RNK ning ikkilamchi va uchlamchi strukturalari.
RNK bir zanjirli molekuladan iborat,
shu sababli uning ikkilamchi va uchlamchi strukturalari doimiy emas. RNK ning hamma
turlari DNK ning bir zanjirini nusxasi bo`lib, tarkibida palindromlar saqlagan qismlaridan
nusxa ko`chirilganda RNK molekulalarida shpilkalar hosil bo`lishiga olib keladi.
mRNK bioximik G.P.Georgiyev tomonidan kashf etilgan bo`lib, ular hujayrada
o`tmishdoshi – pre-mRNK dan hosil bo`ladi. Pre-mRNK DNK qismlarining nusxasiga
ega bo`lganligi uchun uning ikkilamchi strukturasi shpilkali va to`g`ri chiziqli bo`ladi.
Pre-mRNK ning yetilish jarayonida shpilkalar fermentlar ta’siriga uchraydi va mRNK
hosil bo`ladi. Nukleotidlar tripletlari mRNK ning kodli elementi bo`lib, kodon deb
aytiladi. Har bir kodon ma’lum bir aminokislotaga mos keladi. mRNK ning ikkilamchi
strukturasi egilgan zanjir shaklida, uchlamchi strukturasi esa katushkaga o`ralgan ipsimon
shaklda bo`lib, bunda transport oqsili – informofer alohida o`rin tutadi.
tRNK ning ikkilamchi strukturasi ―beda bargi‖ ko`rinishiga ega. U tRNK ning ma’lum
bir qismlaridagi zanjirning ichki komplementar nukleotidlarining juftlashishi oqibatida
kelib chiqadi. tRNK ning nukleotidlar orasida vodorod bog`lari hosil qilmaganlari halqa
(petlya) shaklida yoki to`g`ri chiziqli bo`g`inlar hosil qiladi. tRNK da quyidagi struktura
qismlari farq qilinadi:
1.
Aksteptor shoxchasi to`rtta to`g`ri joylashgan nukleotidlardan tashkil
topgan bo`lib, ulardan uchtasi hamma turdagi RNK larda bir xil tartibda – SSA
ko`rinishiga ega. Bunda adenozinning 3¹ - OH gidroksili erkin. Unga aminokislotaning
karboksil guruhi birikadi, tRNK ning bu qismi aktseptor deb
nomlanishi ham shundan kelib chiqqan. Adenozinning 3¹ - OH gidroksil guruhi
bilan bog`langan aminokislotani tRNK oqsil sintezi amalga oshadigan
ribosomalarga yetkazib beradi.
2.
Antikodonli halqa odatda ettita nukleotiddan hosil bo`ladi. Har bir
tRNK o`zining maxsus antikodoniga ega. tRNK ning antikodoni
komplementarlikka asosan mRNK kodoni bilan juftlashadi. Kodon-
antikodonning o`zaro ta’siri polipeptid zanjirining ribosomalarda yig`ilishida
aminokislotalarning yig`ilishida aminokislotalarning joylashish tartibini
belgilab beradi.
3.
Psevdouridilli halqa 7 ta nukleotiddan iborat va albatta o`zida
psevdouridil kislota qoldig`ini tutadi. Bu halqa tRNK ning ribosoma bilan
bog`lanishida ishtirok etadi deb taxmin qilinadi.
4.
Digidrouridinli yoki D-halqa odatda 8-12 ta nukleotiddan tashkil
topgan bo`lib, ularning orasida digidrouridinning bir nechta qoldiqlari bo`ladi.
D-halqa aminokislota o`zining transport RNK sini tanishida aminoatsil – tRNK
– sintetaza bilan bog`lanishi uchun zarur deb hisoblanadi.
5.
Qo`shimcha halqa turli xil tRNK larda o`lchami va nukleotidlar
tarkibi bo`yicha har xil bo`ladi.
tRNK ning uchlamchi strukturasi beda bargi shaklida emas, balki bukilib
buralgan shaklda bo`ladi, bunda beda bargining halqali yaproqchalari
qo`shimcha
van-der-vaals bog`lari orqali bog`langan holda o`ralgan bo`ladi:
rRNK egilgan zanjirning birikishidan hosil bo`lgan spiralli uchastkalar
ko`rinishidagi ikkilamchi strukturaga ega. rRNK ning uchlamchi strukturasi
ribosomaning skeleti bo`lib hisoblanadi. U tayoqcha yoki kalava shakliga ega.
Uning ichki tomoniga ribosoma oqsillari tegib turadi.
Dostları ilə paylaş: |