Etnopsixologiya fanining predmet, vazifa va metodlari Reja



Yüklə 45,55 Kb.
səhifə1/2
tarix27.12.2023
ölçüsü45,55 Kb.
#161988
  1   2
13-mavzu. Etnopsixologiya fanining predmet, vazifa va metodlari




Etnopsixologiya fanining predmet, vazifa va metodlari


Reja:

1. Etnopsixologiya - ilmning fanlararo o‘rganish sohasi sifatida;


2. Etnopsixologiyaning predmeti;
3. Etnopsixologiyaning vazifalari;
4. Hozirga davrda etnopsiologiyani o‘rganishning ahamiyati;

Millat va milliy taraqqiyot bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab masalalar, ularni tarkib toptiruvchi va rivojlantiruvchi omillar ijtimoiy va siyosiy hayotda muhim rol o‘ynab kelgan va bundan keyin ham uzoq davrgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Olimlarning ta’kidlashicha, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida turgan to‘rt mingga yaqin millat, elat va turli xalqlar mavjud ekan, tabiiy, ular har birining o‘z tarixi, madaniyati va milliy qadriyatlari bor. Ularni o‘rganish millatlararo munosabatlarni yaxshi yo‘lga qo‘yish, o‘zaro aloqalarni tashkil qilishda, turli iqtisodiy, madaniy aloqalarni har bir tomon uchun manfaatli tarzda o‘rnatishda katta yordam beradi. Lekin yaqin davrgacha bizning ijtimoiy fanlar tizimida milliy masalalar va unda psixologik omillarning tutgan o‘rniga etarlicha e’tibor berilmay kelindi. Ayrim xollarda ushbu masalalarni o‘rganish esa asossiz ravishda inkor etildi.


Ayrim tadqiqotchilar milliy xususiyatlar, etnopsixologiya masalalarini o‘rganishga shubha bilan qarab, uni “millatchilik”, “shovinizm” ham deyishdan toymadilar. Bunda ular etnopsixologiya masalalarini o‘rganish bir xalqni maqtab, ikkinchisini kamsitishga olib kelishi, irqchiliq millatchilikning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi, deb xavotirlanishdi. Bu xadiksirashda ma’lum asos ham bor edi. CHunki yaqin o‘tmish buni isbotlashi mumkin. Tadkikotchilar tomonidan etnopsixologiya masalalarini urganishda ma’lum muvaffakiyatlarga erishilgan bulsa xam, lekin uning kup muammolari xali uzining echilishini tula topgan emas.
Shulardan biri - milliylik va baynalminallik xususiyatlarining uzaro munosabatidir.
Millat sinflar va turli ijtimoiy guruxlarni urganishda faylasuflar, sotsiolog va tarixchilar, asosan ularning moddiy va ma’naviy madaniyati, tartibi, ijtimoiy munosabatlarga e’tiborini karatgan bulsalar, psixologlar esa, shaxs psixologiyasini urganish bilan cheklanib kolishgan.
Chunki etnopsixologiya xususiyatlari emperik tadkik etish kiyin. Barcha murakkabliklarni kamrab oluvchi metodlar yaratilmagan. Bir mamlakat xalkini urganish uchun yaratilgan metodlar boshka mamlakat xalkini urganishga tugri kelmaydi, aks xolda karama - karshi munosabatlarni paydo kilishi mumkin. Bu soxadagi muammo yana shundaki, bir etnos ichidagi turli sinflar, sotsial guruxlarda milliy xususiyatlarning namoyon bulishi ma’lum darajada bir - biridan farklanadi. SHuning bilan birgalikda tadkikotchi etnik psixologiyadagi uziga xoslik, boshka etnik guruxlardan fark kiluvchi maxsuslik va umumiylik tomonlarini ochib bera olishi kerak. Va nixoyat etnopsixologiya xususiyatlar kotib kolgan, uxgarmaydigan narsa emas. Ular ma’lum bir ijtimoiy uzgarishlar natijasida, ayrim bir xususiyatlarni uzgartirishi, yangi ijtimoiy munosabatlarni aks ettiruvchi xislatlarni xosil kilishi mumkin.
Etnopsixologiya muammolarini tadkik etuvchi jaxon olimlarining juda kupchiligi, bu muammolarni urganish kiyin ekanligini, bu soxada uchraydigan murakkabliklarni ta’kidlashadi. Etnopsixologiyaga oid ayrim tadqiqotlarda mualliflar o‘z millatlarini xaddan tashqari ko‘klarga ko‘tarib yuborish, boshqa qo‘shni xalqlardan ustun qo‘yish hollari kuzatilganki, bu tabiiy turli noroziliklarning tug‘ilishiga sabab bo‘lgan. SHuning bilan birgalikda xalqlarning voqelik va tabiatni idrok qilish, kiyinish, avlodlar tarbiyasi, avlodlar o‘rtasidagi munosabatlardagi o‘ziga xosligini hisobga olmaslik, etnik o‘ziga xosligini inkor etish, milliy munosabatlarda hisobga olmaslik mumkin emasligini tan olmas edilar. Shu bois ham etnopsixologiya fan sifatida rivojlanmadi, xattoki, sobiq sho‘rolar davrida bu fan psixolog kadrlar tayyorlovchi fakultetlarning o‘quv rejasiga ham kiritilmadi. Ijtimoiy psixologiyaning o‘rganishi mumkin bo‘lgan mavzusi sifatida qisqa ma’ruzalar tarzida psixologiya fakultetlarida nomiga o‘qitildi xolos. Ijtimoiy psixologiya – kishilarning ijtimoiy guruhlarga birlashishini, guruhiy tavsifiy, shaxsning ruhiy faoliyati va xulq-atvorini, ijtimoiy psixologik qonuniyatlar, holatlar, hodisalar, ijtimoiy ustanovka kabilarni tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi. Avvallari ijtimoiy psixologiyada voqelik falsafiy nuqtai nazardan o‘rganilib kelingan, lekin shaxs, guruh, jamoa munosabatlari qamrab olinmagan. Ijtimoiy psixologiya faniga umumiy psixologiya, sotsiologiya, antropologiya, etika, kriminologiya, falsafa kabi fanlar asos bo‘lib xizmat qilgan. 19-a. ning 2-yarmida uni fan sifatida rivojlantirishga ilk urinishlar bo‘lgan. Jahon jamoatchiligi tomonidan ijtimoiy psixologiya 1908 y. dan fan sifatida tan olingan. 2-jahon urushidan keyingi yillarda AQSH va boshqa(lar) mamlakatlarda psixologiya muammolari yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazila boshlandi. Ayniqsa, AQSHda Kotorning o‘tkazgan tajribasi, E. Meyoning izlanishlari psixologiya bu sohasi tarixida muhim rol o‘ynadi. Bu tadqiqotlarga kichik guruhlar asosiy ob’ekt qilib olingan, tajribalar esa lab. sharoitida o‘tkazilgan. Bu yo‘nalish fan sifatida muloqot, muomala qonuniyatlari, shaxslararo munosabat, shaxsiy va guruhiy o‘zaro ta’sir, guruhlarning ichki va tashqi tuzilishi, ularning turlari, tasnifi, ommaviy holatlar va harakatlar, ijtimoiy va milliy ong, mentalitet, milliy qiyofa, xarakter, ta’b, an’ana, odat, marosim va boshqa(lar)ni tekshiradi. Ijtimoiy psixologiya bir necha sohalarni o‘z ichiga qamrab oladi: etnopsixologiya, din psixologiyasi, oila psixologiyasi, boshqaruv (menejment) va marketing psixologiyasi, kichik va katta guruh psixologiyasi, modalar psixologiyasi, reklama psixologiyasi, insonni inson tomonidan idrok qilish psixologiyasi, amaliy ijtimoiy psixologiya kabilar. O‘zbekistonda bu yo‘nalishdagi tadqiqotlar, asosan, mustaqillik davrida yo‘lga qo‘yila boshlandi. Bu ishlar zaminida ijtimoiy psixologiya sohalaridan biri – «Oila psixologiyasi» ilmiy maktabi vujudga keldi. O‘zbek oilasining ijtimoiy psixologik, etnopsixlogik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarni o‘zida mujassamlashtirgan «Oila psixologiyasi» darsligi yaratildi. Mamlakatda Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazi faoliyat ko‘rsatadi.
Etnopsixologiya – bu psixologiyaning shunday tarmog‘iki, u ayrim olingan millatlar psixologiyasidan tashqari, turli xalqlar psixologiyasini, kichik milliy guruhlarni ham o‘rganadi. "Etnopsixologiya" atamasi “etnologiya” va “psixologiya” tushunchalarining qo‘shilishidan tarkib topgan bo‘lib, grekcha "etnos" - xalq, qabila, "psixologiya"- ruh ilmi, degan ma’nolarni anglatadi. Bu fan malum millat va etnik birlik vakillarining o‘ziga xos ruhiy qiyofasi, xulq-atvorini, zamonaviy tilga ataladigan bo‘lsa "mentalitetini" o‘rganadi. Har bir xalqka xos bo‘lgan milliy xarakter, urf-odat va an’analar, milliy tuyg‘ular va did (ta’b), etnik ong va milliy o‘zini o‘zi anglashning vujudga kelishi, namoyon bilishi, o‘zgarishi va rivojlanishi kabi masalalar ham etnopsixologiyaning o‘rganish predmeti hisoblanadi. O‘z navbatida shuni ta’kidlash o‘rinliki, o‘z navbatida etnopsixologiya ijtimoiy psixologiyaning tadbiqiy yo‘nalishi hisoblanadi. Etnopsixologiyaga yaqin bo‘lgan fan tarmog‘idan biri – bu etnografiya bo‘lib, ayrim alohida olingan madaniyatlarning xususiyatlarini bir-biriga qiyoslab, solishtirib o‘rganadi. Etnopsixologiya bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan, ya’ni, uning eng yaqin hamkori bo‘lgan fan – bu ijtimoiy psixologiyadir. Ijtimoiy psixologiya – odamlarning jamiyatda hamkorlikdagi ish faoliyatlari jarayoni davomida ularda hosil bo‘ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, g‘oyalar, his-tuyg‘ular, kechinmalar, turli xulq-atvor shakllarini tushuntirib beruvchi fan, shaxs va jamiyat o‘zaro bog‘liqligida sodir bo‘ladigan psixologik xodisalarni tahlil etuvchi ilmiy yo‘nalishdir. Demak, har bir shaxsning jamiyatda yashashi, uning ijtimoiy normalariga rioya qilgan holda o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan o‘rnatadigan murakkab o‘zaro 7 munosabatlari va ularning ta’sirida hosil bo‘ladigan hodisalarning psixologik tabiatini va qonuniyatlarini tushuntirib berish – ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifasidir. SHu kabi umumiy ta’riflardan yana biri - ijtimoiy psixologiya turli ijtimoiy vaziyatlarda ro‘y beradigan ijtimoiy muloqotning murakkab shakl va mexanizmlarini o‘rganuvchi fandir. SHu ma’noda etnopsixologiya turli etnoslarga mansub kishilar guruhidagi murakkab munosabatlarni o‘rganuvchi va ularni tartibga solishga ixtisoslashgan fan tarmog‘idir. SHu kabi va boshqa ommaviy psixologik jarayonlarning shaxs ijtimoiy xulq-atvoriga ta’sirini o‘rganuvchi ijtimoiy psixologiya va uning xususiy tarmog‘i bo‘lgan etnopsixologiya ijtimoiy-psixologik qonuniyatlarni bilishda va ularni boshqarishda katta amaliy ahamiyatga ega. SHunday qilib, etnopsixologiya bilan ijtimoiy psixologiyani yaqinlashtiruvchi narsa – bu ikkala fanning ham turli ijtimoiy guruhlar bilan, aniqrog‘i, katta ijtimoiy guruhlarning muammolarini o‘rganishi va ularning echimi bilan shug‘ullanishidir. Ijtimoiy psixologiyada katta guruhlar uni tashkil etuvchilarning maqsadlari, fazoviy joylashishlari, psixologik xususiyatlariga qarab uyushgan va uyushmagan turlarga, kichiklari esa o‘z navbatida endi shakllanayotgan – diffuz hamda taraqqiyotning yuksak pog‘onasiga ko‘tarila olgan jamoa turlariga bo‘linadi. Katta guruhlar kishilarning shunday birlashmalariki, undagi odamlar soni avvalo ko‘pchilikni tashkil etib, ma’lum sinfiy, ilmiy, irqiy, professional belgilar ularning shu guruhga mansubligini ta’minlaydi. Katta guruhlarni tashkil etuvchilar ko‘p sonli bo‘lganligi va ular xulqatvorini belgilovchi mexanizmlarining o‘ziga xosligi tufayli bo‘lsa kerak, ijtimoiy psixologiyada olimlar ko‘pincha kichik guruhlarda ish olib borishni afzal ko‘radilar. Lekin katta guruhlar, odamlar uyushmasining psixologiyasini bilish juda katta tarbiyaviy va siyosiy-mafkuraviy ahamiyatga ega. Bu sohadagi tadqiqotlarning kamligi bir tomondan, aytib o‘tilganidek, ko‘pchilikni qamrab olishdagi qiyinchiliklar bo‘lsa, ikkinchi 8 tomondan, katta guruhlar psixologiyasini o‘rganishga qaratilgan metodik ishlar zahirasining kamligidir. Katta guruhlarning psixologiyasini o‘rganishga mo‘ljallangan maxsus metodikalar ijtimoiy psixologiyada ham, sotsiologiyada ham kam ishlab chiqilgan. Masalan, ishchilar yoki ziyolilarning psixologiyasi o‘rganilishi kerak, deylik. Avvalo o‘sha ishchilarning soni ko‘p, qolaversa, ishchilarning o‘zi turli ishlab chiqarish sharoitlarida ishlayotgan, turli iqlim sharoitlarida yashayotgandigi, turli millatga mansub kishilar ekanligidir. Ijtimoiy psixologiya har bir katta guruhga taalluqli bo‘lgan asosiy, etakchi sifatni topish va shu asosda uning psixologiyasini o‘rganishni maqsad qiladi. Qolaversa, katta guruhlar jamiyatning tarixiy taraqqiyoti mobaynida shakllangan guruhlar bo‘lgani uchun ham har qanday guruhni o‘rganishdan oldin, xoh bu uyushgan yoki uyushmagan toifalilar guruhi bo‘lsin, xoh millatlar yoki xalqlar psixologiyasi bo‘lsin, uning hayot tarzi, unga xos bo‘lgan odatlar, udumlar, an’analar o‘rganiladi. Shu o‘rinda ijtimoiy psixologiya etnopsixologiya bilan birlashib, etnik guruhlarni o‘rganadi.



Yüklə 45,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə