O nazarov monografiya



Yüklə 3,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/20
tarix19.10.2023
ölçüsü3,33 Mb.
#128102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
portal guldu uz O`zbekistonda ommaviy jamoalashtirishning o`tkazilishi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



Kirish
Tarixdan ma‟lumki, O„zbek xalqi tarixida asoratli voqealarni qoldirgan 
ommaviy jamoalashtirish davri ittifoq tasarrufidagi respublikalar qatori O„zbekiston 
xalqi tarixiy taqdirida ayanchli va sezilarli asoratlarni qoldirgan davr sanaladi. 
Chunki xalqimizning qariyb chorak kam bir asrlik siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy va 
madaniy hayoti mazkur tarixiy jarayon bilan mustahkam bog„liq bo„lgan davrdir. 
Shu sababli, jamiyat taraqqiyotining real qonuniyatlari chuqur o„rganish 
zarurligi, milliy tarixdagi yuksalish va tanglik davrlarini yangicha metodologik nuqtai 
nazardan turib tahlil qilish, sovet mustamlakachilik tuzimining ko„rsatgan 
buzg„unchilik ta‟siriga doir omillarini aniqlash, avvalgi mafkuraviy andozalar va 
eskicha tafakkur ko„rinishlarining takrorlanishiga barham berish yo„llarini belgilash, 
jamiyatning ma‟naviy-axloqiy takomilga erishuvida tarix fanining ta‟sirini 
kuchaytirish zarurligini inobatga olgan holda tahlil qilish muhim vazifalardan biri 
ekanligi monografiyada e‟tiborga olingan. 
Ana shu muhim ijtimoiy vazifalardan kelib chiqib, monografiyada vatanimiz 
tarixining og„ir mastamlakachilik o„tmishi bilan bog„liq bo„lgan sahifalarda bugungi 
kun nuqtai nazaridan qayta baho berish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ularga murojaat 
qilishga bo„lgan ijtimoiy ehtiyojlarning ilmiy ahamiyati shu bilan belgilanadiki, sovet 
hokimiyati yillarda o„tkazilgan diktatorlik siyosati oqibatida sovet hukmronligi davri 
tarixi nihoyatda soxtalashtirilgan holda buzib ko„rsatildi. Mustaqillik yillarida 
mamlakatimiz olimlari mustamlaka o„tmishning haqqoniy solnomasini yaratish 
sohasida muayyan ishlarni amalga oshirdilar. Mustamlakachilik zo„ravonligi davri 
tarixi ko„p jihatdan hali “oq dog„lar” va “qora o„pirilishlar” bilan ajralib turadi. Shu 
jumladan sovet hukumatining O„zbekistonda amalga oshirilgan qishloq xo„jaligini 
yoppasiga kollektivlashtirish bu siyosat natijasida qo`llanilgan qishloq aholisiga 
nisbatan qo„llanilgan zo„ravonlik, aniqrog„i “qatag„onchilik siyosati” masalalari ham 
taaluqli ma‟lumotlar tahlili keng yoritilgan. 
Ayniqsa, O„zbekistonda 1929-1932 yillarda amalga oshirilgan yoppasiga 
kollektivlashtirish siyosati va u bilan bog„liq muammolar yaqin davrgacha to„la 
o„rganilgan deb kelindi. Biroq, bugungi kunda respublikamizda sovet davri tarixini 



har taraflama, haqqoniy o„rganish natijasida qishloq xo„jaligini kollektivlashtirish 
siyosati va amaliyoti ta‟rifining bizga qorong„u bo„lib kelgan qator muammo va 
masalalari namoyon bo„lmoqdaki, ularni bugungi kun talablari bo„yicha har taraflama 
ham ijobiy, ham salbiy xususiyatlari bo„yicha o„rganish, tahlil qilish, nazariy 
xulosalar chiqarishga e‟tibor qaratilgan va ishda o„z tasdig„ini topgan. 
Mustabid tuzum qulaganidan keyingina mazkur hujjatlaridan foydalanish 
imkoniyati yuzaga keldiki, bu hol kollektivlashtirish tarixiga tamoman boshqacha 
nuqtai nazardan baho berishni kun tartibiga chiqarib qo„ydi. Mustaqillik yillarida 
vatanimiz siyosiy, iqtisodiy va ma‟naviy hayotida buyuk o„zgarishlar yuz berib, 
tariximizning 1930-yillar voqealarini yangicha mushohada etish, baholash, tanqidiy 
o„rganish, xolisona yoritishi sari qadam tashlanmoqda. Bu masalalarni o„rganishga 
qiziqish va ehtiyojlar ham ortib bormoqda. 
Chunki, O„zbekistonda sovetlar tomonidan amalga oshirilgan qishloq xo„jaligini 
yoppasiga kollektivlashtirish, quloqlarni sinf sifatida tugatish siyosati va bu bilan 
bog„liq masalalar uzoq yillar davomida faqat bir taraflama, kommunistik mafkura 
talablari bo„yicha yoritildi. Bu masalaning bir qator ziddiyati, salbiy holatlari yashirib 
o„tildi yoki soxtalashtirib talqin qilindi. Aynan shu muammolarni xolisona 
o„rganishga ham monografiyada ahamiyat berilgan. 
Shuningdek monografiyada kollektivlashtirish davrida bu siyosatdan norozi 
bo„lgan dehqonlar asossiz ravishda jazo organlarining tazyiqiga va zo„ravonligiga 
uchradilar. Mustabid tuzum o„z fuqarolariga qarshi ommaviy jazo – repressiv 
choralarni keng qo„llaganligi, oqibatda qishloq aholisining asrlar mobaynida 
shakllangan urf-odat, qadriyatlari va insoniylik huquqi qo„pol ravishda toptaldi. Jazo 
organlarining qatag„on amaliyoti natijasida o„zbek qishlog„ida xos bo„lgan 
tadbirkorlik, mulkka egalik, mehnatdan manfaatdorlik hissi kabi qadriyatlar bo„g„ib 
qo„yilishi va yo„q qilinishiga oid ma‟lumotlar tahlili berilgan. 
Va nihoyat, monografiyada kollektivlashtirish va quloqlashtirish jarayonidagi 
sovet jazo organlarining tutgan o„rni va rolini haqqoniy va har taraflama o„rganish 
orqali sovet tuzimining asl qiyofasini ochib berishga, yaqin o„tmishimizda yuz bergan 
mudhish fojealarni mushohada qilish orqali milliy o„zligimizni anglab etishga hamda 



o„tmish saboqlaridan to„g„ri xulosalar chiqarishimizga oid xulosalar ishda o„z aksini 
topgan. 
Ma‟lumki, sovet hukumatining qishloq xo„jaligini yoppasiga kollektivlashtirish 
va “quloqlar sinf sifatida tugatish” siyosati boshlang„ich davrdanoq zo„ravonlik bilan 
amalga oshirila boshlagan. Kollektivlashtirish harakati bolsheviklar hukumatiga xos 
bo„lgan “inqilobiy” shiddat bilan, xalq ommasiga nisbatan zo„rlik va qatag„on 
usullarini keng qo„llagan holda o„tkazila boshlandi. 
O„zbekistonda sovet hukumati tomonidan amalga oshirilgan qishloq xo„jaligini 
kollektivlashtirish va quloqlashtirish siyosati boshlang„ichidan qishloq aholisiga 
nisbatan zo„ravonlik qilish vositasida olib borildi. Dehqonlarni kolxozlarga majburan 
kiritish uchun ularga nisbatan zo„rlik ishlatildi va qatag„onlarning turli vositalari 
ishga solindi.
Sovet hukumati kollektivlashtirishni amalga oshirishda “sinfiy kurash” degan 
aqidani ishga solib, o„ziga to„q va tadbirkor dehqonlar qatlamiga nisbatan urush e‟lon 
qildi. Bu xo„jaliklar turli usul va vositalar bilan siquvga olindi. Kollektivlashtirish 
siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish usullarini tadbiq etishda sovet 
davlatining jazo muassasasi bo„lgan OGPU-NKVD organlari alohida o„ziga xos rol 
o„ynaydi. 
Kollektivlashtirishda 
norozilik 
bildirganlar, 
mol-mulkini 
kolxozga 
topshirilishni istamagan xo„jalik boshliqlari “aksilinqilobiy faol quloqlar” sifatida 
ta‟qibga olindi. Jazo organlari tomonidan qo„lga olingan bunday kishilarning 
aksariyati sudsiz, tergovsiz otib tashlandi. Qolgan qismi esa uzoq muddatga qamoqqa 
tashlandi. Xususan, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev ta‟kidlaganlaridek, “Mustabid 
tuzum davrida minglab begunoh vatandoshlarimizni umri xazon bo„lgan. 1937-53 
yillarda O„zbekistonda 100 ming odam qatag„onga uchragan. Ularning 13 ming 
nafari shafqatsiz otib tashlangan. Qanchadan-qancha oilalar xonavayron bo„ldi, 
bolalar yetim qolgan. Birgina 1937-38-yillardagi katta qatag„on davrida 7 mingga 
yaqin vatandoshimiz otilgan”ligi so„zimizning yaqqol isbotidir.
1
1
https:|\\ www.xabar.uz\\uz\jamiyat\shavkat-mirziyoyev-qatag‟on-qurbonlari-haqida 



Qishloq xo„jaligini yoppasiga kollektivlashtirish boshlanishidan to 1954-yilga 
qadar GULAG tizimidagi lagerlar aholisining ko„pchiligini ayni “quloqlar” tashkil 
qilgan. 
Xulosa qilib aytganda, O„zbekistonda amalga oshirilgan yoppasiga 
kollektivlashtirishning fojeali oqibatlaridan biri bo„lgan quloqlar surguni, maxsus 
posyolkalar tarixini, o„zbek dehqonlarining surgundagi ayanchli turmushini bugungi 
kun talablari darajasida tadqiq etish va o„rganish tarixshunoslik oldida turgan dolzarb 
vazifalardan biridir. Xususan, kollektivlashtirish va quloqlashtirishni amalga 
oshirishda, quloqlar surgun qilingan maxsus mehnat posyolkalarining ma‟muriy 
boshqaruvida jazo organlari etakchi o„rin tutganki, bu muammoni ham 
tarixshunoslikning bugungi kun talablari darajasida tahlil qilish muhim ahamiyat kasb 
etmoqda, sababi Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning “atan fidoyilarini eslashimiz, 
ularning haqqiga Qur‟on o„qishimiz yaxshi an‟ana. Ma‟rifatparvar bobolarimiz 
mustaqillik uchun, xalqimiz emin-erkin yashashi uchun kurashganini bilamiz. Oxirgi 
yillarda butun jamoatchiligimiz harakati bilan ularning nomlarini tiklash, muzeylarni 
yangi namunalar bilan to„ldirish, ijod maktablarini tashkil etish bo„yicha ko„p ishlar 
qilinmoqda. Bularning hammasi – odamlarga tarixiy adolatni va haqiqatni yetkazish 
uchun xalqimiz u kunlarni bilishi va hech qachon unutmasligi, bugungi kunlarni 
qadriga yetish uchun” degan falsafiy fikrlaridan kelib chiqib, muammoni yanada 
kengroq va atroflicha tahlil etishni lozim topdik.
2

Yüklə 3,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə