Nuklein kislotalarni o`rganish tarixi va ularning umumiy tavsifi



Yüklə 448,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix03.02.2022
ölçüsü448,54 Kb.
#83399
1   2   3   4   5   6   7
Nuklein kislotalarni o

9.3.

 

Nuklein  kislotalarning  fizik-kimyoviy  xossalari. 

Nuklein 


kislotalarning fizik-kimyoviy xossalari yuqori molekulyar massasi va struktura 

tuzilishiga bog`liq. Nuklein kislotalar uchun kolloid va osmotik xossalar, yuqori 

darajadagi  yopishqoqlik  va  eritmaning  zichligi,  optik  xususiyati  hamda 

denaturatsiyaga moyilligi xos bo`ladi. 

Kolloidlik  xossasi  hamma  yuqori  molekulyar  birikmalar  uchun  xos.  Nuklein 

kislotalar  eritilganda  ular  bo`kadi  va  kolloid  ko`rinishidagi  yopishqoq  eritma 

hosil  qiladi.  Ularning  gidrofilligi  asosan  fosfatlarga  bog`liq.  Nuklein 

kislotalarning  eritmadagi  molekulalari  yaqqol  kislotalik  xususiyatiga  ega 

polianion  ko`rinishida  bo`ladi.  Fiziologik  sharoitdagi  pH  da  hamma  nuklein 

kislotalar polianion holatida va oqsil hamda anorganik kationlardan iborat qarshi 

ionlar  bilan  o`ralgan.  Qo`sh  spiralli  nuklein  kislotalar  bir  zanjirliga  nisbatan 

yomon eriydi. 

Molekuladagi  vodorod  bog`larini  uzuvchi  tashqi  muhitning  barcha  ta’sirlari 

DNK ni denaturatsiyalaydi. Denaturatsiya harorat, kimyoviy moddalar ta’sirida 

bo`lishi mumkin. Denaturatsiyalovchi agentlardan eng kuchlisi isitishdir. DNK 



isitilganda  uning  ikki  zanjiri  bir-biridan  ajraladi,  ya’ni  yechiladi.  Bu    hodisa 

pastroq harorat oralig`ida bo`lgani uchun yumshash deyiladi. DNK ning 50 % i 

denaturatsiyalangan  haroratga  yumshash  deb  ataladi.  DNK  ning  yumshash 

harorati azot asoslarining nisbati (G + S va A + T) ga bog`liq. Molekuladagi G 

+  S  qo`sh  asoslar  qancha  ko`p  bo`lsa,  yumshash  harorati  ham  A  +  T  nikidan 

shuncha baland bo`ladi, chunki G + S da uchta qo`shbog` bor. 

Tez  qizitish  usulida  denaturatsiyalangan,  ya’ni  ikki  zanjirga  ajratilgan  DNK 

sekin sovutilsa, ajralgan zanjirlar qaytadan birikib, qo`sh zanjirli DNK ni hosil 

qiladi. Bu hodisa renaturatsiya deb ataladi. 

Hamma nuklein kislotalar ultrabinafsha nurlar zonasida 260 nm da nurni jadal 

yutish  qobiliyatiga  ega.  DNK  zanjiri  buzilganda  nur  yutish  qobiliyati  ortadi. 

Giperxrom  effekt  deb  ataladigan  bu  fenomen  denaturatsiya  jarayonida  nur 

yutadigan asoslarni to`sib turgan strukturalarning chetlanishiga bog`liq. 

Nuklein     kislotalarning     duragaylanishi. 

Turli 


zanjirlar 

o`zaro  komplementarlik  asosida  birikishlari  mumkin,  birikish  darajasi  esa 

ularning  gomologiyasiga  bog`liq.  Bir  DNK  molekulasining  ikki  zanjiri  to`la 

birikadi,  chunki ular 100 % bir-biriga gomologdir. DNK ning bir zanjiri bilan 

uning  transkripti,  ya’ni  uning  asosida  transkriptsiya  qilingan  RNK  ham  to`la 

birikadi.  Bu  jarayon  gibridlanish  (chatishish)  deb  aytiladi.  Demak,  ikki  zanjir 

orasida  gomologiya  qancha  yaqin  bo`lsa,  duragaylanish  ham  shuncha  to`la 

bo`ladi.  Buni  duragaylash  usuli  yordamida  aniqlash  qabul  qilingan.  Bu  usul 

bo`yicha nuklein kislotalarning ikki zanjiri o`rtasidagi gomologiyaning nisbati 

bu  zanjirlardagi  nukleotid  asoslarining  komplementarligini  tekshirish  asosida 

belgilanadi. 

Duragaylash  usuli  ilmiy  tadqiqot  uchun  ham,  tajriba  uchun  ham  katta 

ahamiyatga  ega.  Bu  usuldan  foydalanib  molekulalarni,  ulardan  olingan 

turlarning genetik yaqinlik darajasini aniqlash mumkin. 

DNK bilan DNK ni duragaylsh. Har xil turdagi organizmlar (masalan, baqa va 

quyondan) ajratib olingan DNK eritmalari bir-biriga aralashtirilib, shu 

aralashma qizdirilsa, ya’ni DNK denaturatsiyaga uchratilsa va keyin sovutilsa, u 

holda  yana  qo`sh  spiralli  strukturalar  komplementarlik  asosida  paydo  bo`ladi. 

Bunda dastlabki DNK molekulalariga o`xshash qo`sh spiralli molekulalar bilan 

birga  bitta  nukleotid  zanjiri  baqa  DNK  sidan,  ikkinchi  zanjiri  esa  quyon 

DNKsidan iborat bo`lgan duragay molekulalar yuzaga kelishi mumkin. 

Bu  xildagi  duragay  molekulalar  mukammal  bo`lmaydi.  Ularda  spiral  holiga 

kelgan  qismlar  spirallashmagan  qismlar  bilan  navbatlashib  boradi.  Shundan 

ko`rinib  turibdiki, spirallashmagan  qismlarda  polinukleotid  zanjirlar  bir-biriga 

komplementar bo`lmaydi.

 

 



 

DNK-DNK  duragaylarini  olishda  turlar  o`rtasida  filogenetik  qon-qardoshlik 

nechog`lik  uzoq  bo`lsa,  DNK-DNK  duragaylarining  mukammal  bo`lmaslik 

darajasi shu qadar yuqori bo`ladi. Shu munosabat bilan DNK-DNK duragaylash 

usulini organizmlar sistematikasini aniqlash uchun qo`llash mumkin bo`ladi. 



DNK  bilan  RNK  ni  duragaylash  (DNK-RNK  duragaylash)  ham  xuddi  DNK- 

DNK duragaylash kabi bo`lishi mumkin. Bu holda duragay molekulasida bitta 

dezoksiribonukleotid zanjiri va bitta ribonukleotid zanjiri bo`ladi. 


Yüklə 448,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə