O nazarov monografiya



Yüklə 3,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/20
tarix19.10.2023
ölçüsü3,33 Mb.
#128102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
portal guldu uz O`zbekistonda ommaviy jamoalashtirishning o`tkazilishi

 
Mas’ul muharir: 
M.T.Xodjiyev -T.f.d. prof
Taqrizchilar: A.Biykuziyev-PhD 
S.Qudratov-dotsent 
Mazkur monografiya Guliston davlat universiteti Kengashining 
2022-yil 31-martdagi 8 - sonli qaroriga asosan chop etildi. 
 
 



Aziz dadam Nazarov Raxim
va mehribon onam Jibak Nazarovalarning 
yorqin xotiralariga bag’ishlayman. 
So’z boshi o’rnida 
Umrni yuguruk suvga qiyoslashadi. Darhaqiqat, yaqindagina yosh bola edik. 
Dalada mol-qo‟y boqib, tengqurlar bilan yurardik. Kun juda uzun tuyulardi. Birpasda 
60 yoshni qoralabman. Endi kunlarni qanday tez o‟tayotganligidan hayratlanaman. 
Tong otadi va birpasda kun botadi. Umrimning salkam 40 yilini ilmga 
bag‟ishlabman. O‟z faoliyatimni tarixchi sifatida dastlab jamoalashtirish davriga 
bo‟lgan qiziqishim boiz, Farg‟ona va Toshkent viloyatlari misolida bu ikki hududda 
amalga oshirilgan “tazyiq” va “siquv”lar jarayonida kechgan ommaviy 
jamoalashtirish masalasini bugungi kun nuqtai nazaridan xolisona tariximizdagi “oq 
dog‟lar”ni qayta tahlil etish davr talabi ekanligi bois bu davrga e‟tibor qaratishni 
lozim topdim. Chunki, mustaqillik yillarida, mustamlaka o‟tmishning haqqoniy 
solnomasini yaratish sohasida muayyan ishlarni va xulosalarni amalga oshirish davr 
talabi ekanligi, tarixdan malumki, o‟zbek xalqi tarixida asarotli voqealarni qoldirgan 
ommaviy jamoalashtirish Sobiq Ittifoq Respublikalari qatori O‟zbekiston xalqi tarixi 
taqdirida ayanchli va sezilarli asoratlarni qoldirgan davr hisoblanadi. Shu sababli, 
ommaviy jamoalashtirishning va jamiyat taraqqiyotning real qonuniyatlarini chuqur 
o‟rganish zarurligi, milliy tariximizdagi yuksalish va tanglik davrlarini yangicha 
metodologik nuqtayi nazardan turib tahlil qilish, avvalgi mafkuraviy va eskicha 
tafakkur ko‟rinishlarning takrorlanishiga barham berish yo‟llarini belgilsh, 
jamiyatning ma‟naviy axloqiy takomiliga erishuvida tarix fanining ta‟sirini 
kuchaytirish zarurligini inobatga olgan holda tahlil qilish, muhim vazifalardan biri 
ekanligi diqqatimni tortdi. Chunki hozirda bu masalalarni o‟rganishga qiziqish va 
ehtiyojlar ham ortib bormoqda. Ko‟p yillik tadqiqotlarim natijasi o‟laroq yurtimizda 
ommaviy jamoalashtirish zo‟rovonlik bilan ya‟ni tabiiy sharoit muhitni inobatga 
olmaslik oqibatida dehqonlarning asrlar davomida shakllangan turmush tarzining 
buzilishiga, dehqonlar ishlab chiqaruvchi sifatida buzilib, ular o‟zga shaxslar xohish-
istaklarini bajaruvchi kuchga aylantirililishi, yerdan begonalashuvi natijasida 



dehqonlar yer egalik qilish xissini yo‟qota boshlaganliklari asrlar davomida ishlab 
chiqilgan va mustahkamlangan mehnatsevarlik hislatlarini so‟nishiga sabab va 
oqibatlarini tahlil qilishga e‟tibor qaratdim. Eng asosiysi tarixdan ma‟lumki, 
ommaviy jamoalashtirish “Yuqoridan qilingan inqilob”dan meros bo‟lib qolgan eng 
og‟ir kulfat bo‟lib, yerning haqiqiy egasini yo‟qolishiga va mehnatkash insonlarning 
ommaviy jamoalashtirish davridagi muammolarining asl sabablarini va oqibatlarini 
chuqurroq ilmiy tahlil etish keyingi ilmiy izlanishlarimda e‟tibor qaratishni lozim 
topdim. Chunki ommaviy jamoalashtirish davrida tuzumga bo‟lgan xalq noroziliklari 
begunoh insonlarning o‟zga yurtlarga qatag‟on qilinishi natijasida xalqimizning o‟z 
mehnatiga va kasbiy mahoratiga munosabatlarining susaya borish holatlariga sabab 
bo‟lgan omillar bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo‟lib qolmoqda. 
Yuqoridagi holatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‟lgan sabablardan biri hukmron 
mafkura va fanning partiyaviyligi hisoblanib, bu jarayonning mazmun-mohiyatini 
qayta ko‟rib chiqish davr talabi bo‟lib qolmoqda. 
Umuman, 60 yosh - insonning hayoti davomidagi ortga bir nazar soladigan yosh 
shekilli. Bugun menda ilmiy ishlarimni bir tartibga solib, ularni qaytadan ko‟rib 
chiqishga ehtiyoj paydo bo‟ldi. Aynan shu sabab, ushbu kitobni sizlarning 
e‟tiboringizga havola etishga jazm qildim. 

Yüklə 3,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə