ko„rsatib 
berish mumkin deb o„ylaymiz.
Chorvachilik sohasidagi ishning dolzarbligi shuni ko„rsatadiki, mintaqamizning 
geografik tabiiy sharoiti ushbu sohaning rivojlanishi uchun hamda aholining turmush 
tarzini manbayi hisoblanadi. Lekin mustaqillikgacha yoritilgan ilmiy ishlarda 
chorvachilikni keskin inqirozga yuz tutishi va mahsulot turining keskin kamayishi 
sabablarini faqatgina yana o„sha “quloq” ga qarshi kurash doirasida tahlil qilish bilan 
cheklanib qolingan. Vaholanki, bu sohaning ijtimoiy-iqtisodiy inqirozga yuz tutish 
sabablarini aniqlashda birinchi navbatda dehqonchilik sohasidagi ko„rilgan 
tadbirlardan izlab ko„rish foydadan holi emas. Sababi, dehqonchilikda tutilgan 
yo„lning bir tomonlama bo„lishi ham bu sohani, qolaversa dehqonlarning turmush 
tarzini og„irlashtirishga xizmat qilgan muhim omillardan biri bo„lganligini hisobga 
olgan holda, hamda paxtachilik e'tiborni kuchayishi tufayli respublikamiz 
iqtisodiyotida muhim tarmoq hisoblangan bu tarmoqlarni uzoq vaqtgacha asl holiga 
keltirish imkoni bo‟lmagan muhim holatlarni tahlil qilish lozim. Masalan, tarixchi 
olima Aminova R. X ning “Osushestvleniye kollektivizasi v Uzbekistane” (1929-
1932 y) kitobining 108 betida 1937 yili respublikamizda o„tish davri tugallanib, 
sotsializm asosan qurilganligi ham chorvachilik 1916 yilga nisbatan yirik shoxli va 
qo„ylar soni 98,1 va 97,32 foizga yetganligi to„g„risida ma'lumot berilgan. Vaholanki, 
arxiv ma'lumotlariga e'tibor beradigan bo„lsak, chorvachilikning o„sishi buning aksi 
bo„lgan. Masalan, 1935 yilda shaxsiy chorvalar bilan qo„shib hisoblaganda, 21%, 
1936 yilda 17% va 1937 yilda 10,8% chorvalar soni kamayishi kuzatiladi.
91
Yoki 
birgina Toshkent okrugidagi Bayman tumanida 1935- yilda hammasi bo„lib 5828 ta 
xo„jalik bo„lsa, shundan 2555 tasining sigiri yo„q edi.
92
91
ЎзРМДА. Ф-90, рўйхат – 8, 823 – йиғма жилд, 44-бет 
92
ЎзРМДА. Ф-90, рўйхат – 8, 1716 – йиғма жилд, 40-бет 


65 
Shu tariqa O„zbekistonda kollektivlashtirish davrida qishloq xo„jaligining bir 
tekisda va har tomonlama rivojlanish jatumanning buzilishiga zamin tayyorlangan 
bo„lsa, yana bir jihatdan esa Turksib temir yo„li qurilishi paxtakor rayonlarni ko„p 
miqdorda don mahsulotlari bilan ta'minlashning imkonini berdi, degan umidda ish 
tutildi. Paxta mustaqilligi g„alabasi uchun don mahsulotlari maydonini qisqartirish 
mumkin degan xulosa bilan ish ko„rilgan. Masalan, 1928-yili paxta maydoni 38, 
1929-yili 40, 1930-yili 51, 1931 yili 69,9 foizga yetkazildi. Boshoqli don maydonlari 
esa 1928 yili 44, 1929 yili 40, 1930-yili 15 foizga qisqartirildi. 1931-yilga kelib paxta 
maydoni 30900 gektarga ko„paytirish mo„ljallandi. 
Oqibatda, 1930-yildan boshlab O„zbekistonda don mahsulotlari yetishtirish 
keskin kamaya boshladi. Masalan, Toshkent okrugi kolxozlari 1930-yilda don 
yetishtirish rejasini bajara olmadi. Buning asosiy sababi, shartnoma bo„yicha ekilishi 
kerak bo„lgan g„alla maydonlari haqiqatda oz bo„lib, yer maydonini qisqarishi tufayli 
edi. 
Shuningdek, rahbarlar kamchiliklarning asl mohiyatini tushunmagan holda ish 
ko„rdilar hamda 1930-yil 10-sentyabr kuni birgina
“Toshokrpaxtasoyuz” da maxsus komissiya tashkil qilinib, bu komissiyaga 
okrugdagi kolxozlarning ekin maydonlari umumiy holatini tekshirib chiqish haqida 
ma'lumot berish yuklatilgan edi. Tekshiruv natijasida
“Toshokrkolxozseksiya” xodimi Zapolekiyning bergan ma'lumotlariga 
asoslanib, Yangiyo„l tumanda 1930-yildan bahorgi ekin ishlari boshlanish arafasida 
60 foizga yaqin yerlarning holati talab darajasida emasligi aniqlandi.
93
Shuningdek, 
rayonda ko„p kolxozlarning ekin maydonlari hajmi va kolxozlar hududi aniq 
emasligi, ayniqsa bunday holat ko„proq Mirzacho„l va Yangiyo„l rayonlarida 
kuzatildi. Chunki ushbu rayonlarda faqat 3 tadan kolxozning yerdan foydalanish va 
hududi aniq edi. Qolganlarida esa bu narsa aniq emasligi aniqlandi.
Ayniqsa, 1930-yil 27-fevral kuni bo„lib o„tgan yig„ilishda agronomlar faqat 
tashviqot bilan shug„ullanib, kolxozlarni tuzish va yer maydonlarini taqsimlash 
masalasi bilan shug„ullanishdan o„zlarini chetga olganliklari, bu esa xo„jalik ishlarini 
93
Тошкент ВДА. Ф-182, рўйхат – 1, 49 – йиғма жилд, 243-бет 


66 
borishiga ta'sir ko„rsatganligi va siquvga olingan holda yaratilgan soxta 
kollektivlashtirish tuman deb e'lon qilingan joylarda dehqonlar noroziligiga olib 
kelganligi ma'lum bo„ldi. Bu esa okrugda kolxozlarni tashkiliy jihatdan tuzish ham 
yuzaki olib borilganidan dalolat beradi. Chunki siyosiy qarorlar ko„rsatma va taklif 
emas, balki bajarilishi shart bo„lgan “ishlar” bo„lganligi oqibatida yuqoridagi 
xatoliklar yuz berdi. Agarda bir manbalarga ko„ra oladigan bo„lsak, paxta 
mustaqilligiga erishish maqsadida 1930-yili okrugda hammasi bo„lib 60485 ta 
xo„jalik ro„yxatga qayd qilingan. Ularning jami ekin maydoni 144745 gektarni tashkil 
etib, shundan 112039 gektarini paxta maydonlari tashkil etardi.
94
Okrugda faqat 
sug„oriladigan yerlarda emas, balki lalmikor yerlarda ham paxta ekishga majbur 
etilgan. Masalan, jami okrug bo„yicha lalmi paxta maydonlari 51 kolxozda mavjud 
bo„lib, ularning yer maydoni 592 gektarni tashkil qildi. 1930-yil 12-iyundagi 
ma'lumotga ko„ra, lalmikor paxta maydoni 850 gektar qilib belgilangan. Haqiqatda 
esa 753 gektar yerga paxta ekilgan. Bu rejaning 88,6 foizidir. Shuningdek, Angren 
tumanda 200 gektar lalmi paxta maydoni o„rniga 93 gektarga ekilgan. Bu rejaning 47 
foizini bildiradi va buyruq va korsatmalarni bajarish majburiy tusga kirishi tufayli 
yuqoridagi holatlar paydo bo„lgan.
Ko„rinib turibdiki, mamlakatimiz iqtisodiyotiga va ma'naviyatiga katta zarar 
keltirayotgan qo„shib yozish illatining ildizi o„sha davrga borib taqalishini 
ko„rishimiz mumkin. Chunki, yuqorining ko„rsatmasi qog„ozda bo„lsa ham bajarilishi 
shart edi. Bir tomondan soxta kollektivlashtirish, ikkinchi tomondan paxta 
mustaqilligi uchun kurash oqibatida 1929-1930-yillarda sug„oriladigan paxta 
maydoniga lalmi paxta maydonlari qo„shilib, xajmi yildan yilga oshib bordi. 
Natijada, okrugda oziq-ovqat maxsulotlari ekiladigan maydonlar keskin kamayib 
qoldi. Jumladan, 1930-yilga kelib okrugda paxta maydoni reja bo„yicha 132751 
gektar qilib belgilandi. 1929-yili bu ko„rsatkich 101200 gektarni tashkil qilardi, 
xolos. Demak, 1930 yili paxta maydoni 28992 gektar ko„paytirilgan bo„lib, 28,59% 
ko„paygan. Hammasi bo„lib okrugda 1930 yili 394 ta paxtachilik kolxozi bo„lib, 
35253 ta xo„jalikni birlashtirgan. Bu 49 foizni tashkil qilgan. 1929-yilda 151 ta 
94
Тошкент ВДА. Ф-182, рўйхат – 1, 798 – йиғма жилд, 61-бет 


67 
kolxoz bo„lib , 2380 xo„jalikni birlashtirgan edi.
95
Ko‟rinib turibdiki, yuqoridagi 
raqamlardan soxta ixtisoslashtirish bo„yicha tadbir shu tariqa amalga oshirila 
boshlangan va kollektivlashtirish tufayli paxta ekishning ko„payishi boshoqli don 
ekinlari maydoni qisqarishiga asos bo„lgan. Oqibatda hamma okruglarda bo„lgani 
kabi Toshkent tumanda ham aholini don bilan ta'minlash yomon ahvolga tushgan 
chunki, 1929-yil 10-noyabr kungi qarorda kolxozlarda kishi boshiga norma bo„yicha 
paxtakor rayonlarda 5 puddan galla qoldirish chorasi ko„rilgani ma'lum bo„ldi. 
Paxtakor rayonlarni g„alla bilan ta'minlashning bosh sababi - paxta maydonining ortib 
borish zaruriyatidir. Chunki respublika bo„yicha paxta maydoni 1929 yilga nisbatan 
1930-1931-yillarda 810,3 ming gektarga ko„paydi. Ammo don ekinlari maydoni, 
jumladan g„alla maydoni 1929-yilga nisbatan 1930-1931-yillarda 60 ming gektar 
kamaygan.
96
Bu yerda yana sovxozlarning 94,1 ming gektar paxta maydonini qoshib 
hisoblaganda, Toshkent okrugi bo„yicha jami paxta maydoni 1930-31-yillarda 
132751 ming gektarni tashkil qildi. Eng asosiysi shuki, O„zbekistonda lalmikor yerlar 
hisobiga paxta ekish oshib bordi. Masalan, 1931-yili jami paxta maydoni 28495 
gektarga yetkazildi (sovxozlardagi lalmikor paxta maydoni xisobga olinmagan). 
Toshkent okrugidagi kolxoz va sovxozlarda ekilgan lalmi paxtani qo„shib 
hisoblaganda, 1930-yili 1150 ming gektar tashkil etgan.
97
Natijada 1930-yildan 
boshlab dehqonlarning yeyishi uchun qoldiriladigan don miqdori ham kamayib 
borishi tufayli, Toshkent okrugi kolxozlari 1930-yilda don topshirish rejasini bajara 
olmadilar. Rejada ko„rsatilgan 100000 pud topshirish “kolxozseksiya” tomonidan 
belgilab chiqilgan edi. Ammo ushbu reja bajarilmagan. Buning boisi shundaki, 
belgilangan g„alla maydonlari amalda juda kam edi. Ikkinchidan, kolxozlardagi 
sug„oriladigan yerlarning ko„p qismiga paxta ekildi hamda 1930 yilning qisman 
qirg„oqchil kelishi munosabati bilan rejani bajarish imkoniyati bo„lmagan. Masalan, 
Qoronko„l kolxozi bo„yicha 20 gektar yerga don ekilgan va qurg„oqchilik tufayli bor 
yo„gi 24 pud g„alla olingan. “Yangi qadam” kolxozida esa 54 gektardan atigi 8 pud 
g„alla hosili olingan. Okrug bo„yicha olingan hosil kam bo„lsa ham, yolg„on 
95
Тошкент ВДА. Ф-182, рўйхат – 1, 208 – йиғма жилд, 359-бет 
96
Тошкент ВДА. ФР-90, рўйхат – 8, 2 – йиғма жилд, 18-бет 
97
ЎзРМДА. Ф-90, рўйхат – 8, 219 – йиғма жилд, 18-бет 


68 
axborotlar, qo„shib yozishlar bo„lib o„tgan. Masalan, Yangiyo„l tuman bo„yicha 
olingan xosil gektariga 10-15 puddan oshmagan bo„lsa ham, markazga gektariga 26,5 
puddan hosil olindi deb xabar berildi. Shu tariqa siyosiy qarorlarni so„zsiz bajarish 
afsonaviy raqamlarni berishni taqozo etar edi. Bu esa okrug bo„yicha g„alla 
masalasidagi qiyinchilik, ishonchsizlik va kolxozlarni tarqatib yuborishlar 
keyinchalik asossiz davom etishiga sabab bo„lgan. Vaholanki, arxiv hujjatlarida 
oldingi 1929-yilgi qurg„oqchilik kelishi tufayli ham g„alla hosili yaxshi bo„lmaganligi 
ko„p marta qayd qilingan. Lekin siyosiy rahbarlar uchun bu muhim xato yoki bahona 
emas edi. Chunki okrugda boshoqli don ekinlari emas, xatto zo„ravonlik tufayli 
paxtachilikdagi ishlar aytarli yaxshi yo„lga qo„yilgan emas.
“Toshokrugkolxozsoyuz” ning ma'lumotiga ko„ra, 1929-yili Toshkent 
okrugidagi kolxozlar paxta tayyorlash rejasini 40 foizga bajarilgan. Jumladan, 
Angren tuman - 33, Toshkent tuman - 45, Pskent tuman - 55, Yangiyo„l tuman 36, 
Mirzachol tuman - 64 foizga bajarilgan. Baxona rejani bajarmagan kolxozlarga 
qo„shilgan quloqlar, zararkunanda kishilar kirib qolgani tufayli shunday hol yuz berdi 
deb izoh berildi va xulosa chiqarilgan.
98
To„g„ri, paxta rejasini bajarmaslikka ozmi-ko„pmi o„z mulkidan, yeridan 
ajralgan dehqonlar tomonidan qilingan norozilikka ta'sir qilgan bo„lishi mumkin. 
Chunki o„z yeridan, meros mulkidan asossiz ravishda ajragan kishilar ham kam emas 
edi. Aytmoqchimizki, kolxozlarga begona (mahalliy - O.N.) kishilar kirib qolganligi 
tufayli kolxozlar paxta rejasini bajara olmay qoldi deyish o„rinli bo„lmaydi albatta.
Bundan tashqari, okrugda sun'iy ravishda kolxozlar tuzish oqibatida ko„plab 
dehqonlar, xatto norozi batraklarning ham kolxozdan chiqish hollariga olib keldi. 
Sababi, siyosiy qaror tufayli sharoit juda murakkab bo„ldi deb ham hisoblaylik, lekin 
okrugning tabiiy sharoiti yaxshi o„rganilmadi hamda ko„p qiyinchilik va 
zo„ravonliklar bo„lib o„tganligi ma'lum bo„ldi.
Qishloq xo„jalik mahsulotlarining keskin kamayishi, ayniqsa don maxsulotlariga 
bo„lgan talabning ortib borishiga qaramasdan, paxta mustaqilligini tezlashtirish 
maqsadida O„zSSR KP (b) MKning 1930-yil 30- noyabrda 159-son qarori qabul 
98
Тошкент ВДА. Ф-182, рўйхат – 1, 49 – йиғма жилд, 197-бет 


69 
qilindi. Unda aytilishicha, faqat “Paxtakorlarni noyabr oyida oziq-ovqat va sanoat 
mollari bilan ta'minlash to„g„risida degan qarorida oktabr oyida paxta rejasini 
bajargan har bir xo„jalik avans tariqasida quyidagi miqdorda don olishi lozim” degan 
ko„rsatma berildi. - kolxozchilar - 3 puddan, yakka tartibdagi xo„jaliklar - 2 puddan. 
Noyabr oyida paxta topshirish rejasini 95 foiz bajargan har bir xo„jalikka: 
-kolxozlarga - 6 puddan,
-yakka tartibdagi xo„jaliklarga - 5 puddan belgilandi.
Belgilangan don mahsulotlarini dehqon xo„jaliklari o„z vaqtida olmaganlar, 
chunki kolxozlar fondida donning hammasi olib qo„yilgan, hamda uni keltirish uchun 
ko„p vaqt talab qilingan. Ikkinchi tomonda, bu davrda har xil noaniq ko„rsatmalar 
sabab bo„lgan. Masalan, “Kolxozpaxta” ko„rsatmasi bilan 1931 yil mart oyidan 
boshlab paxta rejasini 75 foizda ortiq bajargan kolxoz xo„jaliklari 7 puddan, 
shuningdek 50-70 foizgacha bo„lsa - 5 puddan, hamda paxta rejasi 50 foizdan kam 
bo„lsa - 3 puddan g„alla berilishi ta'kidlangan edi.
99
Shunday holatlar Fargona okrugi 
bo„yicha ham qishloq xo„jaligi ekinlari, jumladan don mahsulotlarining maydoni 
keskin kamayishi yana takrorlangan. Garchi aholining zichligi va xo„jaliklarining 
keskin ko„payib borishi to„g„risida ma'lumotlar mavjud bo„lsa ham.
Jami okrug bo„yicha 1930-yil 20-apreliga kelib 386 kolxoz mavjud edi. 
Rayonlar bo„yicha: Qoqonda 84, Quvada 30, Popda 35, Rishtonda 19, Bag„dodda 17, 
Qudashda 22, Buvaydada 26, Beshariqda 49, Marg„ilonda 50, Oltiariqda 16, 
Farg„onada 36 kolxoz mavjud edi. Bundan tashqari, xo„jaliklarning ko„pligi, aholi 
zichligi jihatidan olsak, bu okrugga ko„plab don va boshqa qishloq xo„jalik 
mahsulotlari zarur edi. Ammo oziq-ovqat manbalarini yetishtirish zarur bo„lgan ekin 
maydonlari yildan-yilga kamayib bordi.
Farg„ona vodiysi bo„yicha 1931 - yilda 356176 gektar yer bo„lsa, 1932- yili 
paxta maydoni 394077 gektarga yetkazildi. Don maydoni esa 1931-yilda 20859 
gektarni tashkil qilgan bo„lsa, 1932-yili 9340 gektarga tushib qoldi.³ Sholi maydoni 
ham 1931 yili 25773 gektarga ekilgan bo„lsa, 1932 yili 16699 gektargacha tushirildi.
⁴ 
Ko„rinib turibdik, ioziq-ovqat mahsulotlari, ayniqsa don ekin maydonlari keskin 
99
Фарғона ВДА. Ф-170, рўйхат – 1, 67 – йиғма жилд, 41-бет 


70 
kamaygan. Vaholanki, 1931-yili 10-noyabr kuni O„zSSR XKS qarori bilan “Boshoqli 
va o„simlik yog„i olinadigan ekin maydonlarining shartnoma bo„yicha umumiy 
hajmi” belgilandi. Jumladan, lalmi g„alla maydoni shartnoma bo„yicha 510481 gektar 
qilib belgilandi. Lekin boshqa arxiv hujjatlarida boshqa raqam ko„rsatiladi. Masalan, 
1931 yili 613347 gektar bo„lgan deyiladi. Bunday keskin farq boshqa sohalarda ham 
uchraydi. Yana bir muhim hujjatda esa g„alla maydonlari 188798 gektar qilib 
belgilangan. Demak, don ekiladigan maydonlar to„g„risida uch xil ma'lumot mavjud. 
Natijada, O„zbekistonda don tayyorlash 1931-yil 24-yanvariga kelib 68 foizga 
bajarildi, xolos.
100
O„rta Osiyo bo„yicha esa 23 foizga bajarilgan va davlatga 700 
ming pud g„alla topshirishning imkoni bo„lmagan. Muhimi shundaki, g„alla 
topshirish vaqtida kolxozlarda urug„lik don ham qoldirilmasdan tortib olindi va ayni 
paxta ekish davrida xalq noroziligi ko„paydi. Xalqning donga bo„lgan ehtiyoji deyarli 
hisobga olinmagan. Bu mas'uliyatli ishga yondoshish talab darajasida bo„lgan emas, 
deb xisoblashga asos bor.
Bundan tashqari, O„zbekiston azaldan qishloq xo„jaligi keng taraqqiy etgan va 
jo„g„rofiy muhitga moslashgan mintaqa hisoblanib, chorva mahsulotlarisiz xalqning 
ahvoli og„irlashishi tabiiy bir hol, albatta. O„zbekiston qishloq xo„jaligi, ayniqsa 
chorvachilik sohasi yer-suv islohoti tufayli 1926-yildan e'tiboran son va sifat 
jihatidan o„sgan emas. Sababi, yer-suv islohotidan ayniqsa, 1927-1928-yillardan 
boshlab chorva mollarini boqish uchun yaylov, dag„al hashak hamda ozuqa ekinlari 
yetishmay qoldi. Shuning uchun ham chorva tuyoq soni keskin kamaydi. 1931-32-
yillarda hammasi bo„lib respublikada 27 ta sovxoz bo„lib, ulardagi chorva soni 
quyidagicha edi: dumbali qo„ylar - 144409 bosh, qo„ylar - 301246 bosh, qora mollar - 
19074 bosh, sigirlar - 2275 bosh, ho„kizlar - 314 ta edi. 
Ikkinchidan, chorva sonini saqlashga erishishning imkoni bo„lmagan. Masalan, 
Mirzacho„l tumanda chorva yordamida ekiladigan Maydonlarning katta qismi 
haydash mumkin edi. Rayon bo„yicha mehnatga yaroqli chorvalarning umumiy soni 
3216 bosh bo„lib, ularga ayni ekish ishlari boshlangan paytda yem-hashak yetishmay 
qoldi xamda ularga 700 pud xashak zarurligi to„g„risida okrug rahbarlari 
100
ЎзРМДА. Ф-837, рўйхат – 9, 504 – йиғма жилд, 93-бет 


71 
ogohlantirishiga qaramasdan, ozuqa keltirishning iloji bo„lmagan. Oqibatda ko„plab 
chorvalar nobut bo„lgan. 
Respublikada chorva sonining kamayishini oldini olish maqsadida chorvalarni 
chetdan keltirish oqibatida chorvadagi turli chorva kasalliklari ham o„z ta`sirini 
ko„rsatdi. Masalan, UzSSR NK RKI kollegiyasining 1930-yil 25-dekabr kuni bo‟lib 
o‟tgan yig„ilishining 16-son qarorida Shimoliy Kavkazdan kasallangan (yashchurdan) 
qo‟ylarning olib kelinishi tufayli chorvaga katta ziyon yetdi. Jumladan, “Qizil 
chorvador” sovxozida 1930-yil 1 yanvardan to noyabr oyiga bo„lgan davrda 10840 
bosh qo„y nobut bo„lgan. Go„shtga topshirilga qo„ylarining vazni 4-7 kg tushib 
qolganligi qayd etilgan. 
Eng asosiy sabab chorvachilikka ozuqa bazasini kamligi tufayli yuz bergan, 
masalan, 1929-30-yillarda 380086 sentner beda pichani tayyorlangan, bu rejadagidan 
49113 sentner kam bo„lib, topshiriq 77,9%ga bajarilganligini bildiradi. Keyingi 
yillarda ham bu sohada ijobiy siljish bo„lgan emas. Jumladan, 1930-31-yillarda beda 
tayyorlash rejasi 533136 sentner qilib belgilandi, amalda esa 244875 sentner 
tayyorlandi, xolos. Bu rejadagining 46,6% deganidir. 
Xo„jalik va firqa rahbarlari esa “quloq” xo„jaliklari chorvasining asossiz tortib 
olinishi hamda paxta yakka hokimlikligi tufayli bu soha orqaga ketdi va, nihoyat, 
ozuqa ekinlari maydonining kamayishi natijasi ekanligini oshkor etishgan. Oldingi 
yillarda, masalan 1926-27-yillardagi hisobotlarni olib ko„radigan bo„lsak, chorva 
yalpi sonining 9,4 foizga ko„payganligini ko„rish munkin. 1928-yilda esa 1927yilga 
nisbatan 4,2 foizga ko„paygan. Bir yil ichida 5,2 foiz chorvaning kamayishi 
kuzatiladi. Demak, 1929-yildan boshlab chorvaning hamma turi bòyicha orqaga 
ketish boshlangan. Rahbariyat esa 1931-yilga kelib O„zSSR davlat reja komissiyasi 
chorvachilikni rivojlantirish to„g„risida qaror qabul qilgan.
101
Unda 1931-yilga kelib 
oldingi yillardagi chorva soniga yetishi kerakligi ta`kidlandi. 
101
ЎзРМДА. Ф-837, рўйхат – 9, 613 – йиғма жилд, 19-бет 


72 
Jadval 
Yillar 
Qo„ylar 
Dumbali 
qo„ylar 
Otlar 
Yirik shoxli 
molar 
Sigirlar 
1930 
yil 
bahorida 
200000 
15201 
4924 
14163 
4513 
1930 
yil 
kuzida 
17090 
11542 
4873 
13940 
4459 
1931 
yil 
bahorida 
22901 
16142 
5192 
15340 
4514 
1931 
yil 
kuzida 
19660 
12408 
5138 
15100 
4460 

Yüklə 3,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə