Nuklein kislotalarni o`rganish tarixi va ularning umumiy tavsifi


Nuklein  kislotalar  va  organizmlar  sistematikasi



Yüklə 448,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix03.02.2022
ölçüsü448,54 Kb.
#83399
1   2   3   4   5   6   7
Nuklein kislotalarni o

Nuklein  kislotalar  va  organizmlar  sistematikasi. 

Nuklein  kislotalar,  avvalo 

DNK irsiy axborotni tashiydi va organizmning turga xosligini  belgilab 

beradi.  Har  xil  organizmlarning  DNK  sidagi  nukleotidlar  tarkibining 

xususiyatlarini  o`rganish  tashqi  belgilarga  asoslangan  sistematikadan  genetik 

sistematikaga  o`tishga  yo`l  ochib  beradi.  Molekulyar  biologiyadagi  bunday 

yo`nalish  genosistematika  deb  nom  oldi.  Uning  asoschisi  buyuk  bioximik 



A.N.Belozerskiydir. 

Har  xil  organizm  DNK  sidagi  nukleotidlar  tarkibini  qiyoslash  qiziqarli 

xulosalarga olib keldi. DNK o`ziga xosligining koeffitsienti, ya’ni G + S ning A 

+  T  ga  nisbati  mikroorganizmlarda  o`zgaruvchan;  yuksak  o`simliklar  va 

hayvonlarda doimiy ekan. Mikroorganizmlarda eng kam miqdordagi GS turdan 

aniq  namoyon  bo`lgan  AT  turgacha  o`zgarish  kuzatiladi.  Yuksak  organizmlar 

DNK  si  AT  –  turni  qat’iy  holatda  saqlaydi.  Bundan  go`yoki  yuksak 

organizmlarda  DNK  ning  o`ziga  xosligi  yo`qolganga  o`xshaydi.  Aslida  esa 

ularda xuddi bakteriyalardagidek o`ziga xos nuklein kislota bo`ladi, lekin uning 

o`ziga  xosligi  nukleotidlar  tarkibining  o`zgaruvchanligi  bilan  emas,  balki 

ularning  zanjir  bo`ylab  ketma-ket  kelishi  tartibida  bo`ladi.  Ko`p  hujayrali 

hayvonlar  va  yuksak  o`simliklarning  DNK  si  AT-turda  bo`lishi  zamburug`lar 

DNK  siga  yaqinroqdir,  shu  sababdan  hayvonlar  va  zamburug`lar  o`z-o`zidan 

umumiy  ajdod  –  juda  oddiy  tuzilgan  zamburug`simon  organizmlardan  kelib 

chiqqan bo`lishi mumkin. 

Organizmlarning  yaqinligi  to`g`risidagi  yanada  ko`proq  ma’lumotlar 

molekulyar  gibridlash  usuli  bilan  ham  olinadi.  Bu  usul  yordamida  odam  va 

maymunlar DNK sidagi juda ko`p o`xshashliklar aniqlangan. Unga asosan inson 

DNK si  tarkibiga ko`ra  shimpanze DNK sidan 2-3 %  , gorilla DNK sidan sal 

ko`proq, boshqa maymunlar DNK sidan 10 % dan ko`proq, bakteriya DNK sidan 

esa 100 % ga farq qiladi. 

DNK  ning  birlamchi  strukturasidagi  xususiyatlaridan  ham  sistematikada 

foydalanish  mumkin.  Ayrim qismlarda ketma-ketlik  tartibining  takrorlanishini 

o`xshashligi (tez gibridlash) makrosistematika uchun, DNK ning noyob qismlari 

uchun  esa  (sekin  gibridlash)  mikrosistematika  (tur  va  turkumlar  darajasi)  da 

qo`llaniladi. 

Olimlarning 

fikricha, 

kelajakda 

DNK 


bo`yicha 

tirik 


organizmlarning hammasini yaqinlik belgilari aniqlanadi. 

 

 



Yüklə 448,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə